

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;26.07.2005
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-350145" id="onLBC-350145">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6119"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;</span></div><div id="LBC7042"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqaruvi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-350145" id="onLS-350145">[<b>TSZ:</b><div id="LS3678"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;</span></div><div id="LS3783"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Umumiy masalalar]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-353024" id="-353024">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-353025" id="-353025">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-353026" id="-353026">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR AGENTLIGI FAOLIYATINI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-353028" id="-353028"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-814937" id="-814937">Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2005-yil 26-iyuldagi 136-son<a href="/mact/-814874?ONDATE=26.07.2005 00#-814894"> qarori </a>bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353032" id="-353032">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son <a href="/mact/-173163">Farmonini </a> bajarish yuzasidan hamda tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353035" id="-353035">1. Quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353036" id="-353036">Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar roʻyxati va uning tashkiliy tuzilmasi <a href="/mact/-350145#-353050">1 </a>va <a href="/mact/-350145#-353064">2</a>-ilovalarga muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353037" id="-353037">Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi markaziy apparatining tuzilmasi <a href="/mact/-350145#-353068">3-ilovaga</a> muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353038" id="-353038">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining tuzilmasi hamda viloyatlar va Toshkent shahar tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi <a href="/mact/-350145#-353072">4 </a>va <a href="/mact/-350145#-353079">5</a>-ilovalarga muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353039" id="-353039">Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-350145#-353088">nizom </a>6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353040" id="-353040">2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi markaziy apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni 197 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 156 nafar etib belgilansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353041" id="-353041">Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisiga, zarurat boʻlganda, xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida Agentlik markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353042" id="-353042">3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 23-oktabrdagi 368-son <a href="/mact/-321710">qarorida </a>(Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 62-modda):</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353043" id="-353043"><a href="/mact/-321710?ONDATE=23.10.2002 00#-681484">1—5</a>, <a href="/mact/-321710?ONDATE=23.10.2002 00#-321734">8 </a>va <a href="/mact/-321710?ONDATE=23.10.2002 00#-681571">10</a>-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353044" id="-353044">9-bandning <a href="/mact/-321710?ONDATE=23.10.2002 00#-321735">birinchi xatboshi</a> “marketing tadqiqotlari” soʻzlaridan keyin “hamda moddiy ragʻbatlantirish” soʻzlari bilan toʻldirilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353045" id="-353045">4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-353046" id="-353046">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-353047" id="-353047">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-353048" id="-353048">2004-yil 28-avgust,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-353049" id="-353049">409-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-353050" id="-353050"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-353051" id="-353051">Vazirlar Mahkamasining <br />2004-yil 28-avgustdagi 409-son <a href="/mact/-350145#-353024">qaroriga </a><br />1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-353052" id="-353052">Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar roʻyxati </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-353053" id="-353053"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353054" id="-353054">1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353055" id="-353055">2. Viloyatlar va Toshkent shahar tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmalari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353056" id="-353056">3. “Oʻzbekekspertiza” ochiq aksiyadorlik jamiyati </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353057" id="-353057">4. “Oʻzbektenderkonsalting” agentligi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353058" id="-353058">5. “Oʻzinkomsentr” Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy axborot-tijorat markazi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353059" id="-353059">6. “Oʻzekspomarkaz” respublika savdo-koʻrgazma markazi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353060" id="-353060">7. “Interservis” xoʻjalik hisobidagi respublika tashqi savdo birlashmasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353061" id="-353061">8. “Interqurilish” xoʻjalik hisobidagi respublika tashqi savdo firmasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353062" id="-353062">9. “Xalqaro hamkorlik markazi” AJ</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353063" id="-353063">10. “Hamkor” — “Delovoy partnyor” gazetasi</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-353064" id="-353064"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-353065" id="-353065">Vazirlar Mahkamasining<br />2004-yil 28-avgustdagi 409-son <a href="/mact/-350145#-353024">qaroriga </a><br />2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-353067" id="-353067">Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining tashkiliy tuzilmasi </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-814850" id="-814850"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-814852" id="-814852"><img src="/files/814851" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-353068" id="-353068"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-353069" id="-353069">Vazirlar Mahkamasining <br />2004-yil 28-avgustdagi 409-son <a href="/mact/-350145#-353024">qaroriga</a><br />3-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-353071" id="-353071">Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi markaziy apparatining tuzilmasi</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-814853" id="-814853"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-814855" id="-814855"><img src="/files/814854" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-353072" id="-353072"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-353075" id="-353075">Vazirlar Mahkamasining<br />2004-yil 28-avgustdagi 409-son <a href="/mact/-350145#-353024">qaroriga </a><br />4-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-353077" id="-353077">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining tuzilmasi</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-814856" id="-814856"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-814858" id="-814858"><img src="/files/814857" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-353079" id="-353079"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-353081" id="-353081">Vazirlar Mahkamasining <br />2004-yil 28-avgustdagi 409-son <a href="/mact/-350145#-353024">qaroriga</a><br />5-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-353086" id="-353086">Viloyatlar va Toshkent shahar tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-814859" id="-814859"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-814861" id="-814861"><img src="/files/814860" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-353088" id="-353088"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-353090" id="-353090">Vazirlar Mahkamasining<br />2004-yil 28-avgustdagi 409-son <a href="/mact/-350145#-353024">qaroriga </a><br />6-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-353093" id="-353093">Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-353094" id="-353094">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-353096" id="-353096"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-353098" id="-353098">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353100" id="-353100">1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvi vakolatli organi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353102" id="-353102">2. Agentlik tizimiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmalari, ixtisoslashtirilgan xoʻjalik hisobidagi tashkilotlar, xorijiy davlatlardagi Agentlikka qarashli tashkilotlar boʻlgan savdo va iqtisodiy vakolatxonalar kiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353104" id="-353104">Hududiy boʻlinmalar ikki tomonlama boʻysunadilar hamda Agentlikka va tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga hisob beradilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353106" id="-353106">3. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353108" id="-353108">4. Agentlik oʻz faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353110" id="-353110">5. Agentlikni va uning hududiy boʻlinmalarini moddiy-texnik taʼminlash, shuningdek Agentlik tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash ajratiladigan mablagʻlar doirasida davlat budjeti mablagʻlari, oʻziga qarashli tashkilotlar ajratmalari hisobiga, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353112" id="-353112">6. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-353114" id="-353114">II. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353116" id="-353116">7. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353117" id="-353117">tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazilishini taʼminlash va uni rivojlantirish strategiyasini shakllantirishda qatnashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353119" id="-353119">milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini rivojlantirish va oshirish hamda uning jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashuvi boʻyicha shart-sharoitlar yaratish va chora-tadbirlarni amalga oshirishda qatnashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353121" id="-353121">respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353123" id="-353123">respublika ishlab chiqaruvchilari tovarlarining tashqi bozorlarga kirib borishi uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353125" id="-353125">xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353127" id="-353127">tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353128" id="-353128">Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiyot va moliya institutlari, boshqa xalqaro huquq subyektlari bilan savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorligini rivojlantirishni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353130" id="-353130">Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy xavfsizligi va iqtisodiy manfaatlari, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353132" id="-353132">8. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353133" id="-353133">a) yagona davlat tashqi iqtisodiy siyosati oʻtkazilishini taʼminlash sohasida: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353134" id="-353134">teng sheriklik va kamsitmaslik prinsiplariga asoslangan tashqi iqtisodiy siyosatni erkin va teng huquqli amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishda qatnashadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353135" id="-353135">davlat boshqaruv organlarining tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353136" id="-353136">Oʻzbekiston Respublikasini tashqi iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini, tashqi savdo, valyuta balansining asosiy indikatorlari parametrlarini shakllantirishda hamda mamlakatning valyuta, bojxona-tarif va soliq siyosatini takomillashtirishda qatnashadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353137" id="-353137">tovarlar, shu jumladan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, toʻqimachilik tovarlari, fuqaro aviatexnikasi bilan xalqaro savdo qilish, xizmatlar koʻrsatish, intellektual mulk obyektlari bilan xalqaro savdo qilish, davlat xaridlarini, yuklab joʻnatishdan oldingi inspeksiyani amalga oshirish, tashqi savdoda sanitariya, fitosanitariya va texnik chora-tadbirlarning qoʻllanishi sohasida davlat siyosati oʻtkazilishi bilan bogʻliq tadbirlarni muvofiqlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353138" id="-353138">Oʻzbekiston Respublikasi Rahbariyatini va Vazirlar Mahkamasini tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha zarur axborotlar bilan taʼminlashni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353139" id="-353139">tashqi iqtisodiy aloqalar, tovarlar bilan xalqaro savdo qilishning ahvolini, xorijiy davlatlardagi iqtisodiy vaziyatni tahlil qiladi, konyunkturani oʻrganadi va shu asosda jahon tovarlar va xizmatlar bozori rivojlanishi tendensiyalarini prognozlashtiradi, mintaqaviy iqtisodiy integratsiyalashni amalga oshirish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353140" id="-353140">manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda erkin iqtisodiy zonalar boʻyicha davlat siyosatini shakllantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353141" id="-353141">tashqi iqtisodiy aloqalar muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilishini, Agentlik tizimi va boshqa vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar xodimlari uchun chet ellarda qisqa muddatli va uzoq muddatli oʻquv stajirovkalari va seminarlar, Agentlik oʻquv markazida, oʻqiganlik toʻgʻrisida sertifikat bergan holda, oʻquvlar tashkil etadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353142" id="-353142">elektron tijorat sohasida savdo siyosatini shakllantirishda qatnashadi, davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda elektron savdo sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353143" id="-353143">b) milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va uning raqobatbardoshliligini oshirish hamda uni jahon iqtisodiyot tizimiga integratsiyalash sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353145" id="-353145">respublika xoʻjalik yurituvchi subyektlarining tashqi bozorlarga kirib borishi uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi hamda tashqi iqtisodiy hamkorlikning turli shakllarini kengaytirishga koʻmaklashadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353147" id="-353147">Vazirlar Mahkamasiga tovarlar eksporti va importi yuzasidan miqdoriy cheklashlar joriy etish toʻgʻrisida, tovarlarning ayrim turlari eksporti va/yoki importiga davlat monopoliyasini oʻrnatish toʻgʻrisida, shuningdek tovarlarni olib kirish va olib chiqishga nisbatan himoya choralari, kompensatsiya, dempingga qarshi choralar va boshqa choralarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353148" id="-353148">himoya choralarini, antidemping va kompensatsiya bojlarini joriy etishdan oldin, belgilangan tartibda tekshiruvlar oʻtkazadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353150" id="-353150">Vazirlar Mahkamasiga chet ellarda Oʻzbekiston Respublikasining savdo vakolatxonalarini ochish va yopish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353152" id="-353152">respublikaning kommunikatsiya tizimlarini xalqaro transport kommunikatsiyalari tizimiga integratsiyalash maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda transport kommunikatsiyalari, tashqi savdo yuklarini tashishni maqbullashtirish, yangi transport yoʻnalishlari va yoʻlaklarini ishlab chiqish sohasida tashqi iqtisodiy siyosat masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353154" id="-353154">vazirliklar va idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasida va chet elda xalqaro savdo — sanoat koʻrgazmalari, yarmarkalar, anjumanlar, taqdimotlar, konferensiyalarni va boshqa shu kabi tadbirlarni tashkil etadi va oʻtkazadi, reklama-axborot ishlarini amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353156" id="-353156">Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subyektlariga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda, xorijiy sheriklar izlashda va ularning ishonchliligi va ishbilarmonligini oʻrganishda tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlariga koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353158" id="-353158">tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarini huquq, narx, valyuta, moliya, kredit masalalari, tashqi bozorning eksportga yetkazib berilayotgan mahsulotlar sifatiga, texnik tavsifnomalariga talablari boʻyicha metodik, axborot va konsultativ taʼminlashni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353161" id="-353161">importning oʻrnini toʻldirish va mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari boʻyicha takliflar kiritadi, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish konsepsiyalari va dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353164" id="-353164">tovarlarning kelib chiqishini sertifikatsiyalash, yuridik shaxslar tomonidan, shu jumladan oʻz ehtiyojlari uchun xorijiy investorlar tomonidan olib kelinadigan mahsulotlarni sertifikatsiyalash, mamlakatda ishlab chiqarilgan, eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlarni sertifikatsiyalashni, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan chetdan olib kelinadigan texnologiya asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar, materiallar va komponentlarni mahalliylashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishda texnologiya jarayonida foydalaniladiganlar toifasiga kiritish toʻgʻrisida xulosalar berishni mustaqil amalga oshiradi yoki bu boradagi vakolatlarni boshqalarga beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353167" id="-353167">oʻz vakolatlari doirasida tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi qonunchilik boʻyicha sharhlar va tushuntirishlar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353170" id="-353170">v) respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga koʻmaklashish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353173" id="-353173">respublikaning eksport salohiyatini kengaytirish maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda qatnashadi, eksport qiluvchi korxonalarni iqtisodiy ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353176" id="-353176">eng muhim tovarlarni, shu jumladan paxta tolasi, rangli metallar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda eksportga yetkazib berish balanslarini ishlab chiqishda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353177" id="-353177">qisqa, oʻrtacha va uzoq muddatli davrda paxta tolasi jahon bozorida vaziyatning rivojlanishi boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazadi hamda uning ssenariysini ishlab chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353179" id="-353179">tashqi bozorlar talablarini va mahalliy moddiy-xomashyo resurslaridan toʻliq foydalanish imkoniyatlarini hisobga olgan holda eksportning turli mexanizmlari va sxemalarini, ishlab chiqarish jarayonini maqbullashtirish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353183" id="-353183">tashqi sotish bozorlari ehtiyojini va talablarini oʻrganadi, eksport strategiyasini, shuningdek eksport nomenklaturasini kengaytirish va hajmlarini koʻpaytirish, eksportni mablagʻ bilan taʼminlash mexanizmini takomillashtirish, milliy tovar ishlab chiqaruvchilarning anʼanaviy eksport nomenklaturasi bilan savdo qilishda shart-sharoitlarni maqbullashtirish va ham yangi vositalarni joriy etish hisobiga, ham anʼanaviy boʻlmagan eksportning boshqa xil mahsulotlar (ishlar va xizmatlarni) olib kirish va eksport nomenklaturasini diversifikatsiyalash hisobiga xalqaro bozorlarga chiqishi boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353187" id="-353187">milliy eksportning butun nomenklaturasi boʻyicha marketing tadqiqotlari oʻtkazadi hamda marketing va tahliliy sharhlar tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353189" id="-353189">oʻzining davriy nashrlari va texnik vositalari orqali Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlarini respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sotishning tashqi bozorlari ahvolini, shuningdek uning boshqa turlarini sotishning potensial bozorlariga eksport qilish istiqbollari toʻgʻrisida xabardor qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353190" id="-353190">eksport qilinadigan tovarlar miqdori va sifatini ekspert baholash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va kiritadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353192" id="-353192">respublika korxonalari, shu jumladan kichik va oʻrta biznes korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksportini tashkil etishda qatnashadi, ularga xorijiy bozorlar marketing tadqiqotlarini oʻtkazishda koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353193" id="-353193">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan taqdim etiladigan axborotlar asosida eksport va import prognozlarining bajarilishini monitoring va tahlil qiladi hamda eksport surʼatlarini, nisbatini va samaradorligini natural va narx ifodasida prognoz qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353195" id="-353195">tashqi savdo infratuzilmasini elektron savdoning jahon tizimiga integratsiyalash, “Internet”ning global tarmogʻida milliy eksportchilar ishtirokini kuchaytirish, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat axborot markazini barpo etish boʻyicha dasturlar va chora-tadbirlar komplekslarini ishlab chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353197" id="-353197">eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar, shuningdek eksport mahsulotlarining tarmoq ishlab chiqaruvchilari va eksport qiluvchilar boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353199" id="-353199">Oʻzbekistonning tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353201" id="-353201">g) xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353202" id="-353202">davlat organlarining xorijiy investorlar bilan ishlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353205" id="-353205">Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini takomillashtirishga, xorijiy investitsiyalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353206" id="-353206">toʻgʻridan toʻgʻrixorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun iqtisodiyotning ustuvor sektorlari roʻyxatini va eng muhim ishlab chiqarishlarni aniqlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, yirik korxonalarni xususiylashtirish boʻyicha tanlovlar tashkil etishda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353209" id="-353209">Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ularga tadbirkorlik obyektlarida moddiy va nomoddiy boyliklar va huquqlar berish va chet eldagi boshqa faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353211" id="-353211">strategiya jihatidan muhim boʻlgan investitsiya dasturlari va ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun toʻgʻridan toʻgʻrixorijiy investitsiyalarni, tashqi kreditlarni jalb etadi, tashkilotlar va korxonalar tomonidan taqdim etiladigan axborotlar asosida ulardan samarali foydalanilishi boʻyicha monitoring olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353213" id="-353213">investitsiya loyihalari amalga oshirilishi monitoringini, shu jumladan investitsiya shartnomalari shartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353214" id="-353214">tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarini xorijiy investorlarni jalb etish masalalarida axborotlar bilan taʼminlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353216" id="-353216">xorijiy investorlarni respublikadagi mavjud potensial investitsiya imkoniyatlari va amalga oshiriladigan loyihalar haqidagi axborotlar bilan taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353218" id="-353218">toʻgʻridan toʻgʻrixorijiy investitsiyalar oqimlarini tahlil qiladi, ularni jalb etish va ragʻbatlantirish boʻyicha jahon tajribasini oʻrganadi va umumlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353220" id="-353220">d) tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353222" id="-353222">tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi va tartibga soladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353224" id="-353224">respublika tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarning respublika hududidagi hamda chet ellardagi faoliyatini mavzuli va kompleks oʻrganishni tashkil etadi va amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353226" id="-353226">xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalarini va ularning xodimlarini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qiladi, shuningdek ana shunday vakolatxonalar tomonidan taqdim etiladigan ular faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlarni koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353227" id="-353227">manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining TIF TN (Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi)ni ishlab chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353229" id="-353229">respublika rezidentlarining chet eldagi korxonalari, filiallari va vakolatxonalari monitoringini amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353231" id="-353231">qonun hujjatlarida belgilangan hollarda eksport-importni litsenziyalaydi, tegishli ruxsatnomalar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353233" id="-353233">Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari ishtirokida chet elda tashkil etilgan korxonalar, filiallar va vakolatxonalarning davlat reyestrini va tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari reyestrini, shuningdek xorijiy tijorat tashkilotlarining akkreditatsiya qilingan vakolatxonalari boʻyicha maʼlumotlar bankini yuritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353234" id="-353234">yuridik shaxs boʻlmasdan tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni import qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari sifatida roʻyxatdan oʻtkazadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353237" id="-353237">xorijiy mamlakatlarning siyosiy-iqtisodiy ahvoli, ular tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan tashqi savdo rejimlari, shu jumladan erkin savdo zonalarining, bojxona ittifoqlarining faoliyat koʻrsatishi, eng koʻp qulaylik beradigan rejimlar, amaldagi bojxona-tarif qoidalari, litsenziyalash va kvotalash tartib-qoidalari, tovarlarning bojxona qiymatini va kelib chiqish mamlakatini aniqlash masalalari va boshqa masalalar bilan bogʻliq axborotlarni toʻplaydi va turkumlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353238" id="-353238">tashqi savdo bitishuvlari va xalqaro shartnomalar shartlariga muvofiq yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari toʻgʻrisida xabar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353240" id="-353240">import kontraktlarini belgilangan tartibda oldindan ekspertizadan oʻtkazadi, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari tomonidan tuziladigan boshqa savdo-iqtisodiy shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazadi va hisobga oladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353242" id="-353242">Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida korxonalar, filiallar, korxonalar tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining sarmoyasini olib chiqib ketish strategiyasi va tartibini ishlab chiqish boʻyicha takliflar kiritadi, oʻz vakolatlari doirasida chet elda respublika rezidentlari korxonalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353244" id="-353244">eksport nazorati sohasida ishlarni muvofiqlashtiradi va amalga oshiradi, import qiluvchi (pirovard foydalanuvchi)ning Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelinadigan spetsifik tovarlar va ikki tomonlama vazifaga ega boʻlgan tovarlardan buyurtma berilgan maqsadlarda foydalanish toʻgʻrisidagi kafolatini tasdiqlovchi sertifikatlar beradi, eksport nazorati obyektlarining milliy roʻyxatlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353245" id="-353245">milliy transport tashkilotlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash, respublikaning transport infratuzilmasini rivojlantirish va tranzit yuk oqimlarini jalb etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353247" id="-353247">olib kelinayotgan va olib chiqib ketilayotgan tovarlarni sertifikatsiyalash qoidalarini ishlab chiqishda, texnik, farmakologik, sanitariya, veterinariya, ekologiya standartlari va talablarini belgilashda, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish chogʻida yuklab joʻnatishdan oldingi inspeksiyalar, bojxona rasmiyatchiligi, ekologiya, veterinariya, fitosanitariya va sanitariya normalari talablariga rioya etilishini taʼminlashda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353249" id="-353249">tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti va importini tartibga solish, shu jumladan standartlar, muvofiqlikni tasdiqlash tizimlari boʻyicha talablarni qoʻllash, tovarlar xavfsizligi normalariga, ularni idishlarga joylash va markirovka qilish qoidalariga rioya qilish, tovarga doir hujjatlarning tegishli shakllaridan foydalanish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353251" id="-353251">korxonalar va tashkilotlarda marketing xizmatlari tashkil etilishiga va faoliyat koʻrsatilishiga metodik va amaliy koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353253" id="-353253">e) Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar, xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorligini rivojlantirishni taʼminlash sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353255" id="-353255">Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro va hukumat tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy hamkorligi strategiyasini shakllantirishda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353257" id="-353257">tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari, shu jumladan savdo-iqtisodiy, investitsiya, moliya, soliq, transport-kommunikatsiya, ilmiy-texnik va boshqa sohalardagi hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini xorijiy mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan kelishib oladi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353258" id="-353258">Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining topshirigʻiga koʻra muzokaralar oʻtkazadi va xalqaro shartnomalar tuzadi, shuningdek boshqa davlatlarning tashqi iqtisodiy organlari, firmalari, kompaniyalari va korxonalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353260" id="-353260">xorijiy davlatlar va xalqaro moliya institutlarining texnikaviy, muruvvat, begʻaraz yordamini va boshqa yordamlarini olish jarayonini muvofiqlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353261" id="-353261">Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyalarining xorijiy davlatlarga davlat tashriflari bilan bogʻliq tadbirlarni axborot-tahlil, shartnomaviy-huquqiy, tashkiliy jihatdan taʼminlashda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353263" id="-353263">xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar)ning Oʻzbekiston boʻyicha kotibiyati funksiyalarini bajaradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353267" id="-353267">tashqi iqtisodiy hamkorlik masalalari boʻyicha xorijiy delegatsiyalarni qabul qilish va ularning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi, shu jumladan kutib olish va kuzatishlarni tashkil etish, delegatsiya aʼzolariga vizalar olish va ularning muddatini uzaytirish, ularni mehmonxonalarga joylashtirish, ularga transport xizmati koʻrsatish, muzokaralar, biznes-seminarlar, konferensiyalar, Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab safarlarni tashkil etish bilan bogʻliq chora-tadbirlar kompleksini amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353269" id="-353269">j) Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353271" id="-353271">Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini chet elda belgilangan tartibda ifodalaydi va himoya qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining xalqaro va xorijiy tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishiga koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353273" id="-353273">Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda oʻz vakillarini Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilar sifatida yoʻllaydi, ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353275" id="-353275">Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya kotibiyati funksiyasini bajaradi, mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga kirishi, shu jumladan qonun hujjatlarini Jahon savdo tashkilotining normalari va qoidalariga moslashtirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan vazirliklar va idoralarning oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353277" id="-353277">Savdo va tarif bosh bitimi/Jahon savdo tashkiloti prinsiplariga muvofiq yuklab joʻnatishdan oldingi inspeksiya boʻyicha faoliyatning tashkil etilishini muvofiqlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353279" id="-353279">Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan ishbilarmonlik amaliyotini cheklaydigan yoki respublikaning xoʻjalik yurituvchi subyektlari oldidagi majburiyatlarini nohalol bajargan xorijiy davlatlar kompaniyalari roʻyxatini yuritadi, ushbu roʻyxatning mundarijasi boʻyicha tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlariga maslahat beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353283" id="-353283">tashqi iqtisodiy hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha tomonlarning majburiyatlari bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353286" id="-353286">tijorat, valyuta va toʻlov shartlari hamda davlat tashqi qarzlari hisobiga yoki hukumat kafolatlari ostida mablagʻ bilan taʼminlanadigan kontraktlar boʻyicha, shuningdek eksport va/yoki import qilishga davlat monopoliyasi yoki miqdoriy cheklashlar belgilangan tovarlarning ayrim turlari boʻyicha tashqi savdo narxlari ustidan nazoratni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353287" id="-353287">belgilangan hollarda investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini ekspertizadan oʻtkazadi, ular amalga oshirilishi monitoringini olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353289" id="-353289">xalqaro iqtisodiy nizolarni hal etish yuzasidan takliflar kiritadi, xoʻjalik nizolarini sudgacha tartibga solishda xorijiy mamlakatlarda Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda yordam beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353291" id="-353291">xavfli yuklar, harbiy texnika, harbiy mol-mulk, portlovchi moddalar va buyumlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranziti chogʻida belgilangan tartibda xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353294" id="-353294">belgilangan hollarda tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida yoki uning tashqarisida qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslarini kelishadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353296" id="-353296">tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazmasligi haqida belgilangan tartibda xulosa beradi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-353298" id="-353298">III. Agentlikning huquqlari va javobgarligi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353299" id="-353299">9. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353301" id="-353301">Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq takliflar kiritish, qarorlar va normativ hujjatlar loyihalarini kelishish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353315" id="-353315">xorijiy davlatlarning organlari, chet elda xalqaro va boshqa tashkilotlar, firmalar, kompaniyalar va korxonalar, xorijiy davlatlarning elchixonalari va missiyalari, Oʻzbekiston Respublikasidagi xalqaro tashkilotlar va xorijiy firmalar, kompaniyalar va korxonalar bilan toʻgʻridan toʻgʻrialoqalarni amalga oshirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353317" id="-353317">xorijiy davlatlar bilan belgilangan tartibda texnik va iqtisodiy axborotlarni ayirboshlashni amalga oshirish hamda qonun hujjatlariga muvofiq vazirliklar, idoralar va tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlaridan axborotlarni soʻrab olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353320" id="-353320">tashqi iqtisodiy aloqalar, shu jumladan transport va transport yoʻlaklari sohasidagi masalalar boʻyicha tegishli vakolatli organlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlardan statistik maʼlumotlar, takliflar, xulosalarni, tashqi savdo asosiy indikatorlari parametrlarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini tekshirish uchun zarur boʻlgan, shuningdek transport kommunikatsiyalari sohasida tashqi iqtisodiy siyosatning strategik masalalari boʻyicha takliflarni oʻrganib chiqish va ishlab chiqish maqsadlarida shu jumladan idoraviy statistika materiallarini va boshqa axborotnoma materiallarni belgilangan tartibda olish, shuningdek yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq yozishmalar olib borish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353323" id="-353323">tegishli vazirliklar, idoralar, davlat tashkilotlari, mahalliy hokimiyat va davlat boshqaruvi organlari, shuningdek korxonalar masʼul shaxslarining tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish, tashqi bozorda respublika manfaatlariga rioya qilinishi, respublikaning eksport salohiyatini kengaytirish masalalari hamda tashqi iqtisodiy aloqalarga oid boshqa masalalar boʻyicha hisobotlarini eshitish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353325" id="-353325">tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning belgilangan tartibini buzayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va hollarda choralar koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353328" id="-353328">Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari muammolari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi, ilmiy-texnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalari tuzish, maxsus kengashlar chaqirish, shuningdek maslahatlar olish, ushbu muammolarni oʻrganish va hal qilish uchun ham respublikadan, ham xorijdan olimlar, mutaxassislar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353331" id="-353331">oʻz qurilish moddiy-texnika bazasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353333" id="-353333">Agentlik va unga qarashli boʻlinmalar tomonidan respublikada va xorijda turli xizmatlar koʻrsatish va faoliyatdan olinadigan oʻz ixtiyorida qoladigan budjetdan tashqari mablagʻlardan oʻz moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va ijtimoiy maqsadlar uchun foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353336" id="-353336">oʻz vakolatlari doirasida xorijiy davlat, bank va tijorat kreditlarini jalb etish, valyuta mablagʻlaridan oqilona foydalanilishini, Hukumat kafolatlari bilan taʼminlangan kreditlarning qaytarilishini nazorat qilish, ularning hisobini yuritish ishlarida qatnashish, shuningdek oʻziga qarashli tashqi iqtisodiy tashkilotlarga kreditlar hisobiga operatsiyalarni amalga oshirish hamda amalga oshirilishi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Agentlikka yuklangan loyihalar boʻyicha kreditlar hisobiga tuzilayotgan kontraktlarning kredit berish shartlariga muvofiqligini tezkor nazorat qilishni topshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353338" id="-353338">Agentlik ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353340" id="-353340">xodimlarning lavozim maoshlariga shaxsiy qoʻshimchalar, shuningdek xorijiy tillarni bilishi va belgilangan xizmat muddati uchun ustamalar toʻlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353341" id="-353341">Agentlikning va Agentlik roziligi bilan oʻziga qarashli tashkilotlarning rasmiy taklifiga koʻra Oʻzbekistonga kelgan xorijiy delegatsiyalarning respublika hududida yashashi va transport xarajatlariga haq toʻlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353343" id="-353343">tashqi iqtisodiy aloqalar infratuzilmasini rivojlantirish manfaatlarini koʻzlab ham respublika hududida, ham xorijda obyektlarni, shu jumladan xorijiy firmalar ishtirokida, qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353345" id="-353345">Agentlik tizimida budjet mablagʻlaridan oqilona foydalanilishini muntazam nazorat qilish, oʻziga qarashli tashkilotlarning tijorat, moliya va xoʻjalik faoliyatini tekshirish va taftish qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353347" id="-353347">Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353349" id="-353349">10. Agentlik oʻz vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqlidir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353352" id="-353352">Agentlik zarur hollarda boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqlidir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353355" id="-353355">11. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun javob beradi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-353359" id="-353359">IV. Agentlik faoliyatini tashkil etish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353361" id="-353361">12. Agentlikka qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Rais boshchilik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353363" id="-353363">Raisning toʻrt nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353365" id="-353365">Agentlik raisi maqomiga koʻra vazirga, raisning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari tegishli ravishda vazirning birinchi oʻrinbosariga va oʻrinbosariga tenglashtiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353367" id="-353367">13. Agentlik raisi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353369" id="-353369">Agentlik faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353373" id="-353373">Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi hamda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353375" id="-353375">mansabdor shaxslar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, tizim mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilaydi, Agentlik faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik qilish va Agentlikka qarashli tashkilotlar ishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi darajasini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353377" id="-353377">Agentlik tizimi xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353380" id="-353380">xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Agentlik markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi, shtat jadvalini, shuningdek Agentlik markaziy apparati xarajatlari smetasini tasdiqlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353383" id="-353383">Agentlik markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353386" id="-353386">Agentlik markaziy apparati boʻlinmalari, viloyatlar va Toshkent shahar tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi toʻgʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353388" id="-353388">Rais qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353392" id="-353392"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-814928" id="edi-814928"><a href="/mact/-350145?ONDATE=28.08.2004 00#-814927">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-814928" id="-814928">14. Agentlikda Rais (hayʼat raisi), Vazirlar Mahkamasining Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri (kelishuv boʻyicha), rais oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi (lavozimiga koʻra), Agentlik, Agentlikka qarashli tashkilotlarning boshqa rahbar xodimlaridan 11 kishidan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi. Hayʼat majlislariga, zarur hollarda, respublika huquqni muhofaza qilish, moliya organlari va boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarini boshqarishda qatnashuvchi vakillari taklif qilinishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-814931" id="-814931">(14-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-son <a href="/mact/-503998?ONDATE=22.02.2005 00#-505296">qarori </a>tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 8-9-son, 67-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353396" id="-353396">Hayʼatning shaxsiy tarkibi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353400" id="-353400">Hayʼat oʻzining muntazam ravishda oʻtkaziladigan majlislarida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353404" id="-353404">Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmalari, oʻziga qarashli kompaniyalar, firmalar, markazlar va tashkilotlar, savdo vakolatxonalari, Oʻzbekiston Respublikasi elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilar faoliyati bilan bogʻliq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353407" id="-353407">Agentlik apparati boʻlinmalari rahbarlarini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi va uning oʻrinbosarini, oʻziga qarashli tashkilotlar rahbarlari va ularning oʻrinbosarlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilarni belgilangan tartibda tasdiqlash bilan bogʻliq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353409" id="-353409">Hukumat topshiriqlarini bajarish va Agentlik faoliyati prognozlari bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353410" id="-353410">Hayʼat Agentlik vakolatiga tegishli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqlidir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353412" id="-353412">Hayʼat uning majlisida aʼzolarining yarmidan koʻpi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353415" id="-353415">Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Hayʼat qarorlari raisning buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353417" id="-353417">Hayʼat aʼzolari bilan rais oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, Rais oʻz qarorini amalga oshiradi. Kelib chiqqan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida rais Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353420" id="-353420">15. Agentlik belgilangan tartibda Agentlik tizimini, shu jumladan oʻziga qarashli tashkilotlar tizimini safarbarlik yuzasidan tayyorlashga doir tadbirlarni amalga oshiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-353422" id="-353422">16. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-353027" id="-353027">Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 393-modda; 2005-y., 8-9-son, 67-modda)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
