toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-son qarori bilan tasdiqlangan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi joriy etiladigan, shuningdek, kompozit shaklda koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxatida xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish xizmatini joriy etish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2026-yil 1-maydan boshlab amalga kiritilsin:
xorijiy davlatda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha hujjatlarni taqdim qilish tartibi;
davlat xizmatini koʻrsatish, xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish va rasmiylashtirish tartibi;
xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni qayta rasmiylashtirish va apellyatsiyani koʻrib chiqish tartibi.
3. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
a) Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq maʼmuriy reglament boʻyicha davlat xizmatining davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatilishini taʼminlasin;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmati koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Adliya vazirligi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ushbu qarorga muvofiq davlat xizmati koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 9-aprel,
161-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 161-son qaroriga
1-ILOVA
Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjat — xorijiy davlat qonunchiligi asosida falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja olinganini tasdiqlovchi rasmiy hujjat;
xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish — xorijiy davlatda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjat egasiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning navbatdagi bosqichlarida oʻqishni davom ettirish, kasbiy faoliyat yuritish hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga berilgan imtiyozlardan foydalanish uchun ruxsat berish maqsadida vakolatli organ tomonidan xorijiy davlatda olingan ilmiy darajani rasman tasdiqlash;
xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni toʻgʻridan-toʻgʻri tan olish — dissertatsiya va unga oid hujjatlarni meʼyoriy-texnik va ilmiy ekspertizadan oʻtkazmagan holda, xorijiy davlatda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjat (diplom)ning toʻgʻridan-toʻgʻri ekvivalentligini rasmiylashtirish;
vakolatli organ — qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish sohasidagi tegishli vakolatga ega boʻlgan davlat organi;
talabgor — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar.
3. Xorijiy davlatlar attestatsiya organlari yoki xorijiy davlatlar qonunchiligiga muvofiq tegishli oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan talabgorlarga berilgan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan ekspertizadan oʻtkazilgan holda yoki ilmiy ekspertizasiz toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadi va nostrifikatsiya qilinadi (ekvivalentligi qayd etiladi).
4. Xorijiy davlatlar attestatsiya organlari tomonidan 1992-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolariga hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga berilgan fan doktori, fan nomzodi diplomlari, professor, dotsent va katta ilmiy xodim hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqiy hisoblanadi.
5. Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
2-bob. Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha hujjatlarni taqdim qilish tartibi
6. Talabgor davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.
Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan yoki talabgor YIDXP orqali mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi.
Soʻrovnoma YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda soʻrovnoma ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari yuborilganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni vakolatli organga soʻrovnoma kelib tushgan va ular tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
7. Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjat (notarial tasdiqlangan);
dissertatsiyaning nusxasi (mavjud boʻlsa, uning avtoreferati nusxasi).
Talabgordan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
8. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng talabgor maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (mobil-ID tizimi, elektron raqamli imzo, daktiloskopiya va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Talabgor YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
9. Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun talabgordan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun belgilangan yigʻim hujjatlarni taqdim qilish vaqtida toʻlanmagan taqdirda, xizmat koʻrsatish rad etiladi.
Bunda xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadigan holatlarda davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, belgilangan yigʻim miqdorining 90 foizi undiriladi.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan yigʻimning 50 foizi miqdorida chegirma qoʻllanadi.
Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) davlat xizmatlari markazlariga murojaat etilganda:
18 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
0,5 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
11,75 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan shaxsiy hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlangani Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
10. Talabgor davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
11. Talabgor davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlangandan soʻng ushbu Reglamentning 7-bandiga muvofiq hujjatlar ilova qilingan holda, oʻttiz daqiqada vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
3-bob. Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish va rasmiylashtirish
12. Taqdim etilgan hujjatlar quyidagi muddatlarda koʻrib chiqiladi:
hujjatlar taqdim etilgandan boshlab ikki ish kuni ichida vakolatli organ tomonidan ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatning haqiqiyligini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilinadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ikki ish kuni ichida ilmiy daraja bergan xorijiy davlat muassasasiga soʻrovnoma yuboriladi. Bunda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatning haqiqiyligini tasdiqlash maʼlumotlarini olish uchun talab etiladigan vaqt ushbu Reglamentda belgilangan muddatlarga kirmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi soʻrovnoma natijasi boʻyicha rasmiy javob xatini ikki ish kuni ichida vakolatli organga taqdim etadi.
Ilmiy ekspertizadan oʻtkazish yoki xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatning haqiqiyligini aniqlash qoʻshimcha oʻrganishni talab qiladigan hollarda, vakolatli organning qarori bilan ishni koʻrib chiqish muddati oʻttiz kunga uzaytirilishi mumkin va bu toʻgʻrisida davlat xizmatlari markazlariga yoki YIDXP orqali talabgorga xabarnoma yuboriladi.
13. Quyidagi holatlarda davlat xizmati koʻrsatilishi rad etiladi:
davlat xizmatlari markazlari orqali yuborilgan ariza elektron raqamli imzo yoki imzoni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari bilan tasdiqlanmagan boʻlsa;
soʻrovnoma va ilova qilingan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan boʻlsa;
notoʻgʻri maʼlumot yoki qalbaki hujjat taqdim etilgan boʻlsa;
xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun belgilangan yigʻim hujjatlarni taqdim qilish vaqtida toʻlanmagan boʻlsa.
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etish taqiqlanadi.
14. Davlat xizmati koʻrsatilishi texnik sabablarga koʻra rad etilgan taqdirda, talabgorga vakolatli organ tomonidan ushbu Reglamentga muvofiq rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma rad etish sabablari koʻrsatilgan holda davlat xizmatlari markazlariga yoki YIDXP orqali uning shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
Talabgor ushbu sabablarni bartaraf etib, takroran koʻrib chiqish uchun kamida oʻn ish kuni ichida hujjatlarni qayta taqdim etishi mumkin (ushbu muddat hujjatlarni koʻrib chiqish muddatlarini hisoblashda inobatga olinmaydi).
Talabgorga rad etish sabablari bartaraf etilishi uchun taqdim etilgan muddat davomida qayta taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqilgani uchun yigʻim undirilmaydi.
Rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat tugagandan soʻng berilgan soʻrovnoma yangidan berilgan hisoblanadi.
15. Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatning haqiqiy ekanligiga shubha tugʻilgan taqdirda, vakolatli organ tomonidan Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlarda joylashtirilgan maʼlumotlar tekshirilishi yoki hujjatga oid maʼlumot taqdim etish haqida hujjatni bergan muassasa va boshqa tashkilotlarga soʻrovnomalar yuborilishi mumkin.
Qalbaki hujjat aniqlangan taqdirda, bir ish kuni ichida mazkur hujjatlar vakolatli organ tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora koʻrish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
16. Quyidagi hollarda xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinib, nostrifikatsiya qilinadi (ekvivalentligi qayd etiladi):
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro bitimlari va shartnomalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlarida nazarda tutilganda, xorijiy davlatlarda mutaxassislarni maqsadli tayyorlash asosida olingan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlar;
oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning bir pogʻonali tizimi joriy qilingan xorijiy davlatlarning roʻyxati har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan xalqaro reytinglarda fan tarmoqlari kesimida birinchi 300 ta oʻrindan birini egallagan oliy taʼlim tashkilotlarida reyting berilgan yilga muvofiq boʻlgan holda olingan falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasi toʻgʻrisidagi hujjatlar;
vazirlik va idoralarning yoʻllanmalari asosida hamda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali xorijiy davlatlarda mutaxassislar maqsadli tayyorlovdan oʻtgan muassasalar tomonidan berilgan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlar.
17. Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinishida mazkur masala vakolatli organda koʻrib chiqilib, tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab ushbu Reglamentga 3 — 6-ilovalarga muvofiq shakldagi guvohnoma bir ish kuni ichida rasmiylashtirilib, uning elektron shakli davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali talabgorga yuboriladi.
18. Ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatning haqiqiyligi tasdiqlangandan soʻng yigirma kun ichida ilmiy ekspertizadan oʻtkaziladi. Bunda ijobiy xulosa berilganda, nostrifikatsiya qilingani toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi yoki salbiy xulosa beriladi.
Quyidagi hollarda vakolatli organ ekspert kengashi tomonidan salbiy xulosa qabul qilinadi:
dissertatsiyaning mazmun va mohiyati dissertatsiyaga qoʻyilgan talablarga javob bermaganda;
koʻchirmachilik va soxta hujjatlar aniqlanganda.
Vakolatli organ ekspert kengashining xulosasi vakolatli organ Rayosatining navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi va hujjatni tan olish yoki rad etish yuzasidan tegishli qaror qabul qilinadi hamda bu toʻgʻrisida davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilinganda, soʻrovnomada koʻrsatilgan elektron pochta manziliga, YIDXP orqali murojaat etilganda, talabgorga xabarnoma yuboriladi.
Vakolatli organ Rayosatining hujjatni tan olish toʻgʻrisidagi qarori asosida ushbu Reglamentga 3 — 6-ilovalarga muvofiq shakldagi guvohnoma bir ish kuni ichida rasmiylashtiriladi hamda davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali talabgorga yuboriladi.
Davlat xizmatini koʻrsatish natijasida shakllantirilgan guvohnomalar elektron hujjatlar repozitoriysida saqlanadi.
19. Xorijiy davlatda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjat tan olish guvohnomasi bilan birgalikda taqdim etilganda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy kuchga ega boʻladi.
4-bob. Xorijiy davlatda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni qayta rasmiylashtirish
20. Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma egasining familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgargan taqdirda, vakolatli organ tomonidan manfaatdor shaxsning arizasiga muvofiq besh ish kuni ichida qayta rasmiylashtirib beriladi.
Talabgor oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilganda esa mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 7-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi.
21. Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
nikoh tuzilganligi yoki nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;
tugʻilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;
xorijiy davlatda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi berilgan guvohnoma nusxasi.
Talabgordan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
22. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng talabgor maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (mobil-ID tizimi, elektron raqamli imzo, daktiloskopiya va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Talabgor YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
23. Quyidagi holatlarda xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni qayta rasmiylashtirish rad etilishi mumkin:
davlat xizmatlari markazlari orqali yuborilgan ariza elektron raqamli imzo yoki imzoni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari bilan tasdiqlanmagan boʻlsa;
soʻrovnoma va ilova qilingan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan boʻlsa;
notoʻgʻri maʼlumot yoki qalbaki hujjat taqdim etilgan boʻlsa.
Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni qayta rasmiylashtirishni boshqa asoslarga koʻra rad etish taqiqlanadi.
24. Davlat xizmati koʻrsatilishi texnik sabablarga koʻra rad etilgan taqdirda, talabgorga vakolatli organ tomonidan ushbu Reglamentga muvofiq rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma rad etish sabablari koʻrsatilgan holda, Davlat xizmatlari markazlariga yoki YIDXP orqali uning shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
Talabgor ushbu sabablarni bartaraf etib, takroran koʻrib chiqish uchun kamida oʻn ish kuni ichida hujjatlarni qayta taqdim etishi mumkin (ushbu muddat hujjatlarni koʻrib chiqish muddatlarini hisoblashda inobatga olinmaydi).
25. Qalbaki hujjat aniqlangan taqdirda, mazkur hujjatlar vakolatli organ tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora koʻrish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.
26. Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni qayta rasmiylashtirishda ushbu Reglamentga 8 — 11-ilovalarga muvofiq shakldagi guvohnoma dublikati besh ish kuni ichida rasmiylashtirilib, uning elektron shakli davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali talabgorga yuboriladi.
Davlat xizmatini koʻrsatish natijasida shakllantirilgan guvohnoma dublikatlari elektron hujjatlar repozitoriysida saqlanadi.
27. Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnomaning dublikati berilgani uchun yigʻim undirilmaydi.
5-bob. Apellyatsiyani koʻrib chiqish
28. Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish yuzasidan qabul qilingan qarordan norozi boʻlgan talabgor mazkur qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki oy ichida vakolatli organga YIDXP orqali ushbu Reglamentga 12-ilovada koʻrsatilgan soʻrovnoma asosida yoki sud organlariga murojaat qilishi mumkin.
Apellyatsiya bir oy muddatda koʻrib chiqiladi.
Talabgor oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilganda esa mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 12-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi.
29. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng talabgor maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (mobil-ID tizimi, elektron raqamli imzo, daktiloskopiya va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Talabgor YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
30. Vakolatli organ apellyatsiyani koʻrib chiqishni ekspert kengashiga topshirishi mumkin. Dissertatsiyaning mazmun va mohiyati boʻyicha ilmiy ekspertizaga vakolatli organ Rayosati yoki talabgor tomonidan eʼtiroz bildirilgan taqdirda, vakolatli organda mazkur masalani koʻrib chiqishning avvalgi bosqichlarida ishtirok etmagan mutaxassis-olimlardan iborat Apellyatsiya komissiyasi tuziladi. Apellyatsiya komissiyasi vakolatli organ Rayosati qarori bilan kamida besh nafar aʼzodan iborat tarkibda tasdiqlanadi.
31. Vakolatli organ Rayosati tomonidan ekspert kengashi yoki Apellyatsiya komissiyasi xulosalari koʻrib chiqiladi va apellyatsiya boʻyicha yakuniy qaror qabul qilinadi.
32. Vakolatli organ Rayosatining apellyatsiya boʻyicha qabul qilgan yakuniy qarori ariza beruvchiga yuboriladi.
33. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
34. Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjat egasiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning navbatdagi bosqichlarida oʻqishni davom ettirish, kasbiy faoliyat yuritish hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga berilgan imtiyozlardan foydalanish huquqi beriladi.
Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjat tan olinmagan hollarda, mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqiy hisoblanmaydi.
35. Talabgor xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnomaning asl blankasini olish uchun murojaat qilgan taqdirda, guvohnomaning ushbu Reglamentga 5 yoki 6-ilovalarga muvofiq shakldagi asl blankasi uchun toʻlov talabgor tomonidan pul oʻtkazish orqali (elektron toʻlov tizimlaridan foydalangan holda) amalga oshiriladi.
Bunda YIDXP orqali xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma olish uchun murojaat qilinganda, talabgor oʻz xohishiga koʻra guvohnomaning asl blankasini pochta aloqasi orqali oʻzi koʻrsatgan manziliga yetkazib berish xizmatidan foydalanishi mumkin. Pochta aloqasi orqali yetkazish xizmatidan foydalanilganda, pochta xizmati uchun toʻlovlar talabgor tomonidan qoplanadi.
36. Talabgor xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish yoki uni rad etish haqidagi qaror va vakolatli organ xodimlarining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
37. Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma hisobi vakolatli organning “Xorijiy davlatda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha axborot tizimi” reyestrida yuritiladi.
Guvohnoma reyestrida talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi, ilmiy daraja olgan davlat va taʼlim muassasasining nomi (mavjud boʻlsa, ixtisosligi), guvohnoma seriyasi va raqami, guvohnomaning berilgan sanasi va tartib raqami hamda talabgorning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) koʻrsatiladi.
38. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ davlat xizmatini koʻrsatish jarayonida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
39. Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish yoki rad javobi berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vakolatli organ veb-saytida har chorak yakuni boʻyicha eʼlon qilib boriladi.
Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Talabgor

(Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar)

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

1. Davlat xizmatlari markazi xodimi talabgor nomidan tegishli soʻrovnomani toʻldiradi va elektron shaklda vakolatli organga yuboradi.

1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng 30 daqiqada

2. Talabgor

2. Tegishli soʻrovnomani toʻldiradi va YIDXP orqali vakolatli organga yuboradi.

2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

Vakolatli organ

(Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi)

Vakolatli organ tomonidan hujjatlar taqdim etilgan muddatdan boshlab xorijiy davlatda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatning haqiqiyligini aniqlash uchun tegishliligi boʻyicha Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qiladi.

Ikki ish kunida

4-bosqich

Tashqi ishlar vazirligi

1. Tashqi ishlar vazirligi ilmiy daraja bergan xorijiy davlat muassasasiga soʻrovnoma yuboradi.

1. Ikki ish kunida

2. Soʻrovnoma natijasini vakolatli organga taqdim etadi.

2. Ikki ish kunida

5-bosqich

Vakolatli organ

1. Qalbaki hujjat aniqlangan taqdirda, taqdim etilgan hujjatlarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboradi.

1. Bir ish kuni ichida

2. Xorijiy davlatda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinishida mazkur masala vakolatli organda koʻrib chiqilib, hujjatni tan olish yuzasidan tegishli qaror qabul qilinadi.

2. Bir ish kuni ichida

3. Dissertatsiya ilmiy ekspertizadan oʻtkazilganda vakolatli organning ekspert kengashi tomonidan xulosa qabul qilinadi.

3. Yigirma kun ichida

4. Toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinish boʻyicha qaror va vakolatli organ ekspert kengashining xulosasi vakolatli organ Rayosatining majlisida koʻrib chiqilib, hujjatni tan olish yuzasidan tegishli qaror qabul qilinadi.

4. Vakolatli organ Rayosatining navbatdagi majlisida

5. Vakolatli organ Rayosatining hujjatni tan olish toʻgʻrisidagi qarori asosida guvohnoma rasmiylashtiriladi hamda Davlat xizmatlari markazi  va YIDXP orqali talabgorga yuboriladi.

5. Bir ish kuni ichida

Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

NAMUNA

_______________________

_________________________

(sana)

(raqam)

Xorijiy davlatda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi

hujjatlarni tan olish boʻyicha

SOʻROVNOMA

Talabgor toʻgʻrisida maʼlumotlar

1. Xorijiy davlatda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi  hujjat turi

Falsafa doktori (PhD) diplomi yoki unga tenglashtirilgan diplom

Fan doktori (DSc) diplomi

2. Familiyasi:

3. Ismi:

4. Otasining ismi:

5. Tugʻilgan sanasi:

6. Tugʻilgan joyi:

7. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami:

8. Telefon raqami:

9. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

10. Ish joyi va lavozimi (ishlayotgan boʻlsa):

11. Xorijiy davlatda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni bergan muassasa nomi:

12. Xorijiy davlatda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatning tasdiqlangan sanasi:

13. Xorijiy davlatda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatning seriyasi va raqami:

14. Xorijiy davlat nomi:

15. Ilmiy darajaning rasmiy nomlanishi:

16. Dissertatsiya mavzusi:

17. Ixtisoslik nomlanishi (mavjud boʻlsa):

18. Ilmiy daraja diplomining notarial tasdiqlangan nusxasi.

Falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda ilmiy darajalar berilganligi haqidagi hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tartibda tasdiqlangan tarjimasi.

19. Dissertatsiya (mavjud boʻlsa, uning avtoreferati):

20. Toʻgʻridan-toʻgʻri tan olish boʻyicha murojaatda ilmiy daraja diplomini bergan xorijiy muassasa nomining Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan xalqaro reytinglardagi oʻrni:

21. Shaxsimga doir maʼlumotlarning soʻrab olinishiga roziman

22. Chegirma olish huquqiga egaligi

Talabgorning imzosi.

Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA

NAMUNA

Yagona interaktiv davlat

xizmatlari ortali

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi

№ 5039-465d-9ede-77c2-db58-6352-6287

Hujjat yaratilgan sana: 2025-10-10

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami: 31232341234521

XORIJIY DAVLATDA ILMIY DARAJA

OLGANLIK TOʻGʻRISIDAGI

GUVOHNOMA

PhD № 000000

Ushbu guvohnoma bilan __________________________________________________________________ ga

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

________________________________________________________________________________ tomonidan

(muassasa nomi)

___________-yilda _________________________________________________________________ berilgan

(hujjat berilgan yil) _________________________(hujjat berilgan davlat nomi)

_____________ seriyali _______________________ raqamli ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjat

Oʻzbekiston Respublikasi _______________________________________________________ fanlari boʼyicha

(fan tarmogʻi nomi)

FALSAFA DOKTORI (PhD) ilmiy darajasiga tenglashtirildi va tan olindi.

Sana: _______________

___-son bayonnoma

Rais:

______________

_______________________

(e-imzo)

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

Bosh ilmiy kotib:

______________

_______________________

(e-imzo)

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

Roʻyxatdan oʻtkazish raqami

______________

Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi. Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun repo.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.

Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlangan.

1669

Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA

NAMUNA

Yagona interaktiv davlat

xizmatlari portali

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi

№ 5039-465d-9ede-77c2-db58-6352-6287

Hujjat yaratilgan sana: 2025-10-10

Jismoniy shaxsning shaxsiy

identifikatsiya raqami: 31232341234521

XORIJIY DAVLATDA ILMIY DARAJA

OLGANLIK TOʻGʻRISIDAGI

GUVOHNOMA

DSc № 000000

Ushbu guvohnoma bilan __________________________________________________________________ ga

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

________________________________________________________________________________ tomonidan

(muassasa nomi)

___________-yilda _________________________________________________________________ berilgan

(hujjat berilgan yil) ____________________________ (hujjat berilgan davlat nomi)

_____________ seriyali _______________________ raqamli ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjat

Oʻzbekiston Respublikasi ______________________________________________________ fanlari boʼyicha

(fan tarmogʻi nomi)

FAN DOKTORI (DSc) ilmiy darajasiga tenglashtirildi va tan olindi.

5-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

HUZURIDAGI OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI

XORIJIY DAVLATDA ILMIY DARAJA OLGANLIK TOʻGʻRISIDAGI

NUJJATNI TAN OLISN NAQIDAGI

GUVONNOMA

PhD № 000000

Ushbu guvohnoma bilan  ___________________________________________________________ ga

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

_______________________________________________________________________________ tomonidan

(muassasa nomi)

__________-yilda ____________________________________ berilgan

(hujjat berilgan yil) _____________ (hujjat berilgan davlat nomi)

___________ seriyali ________________________ raqamli ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjat

Oʻzbekiston Respublikasida ____________________________________________________ fanlari boʻyicha

(fan tarmoi nomi)

FALSAFA DOKTORI (PhD) ilmiy darajasiga tenglashtirildi va tan olinadi.

Sana: ______________, _______________, _____________-son bayonnoma

Rais:

_____________

_________________________

(imzo)

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

Bosh ilmiy kotib

_____________

_________________________

(imzo)

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

Roʻyxatdan oʻtkazish raqami

_____________

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami: 00000000000000

Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
6-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

HUZURIDAGI OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI

XORIJIY DAVLATDA ILMIY DARAJA OLGANLIK TOʻGʻRISIDAGI

NUJJATNI TAN OLISN NAQIDAGI

GUVONNOMA

DSc № 000000

Ushbu guvohnoma bilan  ___________________________________________________________ ga

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

_______________________________________________________________________________ tomonidan

(muassasa nomi)

___________-yilda ____________________________________ berilgan

(hujjat berilgan yil) _______________ (hujjat berilgan davlat nomi)

___________ seriyali ________________________ raqamli ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjat

Oʻzbekiston Respublikasida ___________________________________________________ fanlari boʻyicha

(fan tarmoi nomi)

FAN DOKTORI (DSc) ilmiy darajasiga tenglashtirildi va tan olinadi.

Sana: _______________, _____________, _____________-son bayonnoma

Rais:

_____________

_________________________

(imzo)

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

Bosh ilmiy kotib

_____________

_________________________

(imzo)

(familiyasi, ismi va  otasining ismi)

Roʻyxatdan oʻtkazish raqami

_____________

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami: 00000000000000

Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
7-ILOVA

NAMUNA

______________

______________

(sana)

(raqam)

Xorijiy davlatda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma egasining familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgargan taqdirda qayta rasmiylashtirish yuzasidan

SOʻROVNOMA

Talabgor toʻgʻrisida maʼlumotlar

1. Xorijiy davlatda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjat turi

Falsafa doktori (PhD) diplom yoki unga tenglashtirilgan diplom

Fan doktori (DSc) diplomi

2. Familiyasi:

3. Ismi:

4. Otasining ismi:

5. Tugʻilgan sanasi:

6. Tugʻilgan joyi:

7. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami:

8. Telefon raqami:

9. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

10. Ish joyi va lavozimi (ishlayotgan boʻlsa)

11. Nikoh tuzilganligi yoki bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi

12. Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi

13. Berilgan guvohnoma nusxasi

14. Shaxsimga doir maʼlumotlarning soʻrab olinishiga roziman

15. Chegirma olish huquqiga egaligi

Talabgorning imzosi.

Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
8-ILOVA

NAMUNA

Yagona interaktiv davlat

xizmatlari portali

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi

№ 5039-465d-9ede-77c2-db58-6352-6287

Hujjat yaratilgan sana: 2025-10-10

Jismoniy shaxsning shaxsiy

identifikatsiya raqami: 31232341234521

XORIJIY DAVLATDA ILMIY DARAJA

OLGANLIK TOʻGʻRISIDAGI

GUVOHNOMA

(dublikat)

PhD № 000000

Ushbu guvohnoma bilan  __________________________________________________________________ ga

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

________________________________________________________________________________ tomonidan

(muassasa nomi)

___________-yilda _________________________________________________________________  berilgan

(hujjat berilgan yil) ____________________________ (hujjat berilgan davlat nomi)

_____________ seriyali  _______________________ raqamli ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjat

Oʻzbekiston Respublikasi _______________________________________________________ fanlari boʼyicha

(fan tarmogʻi nomi)

FALSAFA DOKTORI (PhD) ilmiy darajasiga tenglashtirildi va tan olindi.

Sana: _______________

___-son bayonnoma

Rais:

______________

_______________________

(e-imzo)

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

Bosh ilmiy kotib:

______________

_______________________

(e-imzo)

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

Roʻyxatdan oʻtkazish raqami

______________

Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi. Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun  repo.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting   yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner  qiling.

Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlangan.

1669

Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
9-ILOVA

NAMUNA

Yagona interaktiv davlat

xizmatlari portali

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi

Oliy attestatsiya komissiyasi

№ 5039-465d-9ede-77c2-db58-6352-6287

Hujjat yaratilgan sana: 2025-10-10

Jismoniy shaxsning shaxsiy

identifikatsiya raqami: 31232341234521

XORIJIY DAVLATDA ILMIY DARAJA

OLGANLIK TOʻGʻRISIDAGI

GUVOHNOMA

(dublikat)

DSc № 000000

Ushbu guvohnoma bilan ___________________________________________________________________ga

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

________________________________________________________________________________ tomonidan

(muassasa nomi)

__________-yilda ___________________________________________________________________ berilgan

(hujjat berilgan yil) ___________________________ (hujjat berilgan davlat nomi)

_____________ seriyali ______________________________ raqamli ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjat

Oʻzbekiston Respublikasi ______________________________________________________ fanlari boʼyicha

(fan tarmogʻi nomi)

FAN DOKTORI (DSc) ilmiy darajasiga tenglashtirildi va tan olindi.

Sana: _______________

___-son bayonnoma

Rais:

______________

_______________________

(e-imzo)

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

Bosh ilmiy kotib:

______________

_______________________

(e-imzo)

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

Roʻyxatdan oʻtkazish raqami

______________

Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi. Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun repo.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.

Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlangan.

1669

Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
10-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

HUZURIDAGI OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI

XORIJIY DAVLATDA ILMIY DARAJA OLGANLIK TOʻGʻRISIDAGI

NUJJATNI TAN OLISN NAQIDAGI

GUVONNOMA

(dublikat)

PhD № 000000

Ushbu guvohnoma bilan _____________________________________________________________ga

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

________________________________________________________________________________ tomonidan

(muassasa nomi)

___________-yilda ______________________________________ berilgan

(hujjat berilgan yil) _____________ (hujjat berilgan davlat nomi)

___________ seriyali ________________________ raqamli ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjat

Oʻzbekiston Respublikasida ____________________________________________________ fanlari boʻyicha

(fan tarmoi nomi)

FALSAFA DOKTORI (PhD) ilmiy darajasiga tenglashtirildi va tan olinadi.

Sana: _______________, _______________, _______________-son bayonnoma

Rais:

_____________

_________________________

(imzo)

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

Bosh ilmiy kotib

_____________

_________________________

(imzo)

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

Roʻyxatdan oʻtkazish raqami

_____________

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami: 00000000000000

Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
11-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

HUZURIDAGI OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI

XORIJIY DAVLATDA ILMIY DARAJA OLGANLIK TOʻGʻRISIDAGI

NUJJATNI TAN OLISN NAQIDAGI

GUVONNOMA

(dublikat)

DSc № 000000

Ushbu guvohnoma bilan ____________________________________________________________ ga

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

________________________________________________________________________________ tomonidan

(muassasa nomi)

___________-yilda ______________________________________ berilgan

(hujjat berilgan yil) _______________ (hujjat berilgan davlat nomi)

________ seriyali _________________ raqamli ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjat

Oʻzbekiston Respublikasida _____________________________________________________ fanlari boʻyicha

(fan tarmoi nomi)

FAN DOKTORI (DSc) ilmiy darajasiga tenglashtirildi va tan olinadi.

Sana: _______________, _______________, _______________-son bayonnoma

Rais:

_____________

_________________________

(imzo)

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

Bosh ilmiy kotib

_____________

_________________________

(imzo)

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

Roʻyxatdan oʻtkazish raqami

_____________

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami: 00000000000000

Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
12-ILOVA

NAMUNA

_____________

_____________

(sana)

(raqam)

Xorijiy davlatda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish yuzasidan qabul qilingan qaror boʻyicha appelyatsiya berish

SOʻROVNOMASI

Talabgor toʻgʻrisida maʼlumotlar

1. Xorijiy davlatda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjat turi

Falsafa doktori (PhD) diplomi yoki unga tenglashtirilgan diplom

Fan doktori (DSc) diplomi

2. Familiyasi:

3. Ismi:

4. Otasining ismi:

5. Tugʻilgan sanasi:

6. Tugʻilgan joyi:

7. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami:

8. Telefon raqami:

9. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

10. Salbiy xulosa berilgan ariza raqami:

11. Shaxsimga doir maʼlumotlarning soʻrab olinishiga roziman

Talabgorning imzosi.

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 161-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarorining 1-bandi uchinchi xatboshisi va 3-ilovasi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 22-noyabrdagi 937-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)” 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son qaroriga ilovaning 9-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 24-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 3-iyundagi 345-son qaroriga 3-ilovaning 3-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2026-y., 09/26/161/0339-son)