Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirining
“Sportchi” lavozimiga qoʻyiladigan talablar, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashkil etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz koʻchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrsida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 20-iyuldagi 11-mh-son “Sportchi” lavozimiga qoʻyiladigan talablar, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 3051, 2018- yil 10-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 10/18/3051/1693-son);
Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 1-noyabrdagi 16-mh-son “Sportchi” lavozimiga qoʻyiladigan talablar, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 3051-1, 2023-yil 22-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 10/23/3051-1/0871-son).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.