Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 20-iyuldagi 11-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3051, 2018-yil 10-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 10/18/3051/1693-son) bilan tasdiqlangan “Sportchi” lavozimiga qoʻyiladigan talablar, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddimadan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 733-son “Respublika oliy sport mahorati maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida sportchi lavozimini joriy etish hamda ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2.
1-banddagi “Respublika oliy sport mahorati maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining” degan soʻzlar “Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari va ixtisoslashtirilgan sport maktablarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
2-banddagi “Respublika oliy sport mahorati maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida” degan soʻzlar “Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari va ixtisoslashtirilgan sport maktablarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 4-bandning
uchinchi xatboshisidagi “Respublika oliy sport mahorati maktablari yoki ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining” degan soʻzlar “Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari yoki ixtisoslashtirilgan sport maktablarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5.
7-banddagi “sportchi shugʻullanayotgan sport maktabida” degan soʻzlar “sportchi shugʻullanayotgan Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi yoki ixtisoslashtirilgan sport maktabida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6.
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. “Sportchi” lavozimiga ustamalar Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari hamda ixtisoslashtirilgan sport maktablari rahbari tomonidan Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida va boshqa sport musobaqalarida erishgan natijalaridan kelib chiqib, Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi va ixtisoslashtirilgan sport maktabi trenerlar kengashining qaroriga asosan ularning lavozim ish haqiga nisbatan moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi doirasida belgilanadi.”.
7.
11-banddagi “buzilganda ustamalar sport maktabi” degan soʻzlar “buzilganda ustamalar Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi va ixtisoslashtirilgan sport maktabi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8.
12-banddagi “mehnatga haq toʻlash xarajatlari sport maktabining” degan soʻzlar “mehnatga haq toʻlash xarajatlari Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi va ixtisoslashtirilgan sport maktabining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.