“FERMER XOʻJALIGI TOʻGʻRISIDA”, “DEHQON XOʻJALIGI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARINI AMALGA OShIRISh MUDDATLARI VA ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida” va “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda dehqon va fermer xoʻjaliklarining ahamiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari:
1998-yil 1-oktabrgacha barcha tumanlarda faoliyat koʻrsatayotgan dehqon (fermer) xoʻjaliklarini ularning Yer kodeksiga, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qoidalari va normalariga muvofiqligini xatlab chiqsinlar hamda ularni qayta roʻyxatdan oʻtkazsinlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan birgalikda har bir tumanda faoliyat koʻrsatayotgan dehqon (fermer) xoʻjaliklari boshliqlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ushbu xoʻjaliklarni fermer xoʻjaliklari sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkazish hamda faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni dehqon xoʻjaliklariga oʻzgartirish bilan shugʻullanuvchi komissiyalar tuzsinlar.
Attestatsiya oʻtkazuvchi komissiyalar fermer xoʻjaliklari boshliqlarining yuqori hosil olish uchun ilgʻor agrotexnika usullarini qoʻllash, urugʻlik, oʻgʻitlar va suv resurslaridan samarali foydalanish, chorva mollari va parrandalar mahsuldorligini oshirish boʻyicha yuksak bilim va malakaga ega ekanliklariga eʼtiborni qaratsinlar.
2. Quyidagilar:
faoliyat koʻrsatayotgan dehqon (fermer) xoʻjaliklari boshliqlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ushbu xoʻjaliklarni fermer xoʻjaliklari sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkazish Tartibi 1-ilovaga muvofiq;
faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni dehqon xoʻjaliklariga oʻzgartirish Tartibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Oʻzbekiston Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi dehqon (fermer) xoʻjaliklarini fermer xoʻjaliklari sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisida 1998-yil 1-oktabrgacha Vazirlar Mahkamasiga axborot bersinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi fermer xoʻjaliklarini xatlovdan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish natijalariga koʻra statistika hisobotiga tegishli aniqliklar kiritsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 15-iyul,
300-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 300-sonli qaroriga 1-ILOVA
Faoliyat koʻrsatayotgan dehqon (fermer) xoʻjaliklari boshliqlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ushbu xoʻjaliklarni fermer xoʻjaliklari sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkazish
TARTIBI
1. Ushbu Tartib faoliyat koʻrsatayotgan dehqon (fermer) xoʻjaliklari boshliqlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ushbu xoʻjaliklarni fermer xoʻjaliklari sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkazish mexanizmini belgilaydi.
Ushbu Tartib yangidan tashkil etilayotgan fermer xoʻjaliklariga tatbiq qilinmaydi.
2. Tuman hokimining qarori bilan tuman hokimligi huzurida dehqon (fermer) xoʻjaliklari boshliqlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ushbu xoʻjaliklarni fermer xoʻjaliklari sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha Komissiya (keyingi oʻrinlarda “Komissiya” deb ataladi) tuziladi.
Komissiya tarkibiga quyidagilar kiradi:
tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha birinchi oʻrinbosari — Komissiya raisi;
Oʻzbekiston Respublikasi dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasining tuman vakilligi direktori — Komissiya raisining oʻrinbosari;
tuman iqtisodiyot va statistika boʻlimi boshligʻi;
tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi;
tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimining masʼul xodimlari;
qishloq xoʻjaligi boʻyicha mutaxassislar.
3. Komissiya faoliyat koʻrsatayotgan dehqon (fermer) xoʻjaliklari boshliqlarini attestatsiya oʻtkazish jadvalini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, attestatsiya uchun savollar roʻyxatini tayyorlaydi, attestatsiya oʻtkaziladigan kunni belgilaydi va faoliyat koʻrsatib turgan dehqon (fermer) xoʻjaliklari boshliqlarini attestatsiyadan ikki hafta oldin bundan xabardor qiladi.
4. Faoliyat koʻrsatayotgan dehqon (fermer) xoʻjaliklari boshliqlarini attestatsiyadan oʻtkazishda:
fermer xoʻjaligi faoliyatining biznes-rejasi tuzilishi va uning bajarilishiga;
qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligi erning kadastr bahosidan kam boʻlmasligi taʼminlanishiga;
fermer xoʻjaligi faoliyati boshqarilishiga;
erdan va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish tartibiga;
fermer xoʻjaligi huquq va majburiyatlariga;
fermer xoʻjaligi aʼzolarining huquq va majburiyatlariga, ularning fermer xoʻjaligi faoliyatida ishtirok etishi tartibiga;
fermer xoʻjaligini tashkil qilish tartibiga;
fermer xoʻjaligi daromadi (foydasi)ni taqsimlash, zararlarini qoplash tartibiga;
fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun javobgarlikka;
fermer xoʻjaligi tugatish tartibiga;
fermer xoʻjaligi ustavini oʻzgartirish tartibiga alohida eʼtibor beriladi.
5. Komissiyasining faoliyat koʻrsatayotgan dehqon (fermer) xoʻjaliklari boshliqlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
6. Komissiya har bir dehqon (fermer) xoʻjaligidan uning ustavini, xoʻjalik faoliyati yoʻnalishi haqidagi maʼlumotlarni, xoʻjalik aʼzolari tarkibini, yer berish boʻyicha hujjatlarni talab qilib oladi.
Komissiya har bir dehqon xoʻjaligi boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqadi va uning “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa chiqaradi.
7. Odatda, faqat “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasiga muvofiq tuzilgan dehqon (fermer) xoʻjaliklarigina fermer xoʻjaligi sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Mustaqil xoʻjaliklar, ayrim brigadalar, chorvachilik fermerlari va qishloq xoʻjaligi korxonalarining boshqa boʻlimlari asosida tashkil etilgan dehqon (fermer) xoʻjaliklari qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ga yoki xoʻjalik yuritishning boshqa shakllariga birlashishlari va shunga muvofiq qayta roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
8. Komissiya har bir dehqon xoʻjaligi boʻyicha hujjatlar olingan kundan boshlab oʻn besh kunda, dehqon xoʻjaliklarini fermer xoʻjaliklari sifatida qayta roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi oʻz xulosasini tuman hokimiga taqdim qiladi.
9. Tuman hokimi Komissiya taqdim qilgan hujjatlarni koʻrib chiqib oʻn besh kun muddatda, qaysi dehqon (fermer) xoʻjaliklari fermer xoʻjaliklari sifatida qayta roʻyxatga olinishi haqida qaror qabul qiladi.
Hokimning qarori bilan dehqon (fermer) xoʻjaliklari boshliqlariga yer berish haqidagi oldin qabul qilingan qaror bekor qilinadi. Bu qarorda fermer xoʻjaliklari sifatida roʻyxatga olinayotgan dehqon (fermer) xoʻjaliklarining roʻyxati keltiriladi. Hokimning qarori bilan har bir fermer xoʻjaligi boshligʻiga yer uchastkasi maydoni va ijara muddati koʻrsatilgan yer uchastkasi ijaraga beriladi.
Ilgari dehqon (fermer) xoʻjaligi yuritish uchun berilgan yer uchastkasining ijara muddati xoʻjalik boshligʻining xohishi bilan koʻrsatib oʻtilgan xoʻjaliklarni “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq fermer xoʻjaliklari sifatida roʻyxatga olishda oʻzgartirilishi mumkin.
10. Tuman hokimining faoliyat koʻrsatayotgan dehqon (fermer) xoʻjaliklarini fermer xoʻjaliklari sifati qayta roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan keyin fermer xoʻjaliklari boshliqlari oʻzlarining ustavlarini qayta rasmiylashtiradilar va qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruvi bilan yangi yer ijarasi shartnomasini tuzadilar va u tuman hokimligida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Fermer xoʻjaligi sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan xoʻjalikning ustavi va boshqa taʼsis hujjatlari “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda fermer xoʻjaligining Namunaviy ustaviga muvofiq boʻlishi lozim.
11. Qayta roʻyxatdan oʻtgan fermer xoʻjaligi hozir egallab turgan yer maydonidan koʻproq miqdorda yer uchastkasi olish xohishini bildirsa, qoʻshimcha berilgan yer uchastkasini rasmiylashtirish fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer ajratib berish boʻyicha belgilangan tartibga koʻra amalga oshiriladi.
12. Qayta roʻyxatdan oʻtgan fermer xoʻjalik sobiq dehqon (fermer) xoʻjaligining huquqiy vorisi hisoblanadi va uning barcha majburiyatlari boʻyicha amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
13. Komissiyaning faoliyati ustidan nazoratni tuman hokimi amalga oshiradi.
14. Dehqon (fermer) xoʻjaliklari boshliqlari ularni attestatsiyadan oʻtkazish va ushbu xoʻjaliklarni fermer xoʻjaliklari sifatida qayta roʻyxatga olish boʻyicha qabul qilingan qarorlar ustidan bevosita sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori organga, mansabdor shaxsga murojaat qilishga haqlidirlar.
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 300-sonli qaroriga 2-ILOVA
Fermer xoʻjaligining
NAMUNAVIY USTAVI
______________________viloyati
______________________viloyati
_____________________ tumani
_____________________ tumanidagi
hokimining 199__ yil “__” _____________ dagi ____-son qarori bilan
_____________________________ (nomi)
ROʻYXATGA OLINGAN
fermer xoʻjaligining 199__yil“____”_____ dagi______-son qarori bilan
M. Oʻ.
TASDIQLANGAN
I. Umumiy qoidalar
1. Fermer xoʻjaligi oʻziga uzoq muddat ijaraga berilgan yer uchastkasidan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjaligi aʼzolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega boʻlgan mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyektdir.
2. Fermer xoʻjaligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda har qanday yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnoma asosida fuqarolik-huquqiy munosabatlariga kirishishga haqli.
3. Fermer xoʻjaligi tuman hokimligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomini oladi va oʻz nomidan shartnomalar tuzish, mulkiy va mulkiy tusda boʻlmagan huquq va majburiyatlarga ega boʻlish, shuningdek bank muassasasida hisob-kitob schyoti va boshqa schyotlar ochish, muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarga ega boʻlish huquqini oladi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
4. Fermer xoʻjaligi davlat majburiyatlari yuzasidan, davlat esa fermer xoʻjaligi majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.
Fermer xoʻjaligi oʻz majburiyatlari boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki bilan javob beradi.
5. Fermer xoʻjaliklarining xoʻjalik faoliyatiga davlat organlari va tashkilotlarining hamda boshqa organlar va tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
7._______________________fermer xoʻjaligi boshligʻi _________________pasport seriyasi____________________________ raqamli, 19_____yilda_________viloyati__________________ tumani ichki ishlar boʻlimi tomonidan berilgan.
8. Fermer xoʻjaligining ustavi fermer xoʻjaligi aʼzolarining qaroriga binoan oʻzgartirilishi mumkin va u tuman hokimligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
II. Fermer xoʻjaligining maqsadi, vazifalari va faoliyati sohasi
9. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish asosida daromad (foyda) olish, aholini oziq-ovqat bilan taʼminlash hamda oʻz aʼzolarining ijtimoiy va iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish fermer xoʻjaligining maqsadi hisoblanadi.
10. Fermer xoʻjaligining vazifalari quyidagilardan iborat:
ajratilgan erdan agrotexnika qoidalari asosida oqilona va samarali foydalangan holda yuqori hosil olinishini taʼminlash;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni qayta ishlash va realizatsiya qilish;
chorva mollarini veterinariya qoidalari asosida yetishtirish va ularning mahsuldorligini oshirish.
11. Fermer xoʻjaligining faoliyat sohasi quyidagilardan iborat:
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash hamda bozorlarda sotish, shu jumladan oʻz savdo shaxobchalari orqali realizatsiya qilish;
tijorat faoliyati va marketing tadqiqotlarini tashkil qilish;
aholiga pulli xizmatlar koʻrsatish;
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
faoliyatning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini amalga oshirish.
III. Fermer xoʻjaligi va uning aʼzolarining majburiyatlari
12. Fermer xoʻjaligi yuridik shaxsning barcha huquqlariga ega boʻladi. Fermer xoʻjaligi tadbirkorlik shakllaridan biri boʻlib, tashkil etilishdan koʻzlangan maqsadlarga erishish uchun shu maqsadlarga monand tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir. Fermer xoʻjaligi xoʻjalik yuritishning boshqa shakllaridagi korxonalar bilan teng huquqlarga ega.
13. Fermer xoʻjaligi quyidagi huquqlarga ega:
ustavda nazarda tutilgan doirada va qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning umumiy yigʻilishi qarori bilan belgilangan ixtisoslashuvga muvofiq fermer xoʻjaligining ishlab chiqarish faoliyatini oʻziga berilgan yer uchastkasida mustaqil tashkil etish;
yetishtirilgan mahsulotni sotishga yuridik shaxslar bilan xoʻjalik shartnomalari tuzish, shu jumladan qonun hujjatlariga muvofiq davlat xaridi yuzasidan xoʻjalik shartnomalari tuzish;
yetishtirilayotgan mahsulotga mustaqil ravishda narx belgilash;
oʻzi yetishtirgan mahsulotga egalik qilish, shu jumladan uni oʻz xohishi boʻyicha isteʼmolchilarga sotish;
xarid qilinadigan mahsulotga oldindan haq toʻlanadigan fyuchers bitimlari tuzish;
tadbirkorlikdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solinadigan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;
qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtiruvchilarga sotish uchun hamda erkin savdoga moʻljallangan aksiyalarni sotib olish;
kreditlar olish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda pul mablagʻlarini ixtiyoriylik asosida va shartnoma shartlariga muvofiq jalb qilish, shu jumladan kreditni uzishning zarur garov, sugʻurta hamda boshqa kafolatlarini taʼminlagan holda fermer xoʻjaliklariga beriladigan imtiyozli kreditdan foydalanish;
ijaraga beruvchining ruxsati bilan yoki qonunda yoxud ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasini ijaraga berish huquqini kredit olish uchun garovga qoʻyish;
oʻrta va kichik korxonalar uchun berilgan imtiyozlarning barcha turlaridan foydalanish;
xodimlarni ishga yollash va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish;
zarur asbob-uskunalar, ishlab chiqarish vositalarini sotib olish, ijaraga olish, bino va inshootlar qurish hamda ularni taʼmirlash;
ixtiyoriy ravishda, shu jumladan ulush (pay) asosida kooperativlarga (shirkatlarga), jamiyatlarga, ittifoqlarga, uyushmalarga hamda boshqa birlashmalarga birlashish, kirish.
Fermer xoʻjaligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlardan ham foydalanadi.
14. Fermer xoʻjaligi aʼzolari:
xoʻjalik aʼzolari oʻrtasidagi shartnoma shartlariga bogʻliq tarzda birgalikda yoki yakka tartibda foydalaniladigan daromaddan (foydadan) oʻz ulushini olish;
qonun hujjatlariga muvofiq davlat ijtimoiy sugʻurtasi va ijtimoiy taʼminlanish huquqiga ega.
Fermer xoʻjaligi aʼzolari:
fermer xoʻjaligining ishlab chiqarish faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi;
belgilangan mehnat tartibiga boʻysunishi shart.
Fermer xoʻjaligi ustavida fermer xoʻjaligi aʼzolarining boshqa huquq va majburiyatlari ham nazarda tutilishi mumkin.
15. Fermer xoʻjaligi quyidagi majburiyatlarni bajarishi shart:
yer uchastkasidan ijara shartnomasida belgilangan maqsad va shartlarda samarali foydalanilishini taʼminlashga;
atrof muhitni muhofaza qilish qoidalariga rioya etishga;
yer uchastkasini asrash, uning unumdorligini oshirish yuzasidan sarf-xarajatlar qilishga;
yer uchastkasini, basharti ijara shartnomasida boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, bir yil ichida oʻzlashtirishga;
agrotexnika qoidalariga, belgilangan rejimlarga, saqlash vazifasi va servitutlarga rioya etishga;
fermer xoʻjaligining majburiyatlari va qarzlari yuzasidan toʻliq javob berishga;
fermer xoʻjaligining barcha aʼzolari hamda xoʻjalikda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi va aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga qonun hujjatlariga muvofiq majburiy badallar toʻlashga;
fermer xoʻjaligi aʼzolarining va xoʻjalikda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnat faoliyati hisobini yuritishga, ular uchun xavfsiz mehnat sharoitini taʼminlashga majburdir.
Fermer xoʻjaligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga oladi.
IV. Fermer xoʻjaligining mol-mulki va uning manbalari
16. Fermer xoʻjaligi:
oʻziga qarashli uy-joylar, xoʻjalik imoratlari, qishloq xoʻjalik ekinzorlari va koʻchatzorlari, dov-daraxtlar, mahsuldor chorva mollari, parrandalar, qishloq xoʻjaligi texnikasi, inventar, asbob-uskunalar, transport vositalari, pul mablagʻlari, intellektual mulk obyektlari, shuningdek boshqa mol-mulkning;
ishlab chiqarish faoliyati natijasida yetishtirilgan mahsulotning;
olingan daromad (foyda)ning;
qonunda taqiqlanmagan asoslarda olingan boshqa mol-mulkning egasi hisoblanadi.
Quyidagilar fermer xoʻjaligi mol-mulkini shakllantirish manbalari boʻlishi mumkin:
fermer xoʻjaligi aʼzolarining pul va moddiy mablagʻlari, tovarlarni sotishdan, ishlar bajarishdan, xizmatlar koʻrsatishdan, shuningdek faoliyatning boshqa turlaridan olingan daromad (foyda);
qimmatli qogʻozlardan olingan daromadlar;
kreditlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya va boshqa badallari, ehsonlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
V. Fermer xoʻjaligini boshqarish
17. Fermer xoʻjaligining oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, qishloq xoʻjaligida tegishli malaka va ish tajribasiga ega boʻlgan muomalaga layoqatli aʼzolaridan biri fermer xoʻjaligining boshligʻi boʻlishi mumkin. Fermer xoʻjaligining boshligʻi vaqtincha mehnat qobiliyatini yoʻqotgan taqdirda yoki uzoq vaqt boʻlmaganda u oʻz majburiyatlarini bajarish vakolatini shu xoʻjalik aʼzolaridan biriga yoki yuqorida koʻrsatilgan talablarga javob beradigan boshqa har qanday shaxsga (shartnoma asosida) berishga haqlidir.
18. Fermer xoʻjaligining boshligʻi:
uning butun ish faoliyatini tashkil qiladi;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarda fermer xoʻjaligi nomidan ish koʻradi;
ishonchnomalar beradi, shartnoma va bitimlar tuzadi, shuningdek shartnoma asosida xodimlarni ishga yollaydi;
fermer xoʻjaligi aʼzolari va xoʻjalikda shartnoma asosida ishlayotgan shaxslar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
ichki mehnat tartibi qoidalarini belgilaydi;
fermer xoʻjaligi aʼzolari va xoʻjalikda shartnoma asosida ishlayotgan shaxslarning xavfsiz hamda unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratib beradi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ish vaqti muddatini, ish haqlarini belgilaydi, moddiy ragʻbatlantirish usullari va intizomiy jazo choralarini belgilaydi;
fermer xoʻjaligi nomidan hujjatlarni imzolaydi.
VI. Fermer xoʻjaligida erdan va suvdan foydalanish
19. Fermer xoʻjaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari ellik yilgacha, lekin oʻn yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi.
20. Fermer xoʻjaligining yerdan foydalanish huquqi Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
21. Yer uchastkalarining oʻlchami va chegaralari fermer xoʻjaligi boshligʻining roziligi bilangina oʻzgartirilishi mumkin.
22. Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkalaridan qatʼiy belgilangan maqsadda foydalaniladi, ular xususiylashtirilishi, oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti boʻlishi, shuningdek ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emas. Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkasi boʻlinishi mumkin emas.
23. Fermer xoʻjaligi tugatilgan taqdirda yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijaraga beruvchiga qaytariladi.
24. Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkasidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haq yer uchastkasining sifatiga, joylashgan joyiga va suv bilan taʼminlanganlik darajasiga qarab, uning kadastr bahosini inobatga olgan holda belgilanadigan yer soligʻi stavkasi miqdorida tuman budjetiga toʻlanadigan har yilgi ijara haqi tariqasida undiriladi.
25. Fermer xoʻjaligi uchun suvdan foydalanish limitlari vakolatli organlar tomonidan belgilanadi.
26. Fermer xoʻjaligiga beriladigan suvning sarfini hisobga olish hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash tartibi, shuningdek mazkur soliq boʻyicha imtiyozlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
VII. Fermer xoʻjaligida mehnat
27. Fermer xoʻjaligining faoliyati asosan xoʻjalik aʼzolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Fermer xoʻjaligidagi ishlarni bajarishga boshqa shaxslar mehnat shartnomasi asosida jalb etilishi mumkin.
Fermer xoʻjaligida mehnat shartnomasini tuzish tartibi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
28. Fermer xoʻjaligida ish tartibini xoʻjalik boshligʻi qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi. Fermer xoʻjaligi boshligʻi xoʻjalik aʼzolarining va unda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnat faoliyati hisobini yuritadi.
29. Fermer xoʻjaligida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan oz boʻlmagan miqdorda, tomonlarning kelishuviga binoan ham pul tarzida, ham natura tariqasida toʻlanadi.
30. Fermer xoʻjaligida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxs fermer xoʻjaligi boshligʻining roziligi bilan xoʻjalik mol-mulkiga pul yoki boshqa xil ulush qoʻshishga hamda qoʻshgan ulushiga mutanosib ravishda xoʻjalik daromadi (foydasi) taqsimotida qatnashishga haqlidir.
Fermer xoʻjaligi aʼzolari, shuningdek xoʻjalikda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq davlat ijtimoiy sugʻurtasidan oʻtkazilishi lozim.
31. Fermer xoʻjaligida ishlangan vaqt davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha badallar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida mehnat stajiga qoʻshiladi.
Fermer xoʻjaligining aʼzolari hamda xoʻjalikda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarga ijtimoiy sugʻurta boʻyicha davlat nafaqalari va pensiyalar tayinlash hamda toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
VIII. Fermer xoʻjaligining mablagʻlari va hisob-kitoblari
32. Fermer xoʻjaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablagʻlarini saqlab turish va bu mablagʻlarni erkin tasarruf etish uchun bank muassasasida schyotlar ochish huquqiga ega. Fermer xoʻjaligining hisob-kitob schyotidan mablagʻlarni faqat uning roziligi yoki sudning qarori bilan hisobdan chiqarish mumkin.
IX. Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
33. Fermer xoʻjaligining ishlab chiqarish va boshqa faoliyati natijasida olingan daromad (foyda) soliqlar, yigʻimlar hamda boshqa toʻlovlar toʻlangandan keyin butunlay fermer xoʻjaligining ixtiyoriga oʻtadi, u buni mustaqil ravishda tasarruf etadi.
Fermer xoʻjaligiga yetkazilgan zarar uning mol-mulki va boshqa manbalar hisobidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qoplanadi.
X. Fermer xoʻjaliklarining birgalikdagi faoliyati
34. Fermer xoʻjaliklari ixtiyoriylik asosida, shu jumladan ulush (pay) asosida mahsulot yetishtirish, xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika taʼminoti, qurilish, texnikaviy, suv xoʻjaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat berish yoʻsinidagi va boshqa xil xizmat koʻrsatish boʻyicha kooperativlarga (shirkatlarga), jamiyatlarga, ittifoqlarga, uyushmalarga hamda boshqa birlashmalarga birlashish, kirish huquqiga ega.
XI. Fermer xoʻjaligi faoliyati natijalarini hisobga olish va nazorat qilish
35. Fermer xoʻjaligi oʻz faoliyatining natijalarini hisobga olib boradi hamda mahalliy statistika va soliq organlariga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
XII. Fermer xoʻjaligini qayta tashkil etish va tugatish
36. Fermer xoʻjaligini qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
37. Quyidagi holatlar:
xoʻjalik faoliyatini davom ettirish istagida boʻlgan bironta ham xoʻjalik aʼzosi yoki merosxoʻr qolmasligi;
yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechilishi;
yer uchastkasining ijaraga berilgan muddati tugashi va yerdan foydalanish huquqini tiklashning imkoniyati yoʻqligi;
erdan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanilmasligi, olingan hosildorlik normativ kadastr bahosidan muttasil (uch yil mobaynida) past boʻlishi;
erning ekologiya holati yomonlashishi;
yer uchastkasi belgilangan tartibda olib qoʻyilishi;
fermer xoʻjaligi bankrot deb eʼlon qilinishi;
ijara haqi muttasil belgilangan muddatlarda toʻlanmasligi;
fermer xoʻjaligi yer uchastkasini olgan paytdan eʼtiboran bir yil mobaynida xoʻjalik-ishlab chiqarish faoliyatiga kirishmasligi;
fermer xoʻjaliklari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari bir necha marta yoki bir marta, biroq qoʻpol ravishda buzilishi;
shartnoma shartlari buzilganligi munosabati bilan erni ijaraga olish shartnomasi bekor qilinishi fermer xoʻjaligi tugatilishining asoslari hisoblanadi.
Fermer xoʻjaligi:
xoʻjalik aʼzolarining qaroriga binoan;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan tugatiladi.
38. Fermer xoʻjaligi tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
39. Fermer xoʻjaligi tugatilganda uning aʼzolari oʻz mol-mulkiga boʻlgan mulkiy huquqni tomorqa yer uchastkasiga boʻlgan huquqni saqlab qoladilar.
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 300-son qaroriga 3-ILOVA
Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini fuqarolarga uzoq muddatli ijaraga berish
TARTIBI
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasining “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va yangi tuziladigan fermer xoʻjaliklari uchun fuqarolarga uzoq muddatli ijaraga (bundan keyin matnda “ijaraga” — deb ataladi) yer uchastkasi berish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Ushbu Tartib ilgari tashkil etilgan dehqon (fermer) xoʻjaliklarini fermer xoʻjaliklariga oʻzgartirish hollariga tatbiq etilmaydi.
2. Fuqarolarga fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalari ellik yilgacha boʻlgan, lekin oʻn yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi.
3. Fermer xoʻjaliklari, qoidaga koʻra, oilaviy asosda yoki qarindoshlari va mehnatga layoqatli boshqa shaxslar bilan birgalikda tuziladi.
II. Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalari berish
4. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalari ijaraga:
zaxira yerlaridan;
respublikaning maxsus fondi yerlaridan;
mehnat resurslari yetarli boʻlmagan xoʻjaliklarning yerlaridan;
yangi sugʻoriladigan mavzelardagi yerlardan;
zarar koʻrib ishlayotgan yoki kam rentabelli qishloq xoʻjaligi korxonalarining yerlaridan beriladi.
5. Ilmiy-tadqiqot muassasalariga, oliy oʻquv yurtlariga, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlariga va umumtaʼlim maktablariga oʻquv, tajriba, nav sinash maqsadlari uchun berilgan yerlar hamda suv fondi yerlari fermer xoʻjaliklariga berilmaydi.
6. Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaligi oʻzining biznes-rejasida nazarda tutilgan kamida 30 shartli bosh chorva mollarini boqish shartlari asosida tuziladi. Bunda shartli ravishda har bir bosh molga oʻtadigan quyidagi koeffitsiyentdan foydalaniladi: qoramollar (sigirlar, nasl olinadigan novvoslar, boʻrdoqiga boqiladigan novvoslar) va otlar uchun — 1,0, yosh qoramollar uchun — 0,6, qoʻy va echkilar uchun — 0,1, choʻchqalar uchun — 0,3 xamda parrandalar uchun — 0,025.
Fermer xoʻjaliklariga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami bir shartli bosh chorva moliga hisoblanganda:
Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi sugʻoriladigan yerlarda — kamida 0,30 gektar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Jizzax, Navoiy, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlaridagi sugʻoriladigan yerlarda — kamida 0,45 gektar;
sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa — kamida 2 gektarni tashkil etadi.
7. Dehqonchilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami:
paxtachilik va gʻallachilik uchun — kamida 10 gektar;
bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun — kamida 1 gektardan iboratdir.
8. Yer uchastkasining aniq oʻlchami qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolarining umumiy majlisi (vakillar majlisi), tuman hokimi tomonidan, aniq sharoitlarni hisobga olgan holda, mavjud yer resurslari, ularning sifati, fermer xoʻjaligi aʼzolarining soni, boqishga moʻljallangan har bosh chorva molining soniga, fermer xoʻjaligining ixtisoslashuviga qarab belgilanadi.
Yer uchastkasi fermer xoʻjaligiga imkoni boricha chegaralari sugʻorish kanallari, zovur yoki yoʻl tarmoqlari boʻyicha belgilanuvchi yagona mavzeda beriladi. Fermer xoʻjaligiga berilayotgan yer uchastkasi qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning yerdan foydalanish uchun noqulayliklar vujudga keltirmasligi lozim.
Fermer xoʻjaligini yuritish uchun ijaraga yer uchastkalari olishda mazkur qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)da yashovchi fuqarolar ustuvor huquqdan foydalanadilar.
9. Fermer xoʻjaligini yuritish uchun fuqarolarga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan qatʼiy belgilangan maqsadda foydalaniladi, ular xususiylashtirilishi, oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti boʻlishi mumkin emas.
10. Fermer xoʻjaligi yuritish uchun fuqaroga ijaraga berilgan yer uchastkasi boshqa shaxsga ikkilamchi ijaraga berilmaydi. Agar fermer xoʻjaligini uning aʼzolari tomonidan yuritish imkoniyati boʻlmasa, yer uchastkasi yoki uning bir qismi fermer xoʻjaligi tuzilgan joydagi qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ga qaytariladi.
11. Fermer xoʻjaligini yuritish uchun fuqarolarga ijaraga berilgan yer uchastkalari uning aʼzolari oʻrtasida boʻlinishi mumkin emas. Fermer xoʻjaligini yuritish uchun fuqarolarga ijaraga berilgan yer uchastkalarining oʻlchami va uning chegaralari faqat fermer xoʻjaligi boshligʻining roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin.
12. Fermer xoʻjaligini yuritish uchun fuqarolarga ijaraga yer uchastkalarini berish boʻyicha materiallar yer tuzish xizmati organi tomonidan mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan tayyorlanadi.
13. Fermer xoʻjaligini yuritishni xohlovchi fuqarolar ijaraga yer berilishi toʻgʻrisida qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruvi nomiga ariza beradilar.
Arizada ariza beruvchi va tuziladigan fermer xoʻjaligi aʼzolarining ismi-shariflari, ularning yashash joylari, soʻralayotgan yer uchastkasining oʻlchami, joylashgan joyi, maydoni, qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning nomi, moʻljallanayotgan ixtisosi, chorvachilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaligini tashkil etishda — boqishga moʻljallangan har bosh chorva molining turlari boʻyicha soni, yer uchastkasining ijara muddati koʻrsatiladi. Arizaga xoʻjalikning xoʻjalik-ishlab chiqarish faoliyati rejalashtirilgan fermer xoʻjaligi faoliyatining belgilangan shakldagi biznes-rejasi ilova qilinadi.
Fermer xoʻjaligini tashkil etish va yer uchastkasini ijaraga olish toʻgʻrisidagi barcha hujjatlarining toʻliq rasmiylashtirilishi uchun ariza berish, qoidaga koʻra, qishloq xoʻjaligi ekinlarini yigʻib olish tugagan paytda amalga oshiriladi.
14. Fuqarolarning fermer xoʻjaligini tashkil etish toʻgʻrisidagi arizasi oʻn kun muddatda qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning boshqaruvi tomonidan xoʻjalikning yetakchi mutaxassislari ishtirokida koʻrib chiqiladi, koʻrib chiqish natijalari boʻyicha xulosa tayyorlanadi. Xulosada yer uchastkasini berish imkoniyati borligi haqida taklif beriladi yoki yer uchastkasini berish asoslangan holda rad etiladi.
Fuqaroning arizasi, xulosa bilan birga, koʻrib chiqish uchun qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolarining umumiy majlisi (vakillar majlisi)ga kiritiladi, unda fuqaroga fermer xoʻjaligini yuritish uchun ijaraga yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi arizasini qanoatlantirish haqida yoki yer uchastkasi berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
15. Fermer xoʻjaligini tuzish va yer uchastkasini berish toʻgʻrisidagi qarorda fermer xoʻjaligi boshligʻining ismi-sharifi, yer uchastkasining maydoni, uning joylashgan joyi, qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) eri xaritasi (tarxi)dagi konturlar raqamlari, xoʻjalik faoliyatining yoʻnalishi koʻrsatiladi.
16. Fuqaroning arizasi qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolarining umumiy majlisi (vakillar majlisi)ning qarori va fermer xoʻjaligi faoliyatining biznes-rejasi bilan birga tuman hokimiga yuboriladi va u materiallarni besh kun muddatda yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi tuman komissiyasiga koʻrib chiqish uchun toshiradi.
Fermer xoʻjaligini yuritish uchun fuqarolarga ijaraga yer uchastkalarini berish masalasi komissiya majlisida koʻrilayotganda Oʻzbekiston Dehqon va fermer xoʻjaligi tuman uyushmasining vakili qatnashadi.
Komissiya oʻn besh kun muddatda materiallar bilan tanishib chiqadi, fermer xoʻjaligi boshligʻining “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida u bilan suhbat oʻtkazadi va ijaraga yer uchastkasi berish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida yoki yer uchastkasi berishni rad etish haqida oʻz xulosasini tayyorlaydi.
17. Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi tuman komissiyasining xulosasi, qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolarining umumiy majlisi (vakillar majlisi)ning qarori hamda fermer xoʻjaligi biznes-rejasi bilan birga koʻrib chiqish uchun tuman hokimiga taqdim etiladi. Tuman hokimi oʻn besh kunlik muddatda taqdim qilingan materiallarni koʻrib chiqib fermer xoʻjaligini yuritish uchun fuqaroga ijaraga yer uchastkasi berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Tuman hokimining qarorida yer uchastkasi beriladigan fermer xoʻjaligi boshligʻining ismi-sharifi, eridan yer uchastkasi beriladigan qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning nomi, yer uchastkasining maydoni va uni ijaraga berish muddati koʻrsatiladi.
18. Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasini ijaraga berishni rad etish toʻgʻrisidagi qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruvi va tuman hokimining qarorlari ustidan sudga yoki boʻysunuv tartibidagi yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga shikoyat berilishi mumkin.
19. Tuman hokimining fermer xoʻjaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan keyin oʻn kun muddatda belgilangan shakldagi yer ijarasi shartnomasi tayyorlanadi (ilova qilinadi). Yer uchastkasi ijarasi shartnomasi qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruvi va fermer xoʻjaligi boshligʻi tomonidan imzolanadi.
20. Shartnomaga uning ajralmas qismi sifatida fermer xoʻjaligi yer uchastkasining xaritasi (tarxi) ilova qilinadi. Yer uchastkasining xaritasi (tarxi) fermer xoʻjaligi yerlarining tutash (yondosh) hududlari bilan birga qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) yerlari xaritasi (tarxi)dan koʻchirma nusxa olish yoʻli bilan tayyorlanadi. Yer uchastkasining xaritasi (tarxi)da qabul qilingan shartli belgilarga muvofiq barcha holatlar (sugʻorish, kollektor-drenaj va yoʻl tarmoqlari, ekinlar tarkibi, konturlar raqamlari, fermer xoʻjaligining chegaralari) toʻliq koʻrsatiladi. Yer uchastkasining xaritasi (tarxi) tuman bosh (katta) yer tuzuvchisi, fermer xoʻjaligining boshligʻi va fermer xoʻjaligi tuzilgan erdagi qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning vakili tomonidan imzolanadi.
21. Yer ijarasi shartnomasida ekinlar turi boʻyicha yer uchastkasining maydoni va sugʻoriladigan yerlarning sifati aks ettiriladi, erni ijaraga berish muddati, ijara haqini toʻlash tartibi,tomonlarning huquq va majburiyatlari belgilanadi, yerdan foydalanish masalalari boʻyicha nizolarni hal qilish yoʻllari hamda shartnomani bekor qilish shartlari koʻrsatiladi. Shartnomaning “Shartnomaning alohida shartlari” deb nomlangan VIII boʻlimida yer uchastkasini saqlash majburiyatlari, servitutlar, sugʻorish shart-sharoitlari, sugʻorish suvlarini hisobga olish va tomonlarning kelishuvi boʻyicha boshqa shartlar yoziladi.
Sugʻoriladigan yerlarning sifati tuproq xaritasi, tuproq boniteti va qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning boshqa materiallaridagi mavjud maʼlumotlar asosida yoziladi.
Yer uchastkasi ijara shartnomasi tuman hokimligida, yer resurslari tuman xizmatida roʻyxatdan oʻtkaziladi va fermer xoʻjaligining yer ijarasi huquqini tasdiqlovchi hujjat boʻlib hisoblanadi.
(21-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-iyundagi 235-sonli qarori tahririda)
22. Shartnoma tuzilgandan soʻng oʻn kun ichida yer resurslari tuman xizmatining vakili, fermer xoʻjaligi tashkil etilgan erdagi qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning vakili ishida fermer xoʻjaligining boshligʻiga ijaraga berilayotgan yerlarni joyida koʻrsatishni amalga oshiradi. Fermer xoʻjaligining yerlarini joyida koʻrsatish dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va unda fermer xoʻjaligi yerlarining tarkibiga kiradigan ekinzorlarning konturlari koʻrsatiladi, ijaraga berilayotgan yer uchastkasi chegaralarining qanday elementlari boʻyicha chegara oʻtganligi boshqalar tasvirlanadi. Dalolatnoma yer resurslari tuman xizmatining vakili, fermer xoʻjaligi tashkil etilgan erdagi qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) vakili va fermer xoʻjaligi boshligʻi tomonidan imzolanadi. Dalolatnoma uch nusxada rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi yer resurslari tuman xizmatining vakilida, ikkinchisi qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)da va uchinchisi esa fermer xoʻjaligining boshligʻida saqlanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-iyundagi 235-sonli qarori tahririda)
23. Ijaraga yer berishni rasmiylashtirish boʻyicha ishlar tugagandan keyin quyidagi tarkibdagi hujjatlardan iborat yer tuzish ishi tuziladi:
fermer xoʻjaligini tuzish toʻgʻrisidagi fuqaroning arizasi;
xoʻjalikning yetakchi mutaxassislari ishtirokida tayyorlangan qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruvining xulosasi;
yer uchastkalarini ijaraga berish toʻgʻrisidagi qishloq xoʻjalik kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolari umumiy majlisi (vakillar majlisi)ning qarori;
yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish tuman komissiyasining yer uchastkalarini ijaraga berish imkoniyati haqidagi xulosasi;
fermer xoʻjaligini tashkil etish va yer uchastkasini ijaraga ajratib berish toʻgʻrisidagi tuman hokimining qarori;
yer uchastkasi ijara shartnomasi;
fermer xoʻjaligi faoliyatining biznes-rejasi;
fermer xoʻjaligi yerlarini koʻrsatish dalolatnomasi.
Fermer xoʻjaligiga ijaraga yer uchastkasi berishni rasmiylashtirish boʻyicha yer tuzish hujjati ikki nusxada tayyorlanadi, uning bir nusxasi yer resurslari tuman xizmatining vakilida saqlanadi ikkinchisi esa fermer xoʻjaligining boshligʻiga topshiriladi.
(23-bandning oxirgi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-iyundagi 235-sonli qarori tahririda)
III. Yer uchun ijara haqi toʻlash
24. Yer uchun ijara haqi toʻlovi, soliq toʻlovchining joylashgan joyidan qatʼi nazar, yer uchastkasi joylashgan hududdagi tuman budjetiga har yilning 15-dekabriga qadar yer soligʻining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun tasdiqlangan stavkalari boʻyicha toʻlanadi.
25. Yangi tuzilgan fermer xoʻjaligi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab ikki yil mobaynida yer uchun ijara haqi toʻlashdan ozod qilinadi.
26. Yer uchun ijara haqini oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda penya undiriladi.
IV. Yer uchastkasi ijarasi shartnomasini bekor qilish
28. Yer uchastkasi ijara shartnomasi bekor qilingan taqdirda, fermer xoʻjaligining foydalanishda boʻlgan yer uchastkasi fermer xoʻjaligi tuzilgan erdagi qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ga qaytarib beriladi.
V. Yer uchastkasidan foydalanish boʻyicha nizolarni hal etish
29. Fermer xoʻjaligining yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan kelib chiqqan nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
30. Yer uchastkasi ijara shartnomasi ijaraga beruvchi tomonidan muddatdan oldin bekor qilinganda, yer uchastkasini ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, ijarachi qaror yuzasidan sudga shikoyat qilishga haqlidir.
fermer xoʻjaligining boshligʻi __________________________________________
(ismi-sharifi)
bundan keyin matnda “Ijaraga oluvchi” deb ataladi, ikkinchi tomondan, tuman hokimining 1998-yil “___” ___________ dagi ______-son qaroriga asosan quyidagilar toʻgʻrisida ushbu Shartnomani tuzdilar:
I. Shartnomaning predmeti
1. Ijaraga beruvchi 1998-yilning “___”__________________dan ________ yil muddatga_______________________________________tumani
_________________________________________________________ da joylashgan
erdagi _______ ga yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga beradi, Ijaraga oluvchi esa uni qabul qiladi.
Yer uchastkasining chegarasi ushbu Shartnomaga ilova qilingan va uning ajralmas qismi hisoblanadigan fermer xoʻjaligining xarita (tarxi)da koʻrsatilgan.
2. Yer uchastkasi ___________________ ixtisoslashgan fermer xoʻjaligini yuritish uchun uzoq muddatli ijaraga beriladi.
3. Yer uchastkasi quyidagi yer turlaridan iborat:
sugʻoriladigan haydaladigan yerlar _______________ ga;
sugʻorilmaydigan (lalmikor) haydaladigan yerlar ______ ga;
bogʻlar _______________;
uzumzorlar ______________;
pichanzorlar va yaylovlar ______________________ ga;
7. Ijara haqi yer soligʻining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun tasdiqlangan stavkalari boʻyicha har yilning 15-dekabriga qadar tuman budjetiga toʻlanadi.
8. Ijara haqini oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda penya undiriladi.
III. Ijaraga beruvchining huquq va majburiyatlari
9. “Ijaraga beruvchi” quyidagi huquqlarga ega:
mazkur Shartnoma shartlari Ijarachi tomonidan buzilgan taqdirda belgilangan tartibda Shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilishni talab qilish;
yer uchastkasini davlat va jamiyat zaruratlari uchun qonunda belgilangan holatlarda va tartibda xarajatlarni (bunga boy berilgan foyda ham qoʻshiladi) toʻliq toʻlash, yetkazilgan zararni qoplash sharti bilan olib qoʻyish;
yer uchastkasini saqlash majburiyatini va servitutlarini belgilash.
10. Ijaraga beruvchi:
ushbu Shartnomada belgilangan muddatda ijaraga berilgan yer uchastkasini naturada (joyida) berilishini taʼminlashi;
qishloq xoʻjaligi ekinlarini va daraxtzorlarni ajratilgan limitga muvofiq sugʻorish uchun suv bilan taʼminlashi;
ijaraga oluvchining qonun hujjatlarida belgilangan huquqiga rioya qilishi shart.
IV. Ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari
11. Ijaraga oluvchi quyidagi xuquqlarga ega:
yer uchastkasida undan foydalanish maqsadiga hamda ferma xoʻjaligi ustaviga muvofiq mustaqil xoʻjalik yuritish;
qishloq xoʻjaligi ekinzorlari va koʻchatzorlari hamda dov-daraxtlarga, yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsuloti va uni sotishdan olingan daromad (foyda)ga boʻlgan mulk huquqi;
yer uchastkasidagi mavjud keng tarqalgan foydali qazilmalar oʻrmonzorlar, suv obyektlaridan xoʻjalik ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek erning boshqa foydali xossalarini ishga solish;
erlarni sugʻorish va ularning zaxini qochirish, agrotexnika va boshqa melioratsiya ishlarini oʻtkazish;
qishloq xoʻjaligi ekinlarini, dov-daraxtlarni sugʻorish va boshqa maqsadlar uchun sugʻorish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish;
uy-joy binolari, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy hamda boshqa imoratlar va inshootlarni belgilangan tartibda barpo etish va uchastkalaridan foydalanish maqsadi va loyiha hujjatlariga muvofiq ularni qayta qurish va buzib tashlash. Yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar bu ishlarni yer egalari bilan kelishib amalga oshirishga haqli;
yer uchastkasi olib qoʻyilgan taqdirda unga yetkazilgan zararning (shu jumladan, boy berilgan foydaning) qoplanishini yoki yer uchastkasidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda sarflangan xarajatlarning toʻlanishini talab qilish;
Ijaraga oluvchi “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida va oʻzga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.
12. Ijaraga oluvchi quyidagilarni bajarishi shart:
erdan belgilangan maqsadga muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qoʻllash, oʻz xoʻjalik faoliyati natijasida hududda ekologik vaziyatning yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik;
ishlab turgan irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari, muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlab turish;
Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksida nazarda tutilgan turkum tadbirlarni amalga oshirish;
yer soligʻini yoki yer uchun ijara haqini oʻz vaqtida toʻlash;
boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining huquqlarini buzmaslik;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga yerdan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etish;
boshqa yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yer uchastkalarining ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplash;
qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligining (uch yildagi oʻrtacha yillik hisobidan) erning normativ kadastr bahosidan past boʻlmasligini taʼminlash.
Ijaraga oluvchi “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida va oʻzga qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarni ham bajaradi.
V. Yer uchastkasi ijara shartnomasini bekor qilish
14. Ushbu Shartnomaning shartlarini tomonlardan biri bajarmagan yoki qonun hujjatlarini muntazam buzgan hollarda, boshqa tomon ushbu Shartnomani bekor qilish huquqiga ega.
15. Har qanday huquq buzilishi, agar uni bartaraf qilish mumkin boʻlsa, Shartnomani bekor qilinishiga olib kelmaydi.
16. Shartnomani bekor qilish niyati haqida bir tomoni ikkinchi tomonni yozma ravishda, shartnomani bekor qilish sabablarini asoslagan holda, uch oy oldin xabardor qiladi.
VII. Nizolarni hal etish
17. Mazkur Shartnomaning ijrosi jarayonida vujudga keladigan nizolar qonunga binoan hal etiladi.
18. Mazkur Shartnoma Ijaraga beruvchi tomonidan muddatidan ilgari bekor qilinganda, Ijaraga oluvchi Ijaraga beruvchiga bu qarordan norozi boʻlgan taqdirda sudga murojaat qilishi mumkin.
19. Mazkur Shartnoma toʻrt nusxada tuzilgan boʻlib, ulardan biri tuman hokimligida, ikkinchisi yer resurslari boʻyicha tuman xizmatida, uchinchisi — fermer xoʻjaligida, toʻrtinchisi — yerlarida fermer xoʻjaligi tuzilgan qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)da saqlanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-iyundagi 235-sonli qarori tahririda)
Tomonlarning yuridik manzillari:
Ijaraga beruvchi:
Ijaraga oluvchi:
_______________________
_______________________
_______________________
_______________________
_______________________
_______________________
Tomonlarning imzolari:
Ijaraga beruvchi— Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) raisi
Ijaraga oluvchi — Fermer xoʻjaligi boshligʻi
____________________________
____________________________
Imzo_________________
Imzo_________________
M. Oʻ.
M. Oʻ.
Fermer xoʻjaligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berishga oid hujjatlarni rasmiylashtirish
SXEMASI
T/r
Hujjatlar
Hujjatlar harakati
kimdan
kimga
koʻribchiqish muddatlari
1.
Ijaraga yer uchastkasi berish toʻgʻrisida ariza
fuqarodan
qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruviga
2.
Ijaraga yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha xulosa
qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruvidan
qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolarining umumiy yigʻilishiga (vakillar yigʻilishiga)
10kun
3.
Fuqaroning ijaraga yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi arizasi; qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolarining umumiy yigʻilishi (vakillar yigʻilishi) qarori; Fermer xoʻjaligi faoliyatining biznes-rejasi
qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) rahbaridan
Tuman hokimligiga
4.
Ijaraga yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi ariza; qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolarining umumiy yigʻilishi (vakillar yigʻilishi) qarori; Fermer xoʻjaligi faoliyatining biznes-rejasi
tuman hokimidan
yer uchastkalarini berish (sotish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman komissiyasiga
5kun
5.
Tuman komissiyasining xulosasi; Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolarining umumiy yigʻilishi (vakillar yigʻilishi) qarori; Fermer xoʻjaligi faoliyatining biznes rejasi
yer uchastkalarini berish (sotish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman komissiyasidan
tuman hokimiga
15 kun
6.
Tuman hokimining qarori
tuman hokimidan
qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) raisiga, fermer xoʻjaligi boshligʻiga
15 kun
7.
Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi
qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) rahbaridan
fermer xoʻjaligi rahbariga
10 kun
8.
Fermer xoʻjaligini yuritish uchun ijaraga beriladigan yerlarni koʻrsatish dalolatnomasi
tumanning bosh yer tuzuvchisidan
qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) raisiga, fermer xoʻjaligi boshligʻiga
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 300-sonli qaroriga 4-ILOVA
Faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni dehqon xoʻjaliklariga oʻzgartirish
TARTIBI
1. Ushbu Tartib faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni dehqon xoʻjaliklariga oʻzgartirish mexanizmini belgilaydi.
2. Faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar xoʻjalik boshligʻining qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruviga yoxud boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining ish beruvchisi (maʼmuriyati)ga hamda tuman hokimiga yozma murojaatiga asosan yuridik shaxs tashkil etgan yoki yuridik shaxs tashkil etmagan holda ushbu xoʻjaliklar aʼzolarining qarori bilan ixtiyoriylik asosida dehqon xoʻjaliklariga oʻzgartiriladi. Arizada soʻralayotgan yer uchastkasining joylashgan manzili, maydoni, dehqon xoʻjaligining tarkibi hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun yer uchastkasidan belgilangan maqsadda foydalanishning yoʻnalishlari koʻrsatiladi.
3. Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruvi faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni dehqon xoʻjaliklariga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalani umumiy majlis muhokamasiga kiritadi, umumiy majlis bu xususda tegishli qaror qabul qiladi. Boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni dehqon xoʻjaliklariga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror shu korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning yuqori boshqaruv organi, ish beruvchisi (maʼmuriyati) tomonidan qabul qilinadi.
4. Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) umumiy majlisining yoki boshqa qishloq xoʻjaligi korxonasi, muassasasi va tashkiloti yuqori boshqaruv organining, ish beruvchisi (maʼmuriyati)ning qarori asosida tuman hokimi faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni dehqon xoʻjaliklariga oʻzgartirish boʻyicha tuman komissiyasining xulosasini inobatga olgan holda faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni dehqon xoʻjaliklariga oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
5. Faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni dehqon xoʻjaliklariga oʻzgartirish uchun tuman hokimining qarori bilan hokimligi huzurida faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni dehqon xoʻjaliklariga oʻzgartirish boʻyicha komissiya tashkil etiladi.
Komissiya tarkibiga tuman hokimligi, yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish Komissiyasi, Oʻzbekiston Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasining tuman vakilligi, tuman iqtisodiyot va statistika boʻlimi, soliq xizmati, qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) hamda posyolka, qishloq va ovul fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakillari kiradilar.
6. Faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni dehqon xoʻjaliklariga oʻzgartirish boʻyicha komissiya besh kun muddatda shaxsiy yordamchi xoʻjalik egasining murojaatini koʻrib chiqadi. Bunda Komissiya:
yer uchastkasidan unumli foydalanilishiga;
yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mulk soligʻi toʻlanishi holatiga;
dehqon xoʻjaliklari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga rioya etilishiga eʼtibor beradi.
7. Komissiya faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjalikni dehqon xoʻjaligiga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi tegishli taklifni hokimga taqdim etadi.
8. Tuman hokimining faoliyat koʻrsatib turgan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni dehqon xoʻjaliklariga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarori tuman moliya, bank, soliq va boshqa tuzilmalari uchun majburiy hujjat hisoblanadi.
9. Faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjalik aʼzolari qonunda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarda dehqon xoʻjaligining manfaatlarini ifoda etuvchi xoʻjalik boshligʻini saylaydilar. Xoʻjalik boshligʻi yoki xoʻjalikning muomalaga layoqatli aʼzolaridan birining nomiga yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi rasmiylashtiriladi.