Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
“Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boʻlinmalari orqali ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-son “Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Aksiyadorlik tijorat Xalq banki hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 12-fevraldagi 20, 348-V-1-son “Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boʻlinmalari orqali ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2980, 2018-yil 14-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 10/18/2980/0896-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 3-iyuldagi 82, 348-V-1-son “Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boʻlinmalari orqali ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2980-1, 2019-yil 15-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi,15.07.2019-y., 10/19/2980-1/3429-son).