Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boʻlinmalari orqali ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi
Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020 — 2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida“gi
qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-sentabrdagi 731-son “Mamlakatimiz aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini raqobat va bozor mexanizmlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ishonchli taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 12-fevraldagi 20, 348-V-1-son qarori (roʻyxat raqami 2980, 2018-yil 14-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 11-son, 213-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boʻlinmalari orqali ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boʻlinmalari orqali ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar — davlat pensiyalari, shuningdek zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga hamda bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor onalarga beriladigan nafaqalar, bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga va oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqalar, bola tugʻilganda beriladigan nafaqalar, dafn etishga nafaqalar, uy-joy-kommunal xizmatlari toʻlovlari hamda un va qolipli non xarid qilish boʻyicha qoʻshimcha xarajatlarni qoplash va avtobenzin sotib olish xarajatlari uchun har oylik pul kompensatsiya toʻlovlari, Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarga va 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga har yili sanatoriylarda sogʻlomlashtirish kursini olish oʻrniga yoʻllanmaning oʻrtacha qiymatiga teng kompensatsiya toʻlovlari, Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarga va yadro poligonlari hamda boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarga yillik bir yoʻla moddiy yordam pullari, 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilari va nogironligi boʻlgan shaxslarga yillik bir martalik pul mukofotlari, pensiya va nafaqalardan aliment toʻlovlari, oʻrnatilgan tartibda tugatilgan tashkilotlar xodimlariga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zarar summalari;”.
ikkinchi xatboshidan “, shuningdek zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilari bilan toʻldirilsin:
“un va qolipli non xarid qilish boʻyicha qoʻshimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pul kompensatsiya toʻlovlari;
pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga hamda bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor onalarga nafaqa toʻlovlari;”;
3.
44-banddagi “3.1 — 3.4-ilovalardagi” degan soʻzlar “2-ilovasidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
2-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning
ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
6. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi bilan kelishilgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boʻlinmalari orqali ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA