Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik
kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PF-185-son “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.03.10-24 “Tomlar va tom qoplamalari” shaharsozlik
normalari va qoidalariga (hisob raqami 332, 2025-yil 3-fevral)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“SHNQ 2.03.11-24 “Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish”;
2.
10-banddagi “QMQ 2.01.07-96” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.07-21” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 59-bandning
beshinchi xatboshisi hamda 248 va 255-bandlardagi “QMQ 2.03.11-96” degan soʻzlar “SHNQ 2.03.11-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 66-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “GOST EN 1496-2014” degan soʻzlar “GOST EN 1496-2020” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6.
250-banddagi “Oʻz DSt 9.307-98” degan soʻzlar “Oʻz DSt 9.307-2021” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. Quyidagi mazmundagi 3531-band bilan toʻldirilsin:
“3531. Ijtimoiy soha obyektlarining tomlarida yuk koʻtaruvchi yogʻoch konstruksiyalardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda tom elementlari (stropila, balka va rama) metalldan loyihalanishi kerak.”.
8.
355-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“355. Poʻlat profilli yuk koʻtaruvchi toʻshamali qoplamalar ustida yonuvchan materiallar, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda gazlarda ishlovchi apparatlar va asbob-uskunalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.”.
9. 3-ilovaning 1-rasmi
“Izoh” qismidagi “GOST 9573-2012”, “GOST 32314-2012”, “GOST 28013-98” va “GOST 25820-2014” degan soʻzlar tegishli ravishda “GOST 9573-2025”, “GOST 32314-2023”, “GOST 28013-2023” hamda “GOST 25820-2021” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.