Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qarori hamda 2025-yil 16-sentabrdagi 587-son “Nogironlikni belgilash tizimi raqamlashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
qaroriga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 16-avgustdagi 53-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-sentabrdagi 193-son qarori bilan tasdiqlangan Bosh, ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2261, 2011-yil 5-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 36-son, 372-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 19-noyabrdagi 105-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-sentabrdagi 193-son qarori bilan tasdiqlangan Bosh, ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari roʻyxatiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2531, 2013-yil 2-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 49-son, 635-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 10-oktabrdagi 66-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-sentabrdagi 193-son qarori bilan tasdiqlangan Bosh, ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2622, 2014-yil 14-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 42-son, 524-modda).