Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 458-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 1-martdagi PQ-108-son
qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 26-dekabrdagi 120-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1891, 2009-yil 28-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 47-modda) bilan tasdiqlangan Biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari va standartlari toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 5-bandning
yettinchi xatboshisidagi “sugʻurta pulini” degan soʻzlar “sugʻurta toʻlovini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 11-bandning
birinchi xatboshisidagi “sugʻurta pulining” va “sugʻurta pulini” degan soʻzlar tegishli ravishda “sugʻurta toʻlovining” va “sugʻurta toʻlovini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“sugʻurta shartnomasi — sugʻurtalovchi va sugʻurta qildiruvchi oʻrtasida yozma yoki elektron shaklda tuzilgan bitim boʻlib, sugʻurta qildiruvchi unga muvofiq sugʻurta mukofotini (sugʻurta badalini) sugʻurta shartnomasida belgilangan tartibda, muddatlarda va hajmda toʻlaydi hamda sugʻurta shartnomasida yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajaradi, sugʻurtalovchi esa sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan muayyan voqea (sugʻurta hodisasi) yuz berganda sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi;”;
“sugʻurta mukofoti — sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurtalovchiga sugʻurta shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan tartibda va muddatlarda milliy valyutada yoki chet el valyutasida toʻlanadigan sugʻurta uchun toʻlov;
sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) — sugʻurta shartnomasida nazarda tutilgan sugʻurta hodisasi yuz berganda sugʻurta qildiruvchiga, sugʻurtalangan shaxsga (naf oluvchiga) har bir sugʻurtalangan shaxs uchun sugʻurta summasi doirasida toʻlanadigan pul mablagʻlari summasi;”.
4.
16 va
22-bandlardagi “sugʻurta puli” degan soʻzlar “sugʻurta toʻlovi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.