1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.07 Koʻchmas mulkni sotish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.09 Avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.06 Plastik kartochkalar boʻyicha va elektron toʻlov tizimlari orqali hisob-kitob;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar;
5.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
6.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
[TSZ:
1.Moliya / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Koʻchmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun notariuslar va banklar oʻrtasida elektron maʼlumotlar almashish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 16-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3790]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-son “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.07 Koʻchmas mulkni sotish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.09 Avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar;
4.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
5.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
1. Koʻchmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun notariuslar va banklar oʻrtasida elektron maʼlumotlar almashish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi bilan kelishilgan.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
3. Mazkur qaror 2026-yil 1-apreldan eʼtiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2026-yil 13-mart,
1-son
Markaziy bank raisi T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2026-yil 12-mart,
7/1-son
Kelishildi:
Notarial palata raisi D. ASHUROV
2026-yil 11-fevral
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2026-yil 13-martdagi 1-son, Markaziy bank boshqaruvining 2026-yil 12-martdagi 7/1-son qaroriga ILOVA
Koʻchmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun notariuslar va banklar oʻrtasida elektron maʼlumotlar almashish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom koʻchmas mulk obyektlari, ishlab chiqarilganiga oʻn yildan oshmagan M, N, O va G toifaga kiruvchi transport vositalari hamda maxsus avtotransport vositalarining (bundan buyon matnda transport vositasi deb yuritiladi) oldi-sotdi shartnomalari (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirishda notariuslar va banklar oʻrtasida elektron maʼlumotlar almashish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
1. Ushbu Nizom talablari shartnomani amalga oshirish jarayonida bank, notarius hamda xaridor, sotuvchi yoki ularning vakiliga (bundan buyon matnda taraflar deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.01 Umumiy masalalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
Mazkur Nizom uy-joy qurilishiga investitsiya kiritish shartnomalari asosida rasmiylashtiriladigan oldi-sotdi shartnomalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.07 Koʻchmas mulkni sotish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.09 Avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar]
Koʻchmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish mazkur Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.04 Kasb siri;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
2. Bank, notarius va uning xodimlari hamda amalga oshirilayotgan notarial harakatlar toʻgʻrisida xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xabardor boʻlib qolgan shaxslar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning maxfiy saqlanishini taʼminlashi kerak.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Markaziy banki ushbu Nizom talablari ijrosi boʻyicha doimiy monitoringni amalga oshiradilar.
2-bob. Taraflar bilan bank oʻrtasidagi munosabatlarni amalga oshirish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.07 Koʻchmas mulkni sotish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.09 Avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar]
4. Taraflar oʻzaro kelishuvga erishgandan soʻng, xaridor yoki uning vakili bankka yozma yoki elektron shakldagi ariza bilan murojaat qiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar]
5. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:
taraflarning familiyasi, ismi va otasining ismi;
taraflarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat raqami va seriyasi;
taraflarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), agar taraflar yoki ulardan biri yuridik shaxs boʻlsa, uning nomi va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
shartnoma obyektining maʼlumotlari;
shartnoma summasi;
taraflarning bank rekvizitlari (bundan xaridor yoki uning vakili xizmat koʻrsatuvchi bankda yangi eskrou hisobvaragʻi ochish holatlari mustasno).
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar]
6. Bank tomonidan ariza asosida xaridor yoki uning vakili bilan eskrou hisobvaragʻi shartnomasi tuziladi va eskrou hisobvaragʻi ochiladi.
Xaridor yoki uning vakili bir nechta boʻlishidan qatʼi nazar bitta shartnoma uchun bitta eskrou hisobvaragʻi ochiladi.
Eskrou hisobvaraqlarini ochish va yuritish banklarning mobil ilovalarida amalga oshirilishi mumkin.
Xaridor yoki uning vakilining bankdagi (bank kartasi, talab qilib olinguncha, elektron hamyon) hisobvaraqlaridan eskrou hisobvaraq sifatida foydalanilishi mumkin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
4.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
7. Eskrou hisobvaragʻi shartnomasida notarius tomonidan bankka shartnoma tasdiqlanganligi boʻyicha “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda Tizim deb yuritiladi) orqali maʼlumot taqdim etilganda, bank tomonidan eskrou hisobvaragʻiga qoʻyilgan pul mablagʻlari sotuvchining yoki uning vakilining hisobvaragʻiga (hisobvaraqlariga) avtomatik oʻtkazilishi nazarda tutilishi mumkin.
Bunda sotuvchilar yoki ularning vakillari ikki yoki undan koʻp boʻlganda ularning har biri uchun pul mablagʻlarining tegishli miqdori aniq koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar]
8. Eskrou hisobvaragʻi shartnomasi tuzilgandan soʻng, xaridor yoki uning vakili tomonidan taraflar oʻrtasida shartnoma obyekti boʻyicha kelishilgan pul mablagʻlari naqd yoki naqdsiz shaklda eskrou hisobvaragʻiga kirim qilinadi.
Shartnoma toʻlov majburiyatlarini kechiktirish sharti bilan amalga oshirilsa, xaridor yoki uning vakili tomonidan tegishli eskrou hisobvaragʻiga taraflar oʻrtasida kelishilgan (boshlangʻich) pul mablagʻlari kirim qilinadi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
Shartnoma toʻliq yoki qisman kredit mablagʻlari asosida moliyalashtirilganda, bu haqda kredit ajratayotgan bank tomonidan notariusga elektron maʼlumot taqdim etiladi va kredit mablagʻlari shartnoma tasdiqlanganligi boʻyicha maʼlumot olingandan soʻng, dasturiy ravishda shu bank ish kunida (agar maʼlumot ish kuni tugagandan keyin kelib tushsa, keyingi ish kunida) sotuvchining yoki uning vakilining hisobvaragʻiga (hisobvaraqlariga) oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar]
9. Bank tomonidan pul mablagʻlari eskrou hisobvaragʻiga kirim qilingandan soʻng bu haqida ushbu bankning avtomatlashtirilgan bank tizimida mazkur Nizomning 2-ilovasidagi elektron maʼlumotlar shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar]
10. Eskrou hisobvaragʻi shartnomasini tuzgan bank Tizimdan shartnoma tasdiqlanganligi boʻyicha maʼlumotni olgandan soʻng, dasturiy ravishda memorial order bilan xaridorning yoki uning vakilining eskrou hisobvaragʻidagi pul mablagʻlarini shu bank ish kunida (agar maʼlumot ish kuni tugagandan keyin kelib tushsa, keyingi ish kunida) sotuvchining yoki uning vakilining hisobvaragʻiga (hisobvaraqlariga) oʻtkazadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.08 Naqd pul bilan hisob-kitob]
Bunda sotuvchining yoki uning vakilining hisobvaragʻiga (hisobvaraqlariga) kirim qilingan pul mablagʻlari uning soʻroviga koʻra xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan naqd shaklda taqdim etiladi.
3-bob. Shartnomaning hisob-kitoblari boʻyicha notariuslar va banklar oʻrtasida elektron maʼlumotlar almashish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
11. Eskrou hisobvaragʻiga taraflar oʻrtasida kelishilgan mablagʻlar kirim qilingandan soʻng, taraflar qonunchilikda belgilangan tartibda notariusga murojaat qiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
12. Notarius shartnomani tasdiqlashdan oldin Tizim orqali xaridorning yoki uning vakilining eskrou hisobvaragʻida mablagʻlar mavjudligi boʻyicha mazkur Nizomning 2-ilovasidagi maʼlumotlarni dastlabki tarzda tekshirib olish uchun eskrou hisobvaragʻi ochilgan bankka elektron soʻrov yuboradi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
13. Bank tomonidan notariusning elektron soʻroviga mazkur Nizomning 2-ilovasidagi maʼlumotlar real vaqt rejimida taqdim etiladi.
Agar notarius tomonidan elektron soʻrov yuborilgunga qadar tegishli eskrou hisobvaragʻi yopilgan boʻlsa, bank tomonidan tegishli eskrou hisobvaragʻi yopilganligi haqida Tizimga elektron maʼlumot yuboriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
14. Bank tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar notarius tomonidan koʻrib chiqiladi hamda ularga nisbatan taraflarda eʼtiroz mavjud boʻlmagan taqdirda shartnoma tasdiqlanadi.
Bunda tegishli eskrou hisobvaragʻi yopilganligi yoki eskrou hisobvaragʻida shartnoma summasida nazarda tutilgan pul mablagʻlarining mavjud emasligi (yetarli emasligi) notarius tomonidan shartnomaning tasdiqlanishini rad etish uchun asos hisoblanadi, bundan mazkur Nizomning 8-bandi uchinchi xatboshisi mustasno.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
15. Shartnoma tasdiqlangandan soʻng, notarius tomonidan Tizim orqali eskrou hisobvaragʻi ochilgan bankka shartnoma tasdiqlanganligi boʻyicha mazkur Nizomning 3-ilovasida koʻrsatilgan maʼlumotlar elektron shaklda yuboriladi.
Shartnoma tasdiqlanmagan hamda bankka mazkur Nizomning 3-ilovasida koʻrsatilgan maʼlumotlar yuborilmagan boʻlsa, xaridor yoki uning vakilining soʻroviga asosan tegishli eskrou hisobvaragʻidagi pul mablagʻlari qaytarib beriladi.
4-bob. Yakuniy qoida
16. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Koʻchmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun notariuslar va banklar oʻrtasida elektron maʼlumotlar almashish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Koʻchmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Xaridor yoki uning vakili
Bankka yozma yoki elektron shakldagi ariza bilan murojaat qiladi
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
Bank
1. Eskrou hisobvaragʻi shartnomasi asosida eskrou hisobvaragʻini ochadi.
Eskrou hisobvaragʻi shartnomasi tuzilgan kunda
2. Taraflar oʻrtasida kelishilgan pul mablagʻlari kirim qilinadi.
Tegishli pul mablagʻlari kirim qilingan vaqtda
3-bosqich
Xaridor va sotuvchi yoki ularning vakili
Oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun notariusga murojaat qiladi.
Tegishli hujjatlarni notariusga taqdim qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
4-bosqich
Notarius
Tegishli bankka eskrou hisobvaragʻida mablagʻlar mavjudligi boʻyicha elektron soʻrov yuboradi.
Shartnomani tasdiqlashdan oldin
Mazkur Nizomning 2-ilovasidagi maʼlumotlarni oladi.
Real vaqt rejimida
Oldi-sotdi shartnoma tasdiqlanganligi boʻyicha Tizim orqali bankka maʼlumot taqdim etadi.
Real vaqt rejimida
5-bosqich
Bank
Eskrou hisobvaragʻidagi mablagʻlarni sotuvchi yoki uning vakilining hisobvaragʻiga oʻtkazadi hamda uning soʻroviga koʻra hisobvaragʻiga kirim qilingan pul mablagʻlarini naqd shaklda taqdim etadi.
Bankka shartnoma tasdiqlanganligi boʻyicha maʼlumot kelib tushgan bank ish kunida (maʼlumot ish kuni tugagandan keyin kelib tushsa, keyingi ish kunida)
Koʻchmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun notariuslar va banklar oʻrtasida elektron maʼlumotlar almashish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Banklar tomonidan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga taqdim etiladigan maʼlumotlar
ROʻYXATI
1. Taraflarning familiyasi, ismi va otasining ismi.
2. Taraflarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat raqami va seriyasi.
3. Taraflarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), agar taraflar yoki ulardan biri yuridik shaxs boʻlsa, uning nomi va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR).
4. Shartnoma obyektining maʼlumotlari.
5. Shartnoma summasi.
6. Eskrou hisobvaragʻi ochilgan bank kodi.
7. Eskrou hisobvaragʻi raqami.
8. Eskrou hisobvaragʻiga kirim qilingan pul mablagʻlari miqdori.
9. Oʻtkazib beriladigan kredit mablagʻlari miqdori (oldi-sotdi shartnomasi kredit mablagʻlari asosida moliyalashtirilganda).
10. Sotuvchiga yoki uning vakiliga oʻtkaziladigan pul mablagʻlari miqdori.
11. Sotuvchi yoki uning vakilining bank hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatuvchi bank kodi.
12. Sotuvchi yoki uning vakilining bank hisobvaragʻi (hisobvaraqlari).
13. Sotuvchi yoki uning vakilining tranzit hisobvaragʻi (hisobvaraqlari) (bank kartasiga oʻtkazilganda).
14. Sotuvchi yoki uning vakilining bank kartasi raqami (bank kartasiga oʻtkazilganda).
Izoh: Agar mablagʻlar bir nechta sotuvchilarga yoki ularning vakillariga oʻtkaziladigan boʻlsa, har bir sotuvchi yoki ularning vakillari boʻyicha maʼlumotlar yuboriladi.
Koʻchmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun notariuslar va banklar oʻrtasida elektron maʼlumotlar almashish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Notariuslar tomonidan banklarning elektron tizimlariga taqdim etiladigan maʼlumotlar
ROʻYXATI
1. Tizimda roʻyxatga olingan shartnomaning reyestr raqami.
2. Shartnomaning Tizimda roʻyxatga olingan sanasi (vaqti).
3. Shartnoma tuzilganligini yoki tuzilmaganligini tasdiqlovchi belgi.
4. Taraflarning familiyasi, ismi va otasining ismi.
5. Taraflarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat raqami va seriyasi.
6. Taraflarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), agar taraflar yoki ulardan biri yuridik shaxs boʻlsa, uning nomi va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR).
7. Shartnoma obyektining maʼlumotlari.
8. Shartnoma summasi.
9. Sotuvchiga yoki uning vakiliga oʻtkaziladigan pul mablagʻlari miqdori.
10. Sotuvchi yoki uning vakilining bank hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatuvchi bank kodi.
11. Sotuvchi yoki uning vakilining bank hisobvaragʻi (hisobvaraqlari).
12. Sotuvchi yoki uning vakilining tranzit hisobvaragʻi (hisobvaraqlari) (bank kartasiga oʻtkazilganda).
13. Sotuvchi yoki uning vakilining bank kartasi raqami (bank kartasiga oʻtkazilganda).
Izoh: Agar mablagʻlar bir nechta sotuvchilarga yoki ularning vakillariga oʻtkaziladigan boʻlsa, har bir sotuvchi yoki ularning vakillari boʻyicha maʼlumotlar yuboriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 10/26/3790/0247-son)