1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yoʻlovchilarni tashish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Narxlar va narxlarning hosil boʻlishi;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ShAHARDA VA ShAHAR ATROFIGA QATNAYDIGAN YOʻLOVChI TAShISh TRANSPORTI XIZMATLARINING TARIFLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchi tashish transporti xizmatlari xarajatlarining qimmatlashganligi munosabati bilan hamda hokimiyat va boshqaruv mahalliy organlarining aholiga transport xizmati koʻrsatishning ahvoli uchun javobgarligini oshirish, transport xizmatining barqaror ishlashini taʼminlash va yoʻlovchi tashish transporti xizmatlariga tariflarni asosli shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat hokimliklariga 1994-yil 1-oktabrdan boshlab shahar yoʻlovchi tashish transporti xizmatlarining cheklangan tariflarini yoʻlovchilar tashishning amalda shakllanayotgan xarajatlarini qoplashni taʼminlashni va aholi manfaatlariga rioya qilishni hisobga olgan holda belgilash huquqi berilsin.
2. 1994-yil 16-sentabrdan boshlab Toshkent shahrida shahar yoʻlovchi tashish transporti (avtobus, tramvay, trolleybus, metro) xizmatlarining cheklangan tariflari bir marta yurishga 30 tiyin miqdorida belgilansin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. 1994-yil 1-oktabrdan boshlab shahar atrofidagi yoʻnalishlar boʻyicha qatnovchi avtobuslar bilan yoʻlovchilarni tashishda shartnomaviy (erkin) tariflarga oʻtilsin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻzavtotrans” davlat-aksionerlik korporatsiyasi, “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda shahar transporti ishida tartib oʻrnatish, uning bir maromda ishlashini taʼminlash, aholiga xizmat koʻrsatish madaniyati va darajasini oshirish, shahar transportining mavjud parkini yangilash uchun zarur mablagʻlarni qidirib topish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
5. Respublika aholisining ayrim toifalariga ilgari qabul qilingan qarorlarga muvofiq berilayotgan amaldagi imtiyozlar saqlab qolinsin.