Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarini bajarishga vakolatli organlarga qoʻshimcha majburiyatlar yuklash, shuningdek, qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarni bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar
roʻyxatiga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarni bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatiga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. 14-pozitsiyaning “Xalqaro shartnoma, xalqaro tashkilotning nomi” ustuni “Markaziy Osiyo — Xitoy” formati kotibiyati” bloki bilan toʻldirilsin.
2. Quyidagi mazmundagi 66-pozitsiya bilan toʻldirilsin: