OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRINING
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-son “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2019-yil 25-yanvardagi 68-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3138, 2019-yil 22-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2019-y., 10/19/3138/2656-son) bilan tasdiqlangan Patologik-anatomik tadqiqotlar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Laboratoriyaning masʼul xodimi topshirilgan kesmadan 10 kundan koʻp boʻlmagan muddatda mikropreparat tayyorlaydi. Mikropreparatni tayyorlash qoʻshimcha vaqt talab etgan taqdirda, mazkur muddat yana 10 kungacha uzaytirilishi mumkin.
Bunda laboratoriyaning masʼul xodimi muddat uzaytirilganligi toʻgʻrisida shu kunning oʻzida patologoanatomni yozma ravishda xabardor qilishi shart.”.
2.
21-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Topshirilgan namunalar tegishli laboratoriya tomonidan 7 kundan koʻp boʻlmagan muddatda laborator tekshiruvdan oʻtkaziladi. Topshirilgan namunalarning laborator tekshiruvi qoʻshimcha vaqt talab etgan taqdirda, mazkur muddat yana 10 kungacha uzaytirilishi mumkin.
Bunda laborator tekshiruvni amalga oshirayotgan masʼul xodim muddat uzaytirilganligi toʻgʻrisida shu kunning oʻzida patologoanatomni yozma ravishda xabardor qilishi shart.”.