Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Savdo sohasida chiqimga qarshi mexanizmning faoliyat koʻrsatishi uchun amaliy shart-sharoitlar yaratish va soliq solish tartibini takomillashtirish hisobiga savdo korxonalari hamda tashkilotlarining muomala xarajatlarini kamaytirishdan manfaatdorliklarini oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi 1994-yilgi budjetining asosiy parametrlari toʻgʻrisida” 1993-yil 28-dekabrdagi 993-XII-son qarorining
6 va
7-bandlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yil 1-yanvardan boshlab, qaysi idoraga boʻysunishi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, savdo korxonalariga soliq solishning yangi tartibi belgilansin.
Savdo korxonalari va tashkilotlari budjetga toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi va daromaddan olinadigan soliqdan ozod etilsin.
Savdo korxonalarining daromadlilik darajasiga koʻra yalpi daromaddan tabaqalashtirilgan stavkalar boʻyicha olinadigan soliq
ilovaga muvofiq joriy etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda savdo qiluvchi tashkilotlar yalpi daromadiga solinadigan soliqni hisob-kitob qilish tartibini tasdiqlasin va uni soliq toʻlovchilarga yetkazsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi va Oʻzbekbirlashuv boshqaruvi bilan birgalikda savdo korxonalarining 1994-yil 1 yarim yilligi ish yakunlari boʻyicha amaldagi soliq stavkalari holatini va samaraliligini tahlil qilsinlar hamda zarur boʻlganda bu masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-fevraldagi 98-son qaroriga
ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.