toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.08.2001
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DEHQON XO‘JALIKLARI A’ZOLARINI IJTIMOIY SUG‘URTALASh VA ULARNING IJTIMOIY TA’MINOTI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar va dehqon xo‘jaliklari a’zolarini davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalash to‘g‘risida”gi 2001-yil 24-avgustdagi 351-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan
Dehqon xo‘jaliklarida mashg‘ul bo‘lgan fuqarolarning davlat ijtimoiy sug‘urtasiga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarish va ularning ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Dehqon xo‘jaliklari a’zolarini ijtimoiy sug‘urtalash va ularning ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ushbu Nizom 1998-yil 15-iyuldan boshlab amalga kiritilsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy ta’minot vazirligi va mehnat vazirligi Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi bilan birgalikda ko‘rsatib o‘tilgan Nizomni Dehqon xo‘jaliklarida mashg‘ul bo‘lgan barcha fuqarolarga yetkazsinlar va uning amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi va Mehnat vazirligi Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari orqali Dehqon xo‘jaliklarida mashg‘ul bo‘lgan fuqarolarni ijtimoiy sug‘urta qilish tamoyillari va mexanizmi to‘g‘risida faol tushuntirish ishlari olib borsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 9-iyul,
289-son
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 9-iyuldagi 289-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Dehqon xo‘jaliklari a’zolarini ijtimoiy sug‘urtalash va ularning ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risida
NIZOM
Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining “1998 — 2000-yillardagi davrda qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 19-martdagi 120-son qarorini bajarish yuzasidan, dehqon xo‘jaligi a’zolarining davlat ijtimoiy sug‘urtasi va ijtimoiy muhofazaga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Dehqon xo‘jaligi a’zolarini ijtimoiy muhofaza qilish O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”, “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, mazkur Nizomga va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq ta’minlanadi.
Mazkur Nizom Dehqon xo‘jaliklari a’zolariga beriladigan ijtimoiy kafolatlar shartlari va turlarini tartibga soladi, ular tomonidan daromadlardan Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash tartibini, shuningdek, mehnat stajini hisoblab chiqarish va mehnat daftarchalarini yuritish tartibini belgilab beradi.
I. Umumiy qoidalar
1. Dehqon xo‘jaligi a’zolari ixtiyoriylik asosida O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan taqdirda:
dehqon xo‘jaligida ishlagan davrlarini pensiya (yoshga doir pensiya, nogironlik pensiyasi, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi) tayinlash uchun mehnat stajiga kiritish;
pensiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rsatib o‘tilgan pensiyalar miqdorini belgilashda dehqon xo‘jaligida ishlab olgan daromadlarini hisobga olish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar olish, shu jumladan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi, homiladorlik va tug‘ruq bo‘yicha nafaqa, bola tug‘ilgandagi nafaqa hamda dafn marosimi uchun nafaqa olish huquqiga ega bo‘ladilar.
2. Dehqon xo‘jaligi a’zolarining pensiya olishga bo‘lgan huquqi ular pensiya yoshiga to‘lganda yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda boshlanadi.
Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar, agar ushbu nafaqalarni olish huquqi dehqon xo‘jaligi a’zolari tomonidan Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash davridan boshlangan bo‘lsa beriladi.
3. Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lamayotgan dehqon xo‘jaligi a’zolarining dehqon xo‘jaligida ishlagan davri pensiya tayinlashda mehnat stajiga kiritilmaydi hamda dehqon xo‘jaligida ishlagan davrida ularga ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa to‘lanmaydi.
4. Dehqon xo‘jaliklarini Pensiya jamg‘armasida ro‘yxatdan o‘tkazish, ular tomonidan ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallar to‘lash, pensiya va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha pensiya va nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklari uchun ham, yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklari uchun ham bir xildir.
II. Dehqon xo‘jaliklari a’zolarini Pensiya jamg‘armasi bo‘limida ro‘yxatdan o‘tkazish
5. Dehqon xo‘jaligi a’zolari ularning shaxsiy arizalari asosida dehqon xo‘jaligi joylashgan joyidagi Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida sug‘urtachi (sug‘urta badallari to‘lovchi shaxs) sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Belgilangan namunadagi arizada dehqon xo‘jaligi a’zosining familiyasi, ismi va otasining ismi, uning to‘liq manzili, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkasining maydoni, ariza berish paytidagi mehnat staji, Xalq banki bo‘limidagi foizsiz shaxsiy schyotining nomeri, shuningdek ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, uning faoliyatiga tegishli boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi (1-ilova).
Pensiya jamg‘armasi bo‘limida ro‘yxatdan o‘tkazish chog‘ida sug‘urtachi pasporti va mehnat daftarchasini (agar mavjud bo‘lsa) ko‘rsatishi kerak.
6. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan dehqon xo‘jaligining har bir a’zosiga ro‘yxatdan o‘tkazish nomeri hamda Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini to‘lash muddatlari va tartibi to‘g‘risida yozma bildirishnoma beriladi (2-ilova), Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida saqlanadigan Sug‘urta badallari to‘lanishini hisobga olish daftari yuritiladi (3-ilova).
7. Ro‘yxatdan o‘tkazishdan oldin dehqon xo‘jaligi a’zosi kelgusida ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha o‘ziga to‘lanadigan nafaqani o‘tkazish uchun Xalq banki bo‘limida mustaqil ravishda foizsiz shaxsiy schyot ochishi kerak.
III. Dehqon xo‘jaligi a’zolari tomonidan Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarining to‘lanishi
8. Dehqon xo‘jaligi a’zolari o‘zidagi mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan ta’minlanish va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqaning o‘zi istaydigan miqdoridan kelib chiqib Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari miqdorini mustaqil ravishda belgilaydilar, biroq u badallarning mazkur Nizom bilan belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak.
Tayinlanadigan pensiya, shuningdek ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa (bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa va dafn marosimi uchun nafaqa bundan mustasno) miqdoriga hamda stajiga bog‘liq bo‘ladi.
To‘liq mehnat staji (“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq erkaklar uchun 25 yil, ayollar uchun 20 yil) sharoitida yoshga doir eng kam miqdordagi pensiya olish uchun Pensiya jamg‘armasiga oyiga to‘lanadigan sug‘urta badallarining o‘rtacha miqdori O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmasligi zarur.
9. Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan sug‘urta badallarining eng kam miqdori har bir oy uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak.
10. Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari yilning har choragidan keyingi oyning 8-kunidan kechikmay to‘lanadi.
11. Sug‘urta badallari naqdinasiz hisob-kitob yo‘li bilan yoxud naqd pul bilan Xalq banki bo‘limi orqali dehqon xo‘jaligi joylashgan joyidagi Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limi schyotiga to‘lanadi. Sug‘urta badallari naqdinasiz hisob-kitob bo‘yicha to‘lagan taqdirda sug‘urta badali to‘laganligi haqidagi to‘lov hujjatida ko‘rsatilgan sana sug‘urta badali to‘lagan kun hisoblanadi. Sug‘urta badali to‘laganligi haqidagi to‘lov hujjatlari sug‘urtachida sug‘urta badallari tushumini va Sug‘urta badallari to‘lanishini hisobga olish daftaridagi tegishli yozuvlarni solishtirish vaqtigacha saqlanishi kerak.
12. To‘langan sug‘urta badallari qaytarilmaydi.
IV. Sug‘urta badallari to‘lanishini hisobga olish
13. Dehqon xo‘jaligi a’zolari tomonidan sug‘urta badallari to‘lanishining hisobi Sug‘urta badallari to‘lashni hisobga olish daftarida to‘langan sug‘urta badallari sanasi va miqdori to‘g‘risidagi yozuvlar qayd etiladi. Sug‘urta badallari to‘lashni hisobga olish daftari dehqon xo‘jaligi a’zosi tomonidan sug‘urta badallari to‘laganligini va uning miqdorini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
14. Pensiya jamg‘armasining tuman bo‘limlari tomonidan dehqon xo‘jaligi a’zolaridan tushadigan sug‘urta badallari tushumi bo‘yicha yilning har choragida yakunlar chiqariladi hamda, to‘lamaganlik yoki muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovlar aniqlangan taqdirda, sug‘urtachilarga ularning qarzi miqdorlari haqida ushbu qarz hosil bo‘lgan davr ko‘rsatilgan holda bildirishnoma yuboriladi.
15. Sug‘urtachining birinchi talabiga ko‘ra, biroq bir yilda kamida bir marta Pensiya jamg‘armasiga dehqon xo‘jaligi a’zolaridan tushgan to‘lovlarni Sug‘urta badallari to‘lanishini hisobga olish daftaridagi yozuvlar bilan solishtirishga majburdir.
16. Yashash joyini o‘zgartirgan yoki boshqa sabablar bilan dehqon xo‘jaligida shug‘ullanishni to‘xtatgan dehqon xo‘jaligi a’zolarining talabiga ko‘ra Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi Pensiya jamg‘armasi bo‘limi rahbarining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan Sug‘urta badallari to‘lanishini hisobga olish daftarini sug‘urtachining qo‘liga beradi.
V. Dehqon xo‘jaligi a’zolarining mehnat stajini hisoblab chiqarish va mehnat daftarchalarini yuritish tartibi
17. Dehqon xo‘jaligi a’zolarining mazkur Nizomga binoan Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan davrlari ularning mehnat stajiga qo‘shiladi.
Mehnat daftarchasi dehqon xo‘jaligi a’zolarining mehnat stajini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
18. Yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaligi a’zolarining mehnat daftarchalari ular ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyida Pensiya jamg‘armasi bo‘limida ular tomonidan sug‘urta badallari to‘lanishining barcha muddatlari mobaynida saqlanadi va yuritiladi.
Dehqon xo‘jaligi a’zosi Pensiya jamg‘armasida ro‘yxatdan o‘tgan paytgacha mehnat daftarchasiga ega bo‘lmagan taqdirda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi amaldagi me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartibda ushbu shaxs uchun yangi mehnat daftarchasi ochadi.
19. Yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan dehqon xo‘jaligi a’zolarining mehnat daftarchalari, dehqon xo‘jaligining tanlanishiga ko‘ra, yoxud dehqon xo‘jaligi rahbari tomonidan, yoxud Pensiya jamg‘armasi tomonidan saqlanadi va yuritiladi.
Yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat daftarchasidagi dehqon xo‘jaligi rahbari tomonidan kiritilgan yozuvlar Pensiya jamg‘armasi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Dehqon xo‘jaligi ishlash davrlari to‘g‘risidagi dehqon xo‘jaligi rahbari tomonidan kiritilgan hamda Pensiya jamg‘armasi tomonidan tasdiqlanmagan yozuvlar haqiqiy deb hisoblanmaydi.
Yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan dehqon xo‘jaligining ilgari ishlamagan (mehnat daftarchasi bo‘lmagan) a’zolari uchun mehnat daftarchalari mazkur dehqon xo‘jaligi mablag‘lari hisobiga belgilangan tartibda sotib olinadi.
20. Mehnat daftarchasida fuqaroning dehqon xo‘jaligida ishlaganligi to‘g‘risidagi quyidagi yozuvlar yoziladi:
“Sana” ustunida — fuqarolar mehnat stajini hisoblay boshlash sanasi fuqarolarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha badallar to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab yoziladi, u Pensiya jamg‘armasiga to‘lovlarni to‘lab borgan taqdirda;
shu ustunda dehqon xo‘jaligida ish bilan mashg‘ul bo‘lingan mehnat stajini hisoblashni to‘xtatish kuni yoziladi. Pensiya jamg‘armasining tegishli qarorida ko‘rsatilgan, davlat sug‘urtasi bo‘yicha oxirgi badal to‘langan kun dehqon xo‘jaligida mashg‘ul bo‘lingan mehnat staji to‘xtatilgan kun hisoblanadi;
“Ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish va ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar” ustuniga — “dehqon xo‘jaligida mashg‘ul” deb yoziladi, shuningdek fuqaroning ro‘yxatdan o‘tish raqami va fuqaroni sug‘urtachi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgach Pensiya jamg‘armasi bo‘limining nomi ko‘rsatiladi.
“Qaysi hujjatga asosan yozilgan” ustuniga — mehnat stajining boshlanishi haqidagi yozuv yozilganda — “ Pensiya jamg‘armasining dehqon xo‘jaligi a’zolarining sug‘urtachi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomasi asosida” deb va — mehnat stajining to‘xtatilishi haqidagi yozuv yozilganda — “Pensiya jamg‘armasining dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat stajini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori asosida” deb yoziladi; mazkur yozuvlar tegishli hujjatlarning sanasi va tartib raqami qo‘rsatilgan holda yoziladi.
21. Pensiya va davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar belgilash uchun mehnat stajini hisoblab chiqarishda, agar dehqon xo‘jaligi a’zosi ushbu yilda kamida 9 oy mobaynida badallar to‘lagan bo‘lsa, mehnat stajiga to‘liq yil qo‘shiladi.
Stajni hisoblashda hisobga olinadigan, dehqon xo‘jaligi a’zolariga sug‘urta badallarini to‘lamaslik huquqi berilgan oylar (bir yil uch oy) berilgan ariza asosida Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limining qarori bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu oylar mazkur Nizom 22-bandining amal qilishi tatbiq etilmaydi.
Boshqa hollarda staj sug‘urta badallari to‘langan oylar soniga mutanosib ravishda hisobga olinadi.
22. Dehqon xo‘jaligi a’zosi tomonidan Pensiya jamg‘armasi mazkur Nizomning 10-bandiga muvofiq belgilangan muddatdan so‘ng bir oy mobaynida sug‘urta badallari to‘lanmagan taqdirda Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi:
dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat daftarchasiga ish stajini to‘xtatilganligi to‘g‘risida yozib qo‘yadi — yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklari a’zolari uchun;
dehqon xo‘jaligi rahbarini davlat ijtimoiy sug‘urtasi olish huquqi to‘xtatilganligi haqida xabardor qiladi hamda dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat daftarchasiga dehqon xo‘jaligida mehnat staji to‘xtatilganligi to‘g‘risida yozuv kiritish to‘g‘risida talabnoma kiritadi — yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan dehqon xo‘jaligi a’zolari uchun.
Tegishli yozuv kiritilgan mehnat daftarchasi dehqon xo‘jaligi a’zosi qo‘liga beriladi.
Agar fuqaro mehnat daftarchasiga uning mehnat staji to‘xtatilganligi to‘g‘risida tegishli yozuv yozilgandan keyin bir oy mobaynida sug‘urta badallari bo‘yicha o‘zining sug‘urta badallarini to‘lamagan butun davri uchun qarzlarini to‘lasa, u holda mehnat stajini to‘xtatish to‘g‘risidagi yozuv bekor qilinadi.
VI. Pensiya va nafaqalarni tayinlash va to‘lash
23. Pensiyalar (yoshga doir, nogironlik pensiyasi, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi) fuqarolarning arizasiga asosan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limi tomonidan tayinlanadi.
Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar (vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ruq bo‘yicha, bola tug‘ilganda, dafn etish uchun nafaqa) dehqon xo‘jaligi a’zosini ro‘yxatdan o‘tkazgan Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tayinlanadi.
24. “Davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 32-moddasiga muvofiq pensiya miqdorini hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa va homiladorlik va tug‘ruq bo‘yicha nafaqa miqdorini hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan oylik daromad miqdori ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘langan oylik badallari summasini 30 ga bo‘lish va olingan natijani 100 ga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblab chiqariladi.
Oylik badal miqdorini aniqlash uchun ushbu oyni o‘z ichiga oluvchi choraklik badallar summasi uchga bo‘linadi.
Yillik daromad miqdori kalendar yilda olingan oylik daromadlarini qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.
25. Pensiya tayinlashda mehnat staji mazkur Nizomning V bo‘limiga muvofiq mehnat daftarchasiga yozilgan yozuvlar asosida tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limi tomonidan aniqlanadi.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ruq bo‘yicha nafaqa tayinlashda mehnat staji Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan:
dehqon xo‘jaligi a’zosi Pensiya jamg‘armasida ro‘yxatdan o‘tish paytigacha bo‘lgan staj — mehnat daftarchasidagi;
dehqon xo‘jaligida mashg‘ul bo‘lgan davrdagi staj — (Pensiya jamg‘armasida sug‘urta badallari to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin) sug‘urta badallari to‘lanishini hisobga olish daftaridagi yozuvlar asosida aniqlanadi.
26. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ruq bo‘yicha nafaqalarni hisoblab chiqarish uchun o‘tgan yilda Pensiya jamg‘armasiga to‘langan badallar summasi asosida aniqlanadigan daromad olinadi.
O‘tgan yilda to‘langan badallar bo‘lmaganda dehqon xo‘jaligi a’zosiga eng kam oylik ish haqidan kelib chiqib, keyinchalik yil yakunlari bo‘yicha qayta hisoblangan holda, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa belgilanadi.
27. Dehqon xo‘jaligi a’zosi sug‘urtachi sifatida Pensiya jamg‘armasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan davrda pensiya ishlovchi pensionyerlar uchun belgilangan miqdorlarda to‘lanadi.
28. Pensiyalar pensionerning xohishiga ko‘ra pensionerning turar joyidagi pochta aloqa bo‘limlari yoki Xalq banki bo‘limlari orqali ijtimoiy ta’minot organlari tomonidan to‘lanadi.
Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan nafaqa summasini dehqon xo‘jaliklarida mashg‘ul bo‘lgan fuqarolarning foizsiz shaxsiy schyotiga o‘tkazish yo‘li bilan Xalq banki bo‘limlari orqali to‘lanadi.
Dehqon xo‘jaliklari a’zolarini
ijtimoiy sug‘urtalash va ularning
ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

________________________________‎

(tumani, shahri)‎

Pensiya jamg‘armasi bo‘limi‎

‎‎1. ___________________________________________________________________

‎‎(Dehqon xo‘jaligi a’zosining familiyasi, ismi va otasining ismi)

‎‎2.______________tumani (shahri); Manzili______________ ‎
Telefoni______________ ‎
‎‎3. Pasport: Seriyasi______________ raqami______________ ;
‎‎Qayerda va qachon berilgan__________________________________________;
‎‎4. Nafaqalarni o‘tkazish uchun foizsiz schyot:
______________ raqami;‎

_________________________ ‎

(Xalq banki bo‘limi nomi)‎

‎‎5. Umumiy mehnat staji:______________yil, ___________oy, __________kun;
‎‎so‘z bilan______________ yil, ______________ oy, ___________kunni tashkil etadi.
‎‎6. Boshqa ma’lumotlar (murojaat qiluvchining xohishiga ko‘ra)
‎‎________________________________________________________
‎‎________________________________________________________;

ARIZA‎

‎‎Meni sug‘urta — Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishingizni so‘rayman.
Dehqon xo‘jaliklari a’zolarini ijtimoiy sug‘urtalash va ularning ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risidagi nizom bilan tanishib chiqdim.

Sana: 199__yil___________________‎

__________________________‎

(shaxsiy imzo)‎

Dehqon xo‘jaliklari a’zolarini ijtimoiy
sug‘urtalash va ularning ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risidagi
nizomga
2-ILOVA
Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini to‘lash muddatlari va tartibi to‘g‘risida
sug‘urta bildirishnoma
‎‎Sug‘urtachining familiyasi, ismi va otasining ismi_______________________________
‎‎____________________________________________________________________________‎
Sug‘urtachining manzili_______________________________________________________

‎‎(tumani, shahri)‎

Pensiya jamg‘armasi bo‘limi shuni bildiradiki, Siz taqdim etgan hujjatlarga muvofiq Siz‎‎‎
‎‎______________________________________________________________dan‎

‎‎(ro‘yxatdan o‘tkazilgan yil, kun, oy)‎

boshlab_______________________________raqami bilan ijtimoiy sug‘urta badallarini to‘lovchi shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdingiz. Mazkur ro‘yxatdan o‘tkazish raqami Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga Siz taqdim etgan sug‘urta badallari hisob-kitoblari bilan bog‘liq barcha hujjatlarda ko‘rsatilishi kerak.‎‎‎
‎‎Siz badallarni Pensiya jamg‘armasiga yil choraklari bo‘yicha, 199__yil___________dan boshlab, sug‘urta badali to‘lanadigan yil choragi oxirgi oyidan keyin keladigan oyning 8-kunidan kechikmay to‘lashingiz kerak. Sizning har oylik badalingizning eng kam miqdori hisob-kitob qilinadigan yil choragining oylari uchun eng kam ish haqi summasidan kam bo‘lmasligi kerak.‎
Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar, Dehqon xo‘jaliklari a’zolarini ijtimoiy sug‘urta�ash va ularning ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risidagi nizomga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ularni olish huquqi paydo bo‘lgan hollarda, ular Sizning, Xalq bankining_________________________bo‘limidagi______________-son foizsiz shaxsiy schyotingizga o‘tkaziladi.‎‎‎

_______________________________‎

(tumani, shahri)‎

Pensiya jamg‘armasi bo‘limining boshlig‘i‎

_______________________________‎

(imzo)‎

199____yil “____”___________________‎

M. O‘.‎

Dehqon xo‘jaliklari a’zolarini ijtimoiy
sug‘urtalash va ularning ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risidagi
nizomga
3-ILOVA

____________________________‎

(tumani, shahri)‎

Pensiya jamg‘armasi bo‘limi‎

‎‎Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lanishini hisobga olish

‎‎DAFTARI

‎‎____________________________tumani (shahri) Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lovchi hisoblanuvchi
‎‎____________________________________________________________________________________ga

‎‎(dehqon xo‘jaligi a’zosining familiyasi, ismi va otasining ismi)

berildi. U 199__yil_____________________da_________________raqami b�lan Pensiya jamg‘armasiga badal to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.‎‎

____________________________‎

(tumani, shahri)‎

Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i‎

________________‎

199_____yil____________________‎

(imzo)‎

M. O‘.‎

199___yil‎‎‎

199___yil‎‎

199___yil‎‎‎

yil choragi‎

summa‎

yil choragi‎

summa‎

yil choragi‎

summa‎

1-chorak‎

2-chorak‎

3-chorak‎

4-chorak‎

JAMI‎

imzo
‎M. O‘.

‎‎imzo
‎‎M. O‘. ‎

imzo
‎‎M. O‘.‎

‎‎199___yil

199___yil

‎‎199___yil

yil choragi‎

summa‎

yil choragi‎

summa‎

yil choragi‎

summa‎

1-chorak‎

2-chorak‎

3-chorak‎

4-chorak‎

JAMI‎

imzo ‎
‎M. O‘.

‎‎imzo ‎
‎M. O‘.‎

‎‎imzo ‎
‎M. O‘.‎

‎‎199___yil

‎‎199___yil

‎‎199___yil‎

yil choragi‎

summa‎

yil choragi‎

summa‎

yil choragi‎

summa‎

1-chorak‎

2-chorak‎

3-chorak‎

4-chorak‎

‎‎imzo ‎ ‎
‎M. O‘.

‎‎imzo ‎
‎‎M. O‘. ‎

‎‎imzo ‎ ‎
‎M. O‘.