Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 7-sentabrdagi 170-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2015, 2009-yil 12-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 42-son, 451-modda) bilan tasdiqlangan Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari uchun
xavfsizlik qoidalarida:
1) 2-bobning 10-paragrafi
nomidagi va
71-banddagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2)
72-banddagi “tashqi kanalizatsiyaga yetib kelguncha” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga oqizishdan oldin” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3)
77-banddagi “kanalizatsiyalangan” degan soʻz “maishiy oqova suvlar tizimiga ulangan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4)
78-banddagi “kanalizatsiya” va “kanalizatsiyasiga” degan soʻzlar tegishli ravishda “oqova suvlarni chiqarib yuborish” va “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5)
198 va
219-bandlardagi “kanalizatsiyaga” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 7-sentabrdagi 169-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2016, 2009-yil 12-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 42-son, 452-modda) bilan tasdiqlangan Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarish xodimlari uchun
xavfsizlik qoidalarida:
1)
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladi va ish joylarida ishlovchilarni yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot boʻlinmasining rahbari zimmasiga yuklanadi.”;
2)
78-banddagi “kanalizatsiyasi” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3)
82-banddagi “Sanoat kanalizatsiyasi” degan soʻzlar “Ishlab chiqarish oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 21-dekabrdagi 271-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2073, 2010-yil 23-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 3-4-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Sirka kislotasi ishlab chiqarish xodimlari uchun
xavfsizlik qoidalarida:
1)
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladi va ish joylarida ishlovchilarni yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot boʻlinmasining rahbari zimmasiga yuklanadi.”;
2) 2-bobning 10-paragrafi
nomidagi va
64-banddagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3)
65-banddagi “tashqi kanalizatsiyaga yetib kelguncha” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga oqizishdan oldin” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4)
70-banddagi “kanalizatsiyalangan” degan soʻz “maishiy oqova suvlar tizimiga ulangan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5)
71-banddagi “kanalizatsiya” va “kanalizatsiyasiga” degan soʻzlar tegishli ravishda “oqova suvlarni chiqarib yuborish” va “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6)
252-banddagi “kanalizatsiyaga” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7)
262-banddagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4. “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 26-martdagi 108-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2104, 2010-yil 19-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 20-son, 157-modda) bilan tasdiqlangan Sintetik smolalar ishlab chiqarish xodimlari uchun
xavfsizlik qoidalarida:
1)
14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladi va ish joylarida ishlovchilarni yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot boʻlinmasining rahbari zimmasiga yuklanadi.”;
2) 2-bobning 10-paragrafi
nomidagi va
58-banddagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3)
61-banddagi “kanalizatsiya” degan soʻz “maishiy oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4)
62-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“62. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi yoʻq boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralariga ruxsat etiladi.”.