1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.05 Suvdan baliqchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.09.00 Baliq ovlash va baliqchilikni tartibga solish]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish;
2.Tabiiy resurslar / Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA BALIQChILIK TABIIY SUV HAVZALARINI BIRIKTIRIB QOʻYISh VA ULARDAN FOYDALANISh TARTIBINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Baliqchilik tarmogʻida monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi2003-yil 13-avgustdagi 350-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika baliqchilik tabiiy suv havzalaridan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda “Oʻzbaliq” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan respublika baliqchilik tabiiy suv havzalarini biriktirib qoʻyish va ulardan foydalanish tartibi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 289-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 13-son, 86-modda)
2. Belgilab qoʻyilsinki:
baliq ovlash uchun suv havzalarini yoki ularning uchastkalarini biriktirib qoʻyish joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzuridagi Hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish respublika davlat inspeksiyasi (“Davlatbionazorat” inspeksiyasi) bilan baliq ovlovchi tashkilotlar yoki jismoniy shaxs (foydalanuvchi) oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida, bepul amalga oshiriladi;
baliq xoʻjaligi inshootlari va boshqa imoratlar qurish uchun yer uchastkalari qonun bilan belgilangan tartibda ajratiladi.
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan baliq va boshqa suv hayvonlarini ovlash uchun baliq xoʻjaligi suv havzalaridan foydalanishga har yili majburiy ravishda mayda baliqlar bilan toʻldirish ishlari olib borilgan, baliq ovlash qoidalariga rioya qilingan va muhofaza qilish tadbirlari amalga oshirilgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi.
baliq ovlovchi jismoniy va yuridik shaxslar har oyda joylardagi tabiatni muhofaza qilish organlariga va “Davlatbionazorat” inspeksiyasiga tutilgan baliq va boshqa suv hayvonlarining miqdori va turi toʻgʻrisida hisobot va tasdiqlangan shakllar boʻyicha baliqlarni koʻpaytirish va muhofaza qilish tadbirlari oʻtkazilganligi toʻgʻrisida bir yilda ikki marta (yarim yillik va yillik) statistika hisoboti taqdim etadilar;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan baliq, baliq mahsulotlari, boshqa suv hayvonlari bilan savdo qilish faqat ovlash va mahsulot xarid qilishning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar va mahsulotga sifat sertifikati mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1998-yil 2-iyul,
277-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-iyuldagi 277-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Respublika baliqchilik tabiiy suv havzalarini biriktirib qoʻyish va ulardan foydalanish
TARTIBI
I. Suv havzalarini biriktirib qoʻyish tartibi
1. Baliq va boshqa suv hayvonlarini ovlash yoki ularni koʻpaytirish uchun foydalaniladigan yoki foydalanilishi mumkin boʻlgan barcha suv havzalari (dengizlar, daryolar, suv omborlari, koʻllar va ularning qoʻshimcha suv havzalari, sunʼiy koʻl xoʻjaliklari va baliq koʻpaytiriladigan joylardan tashqari) baliq xoʻjaliklari hisoblanadi. Baliq ovlanadigan yoki ovlanishi mumkin boʻlgan baliq xoʻjaligi suv havzalari baliq ovlash joylari hisoblanadi. Baliq xoʻjaligi suv havzalaridan sport-havaskorlik baliqchiligi uchun ham foydalanilishi mumkin.
2. Barcha baliq xoʻjaligi suv havzalari uch toifaga boʻlinadi:
I toifa — maydoni 25 ming gektardan ortiq boʻlgan yirik suv havzalari;
II toifa — maydoni 5 ming gektardan 25 ming gektargacha boʻlgan oʻrtacha suv havzalari;
III toifa — maydoni 5 ming gektardan kam boʻlgan kichik suv havzalari.
3. I toifa suv havzalari asosan “Oʻzbaliq” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari va tashkilotlariga biriktirib qoʻyiladi, II va III toifa suv havzalari boshqa yuridik, shuningdek, jismoniy shaxslarga ham biriktirib qoʻyilishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 289-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 13-son, 86-modda)
4. Baliq ovlash uchun suv havzalari yoki ularning uchastkalarini biriktirib qoʻyish joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzuridagi) hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish respublika davlat inspeksiyasi (“Davlatbionazorat” inspeksiyasi) bilan baliq ovlovchi tashkilotlar yoki jismoniy shaxslar (foydalanuvchi) oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida (1-ilova), bepul amalga oshiriladi.
Shartnomaga “Davlatbionazorat” inspeksiyasi tomonidan biriktirib qoʻyiladigan suv havzasi yoki uning uchastkasining toʻlov asosida beriladigan pasporti ilova qilinadi (2-ilova).
5. Baliq xoʻjaligi suv havzalari yoki ularning uchastkalarini sport-baliq ovlash xoʻjaliklari tashkil etish uchun ovchilar va baliq ovlovchilar jamiyatlariga biriktirib qoʻyish 4-bandda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Jamiyatlarga ayrim hollarda shu maqsad uchun biriktirib qoʻyilgan havzalarda belgilangan tartibda baliq ovlashga ruxsat etilishi mumkin.
6. Suv havzalari shartnomada belgilangan muddatga biriktirib qoʻyiladi. Agar foydalanuvchiga biriktirib qoʻyilgan suv havzasidan shartnoma imzolangan kundan boshlab ikki yil davomida foydalanilmagan yoxud shartnoma shartlari muntazam yoki qoʻpol ravishda boʻzilgan hollarda u belgilangan tartibda “Davlatbionazorat”ning talabiga binoan bekor qilinishi mumkin.
II. Suv havzalaridan foydalanish tartibi
7. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan baliq va boshqa suv hayvonlarini ovlash uchun baliq xoʻjaligi suv havzalaridan foydalanishga har yili majburiy ravishda mayda baliqlar bilan toʻldirish, baliqchilik melioratsiyasi, suv kelmay qolgan kichik havzalarda ov qilinadigan mayda baliqlarni saqlab qolish ishlari olib borilgan, baliq ovlash qoidalariga rioya qilingan va muhofaza qilish tadbirlari amalga oshirilgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi.
8. Baliq ovlash uchastkalarini, hisobga olish, roʻyxatdan oʻtkazish va baliq va boshqa suv hayvonlarini ovlash uchun “Oʻzbaliq” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga ov biletlarini korporatsiya, qolgan foydalanuvchilarga — “Davlatbionazorat” inspeksiyasi beradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 289-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 13-son, 86-modda)
9. Baliq ovlash uchun ruxsatnomaga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar oʻzlariga biriktirilgan suv havzalarida baliq tutish huquqini boshqa shaxslarga bera olmaydilar.
10. “Oʻzbaliq” aksiyadorlik kompaniyasi baliq ovlash huquqi berilgan boshqa yuridik va jismoniy shaxslar har yili dekabr oyida oʻzlariga biriktirilgan suv havzalaridagi baliq zaxiralarining ahvoli toʻgʻrisida “Davlatbionazorat” inspeksiyasiga axborot beradilar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 289-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 13-son, 86-modda)
11. “Davlatbionazorat” inspeksiyasi olingan maʼlumotlar va Fanlar akademiyasining xulosasi asosida yanvar oyida joriy yilga baliq ovlash kvotasini belgilaydi va foydalanuvchilarning takliflarini hisobga olgan holda ularga biriktirilgan suv havzalari boʻyicha taqsimlaydi. Kvota toʻlov asosida beriladi. Toʻlov miqdori hayvonlarni ovlashga berilgan ruxsatnomalar qiymati indekslaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Kvota olish uchun toʻlov, amalda ovlangan baliq miqdoridan qatʼi nazar, kvotada belgilangan baliq va boshqa suv hayvonlarining umumiy soni uchun undiriladi, bunda toʻlov miqdori foydalanuvchi tomonidan biriktirilgan suv havzalarida baliq resurslarini koʻpaytirish tadbirlarini va bunga koʻmaklashuvchi boshqa ishlarni bajarish uchun sarflangan xarajatlar summasiga kamaytiriladi.
12. Baliq boshqa suv hayvonlarini ovlash faqat ular uchun kvota belgilangan suv havzalarida amalga oshirilishi mumkin. Baliq va boshqa suv hayvonlarini tasdiqlangan kvotasiz ovlash yoki kvotada koʻrsatilgan miqdordan ortiq ovlash belgilangan tartibda maʼmuriy, mulkiy va boshqa javobgarlikka olib keladi.
13. Baliq ovlovchi jismoniy va yuridik shaxslar har oyda joylardagi tabiatni muhofaza qilish organlariga va “Davlatbionazorat” inspeksiyasiga tutilgan baliq va boshqa suv hayvonlari miqdori va turlari toʻgʻrisida hisobot va tasdiqlangan shakllar boʻyicha baliqlarni koʻpaytirish va muhofaza qilish tadbirlari oʻtkazilganligi toʻgʻrisida bir yilda ikki marta (yarim yillik va yillik) statistika hisoboti taqdim etadilar.
14. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan baliq, baliq mahsulotlari, boshqa suv hayvonlari bilan savdo qilish faqat ovlash yoki mahsulot xarid qilishning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar va mahsulotga sifat sertifikati mavjud boʻlgan taqdirda belgilangan tartibda shaharlar va tumanlar hokimliklari tomonidan belgilangan joylarda amalga oshirilishi mumkin.
1-ILOVA
Suv havzalaridan foydalanish va baliq hamda boshqa suv hayvonlarini ovlash yuzasidan
ShARTNOMA
199___ yil “___”_________
Biz, quyida imzo chekuvchilar _____________________________________________ ________________________________________________________________________________ nomidan
_______________(uning hajmi va chegarasi shartnomaga ilova qilinayotgan pasportda koʻrsatilgan) baliq xoʻjaligi suv havzasini _____ yil muddat bilan bepul foydalanishga topshirdi, __________________ esa qabul qildi.
— oʻziga berilgan baliq xoʻjaligi suv havzasini “Davlatbionazorat” inspeksiyasi bilan kelishmasdan boshqa tashkilotlarga bermaslik;
— tabiatni muhofaza qilish qonun hujjatlarining buzilishiga yoʻl qoʻymaslik
— xoʻjalik chegaralarini belgilash;
— tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlariga ularning talablariga binoan, baliq ovlash uchun ruxsatnomani, ovlashni qayd qilish daftarini va baliq ovlashga taalluqli boshqa hujjatlarni koʻrsatish, ov anjomlarini tekshirish va ovlangan baliqlarni, shuningdek baliq ovlashni tavsiflovchi tezkor maʼlumotlar qayd qilingan ovchilik daftarlarini koʻzdan kechirish uchun ishlab chiqarish binolarini, suzish vositalarini, qabul punktlarini belgilangan tartibda tekshirib chiqishga toʻsqinlik qilmaslik;
— foydalanuvchini belgilaydigan ov anjomlarini markalash;
— baliq ovlash havzasidan yoki uchastkasidan toʻliq va ruxsatnomada yozilgan ov anjomlari bilan foydalanish;
— biriktirilgan qirgʻoq uchastkalari va suv havzalarini tegishli sanitariya holatida saqlash;
— baliq ovlash suv havzalarida yoki uchastkalarida “Davlatbionazorat” inspeksiyasi organlari ruxsatisiz suv havzalari tabiiy sharoitlarini oʻzgartiruvchi ishlarni amalga oshirmaslik;
— “Davlatbionazorat” inspeksiyasi bilan kelishgan holda oʻz mablagʻlari hisobidan baliq ovlash va melioratsiya ishlarini oʻz kuchlari bilan amalga oshirish;
— baliq tutish uchun berilgan kvotadan oshmaslik;
— ovchilar va baliqchilar jamiyatiga biriktirilgan suv havzalarida baliq ovlamaslik, ovlash shartnoma boʻyicha yoki jamiyatning roziligi bilan amalga oshiriladigan hollar bundan mustasno;
— tabiatni muhofaza qilish organlari xodimlariga ular oʻz xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtda tunash uchun xonalar, ovlashni tekshirish uchun transport vositasi berish va yoʻlovchi transport vositalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish.
Har bir baliqchi ovlash chogʻida baliq ovlovchi tashkilotga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishi kerak.
3. Shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda shartnoma belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.
4. Tomonlarning yuridik manzillari:
Imzolar va muhrlar.
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi “Davlatbionazorat” inspeksiyasi
Baliq va boshqa suv obyektlari ov qilinadigan ___________________________________________________________