1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT SANITARIYA NAZORATI SAMARADORLIGINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Joylarda olib borilgan tekshirishlar Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa idoralar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari aholi yashash joylarining sanitariya holatiga zarur darajada eʼtibor bermayotganligini koʻrsatadi. Koʻpgina shaharlar va tumanlarning hokimlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bu ishlardan chetda turibdilar. Sanitariya-epidemiologiya xizmatlari ularga “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi Qonun bilan berilgan vakolatlaridan toʻliq foydalanmayaptilar, ijro etuvchi-boshqaruv organlari rahbarlarini tegishli hududlarning sanitariya holati yomonligi uchun yetarli darajada javobgarlikka tortmayaptilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1998-yil 2-martdagi Farmonini bajarish uchun va respublikada davlat sanitariya nazoratining roli va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
ehtiyotdan va joriy davlat sanitariya nazorati hamda kasalliklarning oldini olish faoliyatini tartibga soluvchi barcha sanitariya normalari va qoidalarini 1998-yil 1-maygacha belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin;
hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish va kasalliklarning oldini olish davlat tadbirlari tizimida sanitariya-epidemiologiya xizmati rolini kuchaytirish maqsadida uning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirishga oid takliflarni bir oy muddatda kiritsin;
ehtiyotdan va joriy davlat sanitariya nazoratini oʻtkazishda asbob-uskunalardan va tadqiqotlarning laboratoriya usullaridan foydalanishni 70 foizgacha yetkazsin;
ikki oy muddatda kasalliklarga qarshi kurashish tarmoqlararo dasturlari bajarilishini tahlil qilib chiqsin, ularga tuzatishlar kiritsin va manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ularning bajarilishini taʼminlasin;
kasalliklarning oldini olishda aholini yuqumli kasalliklardan himoya qiluvchi samaradorlikni saqlab qolgan holda eng kam xarajatli selektiv immunizatsiya qilishni va diagnostik tekshirishlarni keng qoʻllasin;
“EKOSAN”, “Mahalla” jamgʻarmalari va oʻzini oʻzi boshqarish boshqa organlari bilan birgalikda atrof muhitning ahvoli, aholining sanitariya-gigiyena va ekologiya madaniyatini oshirish tadbirlari oʻtkazilishi uchun jamoatchilik nazoratini kuchaytirsin;
mazkur qarorning bajarilishi toʻgʻrisida har bir yarim yillik yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, boshqa vazirliklar va idoralar budjet prognozlarini shakllantirishda hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish, dori-darmonlar, diagnostika preparatlari, vaksinalar sotib olish va kasalliklarning oldini olish xarajatlarini eng ustuvor vazifalar sifatida koʻrib chiqsinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, hokimliklari bilan birgalikda aholi zich joylashgan shaharlar va tumanlarda sanitariya militsiyasining ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarini mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobiga belgilangan xodimlar soni doirasida tashkil etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda sanitariya militsiyasi nizomini, namunaviy tuzilmasini va uning shtat jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda sanitariya militsiyasi boʻlinmalari va sanepidstansiyalarning hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish va kasalliklarning oldini olish boʻyicha oʻzaro hamkorligini taʼminlasin,
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti]
4. Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun jazo jarimalaridan tushadigan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilab qoʻyilsinki, ommaviy kasalliklar toʻgʻrisidagi rasmiy xabarlar faqat Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan kiritiladi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 8-aprel,
147-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-apreldagi 147-son qarori bilan TASDIQLANGAN
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti]
Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun jazo jarimalaridan tushadigan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1998-yil 2-martdagi Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.
Barcha darajalardagi sanitariya-epidemiologiya xizmatlari bankda “Epidemiologiya jamgʻarmasi” maxsus hisob varaqasini ochadilar, unda sanitariya qonunlari, sanitariya meʼyorlari, qoidalari va gigiyena normativlarini, shuningdek karantinli va inson uchun xavfli boshqa infeksiyalarning paydo boʻlishi va tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzganlik uchun jazo jarimalaridan tushadigan barcha mablagʻlar jamlanadi.
(ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 243-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 443-modda)
Bosh davlat sanitariya vrachlari va ularning oʻrinbosarlari tomonidan solingan jarimalardan hosil boʻlgan maxsus hisob varaqasi mablagʻlari epidemiyaga qarshi va sanitariya-sogʻlomlashtirish tadbirlari kompleksini oʻtkazishga, shuningdek ehtiyot va joriy davlat sanitariya nazoratini sifatli amalga oshirayotgan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
(uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 243-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 443-modda)
Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tomonidan solingan jarimalarni undirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 243-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 443-modda)
(beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 243-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 443-modda)
(oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 243-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 443-modda)
Undirilgan mablagʻlar umumiy summasining:
a) 85 foizi epidemiyaga qarshi va sanitariya-sogʻlomlashtirish tadbirlari komplekslarini oʻtkazishga, yaʼni:
vaqtinchalik infeksiya koykalarini kengaytirish va taʼminlab turishga;
epidemiyaga qarshi vaqtinchalik otryadlarni tashkil etish va taʼminlab turishga, shuningdek yuqumli kasalliklar oʻchoqlarida vaqtinchalik koʻchma hammom-izolatsiya qurilmalari va izolatsiya xonalarini tashkil etish va taʼminlab turishga;
vabo va boshqa oʻta xavfli infeksiyalar oʻchoqlarini tugatish bilan bogʻliq maxsus tadbirlar oʻtkazilishiga;
yuqumli kasalliklar bilan kasallanish oshganida yoki ularning tarqalishi xavfi tugʻilganda ishlarning zarur hajmi doimiy ishlovchi tarmoqlar bilan taʼminlanishi mumkin boʻlmagan hollarda rejadan tashqari epidemiyaga qarshi tadbirlarning oʻtkazilishiga;
vaksinalar, ozuqa muhiti, bakteriyali faglar, immunoglobulinlar, diagnostikumlar, zardoblar, dezinfeksiya vositalari, kimyoviy reaktivlar, tibbiy jihozlar va texnikalar, laboratoriya idishlari, laboratoriyalar uchun asboblar va priborlar xarid qilishga, priborlar va asboblarni taʼmirlashga, avtotransport vositalarini taʼmirlash va yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlashga, epidemiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazilganda xizmat safari xarajatlarini toʻlashga;
(oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 243-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 443-modda)
Sogʻliqni saqlash vazirligining qaroriga koʻra, davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar kadrlari yangi ish joyiga oʻtkazilganda ularni xizmat uy-joylari bilan taʼminlashga yoki uning ijarasi uchun kompensatsiya toʻlovlariga;
(“a” kichik bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Yuqorida koʻrsatilgan mablagʻlarni tibbiyot muassasalarining doimiy ishlovchi tarmoqlarini taʼminlab turishga va epidemiyaga qarshi kurash tadbirlari bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa har qanday maqsadlarga sarflash taqiqlanadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
b) 15 foizi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga, yaʼni:
(oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 243-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 443-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilangan bayram kunlari munosabati bilan mukofotlashga;
moddiy yordam koʻrsatishga;
koʻp yillik benuqson mehnati uchun, pensiyaga chiqish munosabati bilan, shuningdek yubiley sanalari munosabati bilan bir yoʻla mukofotlar toʻlashga yoʻnaltiriladi.
Mukofotlar miqdori xodimning umumiy ish natijasiga qoʻshgan shaxsiy hissasiga muvofiq belgilanadi. Mukofotlarning umumiy summasi bir yilda 3 oylik lavozim maoshidan oshmasligi kerak.
Moddiy ragʻbatlantirish uchun nazarda tutilgan mablagʻning ishlatilmay qolgan qismi epidemiyaga qarshi tadbirlarni oʻtkazishga yoʻnaltiriladi.
Mukofotlar va bir marta beriladigan mukofotlar muassasa rahbarining buyrugʻi asosida beriladi.
Barcha darajalardagi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari maxsus hisob varaqasiga pul mablagʻlarining tushishi va ularning amalda sarflanishi toʻgʻrisida belgilangan shaklda (ilova qilinadi) har chorakda hisobot tuzadilar va ularni hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmasdan ular joylashgan joydagi tegishli tarmoq va moliya organlariga taqdim etadilar.
(yigirma uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 243-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 443-modda)
Mablagʻlar toʻgʻri va oʻz vaqtida undirilishi, “Epidemiologiya jamgʻarmasi” maxsus hisob varaqasiga oʻtkazilishi va foydalanilishi ustidan nazorat qilish davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari rahbarlari va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli moliya boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(yigirma toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 243-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 443-modda)
ILOVA
“Epidemiologiya jamgʻarmasi” maxsus hisob varaqasida jamlanadigan mablagʻlarning sarflanishi toʻgʻrisida
Hisobot
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 243-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 443-modda)
199___yil _____________________ uchun
(ming soʻm)
Koʻrsatkichlar
Summa
Yil boshidagi qoldiq
Solingan jarimalar summasi
Jarima jazolaridan tushgan mablagʻ
Amaldagi xarajatlar — hammasi
Ulardan:
1.Sanitariya-sogʻlomlashtirish va epidemiyaga qarshi tadbirlar kompleksini oʻtkazishga:
a) vaksinalar sotib olishga;
b) asbob-uskunalar sotib olishga;
v) va boshqalar
2.Moddiy ragʻbatlantirishga
Hisobot davri oxiridagi qoldiq
shu jumladan moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha foydalanilmagan mablagʻlar qoldigʻi