1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.01 (Кучини йукотган) Kichik korxonalar va mikrofirmalarni soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
Yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqish va toʻlash toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 2-avgustda 1501-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 28-fevraldagi 26-son va 2007-22-sonli “Yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1667, 28.03.2007-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-iyundagi “Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-3620-son Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 25-26-son, 177-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Ilova* qilinayotgan Yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqish va toʻlash toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.