Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Amerika kompaniyalarining ishtirokida va AQSh hukumati koʻmagi bilan amalga oshirilayotgan mudofaa sanoati korxonalarini konversiya qilish qoʻshma dasturini roʻyobga chiqarishga oid ishlarni faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Siyosiy, iqtisodiy va texnologik hamkorlik qilish boʻyicha Oʻzbekiston — AQSh qoʻshma komissiyasining Savdo, investitsiyalar, moliya qoʻmitasi huzurida mudofaa sanoati korxonalarini konversiya qilish masalalari boʻyicha doimiy ishlovchi ishchi komissiyasi 1-ilovaga
* muvofiq tashkil etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa sanoatini konversiya qilish sohasida Amerika kompaniyalari bilan birgalikda amalga oshirish taklif etilayotgan loyihalar roʻyxatiga 2-ilovaga
* muvofiq rozilik berilsin.
Vazirlar Mahkamasi komplekslari, manfaatdor vazirliklar va idoralar koʻrsatib oʻtilgan loyihalarning belgilangan muddatlarda ishlab chiqilishini va ularning amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
3. Ishchi komissiya mudofaa sanoatini konversiya qilish boʻyicha birgalikda hamkorlik qilish qoʻshimcha loyihalari roʻyxatini aniqlasin, ikki hafta muddatda ishlarni faollashtirish tadbirlari rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Amerika tomoni bilan kelishgan holda 1998-yilning III choragida mudofaa sanoatini konversiya qilish masalalari boʻyicha qoʻshma yigʻilish oʻtkazish masalasini ishlab chiqsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 8-sentabrdagi 430-son qaroriga 1-ilovaning Savdo, investitsiyalar, moliya qoʻmitasi tarkibiga oid qismiga 3-ilovaga
* muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 6-martdagi 83-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.