Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasida mualliflik huquqini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Butunittifoq mualliflik huquqini himoya qilish vakilligining Oʻzbekiston boʻlimini Oʻzbekiston Respublikasi Mualliflik huquqini himoya qilish vakilligi (agentligi) ga aylantirish toʻgʻrisida” 1992-yil 30-yanvardagi 38-son
qaroriga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
1. Qarorning
1-bandiga “mualliflik huquqini” soʻzlaridan oldin “Oʻzbekiston Respublikasida mualliflik huquqini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish,” soʻzlari qoʻshilsin.
Qarorning
2-bandi quyidagi xatboshi bilan toʻldirilsin: “Oʻzbekiston Respublikasi mualliflik huquqini himoya qilish vakilligining oʻz vakolati doirasida qabul qilgan tegishli qarorlari va boshqa hujjatlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, noshirlik, teatrlashgan konsert tashkil etish bilan shugʻullanadigan va oʻz faoliyatida turli sanʼat namunalaridan foydalanadigan tashkilot va muassasalar, korxonalar, shirkatlar, xususiy firmalar, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.”.
Qarorning 3-bandidagi
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin va quyidagi xatboshi bilan toʻldirilsin: “Belgilab qoʻyilsinki, vakillikning xarajatlari daromadlardan oshib ketganda kamomad davlat budjeti hisobidan qoplanadi”.
2. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi mualliflik huquqini himoya qilish vakilligi Nizomning
1-bandidagi “Ustav asosida” soʻzlaridan keyingi jumla quyidagi tahrir berilsin: “ish yurituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi mualliflik huquqini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika davlat tashkilotidir”.
3. Nizomning
4 va
13-bandlaridan “Prezidenti huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.