1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.01.00 Asosiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.03 Suvdan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Respublikada mavjud suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, shuningdek, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy qilish va bu boradagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar mazkur qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadli koʻrsatkichlar etib belgilansin:
(a) 2026 — 2028-yillarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan maydonlar hajmini 3,5 million gektarga yetkazish, bunda:
(i) 220 ming gektar maydonda tomchilatib sugʻorish, 110 ming gektar maydonda yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish hamda 600 ming gektar maydonni lazerli tekislash;
(ii) suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish hisobiga har yili 5 milliard kub metr suv resurslarini tejash;
(b) 2026-yilda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishni kengaytirish uchun:
(i) tijorat banklari tomonidan 2,6 trillion soʻm kredit mablagʻlarini ajratish;
(ii) davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida 800 milliard soʻm subsidiya mablagʻlarini yoʻnaltirish;
(v) suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va undan foydalanish boʻyicha Xitoyning Shinjon tajribasi asosida mutaxassis kadrlar malakasini tizimli oshirishni yoʻlga qoʻyish.
II. Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish tizimini takomillashtirish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning quyidagi tartibi joriy qilinsin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
(a) 2027-yildan boshlab, har yili suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi va subsidiyalar sugʻoriladigan yer maydonlarining suv bilan taʼminlanganlik holatidan kelib chiqib belgilanadi;
(i) suv bilan barqaror taʼminlanmagan hududda joylashgan sugʻoriladigan yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinganda, ajratiladigan subsidiyalarga 1,25 oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllagan holda hisoblanadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
(ii) suv bilan barqaror taʼminlangan hududda joylashgan sugʻoriladigan yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinmaganda, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2 barobar oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi;
(b) Suv xoʻjaligi vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda har yili 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun suv manbalarining suvlilik darajasini tahlil qilgan holda suv bilan barqaror taʼminlangan hamda taʼminlanmagan hududda joylashgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari roʻyxatini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Xalq deputatlari tuman kengashlariga kiritadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.03 Suvdan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.05 Suvdan baliqchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish]
3. 2027-yildan boshlab sholi yetishtiriladigan maydonlarning suvning kirish qismiga hamda baliqchilik xoʻjaligi tashkil qilingan yer maydonlarining suvning kirish va chiqish qismiga tadbirkorlik subyektlari oʻz mablagʻlari hisobidan “aqlli” suv oʻlchash va hisoblash vositalarini oʻrnatishi majburiy etib belgilansin. Bunda:
(a) “aqlli” suv oʻlchash va hisoblash vositalari oʻrnatilmaganda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2 barobarga oshirilgan miqdorda hisoblanadi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(b) “aqlli” suv oʻlchash va hisoblash vositalari Suv xoʻjaligi vazirligining “Suv hisobi” axborot tizimiga integratsiya qilinadi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.04.00 Suv xoʻjaligi balanslari. Suvdan foydalanish uchun limitlar]
(v) baliqchilik xoʻjaliklari foydalanishida boʻlgan baliq yetishtirish obyektlariga faqat Suv xoʻjaligi vazirligining tegishli xulosasi boʻlgan taqdirda suv limiti ajratiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
4. 2026-yil 1-oktabrdan boshlab suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishda taʼminotchi korxonalar va mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan suv tejovchi texnologiyalarning nasos va filtr qurilmalarini raqamli QR-kodli maxsus yorliqlangan belgi ostida ishlab chiqarish va sunʼiy yoʻldosh kuzatuv tizimi (GPS treker)ni oʻrnatish tartibi joriy etilsin. Bunda:
(a) QR-kodda quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
(i) ishlab chiqaruvchi tashkilotning nomi;
(ii) mahsulot ishlab chiqarilgan sana;
(iii) mahsulot yetkazib berilgan subyektning nomi va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
(b) mazkur bandning “a” kichik bandida keltirilgan maʼlumotlar mahalliy ishlab chiqaruvchi va xorijdan import qiluvchi korxonalar tomonidan “suvnazorat.uz” elektron tizimiga kiritiladi hamda ushbu tizim orqali mahsulotlarning reyestri yuritiladi;
(v) taʼminotchi korxonalar va tashabbuskorlarga sunʼiy yoʻldosh kuzatuv tizimi (GPS treker)ni oʻrnatish va Suv xoʻjaligi vazirligi axborot tizimiga maʼlumotlarni uzatish majburiyati yuklatiladi. Bunda:
(i) sunʼiy yoʻldosh kuzatuv tizimi (GPS treker) texnik koʻrsatkichlariga boʻlgan talab Suv xoʻjaligini raqamlashtirish va monitoring markazi tomonidan belgilanadi;
(ii) Suv xoʻjaligi vazirligi axborot tizimiga maʼlumotlarni uzatish xarajatlari Suv xoʻjaligini raqamlashtirish va monitoring markazi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.01.00 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
5. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-iyulga qadar suv tejovchi texnologiyalarni oʻrnatish uchun qoʻyiladigan minimal talab va meʼyorlarni ishlab chiqib, tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
Belgilansinki, 2026-yil 1-oktabrdan suv tejovchi texnologiyalarni oʻrnatish ishlari majburiy tartibda tasdiqlangan minimal talab va meʼyorlar asosida amalga oshiriladi.
III. Moliyaviy resurslar va imtiyozlar
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-oktabrdan boshlab:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.03.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun beriladigan imtiyozlar, dotatsiyalar va kompensatsiyalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
(a) suv tejovchi texnologiyalarni bank kreditlarini olmasdan oʻz mablagʻlari hisobidan joriy qiladigan tashabbuskorlarga subsidiya ajratishning quyidagi yangi tizimi joriy etiladi:
(i) loyiha tashabbuskori tomonidan suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish uchun qoʻyiladigan minimal talab va meʼyorlar doirasida loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
(ii) ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari hamda loyihani amalga oshirish boʻyicha taʼminotchi korxona bilan tuzilgan shartnoma, ushbu texnologiyalar uchun belgilangan tartibda hisob-kitob qilingan subsidiya mablagʻlarining 50 foizini Agrar sohada toʻlovlar agentligi tomonidan oldindan ajratishga asos boʻladi;
(iii) suv tejovchi texnologiyalar loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq oʻrnatilib, foydalanishga topshirilganidan soʻng hisob-kitob qilingan subsidiya mablagʻlarining qolgan 50 foizi loyiha tashabbuskoriga toʻlab beriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
(iv) subsidiyaning dastlabki 50 foizi toʻlab berilganidan soʻng ikki oy muddat ichida texnologiyalar oʻrnatilib ishga tushirilmaganda, ajratilgan subsidiyalar belgilangan tartibda qaytariladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik]
(b) boshoqli don ekinlarini yetishtirishda tomchilatib va diskret sugʻorish texnologiyasi joriy qilingan maydonlar uchun subsidiya ajratish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.01 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini kreditlash (shuningdek, 09.14.17.05 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik]
(v) yangi mevali bogʻ va uzumzorlarni barpo etishga belgilangan tartibda kreditlar ajratiladi hamda bunday loyihalarni amalga oshirishga faqat suv tejovchi texnologiyalarni toʻliq joriy qilish sharti bilan ruxsat beriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.03.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun beriladigan imtiyozlar, dotatsiyalar va kompensatsiyalar]
(g) suv tejovchi texnologiyalarni xarid qilish va qurish maqsadida tijorat banklari tomonidan har bir gektar yer maydoniga 20 million soʻmgacha ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz stavkalarining Markaziy bank asosiy stavkasidan yuqori, biroq 10 foizlik punktidan oshmagan qismi Agrar sohada toʻlovlar agentligi tomonidan qoplab beriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.04.00 Bank kreditlarining qaytarilishini taʼminlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.01 Umumiy qoidalar. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boruvchi organlar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.05.00 Tugallangan obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish]
(d) tijorat banklari tomonidan suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun ajratiladigan kreditlar doirasida pudratchilarga oʻtkazib beriladigan yakuniy toʻlovlar nazorat oʻlchovlarini oʻtkazuvchi mustaqil ekspertlar (korxonalar), shu jumladan, xalqaro ekspertlar (kompaniyalar)ning suv tejovchi texnologiyalar haqiqatda oʻrnatilganligi toʻgʻrisidagi xulosalariga asosan amalga oshiriladi. Bunda nazorat oʻlchovlarini oʻtkazish xarajatlari suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun ajratiladigan kredit mablagʻlari doirasida moliyalashtiriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.01 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini kreditlash (shuningdek, 09.14.17.05 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.01 Oʻsimlikshunoslik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
(j) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning talabidan kelib chiqib, gʻoʻza maydonlarida tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish uchun kredit mablagʻlarini har yil noyabr oyidan boshlab ajratish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
IV. Sohada davlat nazoratini takomillashtirish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.06.00 Tugallanmagan qurilish. Konservatsiya;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
7. Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — “Suvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi) suv tejovchi texnologiyalarni qurib beruvchi pudrat tashkilotlari tomonidan har bir loyihaga kamida 2 yillik kafolat muddati berilishi hamda 5 yil davomida servis xizmatlari koʻrsatilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
8. “Suvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududiy boshqarmalari tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan suv tejovchi texnologiyalardan hamda suvdan foydalanishni monitoring qilish boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — Monitoring boʻlimlari) tashkil etilsin. Bunda:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
(a) Monitoring boʻlimlari shtat birliklari Suv xoʻjaligi vazirligining amaldagi shtat birliklari doirasida shakllantiriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
(b) Monitoring boʻlimlarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Suv xoʻjaligi vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, shuningdek, budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.01 Umumiy qoidalar. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boruvchi organlar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
9. 2026-yil 1-iyuldan boshlab “Suvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni bodi-kameralardan foydalangan holda amalga oshirish tartibi joriy etilsin.
10. Belgilansinki, “Suvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda uchuvchisiz uchish apparatlari (dron) xizmatlaridan foydalanishga ruxsat beriladi. Bunda uchuvchisiz uchish apparatlari (dron) yordamida monitoring tadbirlarini oʻtkazish xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi hamda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olinmaydi.
11. Suv xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda Monitoring boʻlimlari faoliyatini tartibga soluvchi hamda bodi-kameralardan va uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Suv xoʻjaligini raqamlashtirish va monitoring markazi sohani raqamlashtirish tadbirlari uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan “Suvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasiga uchuvchisiz uchish apparatlari va bodi-kameralarni xarid qilishga 3 milliard soʻmgacha mablagʻ yoʻnaltirsin.
13. Belgilansinki, 2026-yil 1-apreldan boshlab:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.08.00 Suvdan foydalanish huquqini bekor qilish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar]
(a) suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan va Davlat budjetidan subsidiya ajratilgan yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar yoki ularning asosiy qismlarini ishlatmasdan, anʼanaviy usulda sugʻorish suvdan oʻzboshimchalik bilan foydalanish deb baholanadi va foydalanilgan har ming kub metr suv uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy sanksiyalarni qoʻllashga asos boʻladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.04.00 Maʼmuriy javobgarlikning umumiy shartlari]
Bunda mazkur qarorning 7-bandida nazarda tutilgan suv tejovchi texnologiyalarni qurib beruvchi tashkilotlar tomonidan 2 yillik kafolat muddati buzilganda yoki servis xizmati koʻrsatilmaganda jarima sanksiyasi qoʻllanilmaydi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(b) moliyaviy sanksiyalar qoʻllash boʻyicha elektron dalolatnoma “Suvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi tomonidan tuziladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
(v) moliyaviy sanksiyalarni qoʻllashdan va toʻlashdan tushadigan mablagʻlarning 30 foizi respublika budjetiga va 70 foizi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
14. Suv xoʻjaligi vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
(a) mazkur qarorning 2-bandidan kelib chiqib, Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
(b) Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuniga “Suvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning suv tejovchi texnologiyalarni oʻrnatish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan sudlarga daʼvo arizalarini kiritishda davlat bojidan ozod qilishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritish;
(v) mazkur qarorning 13-bandi “a” kichik bandidan kelib chiqib, tegishli qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.13.00 Mavsumiy ishlar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.06.00 Fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik]
15. Suv xoʻjaligi vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining 2026-yil yakuniga qadar “Suv yetkazib berish xizmati” DM rahbarlari hamda “Suvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi xodimlarini Xitoyning Shinjon tajribasini oʻrganish uchun xizmat safariga yuborish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin. Bunda xizmat safari bilan bogʻliq xarajatlar xorijiy davlatlarning grantlari hamda Suv xoʻjaligini raqamlashtirish va monitoring markazining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.04.00 Qishloq joylarida ijtimoiy sohani rivojlantirish]
16. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti bilan birgalikda 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab sohadagi oliy taʼlim muassasalarini jalb qilib, ilgʻor xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va foydalanish boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash hamda sohadagi mutaxassislar malakasini tizimli oshirib borish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.01.00 Umumiy masalalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
17. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda uch oy muddatda suv tejovchi texnologiyalarning loyihalariga ajratilayotgan kredit va subsidiya mablagʻlarining sarflanishi va bajarilgan ish hajmining doimiy nazoratini olib borish maqsadida “Nazorat platformasi”ni ishlab chiqib, tegishli tashkilotlarning amaldagi platformalari bilan integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.01 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini kreditlash (shuningdek, 09.14.17.05 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
18. Bosh prokuratura tegishli vazirlik va idoralar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyat hokimliklari bilan birgalikda oldingi yillarda joriy qilingan, Davlat budjetidan subsidiya mablagʻlari ajratilgan maydonlarda suv tejovchi texnologiyalarning mavjudligini oʻrganib, 2026-yil sugʻorish mavsumiga qadar qayta ishga tushirish boʻyicha barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin. Bunda suv tejovchi texnologiyalarni rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlar tijorat banklarining krediti va fermer xoʻjaliklarining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
19. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib quyidagilar belgilansin:
(a) Bosh vazir oʻrinbosari J. Xodjayev, suv xoʻjaligi vaziri Sh. Xamrayev, qishloq xoʻjaligi vaziri I. Abdurahmonov — belgilangan topshiriq va vazifalarning oʻz vaqtida bajarilishini har oyda muhokama qilib, tizimli nazorat oʻrnatishga;
(b) iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari A. Xaydarov, qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari — Agrar sohada toʻlovlar agentligi direktori A. Qosimov — subsidiya mablagʻlarini ajratish masalalari bilan bogʻliq belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishiga;
(v) suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari R. Qarshiyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyat hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari — suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha belgilangan koʻrsatkichlarga erishish hamda bu borada samaradorlikni taʼminlashga;
(g) “Suvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi boshligʻi R. Raximov — yer usti suvlari obyektlarida suvning oqilona boshqarilishi, suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirishga.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovagamuvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
21. Suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
22. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari T.N. Butunbayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 5-fevral,
PQ-47-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-47-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-144-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Subsidiyalarning bazaviy hisoblash miqdorlari tizim joriy etilgan ekin maydonining har bir gektari uchun quyidagicha belgilanadi:
ming soʻm
Suv tejovchi sugʻorish tizimi turi*****
Paxta
Donli ekinlar
Sabzavot ekinlari va kartoshka
Poliz ekinlari
Ozuqabop, moyli, dukkakli ekinlar va dorivor oʻsimliklar
Mevali ekinlar
Uzum
Sholi
Tomchilatib sugʻorish
8 000*
8 000
8 000
1 300
2 500***
6 000
8 000
8 000****
Keng qamrovli va mobil sugʻorish tizimi
x
8 000**
8 000
x
2 500***
x
x
8 000****
“Sprinkler” tizimi
x
8 000**
8 000
x
2 500***
x
x
8 000****
Diskretli sugʻorish
4 000
4 000
x
x
x
x
x
X
* Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi paxta maydonlarida joriy etilgan tomchilatib sugʻorish tizimlari uchun 12 000 ming soʻm etib belgilanadi.
** Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi donli ekinlar yetishtiriladigan maydonlarda joriy etilgan keng qamrovli hamda “sprinkler” tizimlari uchun 9 000 ming soʻm etib belgilanadi.
*** Ozuqa ekin yer maydonlarida tomchilatib sugʻorish, keng qamrovli va mobil sugʻorish hamda “sprinkler” tizimlarini joriy etgan chorvachilik xoʻjaliklariga 8 000 ming soʻm etib belgilanadi.
**** Subsidiyalar faqat Xorazm va Sirdaryo viloyatlaridagi sholi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalariga ajratiladi.
***** Ushbu texnologiyalar suv bilan barqaror taʼminlanmagan hududda joylashgan sugʻoriladigan yer maydonlarida joriy qilinganda, ajratiladigan subsidiyalarga 1,25 oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllagan holda hisoblanadi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qarorining 10-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kreditlar taʼminoti 120 foiz sugʻurta kompaniyalarining kredit qaytmaslik xataridan sugʻurta polisi asosida amalga oshiriladi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarining bir qismini qoplash va berilgan subsidiyani qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — suv tejovchi (tomchilatib, yomgʻirlatib, diskret va lazer tekislash) texnologiyalarini haqiqatda joriy qilinganligiga, ekin turini aniqlashga hamda ishchi guruh tomonidan subsidiya ajratish boʻyicha hujjatlarni oʻz vaqtida rasmiylashtirish va ularni muvofiqlashtirishga;
Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali rahbari — suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyasi joriy qilingan maydonning oʻlchami va kontur raqamini aniqlashga”;
yettinchi xatboshidagi“tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari “tuman fermerlari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi“muddatlar buzilib koʻrib chiqilgan taqdirda” soʻzlari “koʻrib chiqish muddatlari buzilgan taqdirda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“30. Quyidagi hollarda quruvchi-pudrat tashkilotlari reytingdan chiqariladi:
quruvchi-pudrat tashkilotlarining toʻplagan ballari yigʻindisi 60 balldan past boʻlganda;
quruvchi-pudrat tashkilotlari tomonidan Suv xoʻjaligi vazirligiga reytingdan ixtiyoriy chiqish toʻgʻrisida ariza berilganda;
mahalliy ishlab chiqarish korxonalari tomonidan sifatsiz mahsulot ishlab chiqarilganligi aniqlanganda, shuningdek, rasmiylashtirilgan shartnoma boʻyicha mahsulotlar sugʻorish mavsumiga qadar toʻliq yetkazib berilmaganda yoki rasmiy diler tomonidan loyihalar ekinlarni sugʻorish mavsumiga qadar ishga tushirilmaganda;
loyiha amalga oshirilgan hududda buyurtmachilar yoki tegishli vazirlik va idoralar tomonidan texnologiyadan foydalanish boʻyicha shikoyat va arizalar mavjud boʻlsa, ushbu kamchiliklar besh kun muddatda bartaraf etilmaganda (kamchiliklar oʻz vaqtidan kechikib bartaraf etilsa korxona 3 oy muddatga reyestrdan chetlatiladi);
oldingi yillarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan rasmiylashtirilgan shartnomalar boʻyicha yakunlanmay qolgan loyihalari mavjud boʻlsa;
taqdim etilgan hujjatlarda xato va kamchiliklar borligi, shuningdek, hujjatlarning qalbakiligi aniqlanganda.
Belgilansinki, kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf qilmagan va baholash reytingi asosida qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻygan korxonalarning suv tejovchi texnologiyalarni qurish boʻyicha ruxsatnomalari bekor qilinadi hamda belgilangan tartibda qonuniy chora koʻriladi”;