Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
“Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda oʻtkazish borasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyuldagi 476-son “Davlat xaridlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish hamda davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2018-yil 15-maydagi 186-son “Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda oʻtkazish borasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015, 2018-yil 21-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2018-y., 10/18/3015/1248-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-son “Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda oʻtkazish borasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 2019-yil 22-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 8-son “Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda oʻtkazish borasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-2, 2020-yil 13-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3015-2/0448-son).