1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.04.00 Voyaga etmagan fuqarolarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadidagi qoʻshimcha taʼlim dasturlari boʻlgan oʻrta (toʻliq) umumiy taʼlim muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Uzluksiz taʼlim tizimida yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻsib kelayotgan yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, uzluksiz taʼlim tizimida yagona gʻoyaviy tarbiyani shakllantirish, yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirish, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat fazilatlarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Uzluksiz taʼlim tizimida yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasbiy hamda oliy taʼlim tizimi (keyingi oʻrinlarda — uzluksiz taʼlim tizimi) tashkilotlarida yagona milliy tarbiyaning yaxlit tizimini yaratish, Vatanga sadoqat va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishning vertikal tizimini amalga oshirish;
Dasturning asosiy gʻoyasi, maqsad va vazifalariga erishish uchun “Milliy tarbiya modeli”ni amalga oshirish;
yosh avlodni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha aniq mexanizmlarni joriy etish.
2. Belgilansinki:
a) Dastur uch bosqichda amalga oshiriladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
birinchi bosqichda — maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan 3 — 6 yoshdagi bolalarga milliy oʻzlik tuygʻusining rivojlanishi, oʻz xatti-harakatlarini boshqarish va oʻzini namoyon qilishga intilish, tevarak-atrofga munosabat koʻnikmalari singdiriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
ikkinchi bosqichda — umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida oʻqiyotgan 7 — 18 yoshdagi oʻquvchilarda buyuk ajdodlarimizning maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish, oʻziga ishonch, mustaqil qaror qabul qilish, sogʻlom dunyoqarash, bagʻrikenglik, burch va masʼuliyat fazilatlari shakllantiriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.04.00 Harbiy xizmatga tayyorgarlik]
uchinchi bosqichda — oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlarida bilim olayotgan 16 — 22 yoshdagi oʻquvchi va talabalarda milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanini himoya qilishga tayyor, harbiy xizmatga shay, fidoyi shaxsni tarbiyalash, Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatidagi oʻrni va nufuzini yuksaltirishga oʻz hissasini qoʻsha oladigan faol fuqarolik pozitsiyasi rivojlantiriladi;
b) barcha taʼlim tashkilotlarida har dushanba kuni “Kelajak soati” darsi oʻtiladi.
Bunda:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
dolzarb mavzular doirasida dars ssenariylari asosida kontentlar yaratiladi hamda “milliytarbiya.uz” elektron platformasiga joylashtirib boriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
“Kelajak soati” darslarini oʻtuvchi pedagog xodimlar uchun maqsadli malaka oshirish kurslari tashkil etiladi;
v) Dasturda belgilangan vazifalarga erishish maqsadida Oʻzbekistonning Milliy tarbiya modeli ishlab chiqiladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
g) har yili maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼul rahbar va pedagoglar oʻrtasida “Milliy qadriyatlar targʻibotchisi” respublika tanlovi oʻtkaziladi.
3. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda:
2026-yil 1-iyunga qadar Oʻzbekistonning Milliy tarbiya modelini;
har yili 1-sentabrga qadar maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning namunaviy ish rejalarini tasdiqlasin.
4. Uzluksiz taʼlim tizimida yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirish dasturini 2026-yilda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Mudofaa vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.04.00 Harbiy xizmatga tayyorgarlik]
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab “Jasorat maktablari” oʻquvchilari oʻrtasida ikki bosqichdan iborat “Jasorat uchqunlari” harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqasini oʻtkazsin;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.04.00 Harbiy xizmatga tayyorgarlik]
2026-yil iyun oyida taʼlim tashkilotlaridagi “Vatan tayanchi” harakati aʼzolarining harbiy-vatanparvarlik forumini tashkil etsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport;
4.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.04.00 Harbiy xizmatga tayyorgarlik]
6. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda talaba qizlar oʻrtasida “Toʻmaris izdoshlari”, talaba oʻgʻil bolalar oʻrtasida “Amir Temur vorislari” nomli harbiy-sport musobaqalarini oʻtkazsin.
7. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi]
“Kelajak soati” darslari uchun milliy kontentlarni ishlab chiqish jarayonlariga, shuningdek, “oila — mahalla — taʼlim tashkiloti” hamkorlik mexanizmi asosida taʼlim tashkilotlarida kitobxonlik kechalari hamda madaniy uchrashuvlarni tashkil etishda taniqli teatr va kino aktyorlari, faol jamoatchilik vakillari, shoirlar hamda yozuvchilarni jalb etsin;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.05.00 Aholining jismoniy madaniyati]
oʻquvchi-yoshlarni intellektual, axloqiy, maʼnaviy-maʼrifiy va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirishga yoʻnaltirilgan loyihalarni amaliyotga joriy etsin.
8. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili 1-dekabrga qadar Dasturni kelgusi yillarda amalga oshirish boʻyicha tegishli “yoʻl xaritalari” loyihalarini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 3-oktabrdagi 558-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E.G. Karimova hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 28-yanvar,
34-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-yanvardagi 34-son qaroriga 1-ILOVA
Uzluksiz taʼlim tizimida yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirish
DASTURI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. “Yangi Oʻzbekiston — Uchinchi Renessans sari” gʻoyasi asosida uzluksiz taʼlim tizimida maʼnaviy-maʼrifiy, oʻquvchi-yoshlarni milliy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamiyatda boʻlayotgan oʻzgarishlarga daxldorlik hissini shakllantirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Mazkur Dastur yosh avlodning intellektual salohiyati, zamonaviy bilim va koʻnikmalarni egallash, ularda “Men oʻzbekistonlikman” degan faxr tuygʻusini shakllantirish, xalqqa muhabbat va sadoqat tuygʻusi bilan yashaydigan komil insonni tarbiyalashning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi.
2. Dastur davlatchiligimiz rivojining boy milliy-tarixiy tajribasiga tayangan holda ishlab chiqilgan boʻlib, davlat maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari) birlashtiruvchi yagona milliy tarbiyaning yaxlit tizimini yaratish, Vatanga sadoqat va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishning vertikal tizimini amalga oshirishga qaratilgan.
Nodavlat taʼlim tashkilotlari milliy tarbiya tizimini yaratish, oʻquvchi va talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularda gʻoyaviy immunitetni shakllantirishda ushbu Dasturdan foydalanishi mumkin.
2-bob. Dasturning maqsadi va asosiy vazifalari
3. Dasturning maqsadi taʼlim tashkilotlarida milliy tarbiyani izchil, tizimli va samarali yoʻlga qoʻyish orqali yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlaydigan, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilishda qatʼiy fuqarolik pozitsiyasiga ega, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashuvchi yosh avlodni voyaga yetkazishdan iborat.
4. Quyidagilar maktabgacha, maktab, oliy taʼlim tizimida yagona gʻoyaviy tarbiyani shakllantirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Dasturning strategik gʻoyasi, maqsad va vazifalariga erishish uchun Oʻzbekistonning Milliy tarbiya modelini ishlab chiqish;
yoshlarda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka va koʻnikmalarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich singdirib borishning vertikal tizimini yaratish;
Dasturdagi vazifalarni taʼlim tashkilotlarida amalga oshirish hamda mazmunga mos dastur va rejalar ishlab chiqish;
har oʻquv yilida taʼlim tashkilotlari uchun Dasturdagi ustuvor yoʻnalishlar asosida uzluksiz davom etuvchi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning namunaviy ish rejasini tasdiqlash;
haftaning har dushanba kuni dolzarb mavzular doirasida taʼlim tashkilotlari uchun uzviylik va uzluksizlikni taʼminlashga qaratilgan “Kelajak soati” darsi oʻtilishini yoʻlga qoʻyish;
“Kelajak soati” darsi ssenariylari, videokontent mahsulotlarini ishlab chiqish hamda raqamli kontent shaklida “milliytarbiya.uz” elektron platformasiga joylashtirish;
har oʻquv yilida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼul rahbar va pedagoglarni ragʻbatlantirishga qaratilgan “Milliy qadriyatlar targʻibotchisi” respublika tanlovini oʻtkazish;
“oila-mahalla-maktab” tamoyili asosida mahallalardagi maʼnaviyat, adabiyot, madaniyat, sanʼat namoyandalarini oʻz mahallalaridagi bogʻcha va maktablarga “Milliy murabbiy” sifatida ularning roziligi asosida jalb etish.
3-bob. Dasturni amalga oshirish mexanizmlari
5. Yosh avlodni milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirish boʻyicha maktabgacha, maktab, oliy taʼlim tizimida yaxlit tizimni yaratish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun milliy qahramon obrazini yaratish, ertaklar, afsona, doston va maqollar asosida multimedia mahsulotlarini tayyorlash, ulardan bolalar tarbiyasida keng foydalanish;
taʼlim tashkilotlarida yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda, maʼnaviy-axloqiy, shaxsiy fazilatlarni shakllantiruvchi treninglar, simulyatsiya, keyslar va metodik tavsiyalarni amaliyotga joriy etish;
oʻquvchi-yoshlarda kasblar toʻgʻrisidagi tasavvurlarni kengaytirish, ularning kasbga va mehnatga qiziqishini orttirish hamda oʻz burch va vazifalarini vijdonan bajarish koʻnikmalarini hosil qilish;
tarbiyaning milliy va ilgʻor xorijiy tajribalaridan samarali foydalanish, milliy gʻoya va qadriyatlarni interfaol, zamonaviy shaklda singdirish, tarbiyachi va oʻqituvchilarning malakasini oshirib borish;
Dastur va Milliy tarbiya modelini amalga oshirishda “oila — mahalla — taʼlim muassasasi”, shuningdek, davlat va nodavlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari oʻrtasida samarali hamkorlik mexanizmini yoʻlga qoʻyish.
6. Dastur quyidagi mexanizmlar orqali amalga oshiriladi:
yosh avlodni raqobatbardosh, fidoyi va vatanparvar, milliy qadriyatlar, zamonaviy bilim hamda koʻnikmalarga ega mutaxassislar etib tarbiyalashning yangi milliy texnologiyasi — Oʻzbekistonning Milliy tarbiya modeli yaratiladi;
yosh avlodning turli buzgʻunchi gʻoyalar, axborot xurujlari, odob-axloqni buzuvchi illatlarga qarshi immunitetini shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy kontentlar, targʻibot materiallaridan samarali foydalaniladi;
yosh avlodda milliy vatanparvarlik kompetensiyalari trayektoriyasini belgilash, kuzatish, oʻlchash, baholash, yaxshilash va rivojlantirishga qaratilgan monitoring yuritiladi.
7. Dastur quyidagi uch bosqichda amalga oshiriladi:
a) birinchi bosqich — maktabgacha taʼlim 3 — 6 yoshgacha boʻlgan davrni qamrab oladi. Bunda:
bolalarda milliy oʻzlik tuygʻusining rivojlanishi, oʻz xatti-harakatlarini boshqarish va oʻzini namoyon qilishga intilish, tevarak-atrofga munosabat koʻnikmalari shakllantiriladi;
“Kelajak soati” darsi doirasida namunaviy ish rejasi, bolalarning yoshiga mos xulq modellarini oʻrgatishga doir tarbiyachilar uchun qoʻllanma, bolalarga moʻljallangan zarur koʻrgazmali vositalar toʻplamlari, qiziqarli didaktik materiallar tayyorlanadi;
bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ota-onalarning hamkorligini kuchaytirish maqsadida “Farzandim bilan ijod” loyihasi amalga oshiriladi;
b) ikkinchi bosqich — umumiy oʻrta taʼlim tizimida 7 — 18 yoshgacha boʻlgan davrni qamrab oladi;
“Kelajak soati” darsi uchun namunaviy ish rejasi, zarur qoʻllanma va koʻrgazmali vositalar toʻplami, ssenariylar, matnli, audio, videokontent mahsulotlar tayyorlanadi;
oʻquvchilar ongida mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, buyuk ajdodlarimizning maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish, oʻziga ishonch, mustaqil qaror qabul qilish, sogʻlom dunyoqarash, bagʻrikenglik, burch va masʼuliyat fazilatlari shakllantiriladi;
maktablardagi “Kelajak soati” darsini oʻtuvchi sinf rahbarlari hamda oʻqituvchilar uchun Milliy tarbiya modelini oʻrgatish boʻyicha trening va maqsadli malaka oshirish oʻquv kurslari kaskad usulida tashkil etiladi;
v) uchinchi bosqich — oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlari tizimida 16 — 22 yoshgacha boʻlgan davrni qamrab oladi;
“Kelajak soati” darsi uchun namunaviy ish rejasi, zarur qoʻllanma va koʻrgazmali vositalar toʻplami, ssenariylar, matnli, audio, videokontent mahsulotlar tayyorlanadi;
taʼlim tashkilotlarida toʻgʻri ovqatlanish, sport va sogʻlomlashtirish dasturlarini hayotga tatbiq etishga qaratilgan tadbirlarni oʻz ichiga olgan “Sogʻlom avlod — millat kelajagi” loyihasi amalga oshiriladi;
“Oʻzlikni anglash” turkumida “Milliy qadriyatlar”, “Kasb madaniyati” va boshqa metodik taʼminotga yordam beruvchi oʻquv adabiyotlari tayyorlanadi;
yoshlarni milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, talabalar sportini rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida fundamental, ilmiy va innovatsion loyihalar uchun tanlovlar oʻtkaziladi.
4-bob. Dasturni amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
8. Dasturda belgilangan vazifalarni amalga oshirish natijasida quyidagilarga erishiladi:
taʼlim tizimida milliy qadriyatlarga sodiq, maʼnaviy barkamol, fuqarolik pozitsiyasi mustahkam, jamiyatda oʻz oʻrnini toʻliq anglagan yosh avlodni tarbiyalash borasidagi mafkuraviy-tarbiyaviy yoʻnalish shakllantiriladi;
vatanparvarlikni asosiy qadriyat sifatida qabul qiluvchi madaniy muhitni shakllantirish va yoshlardagi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash imkoni yaratiladi;
taʼlim-tarbiya sohasida masʼul vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi;
maktabgacha taʼlimdan oliy taʼlimgacha boʻlgan uzluksiz taʼlim tizimida yagona milliy tarbiya tizimi yaratiladi;
taʼlim tashkilotlarida tarbiya modeli metodik komplekslar va fanlararo dasturlar bilan uzviy bogʻliq holda joriy etiladi.
9. Dastur Yangi Oʻzbekistonda yosh avlodni maʼnaviy yuksaltirish, keng dunyoqarashga ega boʻlishi, vatanparvar va jamiyatda boʻlayotgan oʻzgarishlarga daxldorlik hissi asosida tarbiyalashga xizmat qiladi.
5-bob. Dasturning amalga oshirilishini monitoring qilish
10. Dasturning amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish, umumiy muvofiqlashtirish, respublikada taʼlim tashkilotlari rivojlanishiga toʻsqinlik qiluvchi muammoli masalalarni tezkor koʻrib chiqish va hal qilish tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
11. Dasturni amalga oshirish monitoringi natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritib boriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-yanvardagi 34-son qaroriga 2-ILOVA
Uzluksiz taʼlim tizimida yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirish dasturini 2026-yilda amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r
Chora-tadbirlar
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
Moliyalashtirish manbai
Masʼul ijrochilar
1.
Taʼlim tashkilotlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼul rahbar va pedagoglarni ragʻbatlantirish maqsadida har oʻquv yilida “Milliy qadriyatlar targʻibotchisi” respublika tanlovini oʻtkazish.
1. Tegishli idoralar va tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.
2026-yil fevral
Ijrochilar mablagʻlari
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
2. “Milliy qadriyatlar targʻibotchisi” respublika tanlovi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2026-yil aprel
3. Reja asosida tanlovning tuman, shahar, viloyat va respublika bosqichlarini oʻtkazish.
Reja-jadval asosida
4. Tanlovni yuqori saviyada tashkil etish va gʻoliblarni ragʻbatlantirish.
2026-yil noyabr
2.
Maktabgacha, maktab hamda oliy taʼlim tashkilotlarida yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirish dasturining strategik gʻoyasi, maqsad va vazifalariga erishish uchun Oʻzbekistonning Milliy tarbiya modelini ishlab chiqish.
1. Ekspertlar guruhini shakllantirish.
2026-yil fevral
-
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,
Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi
2. Milliy tarbiya modeli boʻyicha qoʻshma qaror loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2026-yil iyun
3.
“Kelajak soati” darsi uchun milliy kontentlarni ishlab chiqish jarayonlariga, shuningdek, “oila — mahalla — taʼlim tashkiloti” hamkorlik mexanizmi asosida taʼlim tashkilotlarida kitobxonlik kechalari hamda madaniy uchrashuvlarni tashkil etishda taniqli teatr va kino aktyorlari, faol jamoatchilik vakillari, shoirlar hamda yozuvchilarni jalb etish.
1. Taniqli teatr va kino aktyorlari, maʼnaviyat targʻibotchilari, shoirlar, yozuvchilar roʻyxatini tuzish.
2026-yil fevral
-
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Madaniyat vazirligi,
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,
Yozuvchilar uyushmasi
2. Milliy kontentlarni ishlab chiqish jarayonlarida taniqli teatr va kino aktyorlari, maʼnaviyat targʻibotchilari, shoirlar, yozuvchilar ishtirokini taʼminlash.
3. Sifatli va namunaviy kontentlar ishlab chiqqan soha mutaxassislarini ragʻbatlantirish choralarini koʻrib borish.
doimiy
4.
Respublikadagi har bir tuman (shahar)da faoliyati yoʻlga qoʻyilgan “Jasorat maktabi” oʻquvchilari oʻrtasida ikki bosqichdan iborat “Jasorat uchqunlari” harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqasini oʻtkazish.
1. “Jasorat uchqunlari” harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqasini tashkil etish yuzasidan ishchi guruh tuzish.
2026-yil fevral
-
Mudofaa vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Milliy gvardiya,
Yoshlar ishlari agentligi,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
2. “Jasorat uchqunlari” harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqasini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi qoʻshma qaror hamda Nizomni tasdiqlash.
2026-yil may
3. Musobaqa gʻoliblarini aniqlash va munosib taqdirlash.
4. Respublika bosqichida birinchi oʻrinni egallagan gʻolib jamoani xorijga taʼlim sayohatiga yuborish.
2026-yil iyul
5.
“Oʻzlikni anglash” turkumida “Oʻzbek pedagogikasi”, “Oʻzbek madaniyati”, “Oʻzbek falsafasi” va boshqa metodik taʼminotga yordam beruvchi oʻquv adabiyotlarini tayyorlash.
1. Oʻquv adabiyotlarini yaratuvchi mualliflar guruhini shakllantirish.
2026-yil fevral
Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,
Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
2. Oʻquv adabiyotlarini tayyorlash.
2026-yil may
3. Oʻquv adabiyotlarini Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida ajratilgan grant hisobidan chop etish.
2026-yil dekabr
6.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Farzandim bilan ijod”, maktab va oliy taʼlim tizimida “Sogʻlom avlod — millat kelajagi” va “Ekofaol yoshlar” loyihalarini amalga oshirish.
1. Loyihalarni tashkil etish dasturi va ssenariysini ishlab chiqish.
2026-yil mart
Ijrochilar mablagʻlari
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Madaniyat vazirligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Sport vazirligi
2. Ishlab chiqilgan ssenariylar asosida loyiha doirasidagi tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish.
2026-yil aprel-may
7.
Taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan “Vatan tayanchi” harakati aʼzolarining harbiy-vatanparvarlik forumini tashkil etish.
1. Forumni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2026-yil may
“Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari
Mudofaa vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Milliy gvardiya,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
2. Forumni tashkil etish va uning doirasida:
Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning rahbarlari va “Vatan tayanchi” harakati aʼzolari oʻrtasida ochiq muloqotlar tashkil etish;
maktabni aʼlo baholar bilan tamomlagan “Vatan tayanchi” harakati aʼzolariga tantanali ravishda imtiyozli tavsiyanomalar topshirish;
oʻquv yili davomida yuqori natijalarga erishgan “Vatan tayanchi” harakati aʼzolarini taqdirlash.
2026-yil iyun
8.
Talaba qizlar oʻrtasida “Toʻmaris izdoshlari”, talaba yigitlar oʻrtasida “Amir Temur vorislari” nomli harbiy-sport musobaqalarini oʻtkazish.
1. Harbiy — sport musobaqalari nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2026-yil may
Ijrochilar mablagʻlari
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Mudofaa vazirligi,
Sport vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi
2. Belgilangan texnik talablarga asosida har bir hududdagi bitta oliy taʼlim tashkilotida musobaqalarni oʻtkazishga mos ravishda jihozlash.
2026-yil davomida
3. Musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish.
Belgilangan muddatlarda
9.
Taʼlim tashkilotlari uchun Dasturdagi ustuvor yoʻnalishlar asosida uzluksiz davom etuvchi Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning namunaviy ish rejasini ishlab chiqish.
1. Har oʻquv yili uchun Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar namunaviy ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2026-yil 1-sentabrga qadar
-
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
2. Ish rejasida belgilangan tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish.
Belgilangan muddatlarda
10.
Maktabgacha, maktab, oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlarida haftaning har dushanba kuni “Kelajak soati” darsini oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish.
Oliy taʼlim tashkilotlarida dars jadvaliga muvofiq “Kelajak soati” rukni ostida Maʼrifat darslarining muntazam oʻtilishini tashkil etish
1. Oʻquv yili uchun dars mavzularini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2026-yil iyul
Ijrochilar mablagʻlari
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga murojaatnomasi mazmuni va mohiyatini hamda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining asosiy yoʻnalishlari va maqsadlari haqida tushuncha va koʻnikmalarni berishga alohida eʼtibor qaratish.
2026-yil avgust
2. Dolzarb mavzular doirasida, dars ssenariylarini ishlab chiqish, videokontent mahsulotlarini tayyorlash reja-jadvalini tasdiqlash.
3. Reja-jadvalga muvofiq dars ssenariylari va videokontent mahsulotlarini tayyorlash.
4. Tayyorlangan barcha metodik materiallarni “milliytarbiya.uz” elektron platformasiga joylashtirish.
Reja-jadval asosida
11.
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlaridagi “Kelajak soati” darsini oʻtuvchi sinf rahbarlari uchun maqsadli malaka oshirish oʻquvlarini kaskad usulida tashkil etish.
1. “Kelajak soati” darsini oʻtuvchi sinf rahbarlari uchun malaka oshirish oʻquv kurslarining reja-jadvalini tuzish.
2026-yil avgust
-
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
2. Tasdiqlangan reja-jadval asosida malaka oshirish oʻquv kurslarini kaskad usulida tashkil etish.
Reja-jadval asosida
12.
Yosh avlodni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yoritish.
1. Yosh avlodni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha oʻtkazilayotgan tadbirlar toʻgʻrisida axborot materiallarini tayyorlash.
2. Tayyorlangan materiallarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.
2026-yil davomida
-
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2026-y., 09/26/34/0088-son)