Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Yangi tahrirdagi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida” 1998-yil 1-maydagi
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan
ilova qilinayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi:
oʻz normativ hujjatlarini yangi tahrirdagi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi
Qonuniga va mazkur qarorga muvofiqlashtirilsin;
yangi tahrirdagi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi
Qonunining alohida moddalarini qoʻllash yuzasidan yoʻriqnoma va tavsiyanomalar ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 13-maydagi 235-son
qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 5-son, 18-modda)dagi:
a)
qaror va unga
ilova matnlaridagi mehnat birjalariga koʻrsatma mehnat organlariga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin;
b) qarorning 1-bandi
toʻrtinchi xatboshidagi “kvotalash tartibi toʻgʻrisida” soʻzlari “qilish uchun ishchi oʻrinlarining eng kam miqdorini belgilash tartibi toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 4-ilovaning
5-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Birinchi navbatda rivojlantirilishi kerak boʻlgan hududlar har yili joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi”;
uchinchi xatboshidagi “hunar-texnika bilim yurtlaridagi, oʻquv-kurs kombinatlarida, texnika maktablarida” soʻzlari “taʼlim muassasalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “yuqorida sanab oʻtilgan oʻquv yurtlari” soʻzlari “taʼlim muassasalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi “Mehnat vazirligi va uning joylaridagi boʻlinmalarining Davlat ish bilan taʼminlash xizmati” soʻzlari “Mehnat vazirligi va uning joylaridagi boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshigi “mahalliy boshqaruv organlari” soʻzlari “joylardagi davlat hokimiyati organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashni tashkil etish masalalari haqida” 1994-yil 24-avgustdagi 434-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 8-son, 40-modda)ga ilovaning 12-bandi
uchinchi xatboshidagi “mehnat birjasida” soʻzlari “mehnat boʻlimida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolali oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 10-dekabrdagi 437-son
qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 12-son, 35-modda) matnidagi mehnat birjalariga koʻrsatmalar mehnat organlariga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 11-martdagi 127-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi” 1997-yil 7-apreldagi 175-son
qarorining:
2-bandidagi “(mehnat birjalari)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
4-bandning
oltinchi xatboshidagi “band qilinadigan” soʻzlari “eng kam miqdorda” soʻzlari bilan almashtirilsin.