OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI URBANIZATSIYA VA UY-JOY BOZORINI BARQAROR RIVOJLANTIRISH MILLIY QOʻMITASI HUZURIDAGI KADASTR AGENTLIGI DIREKTORINING
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-noyabrdagi PF-219-son “Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni hamda 2025-yil 19-noyabrdagi PQ-347-son “Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2015-yil 14-sentabrdagi 32-son “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan bajariladigan geodeziya va kartografiya ish turlarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga (roʻyxat raqami 2721, 2015-yil 21-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 42-son, 547-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Qarorning
nomi va
1-bandidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar “Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Ilovaning
nomi, 1-bandining
birinchi xatboshisi va
2-bandidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar “Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.