1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda kitob oʻqish madaniyatini keng targʻib qilish, yangi nashrlar va tarjimalarni yoʻlga qoʻyish hamda aholi orasida kitobga qiziqishni kuchaytirish, kutubxonalar va taʼlim dargohlarini kasbiy va sohaviy adabiyotlar bilan taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
I. Asosiy maqsad
1. Ushbu qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsad etib 2026 — 2030-yillarda aholining kitobxonlik darajasi (bir odam oʻqiydigan kitob soni)ni yiliga oʻrtacha 10 ta kitobga yetkazish belgilansin.
II. Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi]
2. Yoshlar ishlari agentligi huzurida yuridik shaxs maqomisiz Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin va uning vasiylik kengashi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.
3. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va uning mablagʻlari quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilishi belgilansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
(a) tanlov orqali yosh yozuvchilar uchun grantlar ajratish va asarlarini nashr etish, bolalar adabiyoti yoʻnalishidagi loyihalarni qoʻllab-quvvatlash;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.07.00 Ijodiy uyushmalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi]
(b) tanlov orqali isteʼdodli mualliflarni aniqlash va ularga ijod qilish uchun sharoit yaratish maqsadida bir yilgacha bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida har oy haq toʻlash;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.02.00 Mualliflik huquqi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
(v) eng sara xorijiy adabiyotlarni oʻzbek tiliga va milliy adabiyotlarni xorijiy tillarga tarjima qilishda nashrga tayyorlash va chop etish xarajatlarining 50 foizi hamda mualliflik huquqi uchun xarajatlarning 80 foizini qoplash;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
(g) vasiylik kengashi aʼzolariga har chorakda bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda mukofot toʻlash;
(d) kitobxonlik reytingini shakllantirish bilan bogʻliq xarajatlarni amalga oshirish.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga kitoblarni tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish xarajatlari uchun har yili ajratiladigan mablagʻlar miqdorini 20 milliard soʻmga yetkazsin va ularning Jamgʻarmaga yoʻnaltirilishini taʼminlansin.
5. Yoshlar ishlari agentligi bir oy muddatda grantlar ajratish, isteʼdodli mualliflarni aniqlash va oʻzbek tiliga tarjima qilish uchun eng sara xorijiy adabiyotlarni tanlash tartibini tasdiqlasin.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamgʻarmasi vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash)ning majlislari bir oyda kamida bir marta oʻtkaziladi;
(b) Jamgʻarma mablagʻlari Kengash qarorlari asosida ajratiladi, bunda qarorlar Kengash aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi;
(v) Kengash 3-ilovaga muvofiq asosiy vazifalarni amalga oshiradi.
III. Aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
7. Belgilansinki, 2026-yil 1-fevraldan boshlab:
(a) aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish boʻyicha 4-ilovaga muvofiq “Kitob — maʼrifat manbai” dasturi amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.06.00.00 Reklama (shuningdek, 09.09.00.00.ga qarang)]
(b) davlat organlarining kitob va kitobxonlik haqidagi reklamalari ijtimoiy axborot (reklama) sifatida tan olinadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yoʻlovchilarni tashish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
(v) transport infratuzilmasi obyektlari va transport vositalarida (avtobus, metro, samolyot, poyezdlar) simsiz yoki mobil internet tarmogʻi orqali “Mutolaa” platformasidan foydalanish imkoniyatlari yaratiladi, qulaylik uchun QR kodlar oʻrnatiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.07 Maktabdan tashqari taʼlim]
8. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumtaʼlim muassasalarida ikki oy muddatda “Jadidlar izidan” kitobxonlik klublari tashkil etilsin. Bunda:
(a) “Jadidlar izidan” kitobxonlik klubi aʼzolari oʻrtasida kitob tahliliga bagʻishlangan debatlar oʻtkaziladi;
(b) maktablarda “Jadidlar izidan” klubi aʼzolariga yiliga kamida 20 ta kitob oʻqitib boriladi;
(v) har chorakda tuman(shahar) kesimida eng faol “Jadidlar izidan” kitobxonlik klublari aʼzolari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ragʻbatlantiriladi.
9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq barcha vazirlik va idoralarda:
(a) 2026-yil 1-martga qadar tegishli soha boʻyicha tavsiya etiladigan kasbiy faoliyatga oid adabiyotlar roʻyxati shakllantiriladi;
(b) har yili kamida 3 tadan kasbiy faoliyatga oid xorijiy adabiyotlarni mahalliy nashriyotlar orqali oʻzbek tiliga tarjima qilib, malakali mutaxassislar ishtirokida ularni izohlar, lugʻat va misollar bilan boyitish amaliyoti joriy etiladi;
(v) 2026-yil 1-aprelga qadar oʻzida va tizimidagi tashkilotlarda “Kitob burchagi” tashkil etiladi va xodimlar uchun har oyda “Kitob oʻqish soati” yoʻlga qoʻyiladi;
(g) kitobxonlik boʻyicha ichki reyting tizimi joriy etiladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
(d) tanlov asosida eng koʻp kitob oʻqigan xodimga Budjet tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi hisobidan bir oylik ish haqi miqdorida pul mukofoti beriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi]
10. Yoshlar ishlari agentligi vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda eng koʻp kitob oʻqigan top-100 talikka kiradigan oʻquvchi va talabalarni aniqlash tartibini tasdiqlasin. Bunda top-100 talikka kirgan oʻquvchi va talabalarning har biriga Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida pul mukofoti berilishi nazarda tutilsin.
11. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Milliy kutubxona, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Markaziy bank bilan hamkorlikda 2026-yil davomida “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomini olgan hududlarda namunali 330 ta mahalla kutubxonalari tashkil qilsin hamda yil yakunida mazkur tashabbus koʻlamini kengaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
12. Yoshlar ishlari agentligi ikki oy muddatda:
(a) respublika boʻyicha mavjud barcha kutubxonalarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish va ularning holatini yaxshilash, zamonaviy koʻrinish berish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini;
(b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Saʼdullayev belgilansin.
14. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 15-yanvar,
PQ-9-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qaroriga 1-ILOVA
Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamgʻarmasi vasiylik kengashining
TARKIBI
1.
A. Saʼdullayev
—
Yoshlar ishlari agentligi direktori, Vasiylik kengashi raisi
2.
U. Teshabayeva
—
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari
3.
O. Davlatov
—
Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti direktori
4.
E. Asanov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi katta ilmiy xodimi
5.
Sh.Sagatova
—
adliya vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi
6.
B. Karimov
—
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori
7.
H. Jumayev
—
AT “Aloqabank” matbuot kotibi, muharrir
8.
S. Olimov
—
Respublika yosh ijodkorlar kengashi NNT “Mutolaa” loyihasi menejeri
9.
J. Ahmedov
—
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi direktori
10.
M. Abdullayeva
—
tarjimon
11.
E. Norpoʻlatov
—
Yoshlar ishlari agentligi boʻlim boshligʻi, Vasiylik kengashi kotibi
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Vasiylik kengashi tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qaroriga 2-ILOVA
Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar.
2. Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar.
3. Jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari.
4. Xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari.
5. Qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qaroriga 3-ILOVA
Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamgʻarmasi vasiylik kengashining asosiy vazifalari
1.Ilmiy, tarixiy, badiiy va ilmiy-ommabop yoʻnalishlarda xorijiy adabiyotlarni oʻzbek tiliga va milliy adabiyotlarni xorijiy tillarga tarjima qilishda tanlovlar oʻtkazish, eng saralarini tanlash va moliyalashtirish boʻyicha qaror qabul qilish.
2. Tarjimalarning huquqiy asoslarini taʼminlash va mualliflik huquqiga rioya etilishini nazorat qilish.
3.Yosh yozuvchilar uchun grantlar ajratish va asarlarini nashr etish, tanlov orqali isteʼdodli mualliflar nomzodlarini koʻrib chiqish va ularga ijod qilish uchun qulay sharoit yaratishni moliyalashtirish boʻyicha qaror qabul qilish.
4. Davlat organlari, nashriyotlar, mualliflar, ilmiy doiralar, kitob sotuvchilari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oʻrtasida samarali hamkorlikni taʼminlash.
5. Vazirlik va idoralar tomonidan mazkur qaror ijrosi samarali va oʻz vaqtida taʼminlanishini nazorat qilish.
6. Qaror ijrosi taʼminlashda toʻsiq boʻlayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga va vakolatli davlat organlariga taqdim etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qaroriga 4-ILOVA
“Kitob — maʼrifat manbai”
DASTURI
T/r
Chora-tadbirlar nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Muddati
Ijro uchun masʼullar
Tadbirlar maqsadi
1.
“Bir kunda bir sahifa” nomli umummilliy onlayn tashabbusni yoʻlga qoʻyish
“Mutolaa” platformasi va mobil ilovasi orqali
foydalanuvchilar kitob oʻqish darajasining kunlik reytingini yuritish
(ochiq maʼlumot boʻladi)
Doimiy
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi
Yoshlarda har kuni kitob oʻqish odatini shakllantirish
2.
Hududlar boʻyicha kitob sotuvi va kutubxona tashriflari asosida Kitobxonlik indeksini joriy etish
1. Har yili hududlar kesimida kitoblar sotuvi, kutubxona tashriflari va tanlovlarda ishtirokchilar soni asosida indeks shakllantirish
2026-yil 1-mart
Yoshlar ishlari agentligi,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
Kitobxonlik darajasi boʻyicha hududlar oʻrtasida sogʻlom raqobatni yaratish
2. Natijalarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib borish
Doimiy
3.
“Transport infratuzilmasi obyektlari va transport vositalarida kitob” loyihasini amalga oshirish
Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish uchun transport infratuzilmasi obyektlari va transport vositalarida (avtobus, metro, samolyot, poyezdlar) Wi-fi yoki mobil internet orqali “Mutolaa” platformasiga ulanish imkoniyati yaratiladi
2026-yil 1-sentabr
Transport vazirligi,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,
“Uzbekistan Airways” AJ,
“Uzbekistan Airports” AJ,
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,
“Toshshahartansxizmat” AJ
Aholining vaqtdan unumli foydalanish, sayohatda ham kitob oʻqish imkoniyatiga ega boʻlishi
4.
“Kitob burchaklari”ni tashkil etish
Barcha davlat idoralarida “kitob burchaklari”ni yaratish.
Bunda kitoblar sohaga oid ilmiy va maʼnaviy adabiyotlardan tanlanadi
2026-yil 1-mart
Vazirlik va idoralar
Davlat xizmatchilarida kitob oʻqish koʻnikmasini shakllantirish
5.
“Oilaviy kitobxonlik” dasturini amalga oshirish
1. Har bir mahallada oilalar oʻrtasida kitob mutolaasi tanlovlarini tashkil etib borish 2. Gʻoliblarga mahalliy budjet hisobidan pul mukofotini berish
Doimiy
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
Oilalarda kitobxonlik anʼanalarini mustahkamlash
6.
Kitob yarmarkalari va festivallar oʻtkazish
Har yili har bir hududda jahon darajasidagi “Kitob FEST” (Frankfurt kitob yarmarkasi namunasidagi) kitob yarmarkalari va festivallarini oʻtkazish
Doimiy
Yoshlar ishlari agentligi,
Madaniyat vazirligi,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
Kitobxonlikni targʻib etuvchi ommaviy anʼanani shakllantirish
7.
Ijtimoiy reklama va media dasturni amalga oshirish
Ommaviy axborot vositalari, internet tarmoqlari va jamoat joylarida qisqa videoroliklar orqali kitobxonlik targʻibotini kuchaytirish
Doimiy
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
Kitob mutolaasini aholining kundalik madaniyatiga aylanishtirish
8.
“Kutubxona infratuzilmasi — 2030”
Yangi zamonaviy dizaynda kutubxonalar tashkil qilish va ularda raqamli kutubxona portalini yaratish
2026 — 2030-yillar
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Qurilish vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
Har bir tuman va shaharda zamonaviy kutubxona faoliyatini yoʻlga qoʻyish
9.
Davlat xizmatchilari uchun “Kitob oʻqish soati”ni yoʻlga qoʻyish
Har oyda tashkilotlarda kitob mutolaasi va fikr almashish soatini oʻtkazish
Doimiy
Vazirlik va idoralar
Maʼnaviy saviya va tafakkurni oshirish
10.
Qisqa targʻibot shiorlarini joriy etish
Televizion va radio efirlar, gazetalar, internet saytlar, bannerlar, LED-ekranlar orqali “Har kuni 20 daqiqa kitob”, “Kitob — aql drayveri”va “Kitob oʻqigan inson — fikrli inson” kabi qisqa targʻibot shiorlarini joriy etish
2026 — 2030-yillar
Yoshlar ishlari agentligi,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
Kitobxonlikni targʻib etuvchi ommaviy anʼanani shakllantirish
11.
Bolalar adabiyotini qoʻllab-quvvatlash
Bolalar adabiyoti yoʻnalishida oʻtkazilgan ijodiy tanlovlarda gʻolib boʻlgan loyihalarni moliyalashtirish va qoʻllab-quvvatlash tartibini ishlab chiqish.
Bunda Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan gʻolib loyiha mualliflariga BHMning 100 baravari miqdorida mukofot pulini toʻlab berish va ularning asarlarini 5 000 nusxada chop etish xarajatlarini qoplab berish nazarda tutiladi.
2026-yil 1-mart
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi
Bolalar kontentini rivojlantirish
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2026-y., 07/26/9/0048-son)