toggle_night_mode
Hujjat 15.01.2026 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Bozor islohotlari va Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonlari yanada jadallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 8-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 4-sentabrda maʼqullangan
Keyingi yillarda mamlakatimizning oʻrta va uzoq muddatli strategiyalariga muvofiq Oʻzbekistonning xalqaro iqtisodiyotga toʻliq integratsiyasini taʼminlash, monopol sohalarni izchil ravishda bozor tamoyillariga oʻtkazish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish va tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga uygʻunlashtirish, yirik davlat korxonalariga berilgan maxsus (eksklyuziv) huquqlarni bekor qilish hamda qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash va realizatsiya qilishda, shuningdek tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish orqali ochiq va raqobatbardosh bozor muhitini shakllantirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ushbu Qonun bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi hamda “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash, realizatsiya qilish, tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalash tartibini joriy etish bilan bogʻliq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Mazkur Qonun qora va rangli metall parcha va chiqindilari, tabiiy gaz savdosi sohasiga xususiy sektorni va innovatsiyalarni jalb etishga, shuningdek raqobat va ochiq bozor muhitini yaratishga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4, 265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar, № 7, 538-modda, № 9, 710-modda; 2024-yil, № 1, 5, 6, 7-moddalar, № 2, 101, 105, 107, 108, 111, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819, 823, 831-moddalar, № 9, 958-modda, № 10, 1076, 1079-moddalar, № 11, 1191-modda, № 12, 1279, 1280, 1285-moddalar; 2025-yil, № 1, 4, 6-moddalar, № 2, 188, 189, 195, 197-moddalar, № 4, 519, 520-moddalar, № 5, 648-modda) ilovasiga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin:
37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

 

37. Faoliyatning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji:

 

neft, gazni (shu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish

 — BHMning 10 baravari

magistral gaz quvurlarini, neft quvurlarini va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish hamda ularni taʼmirlash

 — BHMning 10 baravari

tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi

 — BHMning 30 baravari

 

 

”;

quyidagi mazmundagi 56-band bilan toʻldirilsin:

56. Faoliyatning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji:

qora metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish

 — BHMning 30 baravari

rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish

 — BHMning 30 baravari

.

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 185-modda, № 7, 533-modda, № 9, 710-modda, № 11, 921, 923-moddalar; 2024-yil, № 1, 5, 7-moddalar, № 2, 105, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819-modda, № 9, 957, 958-moddalar; 2025-yil, № 1, 3, 6-moddalar, № 2, 189, 197-moddalar, № 3, 376-modda, № 4, 519, 520, 521-moddalar, № 5, 644, 645-moddalar) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
48-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

48.

Neft, gazni (shu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya (bundan tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish mustasno)

Neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

neft, gaz va gaz kondensatini qayta ishlash;

neft, gaz va gaz kondensatini realizatsiya qilish.

;

quyidagi mazmundagi 62, 63 va 64-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:

62.

Qora metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya

Qora metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish);

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

qora metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash;

qora metall parcha va chiqindilarini realizatsiya qilish.

63.

Rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya

Rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish);

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

rangli metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash;

rangli metall parcha va chiqindilarini realizatsiya qilish.

64.

Tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya (bundan neft, gazni (shu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish mustasno)

Tabiiy gazning ulgurji savdosi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

tabiiy gazning chakana savdosi.

;

2) 4-ilovaning I boʻlimi quyidagi mazmundagi 58, 59 va 60-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:

58.

Qora metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya

300

59.

Rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya

300

60.

Tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya

300

.

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 15-yanvar,
OʻRQ-1113-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2026-y., 03/26/1113/0046-son)