1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.06 Plastik kartochkalar boʻyicha va elektron toʻlov tizimlari orqali hisob-kitob;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.20.00.00 Banklar va kredit tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Bank va kredit faoliyatini litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki boshqaruvining
qarori
Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 5-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3431-2]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 18-apreldagi 8/3-son qarori (roʻyxat raqami 3431, 2023-yil 5-may) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2023-y., 10/23/3431/0265-son) bilan tasdiqlangan Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 25-dekabr,
35/16-son
Kelishildi:
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
2025-yil 17-noyabr
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 17-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 25-dekabrdagi 35/16-son qaroriga ILOVA
Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 7-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7-bob. Toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkilotiga qoʻyiladigan tashkiliy, texnik, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash, shubhali (frod) operatsiyalarga qarshi choralar koʻrish hamda faoliyatning uzluksizligiga doir talablar”.
uchinchi xatboshi “tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlarining samarali ishlashi” degan soʻzlardan keyin “, shuningdek axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash hamda shubhali (frod) operatsiyalarga qarshi choralar koʻrish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
sakkizinchi xatboshi “axborot xavfsizligi” degan soʻzlardan keyin “va kiberxavfsizlikni taʼminlash, shubhali (frod) operatsiyalarga qarshi choralar koʻrish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
“18. Toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkiloti axborot tizimlarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligini taʼminlashi hamda axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqishi shart.”.
“19. Toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkiloti axborot tizimlarini “Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilarning toʻlov tizimlarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash hamda raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish choralarini koʻrish toʻgʻrisida”gi nizomga (roʻyxat raqami 3513, 21.05.2024-yil) muvofiq tashkil etishi zarur.”;
“xavfsizlik siyosati haqidagi, shu jumladan tavakkalchiliklarni batafsil baholashni oʻz ichiga olgan hujjat, shuningdek axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni hamda toʻlov xizmatidan foydalanuvchilarning himoya qilinishini taʼminlash uchun tavakkalchiliklarni, shu jumladan firibgarlik hamda konfidensial va shaxsga doir maʼlumotlardan qonunga zid ravishda foydalanish xavflarini kamaytirish boʻyicha koʻriladigan choralarning tavsifi”.
“toʻlov tizimining uzluksiz ishlashiga, shuningdek axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni taʼminlashga taʼsir koʻrsatuvchi qoidabuzarliklar Markaziy bankning birinchi koʻrsatmasi yuborilgan kundan eʼtiboran uch oy mobaynida toʻlov tizimining operatori tomonidan bartaraf etilmaganda;”;
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 10/26/3431-2/0016-son)