1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari . Ombudsman. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
“Mediatorlarni tayyorlash dasturini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 5-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3134-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 31-yanvardagi 54-mh-son “Mediatorlarni tayyorlash dasturini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3134, 2019-yil 31-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2019-y., 10/19/3134/2554-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2025-yil 30-dekabr,
31-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 30-dekabrdagi 31-mh-son buyrugʻiga ILOVA
“Mediatorlarni tayyorlash dasturini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“Mazkur Nizom mediatorlarni tayyorlash dasturi va kasbiy malakasini oshirish tartibini belgilaydi.”;
3) 1-band “Mediatorlarni tayyorlash dasturi” degan soʻzlardan keyin “va mediatorlarning kasbiy malakasini oshirish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
“21. Mediatorlar mediatorlarning kasbiy malakasini oshirish boʻyicha maxsus oʻquv kurslarda oʻqish orqali uch yilda kamida bir marta kasbiy malakasini oshirishi shart, bundan notarius va advokat maqomiga ega boʻlgan mediatorlar mustasno.”;
“4. Maxsus oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga ushbu Nizomning tegishliligiga koʻra 1 va 2-ilovalarida keltirilgan namunalar va tavsiflarga muvofiq sertifikat beriladi.”;
“7. Mediatorlarni tayyorlash dasturi quyidagi mavzularni qamrab olishi kerak:
Oʻzbekiston Respublikasining mediatsiya toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati;
mediatsiyaning mohiyati va prinsiplari hamda huquqiy asoslari;
mediatorning kasbiy koʻnikmalari, kasb etikasi va javobgarligi;
muzokaralar mediatsiyaning asosi sifatida;
mediatsiya bosqichlari va unda mediatorning roli va funksiyalari;
mediatsiyada taraflar vakillarining ishtiroki va ularning maqomi;
mediatsiya jarayoni;
mediatsiya jarayonining natijasi va u bilan bogʻliq hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirish koʻnikmalari;
mediativ kelishuvni ijro etishning huquqiy asoslari;
mediatsiyada axborot texnologiyalari yutuqlari va sunʼiy intellektdan foydalanish qoidalari, onlayn mediatsiya oʻtkazish tartibi;
oilaviy, mehnat, iqtisodiy va boshqa munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni mediatsiya orqali hal etishning oʻziga xos xususiyatlari.”;
7) quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
“71. Mediatorlarning kasbiy malakasini oshirish oʻquv dasturi quyidagi mavzularni qamrab olishi kerak:
Oʻzbekiston Respublikasining mediatsiya toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining, mediatsiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati;
mediator tomonidan Mediatorlarning kasb etikasi qoidalariga rioya qilish masalalari;
mediatsiyada axborot texnologiyalari yutuqlari va sunʼiy intellektdan foydalanish qoidalari, onlayn mediatsiya oʻtkazish tartibi;
mediatsiyada ilgʻor va koʻp tomonlama muzokara oʻtkazish koʻnikmalari;
mediatsiyada psixologiya va konfliktni boshqarishning chuqur asoslari va mediatorning muloqot mahoratini oshirish koʻnikmalari;
xalqaro mediatsiya nizolarida mediatorlarning roli, shuningdek mediatsiya boʻyicha xorijiy davlatlar tajribasi.”;
8) Ilovaning ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mediatorlarni tayyorlash dasturi va kasbiy malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA”;
9) Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirdagi 2-ilova bilan toʻldirilsin:
___________________________________________________________________ muvaffaqiyatli tamomladi.
Rahbar: __________________
Muhr oʻrni
________ (F.I.O., imzo)
Sana ____________________
Qayd raqami № ___________
Mediatorlarni kasbiy malakasini oshirish boʻyicha maxsus oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi namunaviy sertifikatning tavsifi
Sertifikat A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida bosib chiqariladi.
Sertifikatda lotin yozuvi bilan davlat tilida “Mediatorlarni kasbiy malakasini oshirish maxsus oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi SERTIFIKAT” soʻzlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi — MT va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan taʼminlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi.
Sertifikat:
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
maxsus qogʻozlar;
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 10/26/3134-3/0008-son)