1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Aloqa]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Telekommunikatsiyalar uskunalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalari xavfsizligiga qoʻyiladigan talablarni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
mexanik, nurlanish, yongin xavfsizligi, elektr xavfsizligi, portlashdan himoyalangan uskunalarga qoʻyiladigan talablar, shuningdek, muvofiqlikni sertifikatlashtirish orqali mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlash hamda muvofiqlikni deklaratsiyalash shaklida mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlash sxemalarini nazarda tutuvchi Telekommunikatsiyalar uskunalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament (keyingi oʻrinlarda — texnik reglament) 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
Telekommunikatsiyalar uskunalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni joriy etish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
2. Texnik reglament rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab olti oy oʻtgach amalga kiritilsin.
3. Telekommunikatsiyalar uskunalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament amalga kiritilgandan soʻng Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiya uskunalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2017-yil 27-fevraldagi 102-son qarori ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgandan soʻng oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlarining keng xabardor qilinishini taʼminlasin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Bosh vazir A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 30-dekabr,
839-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 839-son qaroriga 1-ILOVA
Telekommunikatsiyalar uskunalarining xavfsizligi toʻgʻrisida
TEXNIK REGLAMENT
1-bob. Umumiy qoidalar
1-§. Texnik reglamentni qoʻllash sohasi va maqsadi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
1. Ushbu Texnik reglament telekommunikatsiyalar uskunalari xavfsizligiga doir qoʻllanilishi va bajarilishi majburiy boʻlgan yagona talablarni belgilaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
2. Ushbu Texnik reglament muomalaga chiqarilgan va foydalanishga topshirilgan kuyidagi telekommunikatsiyalar uskunalariga nisbatan qoʻllanadi:
ishlab chiqarilgan mamlakatidan qatʼi nazar, ilgari foydalanilmagan, yangi;
modernizatsiya qilinganidan soʻng foydalanishda boʻlgan;
foydalanilgan;
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan.
Texnik reglament qoʻllanadigan texnik jihatdan tartibga solish obyektlari ushbu Texnik reglamentga 1-ilovada keltirilgan.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
3. Ushbu Texnik reglament quyidagi telekommunikatsiyalar uskunalariga nisbatan tatbiq etilmaydi:
davlat mudofaasi, xavfsizlik va huquq-tartibotni taʼminlash manfaatlarida foydalaniladigan hamda tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining maxsus texnik vositalariga;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasi orqali tranzit oʻtadigan, bojxona nazoratida va Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan butun davri davomida foydalanilmaydigan telekommunikatsiyalar uskunalariga.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
4. Ushbu Texnik reglament zarar yetkazish xavfi darajasini hisobga olgan holda texnik tartibga solish obyektlariga qoʻyiladigan zarur talablarni belgilaydi, ularning bajarilishi quyidagilarni taʼminlaydi:
a) mexanik xavfsizlikni;
b) nurlanish xavfsizligini;
v) yongin xavfsizligini;
g) elektr xavfsizligini;
d) ekologik xavfsizlikni;
e) portlash xavfsizligini.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
5. Telekommunikatsiyalar uskunalarining ushbu Texnik reglamentga muvofiqligi uning talablari bevosita bajarilishi hamda ushbu Texnik reglament talablariga rioya etilishini ixtiyoriy ravishda taʼminlovchi standartlar roʻyxatiga kiritilgan standartlarning talablari bilan bajarilishi mumkin.
2-§. Atamalar va taʼriflar
6. Texnik reglamentda quyidagi atamalar va ularning taʼriflaridan foydalaniladi:
ishlab chiqaruvchi — isteʼmolchiga realizatsiya qilish uchun telekommunikatsiyalar uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxona, tashkilot, muassasa yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
klemma (ulagich, terminal) — qurilmaning bir qismi boʻlib, uning yordamida tashqi oʻtkazgichlarga yoki boshqa qurilmalarga ulanadi;
tamgʻalash — mahsulotni identifikatsiyalash va u toʻgʻrisidagi maʼlumotni isteʼmolchiga yetkazish maqsadida mahsulot yoki qadoqqa tushiriladigan matn, shartli belgi va/yoki grafik tasvir koʻrinishidagi maʼlumot;
telekommunikatsiyalar vositalari — telekommunikatsiyalar uskunalari, telekommunikatsiyalar inshootlari, kabel liniyalari hamda ularni boshqarish imkonini beruvchi tizimlar;
telekommunikatsiyalar uskunalari — telekommunikatsiyalarni amalga oshirish uchun moʻljallangan texnik uskunalar va ularga oʻrnatilgan dasturiy taʼminot;
texnik vosita — istalgan elektrotexnik, elektron va radioelektron buyum, shuningdek, elektr va (yoki) elektron tarkibiy qismlardan iborat har qanday buyum;
texnik vositani identifikatsiyalash — taqdim etilgan texnik vositaning tamgʻasida koʻrsatilgan belgilari va parametrlari hamda uning tavsiflariga toʻliq muvofiqligini aniqlash;
foydalanuvchi — xizmat koʻrsatuvchi xodim boʻlmagan har qanday shaxs;
ekspluatatsiya qilish hujjati — alohida yoki boshqa hujjatlar bilan birgalikda mahsulotni ekspluatatsiya qilish qoidalarini belgilaydigan va/yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan mahsulotning kafolatlangan asosiy parametrlari va tavsiflari (xususiyatlari)ning qiymat maʼlumotlari, kafolatlar hamda belgilangan xizmat muddati davomida uni ekspluatatsiya qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettiruvchi konstruktorlik hujjati.
2-bob. Xavfsizlikka qoʻyiladigan talablar
1-§. Mexanik xavfsizlikka qoʻyiladigan talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
7. Mexanik xavfsizlikni taʼminlash uchun telekommunikatsiyalar uskunalari quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:
odamlar uchun xavfli oʻtkir burchaklari, qirralari yoki burmalari boʻlmasligi;
taʼminot manbai ishlab chiqaruvchi tomonidan koʻzda tutilmagan taʼminot manbai bilan almashtirilishi mumkin emas, agar telekommunikatsiyalar uskunalari faqat ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan taʼminot manbalaridan quvvat olish uchun loyihalashtirilgan va konstruksiyalangan boʻlishi;
jarohatlanishga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan telekommunikatsiyalar uskunalarining xavfli harakatlanuvchi qismlari odamni ehtimoliy jarohatlardan zarur himoya qilishni taʼminlaydigan tarzda joylashtirilishi, toʻsilishi va himoyalanishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
8. Telekommunikatsiyalar uskunalari uskunaga ilova qilingan texnik hujjatlarda koʻrsatilgan ekspluatatsiya qilish shartlariga rioya qilgan holda, butun xizmat muddati davomida belgilangan mexanik xavfsizlik talablariga mos kelishi kerak.
2-§. Nurlanish xavfsizligi boʻyicha talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
9. Inson salomatligiga turli xildagi nomaqbul nurlanishlar salbiy taʼsirining oldini olish uchun telekommunikatsiyalar uskunalari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
radiochastota, ionlashtiruvchi yoki ultrabinafsha nurlanish mavjud boʻlgan yoki lazerdan foydalaniladigan uskunalar konstruksiyasi, shuningdek, yonuvchan suyuqliklar, gazlar yoki boshqa xavf manbalari boʻlgan uskunalar konstruksiyasi xodimlarni zararli taʼsirlardan himoya qilishi, shuningdek, xavfsizlikni taʼminlaydigan materiallarning shikastlanishidan himoya qilishi kerak;
ekspluatatsiya qilish jarayonida uskuna hosil qiladigan shovqin darajasi belgilangan yoʻl qoʻyiladigan maksimal qiymatlardan oshmasligi, shovqin spektrida tonal komponentlar boʻlmasligi kerak;
ekspluatatsiya qilish paytida uskuna tomonidan hosil qilingan elektromagnit maydonlar foydalanuvchi uchun xavfsiz boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
10. Telekommunikatsiyalar uskunalari oʻziga ilova qilingan texnik hujjatlarda koʻrsatilgan ushbu uskunani ekspluatatsiya qilish shartlariga rioya qilgan holda, butun xizmat muddati davomida belgilangan nurlanishlar xavfsizligi talablariga mos kelishi kerak.
3-§. Yongʻin xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
11. Yongin sodir boʻlishining oldini olish va yongin xavfsizligi hamda mulkning saqlanishini taʼminlash uchun telekommunikatsiyalar uskunalari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
normal ekspluatatsiya qilish sharoitlarida va turli ish rejimlarida yongin xavfini tugdirmasligi;
komponentlarning notoʻgʻri ishlashi, izolyatsiyaning teshilishi va boshqa omillar oqibatida normal sharoitlarda hamda oʻta yuklanish sharoitlarida uskunaning ichida yongin sodir boʻlganda, alanga yonish manbaidan tashqariga tarqalmasligi kerak;
uskunaning normal sharoitlarda va nosozlik sharoitlarida haroratning yoʻl qoʻyilgan qiymatlardan oshib ketmasligi;
agar uskunada batareyalardan foydalanilsa, normal ish sharoitlarida va uskunada yakka holdagi nosozlikdan keyin yongʻin, portlash va kimyoviy sizib chiqish xavfini, shu jumladan, batareyalarning shikastlanish xavfini kamaytirishni taʼminlaydigan konstruksiyaga ega boʻlishi kerak;
agar uskunada yonuvchan suyuqliklar boʻlsa, ular uskunaning ishlashi uchun zarur boʻlgan miqdordan tashqari, yopiq idishda saqlanishi kerak;
alangalanish sodir boʻlgunga qadar uskunani himoya qilish moslamasining harorati oshishi oqibatida avariya holati yuzaga kelgan holda, elektr zanjirining bir qismini elektr energiyasi manbaidan avtomatik ravishda uzish;
oʻta yuklanish sharoitlarida va uskunaning normal boʻlmagan ish sharoitlarida yongʻin paydo boʻlishining oldini olish maqsadida himoya tizimiga ega boʻlishi;
kabel uskunalarida yongʻin kelib chiqishining oldini olish maqsadida yongʻin taʼsirlariga nisbatan zarur chidamlilik darajasini taʼminlash;
uskunada alangalanish xavfini va yongʻin tarqalishini kamaytirish uchun alanga tarqalishini cheklaydigan materiallar, butlovchi qismlar, konstruksiyalar va yonginga qarshi qoplamalarni qoʻllagan holda ishlab chiqarilishi kerak;
uskuna ayrim qismlarining oʻta yuqori haroratgacha qizib ketishidan himoyalangan boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
12. Telekommunikatsiyalar uskunalari ularga ilova qilingan texnik hujjatlarda koʻrsatilgan ekspluatatsiya qilish shartlariga rioya qilgan holda, butun xizmat muddati davomida ushbu Texnik reglamentda belgilangan yongʻin xavfsizligi talablariga javob berishi kerak.
4-§. Elektr xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
13. Elektr xavfsizligini taʼminlash uchun telekommunikatsiyalar uskunalari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
konstruksiyasi ilova qilingan texnik hujjatlarda koʻrsatilgan sharoitlarda elektr toki urishi ehtimolini istisno qilishi;
kuchlanish ostida boʻlgan qismlardan elektr toki urishidan himoyalash taʼminlanishi;
normal ekspluatatsiya qilish sharoitlarida hamda yakka holdagi shikastlanishdan soʻng odamning tegib ketish ehtimolini istisno qilish uchun oʻta past kuchlanish zanjirlarida xavfsiz kuchlanish taʼminlanishi;
tegib ketish mumkin boʻlgan qismlardan yoki odam tomonidan qopqoq olib tashlaganidan keyin ochiq boʻlgan qismlardan elektr toki bilan shikastlanish xavfi boʻlmasligi;
asosiy izolyatsiya va ochiq oʻtkazgich qismlarini elektr uskunasining himoyalovchi oʻtkazgichiga ulash elementi mavjud boʻlgan foydalanuvchi uchun ochiq telekommunikatsiyalar uskunasining metall qismlari uskunaning yerlantirish yoki uskuna kirishidagi himoyalovchi nollashtirish kontaktiga doimiy va ishonchli ulangan boʻlishi;
telekommunikatsiyalar uskunasining konstruksiyasida ilova qilingan texnik hujjatlarda koʻrsatilgan shartlarga muvofiq uskunaning elektr taʼminoti tarmogʻiga ulanishiga qadar odam tegib ketishi mumkin boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlarni yerlantirish koʻzda tutilgan boʻlishi;
qoʻllanadigan izolyatsiya (moslama, elektr simlari va boshqa oʻtkazgichlarni izolyatsiya qilish uchun foydalaniladigan moddiy muhit) ilova qilingan texnik hujjatlarda koʻrsatilgan sharoitlarda xavfsiz foydalanish uchun yaroqli boʻlishi;
ilova qilingan texnik hujjatlarda koʻrsatilgan sharoitlarda qoʻlda ishlatiladigan uskunalarning izolyatsiyasi taʼminot kuchlanishi qiymatining keskin oʻzgarishlariga chidamli boʻlishi;
izolyatsiya materiali normal ekspluatatsiya qilish sharoitlarida yetarlicha elektr va issiqlik mustahkamligini taʼminlashi;
izolyatsiya uchun gigroskopik materiallar, shuningdek, ozonni yemiruvchi moddalarni oʻz ichiga olgan asbest, tabiiy rezina, koʻpikli polimer materiallardan foydalanmasligi;
himoyalovchi yerlantirishning asosiy klemmasidan foydalana olish murakkab boʻlmasligi va tegishli belgi bilan tamgʻalanishi kerak. Telekommunikatsiyalar vositalarini himoyalovchi yerlantirish telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali amalga oshirilmasligi;
foydalanish mumkin boʻlgan qismlar yoki ularga ulangan qismlar va inson hayoti uchun xavfli qismlar orasidagi izolyatsiya oʻtish jarayonlari sababli yuzaga keladigan yuqori kuchlanishga bardoshli boʻlishi;
oʻzgaruvchan tok taʼminot tarmogʻiga ulangan qismlarni tutib turadigan izolyatsiyalovchi material qizishga chidamli boʻlishi;
vintli ulanishlar uskunaning butun ishlash muddati davomida ishonchli elektr ulanishni taʼminlashi;
yechib olinmaydigan shnurlar, klemmalar, asbob va kabel kirishlari kabi ulanish vositalari oʻzgaruvchan tok tarmogʻiga va himoyalovchi yerlantirishga xavfsiz va ishonchli ulanishni taʼminlashi;
uskuna doimiy ravishda oʻzgaruvchan elektr tarmogʻiga ulangan boʻlsa, uskunaning barcha yetkazuvchi taʼminot liniyalarini bir vaqtda uzish uchun uzgichlarga ega boʻlishi kerak. Shuningdek, oʻchirish qurilmasi yoki qurilmalari xizmat koʻrsatish vaqtida uskunani oʻzgaruvchan tok tarmogʻidan uzish imkoniyatini taʼminlashi;
himoya qurilmalari va oʻchirgichlar ularning nominal qiymatlariga muvofiq ishlatilishi;
foydalaniladigan vilkalar va rozetkalar notoʻgʻri ulanish ehtimolini istisno qilishi;
uskunalar normal ekspluatatsiya qilish sharoitlarida hamda nosozlik sharoitlarida ham elektr toki urishidan himoya qilish taʼminlanadigan tarzda konstruksiyalangan va tayyorlangan boʻlishi;
teginish toki, himoyalovchi yerlantirish oʻtkazgichining toki normal ekspluatatsiya qilish jarayonida mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan namlik, harorat va boshqa iqlim omillari taʼsirida inson hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirmasligi;
transformatorlar, tarmoq filtrlari, kondensatorlar va boshqa mahsulotlar kabi foydalaniladigan komponentlar, shuningdek, tashqi egiluvchan simlar, tashqi simlar uchun qisqichlar va boshqa mahsulotlar kabi butlovchilar ekspluatatsiya qilish paytida elektr xavfsizligi darajasini pasaytirmasligi;
antenna tirqichlari, oʻlchash zanjirlarini ulash tirqichlari, shuningdek, telekommunikatsiyalar tarmoqlarining zanjirlari kuchlanish va tokning ortiqcha yuklanishidan himoyalangan boʻlishi.
14. Telekommunikatsiyalar uskunalari elektr toki urishidan himoyalangan boʻlishi kerak.
15. Telekommunikatsiyalar uskunalari ularga ilova qilingan texnik hujjatlarda koʻrsatilgan ushbu uskunani ekspluatatsiya qilish shartlariga rioya qilgan holda, butun xizmat muddati davomida ushbu Texnik reglamentda belgilangan elektr xavfsizligi talablariga javob berishi kerak.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.09.00 Ekologiya xavfsizligi]
16. Telekommunikatsiyalar uskunalarini ekspluatatsiya qilish jarayonida atrof-muhitga zararli taʼsirlarning oldini olish yoki cheklash, tovush bosimi, tebranishlar, elektr va magnit maydonlarni va boshqa zararli fizik taʼsirlarni kamaytirish choralari koʻrilishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.09.00 Ekologiya xavfsizligi]
17. Uskunani ekspluatatsiya qilish jarayonida zaharli chiqindilar hosil boʻlganida, foydalanuvchilar ularni oʻz vaqtida zararsizlantirish va utilizatsiya qilishni taʼminlashi kerak. Foydalanuvchilar hududida zaharli chiqindilarni saqlash yoki koʻmib tashlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.09.00 Ekologiya xavfsizligi]
18. Zaharli chiqindilarni saqlash, zararsizlantirish va utilizatsiya qilish tartibi va usullari uskunadan foydalanuvchi tomonidan tegishli vakolatli organlar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.09.00 Ekologiya xavfsizligi]
19. Zaharli chiqindilar foydalanuvchi yoki foydalanuvchi shartnoma asosida mazkur ishlarni bajarishni topshiradigan tashkilotlar tomonidan utilizatsiya qilinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.09.00 Ekologiya xavfsizligi]
20. Zaharli chiqindilar davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi boʻlgan taqdirda, Davlat kadastri yagona tizimiga kiritilgan obyektlarda utilizatsiya qilinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.08.00 Sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.09.00 Ekologiya xavfsizligi]
21. 3aharli chiqindilar maxsus muhandislik inshootlarida — poligonlarda yopiq usulda — insineratorlarda yoqish, zararsizlantirish, konservatsiya qilish orqali ularning xavflilik sinfini hisobga olgan holda sanitariya qoidalariga muvofiq zararsizlantiriladi va konservatsiya qilinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.09.00 Ekologiya xavfsizligi]
22. Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga javob bermaydigan uskunalarni ekspluatatsiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
6-§. Portlash xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.02.00 Radiatsiyaviy xavfsizlik (shuningdek, 16.04.07.00ga qarang)]
23. Portlash xavfi bor muhitda foydalanishga moʻljallangan telekommunikatsiyalar uskunalarini portlash xavfsizligini taʼminlash maqsadida uskunalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
ichki uchqun hosil qiluvchi elementlarning tashqi portlovchi muhit bilan aloqaga kirishish imkoniyati istisno qilinishi;
portlovchi muhitning oʻz-oʻzidan yonish haroratigacha qizib ketishining oldini olish taʼminlanishi;
uskunalarda portlash xavfi boʻlgan muhitning portlashiga olib kelishi mumkin boʻlgan bir-biriga urilishi paytida uchqun hosil qilmaydigan materiallar qoʻllanishi;
kimyoviy reaksiyalar va mexanik taʼsirlarning xavfli issiqlik namoyon boʻlish ehtimoli istisno qilinishi;
telekommunikatsiyalar uskunasining ichki qismida paydo boʻlgan portlashning tashqariga chiqishiga toʻsqinlik qilinishini taʼminlash.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
24. Telekommunikatsiyalar uskunalari ilova qilingan hujjatlarda koʻrsatilgan sharoitlarda hamda avariyaviy ish rejimlarida, shuningdek, notoʻgʻri ekspluatatsiya qilinganda ham portlashdan himoyalangan boʻlishi lozim. Portlash xavfi boʻlgan komponentlari mavjud boʻlganda, uskunalar bunday komponentlarning portlashi oqibatlaridan qoʻshimcha himoyalangan boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
25. Portlashdan himoyalangan telekommunikatsiyalar uskunalari portlashdan himoyalanganlik tamgʻalariga ega boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
26. Telekommunikatsiyalar uskunalari zarur darajada portlashdan himoyalangan boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
27. Telekommunikatsiyalar uskunalari portlash xavfsizligiga oid texnik reglament talablariga, shuningdek, oʻziga ilova qilingan texnik hujjatlarda belgilangan ekspluatatsiya shartlariga rioya qilingan taqdirda, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga butun xizmat muddati davomida muvofiq boʻlishi shart.
3-bob. Qadoqlash, tamgʻalash va ekspluatatsiya qilish hujjatlariga qoʻyiladigan talablar
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
28. Telekommunikatsiyalar uskunalarining qadogʻi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq statik elektr zaryadlaridan, shuningdek, avtomobil, temir yoʻl, dengiz transportida, havo kemalarining germetiklangan boʻlimlarida saqlash va tashishda tashqi mexanik va iqlimiy taʼsir etuvchi omillardan himoya qilishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
29. Qadoqlangan shakldagi telekommunikatsiyalar uskunalari atrofdagi havo harorati — 50 °S dan + 55 °S gacha va havoning nisbiy namligi 100 foiz qiymatda + .25 °S haroratda brezent bilan yopilgan avtomobil transportida, yopiq temir yoʻl vagonlarida, daryo transportining tryumlarida, havo kemalari va vertolyotlarning germetiklangan boʻlimlarida ushbu transport turlariga nisbatan amal qiladigan qoidalarga muvofiq tashishga chidamli boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
30. Qadoqlangan shakldagi telekommunikatsiyalar uskunalari isitiladigan omborxonalarda + 5 °S dan + 40 °S gacha boʻlgan haroratda va +20 °S haroratda 60 foiz nisbiy namlikning oʻrtacha yillik qiymatida 12 oy (uskunalarni yuklab joʻnatgan paytdan boshlab, shu jumladan, transportda tashish muddati) davomida saqlashga chidamli boʻlishi kerak, bunda namlikning yuqori qiymati + 25 °S haroratda 80 foizga yetishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
31. Texnik jihatdan tartibga solish obyektining oʻzi, uning ehtiyot qismlari, materiallari, qadoq vositalari va ekspluatatsiya hujjatlariga qoʻyiladigan talablar tegishli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadi va tartibga solinadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
32. Telekommunikatsiyalar uskunalari butun xizmat muddati davomida saqlanadigan foydalanuvchi uchun tushunarli, oson oʻqiladigan va foydalanish qulay boʻlgan tamgʻa bilan taʼminlanishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
33. Telekommunikatsiyalar uskunalariga tushiriladigan tamgʻa davlat tilida boʻlishi shart va isteʼmolchi uchun quyidagi axborotni oʻz ichiga olishi kerak:
uskunaning nomi, tipi, modeli, modifikatsiyasi, savdo nomi, seriya raqami;
ishlab chiqaruvchining nomi, savdo markasi yoki tovar belgisi;
ishlab chiqaruvchi mamlakatning nomi;
muvofiqlik belgisi;
taʼminot ishchi kuchlanishi yoki kuchlanishlar diapazoni;
nominal chastota koʻrsatilmagan boʻlsa, tok turining shartli belgilanishi;
qattiq zarralar va namlikning tushishidan himoya qobigʻi tomonidan taʼminlanadigan himoya darajasi;
kimyoviy tok manbalari uchun xavfsizlik belgilari va utilizatsiya qilish usullari;
nominal isteʼmol qilinadigan yoki foydali quvvat va (yoki) nominal tok toʻgʻrisidagi axborot;
uskunalar massasi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
34. Qadoq tamgʻasi ishlab chiqaruvchining nomi va (yoki) uning tovar belgisi, telekommunikatsiyalar uskunasining nomi va belgilanishi (tipi, modeli, modifikatsiyasi, savdo nomi), ishlab chiqarilgan sanasi, muvofiqlik belgisi toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
35. Agar ushbu Texnik reglamentning 34-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarni telekommunikatsiyalar uskunalariga tushirish mumkin boʻlmasa, ular ekspluatatsiya qilish hujjatlari va qadoqlarida koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
36. Haroratning chegaraviy qiymatlaridan oshib ketadigan telekommunikatsiyalar uskunalarining isitish qismlari belgilangan tartibda tamgʻalanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
37. Telekommunikatsiyalar uskunalarining tamgʻasi elektr toki urishidan himoya qilish sinflari toʻgʻrisidagi axborotni ham oʻz ichiga olishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
38. Uskunani portlashdan himoya qilish tamgʻasi relyefli belgilarining saqlanishi uskunaning butun xizmat muddati davomida, u moʻljallangan sharoitlarda taʼminlanishi kerak.
II guruh uskunalarini portlashdan himoya qilish tamgʻasi qismlarga boʻlinmagan holda, yagona belgi koʻrinishida joylashtirilishi kerak.
I guruh uskunalarini portlashdan himoya qilish tamgʻasi ikki qismni oʻz ichiga olishi kerak. Birinchi qismda portlashdan himoya qilish darajasi koʻrsatiladi, oʻngda yoki birinchi qismdan pastda joylashtiriladigan ikkinchi qismda — tamgʻaning qolgan qismi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
39. Portlashdan himoya qilish tamgʻasi quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
a) ishlab chiqaruvchining nomi yoki roʻyxatdan oʻtkazilgan savdo belgisi;
b) uskuna tipining belgisi;
v) uskunaning portlashdan himoya qilish turlari boʻyicha standartlarga muvofiqligini koʻrsatadigan “Ex” belgisi;
g) portlashdan himoya qilish belgisining turi;
d) uskunalar guruhini belgilash;
e) II guruh uskunalari uchun — harorat sinfi yoki yuzaning maksimal haroratini yoki ikkalasini ham belgilash. Agar ushbu maʼlumotlarning ikkalasi ham tamgʻada koʻrsatilgan boʻlsa, harorat sinfi qavslar ichida oxirida koʻrsatilishi kerak. Harorat sinfi kabel kirishlarida tamgʻalanmaydi;
j) portlashdan himoya qilish tamgʻasidan keyin “X” belgisi qoʻyilishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
40. Telekommunikatsiyalar uskunalarining turli qismlarida portlashdan himoya qilishning har xil turlaridan foydalanilganda, har bir tegishli qism unda qabul qilingan portlashdan himoya qilish turining belgisiga ega boʻlishi kerak.
Agar uskunalarda portlashdan himoya qilishning bir nechta turlaridan foydalanilsa, birinchi navbatda portlashdan himoya qilishning asosiy turining, keyin esa boshqa turlarining belgisi qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
41. Almashtiriladigan batareya odam foydalanishi mumkin boʻlgan joyga joylashtirilganda, yaqin joyda ogohlantirish yozuvi joylashtirilishi yoki tegishli ogohlantirish ekspluatatsiya qilish va xizmat koʻrsatish yoʻriqnomasida yozilgan boʻlishi kerak.
Almashtiriladigan batareyani uskunaning boshqa joyiga joylashtirilganda, yozuv almashtiriladigan batareyaning yoniga joylashtirilishi yoki tegishli ogohlantirish ekspluatatsiya qilish boʻyicha yoʻriqnomada yozilgan boʻlishi kerak.
3-§. Telekommunikatsiyalar uskunalari uchun ekspluatatsiya hujjatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
42. Telekommunikatsiyalar uskunalari uchun ekspluatatsiya hujjatlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
ushbu Texnik reglamentning 34-bandida koʻrsatilgan axborot;
telekommunikatsiyalar uskunalarining vazifasi toʻgʻrisidagi axborot;
tavsiflari va parametrlari;
telekommunikatsiyalar uskunalarini montaj qilish, uni elektr tarmogʻiga va boshqa texnik vositalarga ulash, ishga tushirish, tartibga solish va ekspluatatsiyaga kiritish qoidalari va shartlari, agar ushbu qoidalar va shartlarning bajarilishi ushbu Texnik reglament talablariga telekommunikatsiyalar uskunalarining muvofiqligini taʼminlash uchun zarur hisoblansa;
telekommunikatsiyalar uskunalarining turar joy, tijorat va ishlab chiqarish zonalarida ishlashi uchun ularning vazifasini hisobga olgan holda ulardan foydalanishdagi cheklashlar toʻgʻrisidagi talablar;
samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari va shartlari;
saqlash, transportda tashish, sotish va utilizatsiya qilish qoidalari va shartlari (agar zarur boʻlsa, ularga qoʻyiladigan talablarni belgilash);
telekommunikatsiyalar uskunalarining nosozligi aniqlanganda, koʻrilishi lozim boʻlgan choralar toʻgʻrisidagi axborot;
xizmat (yaroqlilik) muddati va isteʼmolchining ushbu muddat tugaganidan keyin zarur harakatlari, shuningdek, ushbu koʻrsatilgan harakatlar bajarilmaganda, mumkin boʻlgan oqibatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
ishlab chiqaruvchining va ular tomonidan isteʼmolchidan daʼvolarini qabul qilish uchun vakolat berilgan tashkilotlarning, shuningdek, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatishni amalga oshiruvchining joylashgan joyi (pochta manzili);
ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan joyi (pochta manzili), u bilan bogʻlanish uchun maʼlumotlar;
telekommunikatsiyalar uskunalari ishlab chiqarilgan oyi hamda yili va (yoki) ishlab chiqarish yilini tushirish joyi va uni aniqlash usuli toʻgʻrisidagi axborot.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
43. Ekspluatatsiya qilish hujjatlari davlat tilida rasmiylashtirilishi shart hamda qoʻshimcha sifatida boshqa tillarda ham rasmiylashtirilishi mumkin.
Ekspluatatsiya qilish hujjatlari qogʻoz nusxada rasmiylashtiriladi. Ularga elektron tashuvchilarda ekspluatatsiya qilish hujjatlarining toʻplami ilova qilinishi mumkin. Maishiy boʻlmagan maqsadlar uchun telekommunikatsiyalar uskunalari toʻplamiga kiritilgan ekspluatatsiya qilish hujjatlari faqat elektron tashuvchilarda berilishi mumkin.
4-bob. Telekommunikatsiyalar uskunalarining muvofiqligini baholash va tasdiqlash
1-§. Identifikatsiya qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
44. Telekommunikatsiyalar uskunalari namunaga (turga, partiyasi) yoki ularning tavsifiga bir xilligi va muvofiqligini aniqlash, shuningdek, telekommunikatsiyalar uskunalarining tamgʻalashda koʻrsatilgan ahamiyatli belgilarga muvofiqligini baholash maqsadida identifikatsiya qilinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
Telekommunikatsiyalar uskunalarining muvofiqligini deklaratsiya qilish shaklida tasdiqlashda ariza beruvchi yoki uning topshirigʻiga asosan muvofiqlikni baholash organlari, muvofiqlikni tasdiqlashning sertifikatlashtirish shaklida sertifikatlashtirish organi tomonidan identifikatsiya qilinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
45. Identifikatsiya qilish vizual nazorat usuli bilan ularning identifikatsiya belgilarini quyidagi hujjatlarda keltirilgan axborot bilan qiyosiy taqqoslash usuli bilan amalga oshiriladi:
telekommunikatsiyalar uskunalari uchun texnik hujjatlar;
telekommunikatsiyalar uskunalarini ishlab chiqarish boʻyicha standartlar;
tovarga qoʻshib joʻnatiladigan hujjatlar (yuk bojxona deklaratsiyasi, invoys, kontrakt va boshqalar).
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
46. Identifikatsiya qilish belgilarining umumiy tarkibiga quyidagilar kiradi:
uskuna tipi (turi, modeli) toʻgʻrisidagi axborot;
tuzilish tavsiflari;
butligi;
ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan seriya raqamlari;
partiya hajmi;
ishlab chiqarilgan sana;
ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi;
ishlab chiqaruvchi korxona joylashgan mamlakat.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
47. Telekommunikatsiyalar uskunalarini yuqorida sanab oʻtilgan belgilar boʻyicha identifikatsiya qilishni, shuningdek, ushbu Texnik reglament talablariga muvofiq xavfsizlik koʻrsatkichlariga muvofiqligini aniqlashni quyidagilar amalga oshiradi:
uni muomalaga kirituvchi ishlab chiqaruvchi (sotuvchi);
mahsulotning muvofiqligini baholash va tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish organi;
muvofiqlikni baholash boʻyicha organ yoki muvofiqlik deklaratsiyasini qabul qiluvchi shaxs bilan tuzilgan shartnoma shartlariga koʻra oʻz akkreditatsiya sohasi doirasida muvofiqlikni tasdiqlash maqsadida telekommunikatsiyalar uskunalari namunalarini sinovdan oʻtkazuvchi sinov laboratoriyasi;
muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani qabul qiluvchi shaxs (muvofiqlikni deklaratsiya qilishda);
Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalada boʻlgan mahsulotning ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligini tekshiruvchi davlat organi.
2-§. Muvofiqlikni baholash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
48. Telekommunikatsiyalar uskunalarining ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligini aniqlashda namunalar olish, sinash va tekshirish, muvofiqlikni baholash va tasdiqlash, davlat roʻyxatidan oʻtkazish kabi muvofiqlikni baholash tartib-taomillari amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
49. Telekommunikatsiyalar uskunalari muomalaga chiqarilishdan yoki foydalanishga topshirilishidan oldin ularning ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligi tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
50. Muvofiqlikni tasdiqlash shakli ariza beruvchi tomonidan tanlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
51. Telekommunikatsiyalar uskunalarining muvofiqligi, muvofiqlikni sertifikatlashtirish yoki muvofiqlikni deklaratsiya qilish shakllarida tasdiqlanadi.
3-§. Muvofiqlikni tasdiqlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
52. Telekommunikatsiyalar uskunalarning ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligi sertifikatlashtirish yoʻli bilan quyidagi sxemalarning birini qoʻllash orqali tasdiqlanadi:
1S sxema — seriyali ishlab chiqariladigan telekommunikatsiyalar uskunalarini sertifikatlashtirishda qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolatlagan shaxs) hisoblanadi va sertifikatlangan telekommunikatsiyalar uskunalarining muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanishini taʼminlaydi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
2S sxema — ishlab chiqaruvchida menejment tizimlarining sertifikati mavjud boʻlgan seriyali ishlab chiqarilgan telekommunikatsiyalar uskunalari uchun qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolatlagan shaxs) hisoblanadi va sertifikatlangan telekommunikatsiyalar uskunalarining muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanishini taʼminlaydi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
3S sxema — telekommunikatsiyalar uskunalari toʻpi uchun qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolatlagan shaxs) yoki import qiluvchi (sotuvchi) hisoblanadi va sertifikatlangan telekommunikatsiyalar uskunalarining muvofiqlik belgisi bilan (import qilingan telekommunikatsiyalar uskunalari ariza beruvchiga qulay shaklda) tamgʻalanishini taʼminlaydi. Telekommunikatsiyalar uskunalari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgunga qadar mazkur sxema orqali sertifikatlanishi mumkin. Bunda sertifikatlanayotgan telekommunikatsiyalar uskunalarining tanlab olingan namunalariga va ularni sertifikatlashtirish organiga yetkazib berishga ariza beruvchi masʼul hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
4S sxema — yagona (bitta) buyum uchun ushbu Texnik reglamentda belgilangan sinov va oʻlchashlarni oʻtkazish jarayonida ushbu buyumga putur yetkazilmasa, qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolatlagan shaxs) yoki import qiluvchi (sotuvchi) hisoblanadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
5S sxema — tayyor telekommunikatsiyalar uskunalarini sinov va oʻlchashlarda ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligini toʻliq tasdiqlash imkoni mavjud boʻlmagan seriyali ishlab chiqariladigan telekommunikatsiyalar uskunalari uchun qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolatlagan shaxs) hisoblanadi va sertifikatlangan telekommunikatsiyalar uskunalarining muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanishini taʼminlaydi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
6S sxema — tayyor telekommunikatsiyalar uskunalarini sinash va oʻlchashlarda ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligini toʻliq tasdiqlash imkoni mavjud boʻlmaganda hamda ishlab chiqaruvchida menejment tizimlarining sertifikati mavjud boʻlgan seriyali ishlab chiqarilgan telekommunikatsiyalar uskunalari uchun qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolatlagan shaxs) hisoblanadi va sertifikatlangan telekommunikatsiyalar uskunalarining muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanishini taʼminlaydi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
7S sxema — seriyali ishlab chiqarishga moʻljallangan telekommunikatsiyalar uskunasi uchun mahsulot modifikatsiyalarini chiqarish rejalashtirilgan hollarda qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolatlagan shaxs) hisoblanadi va sertifikatlangan telekommunikatsiyalar uskunalarining muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanishini taʼminlaydi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
8S sxema — seriyali ishlab chiqarish uchun moʻljallangan telekommunikatsiyalar uskunasi modifikatsiyalarini chiqarish rejalashtirilgan va ishlab chiqaruvchida menejment tizimlarining sertifikati mavjud boʻlgan seriyali ishlab chiqarilgan telekommunikatsiyalar uskunalari uchun qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolatlagan shaxs) hisoblanadi va sertifikatlangan telekommunikatsiyalar uskunalarining muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanishini taʼminlaydi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
9S sxema — respublika hududidagi korxonalarni jihozlash uchun moʻljallangan yagona (bitta) buyumlarga qoʻllanadi. Mazkur sxema boʻyicha texnik hujjatlarni tahlil qilish asosida sertifikatlanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolatlagan shaxs) yoki import qiluvchi (sotuvchi) hisoblanadi.
4-§. Muvofiqlikni deklaratsiyalash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
53. Telekommunikatsiyalar uskunalarning ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligi deklaratsiyalash yoʻli bilan quyidagi sxemalarning birini qoʻllash orqali tasdiqlanadi:
1D sxema — seriyali ishlab chiqarilgan telekommunikatsiyalar uskunalari uchun ariza beruvchining oʻz dalillariga asoslanib muvofiqlikni eʼlon qilishda qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi yoki u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs hisoblanadi;
2D sxema — telekommunikatsiyalar uskunalarining toʻpi yoki yagona telekommunikatsiyalar uskunasi uchun ariza beruvchining oʻz dalillari asosida muvofiqlikni eʼlon qilishda qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi;
3D sxema — seriyali ishlab chiqarilgan telekommunikatsiyalar uskunalari uchun sinov laboratoriyasi ishtirokida olingan dalillar va ariza beruvchining oʻz dalillari (agar mavjud boʻlsa) asosida muvofiqlikni deklaratsiyalashda qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi yoki u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs hisoblanadi;
4D sxema — telekommunikatsiyalar uskunalarining toʻpi yoki yagona telekommunikatsiyalar uskunasi uchun, sinov laboratoriyasi ishtirokida olingan dalillar va ariza beruvchining oʻz dalillari (agar mavjud boʻlsa) asosida muvofiqlikni deklaratsiyalashda qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi;
5D sxema — seriyali ishlab chiqarishga moʻljallangan telekommunikatsiyalar uskunalari uchun mahsulot modifikatsiyalarini chiqarish rejalashtirilganda qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi yoki u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs hisoblanadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
6D sxema — ishlab chiqaruvchi menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi tomonidan sertifikatlanib, joriy etilgan menejment tizimiga ega boʻlgan seriyali ishlab chiqarilgan telekommunikatsiyalar uskunalari uchun qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi yoki u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
54. Sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan texnik vositalar bozorga muomalaga chiqarishdan yoki ularni foydalanishga topshirishdan oldin telekommunikatsiyalar uskunalari Texnik reglament talablariga muvofiqligini tasdiqlash tartib-taomili asosida sertifikatlashtirishdan oʻtgan boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
55. Sertifikatlashtirish shaklida muvofiqligi tasdiqlanishi lozim boʻlgan texnik vositalarning roʻyxati ushbu Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
56. Telekommunikatsiyalar uskunalarini sertifikatlashtirish tartibi texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi milliy sertifikatlashtirish tizimining tegishli normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq belgilanadi.
5-§. Namunalarni tanlab olish va sinovlar oʻtkazish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
57. Namunalar telekommunikatsiyalar uskunalarining ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida tanlab olinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
58. Texnik jihatdan tartibga solishning muayyan obyektini xavfsizlik koʻrsatkichlari boʻyicha sinovlardan oʻtkazish usullari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarida belgilanadi.
5-bob. Oʻtish davri
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
59. Texnik reglament kuchga kirgan paytdan boshlab texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan va ushbu Texnik reglament bilan nazarda tutilgan telekommunikatsiyalar uskunalarining xavfsizligiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydigan standartlar ushbu Texnik reglamentga muvofiqlashtirilgunga qadar ushbu Texnik reglamentga zid boʻlmagan qismida qoʻllanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
60. Ushbu Texnik reglament kuchga kirgunga qadar telekommunikatsiyalar uskunalari uchun belgilangan tartibda olingan muvofiqlik sertifikatlari quyidagi muddatlarda amal qilishni davom etadi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
seriyali ishlab chiqarilgan telekommunikatsiyalar uskunalari uchun muvofiqlik sertifikatlari — ushbu sertifikatlarda belgilangan muddat davomida;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
telekommunikatsiyalar uskunalarining alohida toʻplari uchun muvofiqlik sertifikatlari — ushbu toʻpni bozorda sotish muddati davomida.
6-bob. Davlat nazoratini oʻtkazish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
61. Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda ularning hududiy organlari, shuningdek, boshqa maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7-bob. Texnik reglament talablariga rioya qilmaganlik uchun javobgarlik
62. Texnik reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Telekommunikatsiyalar uskunalari xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentga 1-ILOVA
Texnik reglament talablari tegishli boʻlgan texnik tartibga solish obyektlari
1. Raqamli kommutatsiya tizimlari.
2. Mobil aloqa tarmoqlarining kommutatsiya quyi tizimlari.
3. Tarmoq qoʻshimcha xizmatlarini koʻrsatuvchi uskunalar.
4. Keyingi avlod tarmoq uskunalari.
5. Simli va simsiz ulanadigan oxirgi terminal uskunalari.
6. Mobil aloqa tizimlari.
7. Radioaloqa, radioeshittirish va televideniyening yerusti va sunʼiy yoʻldosh tizimlari.
8. Yerusti sunʼiy yoʻldoshli navigatsiya va pozitsiyalash tizimlari.
9. Kabelli televideniye va radioeshittirish tizimlari.
10. Radioboshqaruv va telemetriya qurilmalari.
11. Studiya audio va videoapparaturasi.
12. Tasvirni qayta aks ettirish qurilmalari.
13. Antennalar va fider qurilmalari.
14. Raqamli uzatish tizimlari uskunalari.
15. Simli va simsiz ulanadigan maʼlumotlarni uzatish uskunalari.
16. Tarmoqni boshqarish va monitoring qilish tizimi uskunalari.
17. Elektr taʼminoti uskunalari.
18. Mikroiqlimni saqlash hamda nazorat qilish qurilmalari va tizimlari.
19. Aloqa kabellari va kabel uskunalari.
20. Qabul qiluvchi va uzatuvchi apparatura.
21. Radioaloqa uskunalari va apparaturasi.
22. Radiotelefon uskunalari.
23. Axborot texnologiyalari uskunalari.
24. Kompyuterga ulash uchun moʻljallangan elektromexanik va elektron qurilmalar va uskunalar.
25. Radioelektron va televizion apparatura.
26. Simli aloqa uskunalari va apparaturasi.
27. Radioreleli va statsionar sunʼiy yoʻldosh aloqa tizimlari.
28. Radiolokatsiya va radionavigatsiya vositalari.
29. Foydalaniladigan tokning kimyoviy manbalaridan va ularning konstruksiyasidan qatʼi nazar, akkumulyatorlar va akkumulyator batareyalari.
30. Dizel generatorlari.
Telekommunikatsiyalar uskunalari xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentga 2-ILOVA
Muvofiqligi tasdiqlanishi lozim boʻlgan telekommunikatsiyalar uskunalari
ROʻYXATI
T/r
Mahsulot nomi
TIF TN kodi
1.
Faks mashinalari
8443 32 300 0
2.
Oʻrnatilgan bosib chiqarish moslamasi boʻlgan boshqa elektron hisoblash mashinalari
8470 21 000 0
3.
Hisoblash mashinalari, kassa apparatlari, terminallar
8470 30 000 0
8470 50 000 1
8470 50 000 9
4.
Maʼlumotlarni qayta ishlash bloklari, 8471 41 yoki 8471 49 subpozitsiyalarda tavsiflangandan farqlanadigan bitta korpusda quyidagi qurilmalardan biri yoki ikkitasi boʻlgan yoki boʻlmagan: xotira qurilmalari, kiritish qurilmalari, chiqarish qurilmalari
8471 50 000 0
5.
Boshqalar (portativ RFID kartalari uchun qurilmalar “IP Intercom”)
8471 70 700 0
8471 90 000 0
6.
Tangalarni saralash, sanash yoki qadoqlash uchun uskunalar, bankomatlar, matnni qayta ishlash qurilmalari
8472 90 100 0
8472 90 300 0
8472 90 910 0
8472 90 920 0
7.
Hisoblash mashinalari va ularning bloklariga audiosignallarni qayta ishlash imkonini beradigan apparatura (ovoz kartalari); kamida radiokarnaylar va/yoki mikrofon va hisoblash mashinasi va uning bloklariga audiosignallar (ovoz kartasi)ni qayta ishlash imkonini beradigan elektron moduldan tashkil topgan, chakana savdo uchun moʻljallangan hisoblash mashinalari va ularning bloklarini modernizatsiya qilish uchun toʻplamlar
8473 30 200 2
8473 30 200 8
8473 40 170 0
8473 40 700 0
8473 50 200 0
8473 50 800 0
8.
Simsiz telefon bilan simli aloqa uchun telefon apparatlari
8517 11 000 0
9.
Smartfonlar, mobil tarmoqlar yoki boshqa simsiz tarmoqlar uchun boshqa telefon apparatlari
8517 13 000 0
8517 14 000 0
10.
Axborotni uzatish yoki qabul qilish uchun uskunalar (SIP-dan foydalanadigan uskunalar)
8517 18 000 0
11.
Baza stansiyalari, radiokirish tarmogʻi uskunalari, radiouzatuvchi qurilmalar, raqamli avtomatik telefon stansiyalari
8517 61 000 1
8517 61 000 2
8517 61 000 8
12.
Kompyuter qurilmalari, abonent stansiyalari, sinxron raqamli iyerarxiya (SDN) uzatish tizimlari uchun uskunalar, plezioxron raqamli iyerarxiya (PDN) uzatish tizimlari uchun uskunalar, kirish tarmoq uskunalari, IP tarmoqlari orqali real vaqt rejimida maʼlumotlarni uzatish funksiyasini amalga oshiradigan uskunalar, raqamli RVX, asosiy tarmoq (C№ UMTS), CDMA2000 IX uskunalari, xDSL mahalliy liniya uskunalari, WLA№ mahalliy tarmoqlari uchun simsiz keng polosali ulanishga ega maʼlumotlarni uzatish uskunasi, WDM uskunalari
8517 62 000 9
8517 62 000 2
8517 62 000 3
13.
Videotelefonlar, domofonlar, radiotelefon yoki radiotelegraf aloqalari uchun qabul qiluvchi uskunalar
8517 69 100 0
8517 69 200 0
8517 69 390 0
8517 69 900 0
14.
Radiotelegraf yoki radiotelefon uskunalari uchun antennalar, motorli transportda oʻrnatilgan portativ qurilmalar yoki qurilmalar uchun teleskopik va teskari antennalar va boshqalar*
851771 110 0
8517 71 150 0
8517 71 190 0
15.
Mikrofonlar va ular uchun oʻrnatma (podstavka)lar
8518 10 300 0
8518 10 960 0
16.
Korpusga oʻrnatilgan yoki oʻrnatilmagan radiokarnaylar
8518 21 000 0
8518 22 000 0
8518 29 300 0
17.
Simli telefon apparatlari
8518 30 200 0
8518 30 950 0
18.
Telefon va oʻlchagich kuchaytirgichlari, telefon kuchaytirgichlar, tovushni kuchaytiruvchi elektr toʻplamlari va boshqalar
8518 40 300 2
8518 40 300 8
8518 40 800 0
8518 50 000 0
19.
Avtojavob berish telefonlari
8519 81 100 0
20.
Radioeshittirish uchun ovozni yozish qurilmalari
851981 110 0
21.
Ovozni yozish yoki ovozni chiqarish apparaturalari
8519 20 100 0
8519 20 910 0
8519 20 990 0
8519 30 000 0
8519 81 110 0
8519 81 150 0
851981 210 0
8519 81 250 0
8519 81 310 0
8519 81 350 0
8519 81 450 0
8519 81 500 0
851981 510 0
8519 81 550 1
8519 81 550 9
8519 81 650 1
8519 81 650 9
8519 81 750 1
8519 81 750 9
8519 81 810 1
8519 81 810 9
8519 81 850 1
8519 81 850 9
8519 81 950 0
8519 89 110 0
8519 89 150 0
8519 89 190 0
8519 89 900 0
22.
Smart-kartalar (RFID tizimlari uchun smart-kartalar), ikki yoki undan ortiq elektron integral mikrosxemalar bilan, taʼsiri yaqinlikka asoslangan maxsus belgilar qoʻllanadigan kartalar va birkalar
8523 52 100 0
8523 52 900 1
8523 52 900 9
23.
Yassi displey paneli modullari, shu jumladan, sensorli ekranlar: drayverlarsiz yoki boshqaruv zanjirlarisiz
8524 11 002 1
24.
8518 40 300 2 telefon subpozitsiyasi kuchaytirgichlari uchun
8524 12 002 1
8524 19 002 1
8524 91 002 1
8524 92 002 1
8524 99 002 1
25.
Uzatuvchi uskunalar, qabul qiluvchi uskunalar
8525 50 000 0
8525 60 000 0
26.
Televizion kameralar, raqamli kameralar va videokameralar
Keng ommaga eshittirish radiopriyomniklari, tashqi elektr taʼminotisiz ishlashga qodir boʻlganlar, ovoz yozish yoki ovozni qayta tiklash apparaturalari bilan birlashtirilgan boshqa apparatlar va boshqalar, keng ommaga eshittirish radiopriyomniklari, tashqi elektr taʼminotisiz ishlashga qodir boʻlmaganlar, motorli transport vositalarida qoʻllanadiganlar, 8701 — 8705 tovar pozitsiyalaridagi motorli transport vositalari, ularning uzellari va agregatlarining sanoat yigʻuvi uchun, ovoz yozish yoki ovozni qayta tiklash apparatlari bilan birlashtirilgan, ovoz yozish yoki ovozni qayta tiklash apparatlari bilan birlashtirilmagan, biroq soatlar joylashtirilgan va boshqalar
8527 12 100 0
8527 12 900 0
8527 13 100 0
8527 13 910 0
8527 13 990 0
8527 19 000 0
8527 21 200 0
8527 21 520 0
8527 21 590 0
8527 21 700 0
8527 21 920 0
8527 21 980 0
8527 29 000 0
8527 91 110 0
8527 91 190 0
8527 91 350 0
8527 91 910 0
8527 91 990 0
8527 92 100 0
8527 92 900 0
8527 99 000 0
29.
Monitorlari elektron-nurli, katod trubkali va boshqalar
8528 42 100 0
8528 42 300 0
8528 42 900 0
8528 49 100 0
8528 49 800 0
30.
Monitorlar, 8471 tovar pozitsiyasidagi kompyuterlarga toʻgʻridan-toʻgʻri ulangan va ulardan foydalanish uchun moʻljallangan
8528 52 100 0
8528 52 300 0
8528 52 900 0
8528 59 100 0
8528 59 900 0
31.
Proyektorlar, faqat yoki asosan 8471 tovar pozitsiyasining hisoblash tizimlarida foydalaniladigan turdagi, kompyuterdan olingan raqamli maʼlumotlarni koʻrsatishga qodir boʻlgan tekis displey paneli (masalan, suyuq kristalli apparatura) orqali boshqariladigan va boshqalar
8528 62
8528 69
32.
Videodispley yoki ekranga kiritish uchun moʻljallanmagan, videotyunerlar, kompyuterlarga joylashtirish uchun elektron modullar, internetga kirish uchun modemga ega va interaktiv maʼlumot almashish funksiyasiga ega boʻlgan, televizion signallarni qabul qilish funksiyasiga ega mikroprotsessorli qurilmalar (aloqa funksiyali televizion qabul qiluvchilar)
8528 71 110 0
8528 71 150 0
8528 71 190 0
8528 71 910 0
8528 71 990 0
33.
Monitorlar va proyektorlar, qabul qilish uskunalari televizion uskunalarni oʻz tarkibiga olmaydigan; televizion aloqalar uchun qabul qiluvchi uskunalar, videoyozuv yoki videoni qayta ishlab chiqarish uskunalari, suyuq kristall LCD yoki plazmali ekran, suyuq kristalli displey texnologiyasidan foydalangan holda tayyorlangan ekran bilan, plazmali panelli texnologiyadan foydalangan holda tayyorlangan ekran bilan, monoxrom tasvirli
8528 72 100 0
8528 72 200 1
8528 72 200 9
8528 72 300 1
8528 72 300 2
8528 72 300 3
8528 72 300 9
8528 72 400 0
8528 72 600 0
8528 72 800 0
8528 73 000 0
34.
Antennalar va barcha turdagi antennalar, qismlar, ushbu mahsulotlar bilan ishlatiladigan buyumlar va boshqalar *
8529 10 110 0
8529 10 310 0
8529 10 390 0
8529 10 650 0
8529 10 690 0
8529 10 800 0
8529 10 950 0
35.
Teleradiokompaniya tizimining uskunalari, yerusti raqamli teleeshittirishni qabul qilish uchun uskunalar
8543 70
8543 70 800 1
8543 70 800 2
8543 70 800 3
8543 70 800 5
8543 70 800 6
8543 70 800 7
8543 70 800 7
8543 70 800 9
8543 90 000 0
36.
Radiochastotali koaksial kabellar
8544 20 000 0
37.
Optik tolali kabellar
8544 70 000 0
38.
1000 V dan oshmaydigan kuchlanish uchun elektr oʻtkazgichlar, telekommunikatsiyalarda qoʻllanadi:
8544 42 100 0
8544 42 900 1
8544 49
8544 49 200 0
39.
Optik tolalar, optik tolali toʻplamlar va kabellar
9001 10 100 0
9001 10 900 1
9001 10 900 9
40.
Telekommunikatsiyalar uchun maxsus moʻljallangan asboblar va apparatura, boshqalar (masalan, kesishuvchi toʻsiqlar, kuchayish koeffitsiyentlari, buzilish koeffitsiyentlari oʻlchagichlari, psofometrlar)
9030 40 000 0
* Mahsulotning muvofiqligi muvofiqlikni deklaratsiyalash yoki sertifikatlashtirish yoʻli bilan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 839-son qaroriga 2-ILOVA
Telekommunikatsiyalar uskunalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni joriy etish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
1. Telekommunikatsiyalar uskunalariga doir amaldagi standartlar roʻyxatini tuzadi va xatlovdan oʻtkazadi.
Uch oy muddatda
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
2. Texnik reglament talablariga rioya etilishini taʼminlaydigan hamda texnik reglamentlarda belgilangan telekommunikatsiyalar uskunalarning muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan namunalarni olish, sinash va oʻlchash usullarini belgilaydigan standartlar roʻyxatlarini shakllantiradi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
Bir oy muddatda
2-bosqich
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Telekommunikatsiyalar uskunalarning Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash uchun sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarini akkreditatsiyadan oʻtkazish koʻlamini kengaytirish choralarini koʻradi.
Olti oy muddatda
3-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholini, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, tadbirkorlik subyektlarini keng miqyosda xabardor qilishni taʼminlaydi.
Jadvalga muvofiq
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
4-bosqich
Tadbirkorlik subyektlari
1. Texnik reglamentni oʻrganadi, masʼul xodimlarni oʻqitadi va Texnik reglamentni oʻz faoliyatida joriy qiladi.
Kelishilgan muddatlarda
2. Muvofiqlikni baholash tartibotidan oʻtkazish uchun tegishli mahsulot namunalarini Texnik reglament talablariga muvofiq tayyorlaydi.
Texnik reglament kuchga kirgan kundan boshlab
5-bosqich
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
Belgilangan tartibda
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
6-bosqich
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Texnik reglamentni qoʻllash amaliyotini monitoring qiladi va maʼlumotlarni tizimli asosda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Har chorakda
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 09/25/839/1247-son)