toggle_night_mode
Hujjat 29.12.2025 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
qarori
Mikromoliya tashkilotlari, lombardlar va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligiga doir minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 27-dekabrdagi roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3260-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-son “Qonunchilik hujjatlarida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish hamda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 27-iyundagi 15/6-son qarori (roʻyxat raqami 3260, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3260/1079-son) bilan tasdiqlangan Mikromoliya tashkilotlari, lombardlar va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligiga doir minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“amalga oshirilgan toʻlovlarga oid maʼlumotlarni elektron tarzda 5 yil davomida saqlash;”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 25-dekabr,
35/15-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 10/25/3260-1/1232-son)