Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobot shakllarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining
Suv kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 12-iyundagi 26-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobot shakllarini tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3255, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3255/1031-son)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobot shakllarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
nomidan “kasb-hunar maktablari, kollejlar va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
matnidagi “kasb-hunar kollejlarida” degan soʻzlar “texnikumlarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 16-ilovaning
matnidagi “Suv isteʼmolchilari” degan soʻzlar “Suvdan foydalanuvchilar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“1940 — 1943-toifalar” pozitsiyalaridagi “kasb-hunar kollejlarida” degan soʻzlar “texnikumlarda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“9270-toifa” va “9280-toifa” pozitsiyalaridagi “suv isteʼmolchilari” degan soʻzlar “suvdan foydalanuvchilar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“9272-toifa” va “9282-toifa” pozitsiyalaridagi “Suv isteʼmolchilari” va “suv isteʼmolchilari” degan soʻzlar tegishli ravishda “Suvdan foydalanuvchilar” va “suvdan foydalanuvchilar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 23-ilovaning
matnidagi “kasb-hunar kollejlari” va “Kasb-hunar kollejlari” degan soʻzlar “texnikumlar” va “Texnikumlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.