toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Aholining ehtiyojmand qatlamlariga hududlarda kompleks ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Aholi ehtiyojmand qatlamlarining ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ularning ijtimoiylashuvini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
(a) ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun ularni jamiyatga integratsiya qilishga qaratilgan ijtimoiy xizmatlarni joriy etish;
(b) cheklovlarsiz va jamiyat bilan uzviy bogʻlangan ijtimoiy xizmat koʻrsatish shakllarini joriy etish orqali internat shaklida xizmat koʻrsatish tizimini noinstitutsionallashtirish jarayonlarini jadallashtirish;
(v) aholini ijtimoiy himoya qilishda nodavlat sektorning ulushini oshirish orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish.
II. Hududiy ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish
2. 2025-yilda Andijon va Toshkent shaharlarida tajriba tariqasida Hududiy ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy markazlar) faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Andijon shahri va Toshkent shahri Shayxontohur tumanida tashkil etilgan hududiy markazlar tajribasi asosida 2026-2027-yillar davomida bosqichma-bosqich 21 ta hududiy markaz faoliyati yoʻlga qoʻyilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-avgustdagi PF-146-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2026-y., 06/26/146/0811-son)
4. Belgilansinki:
(a) hududiy markazlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari tizimida davlat muassasasi sifatida tashkil etiladi;
(b) hududiy markazlar faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
(v) hududiy markazlar faoliyati uchun zarur shtat birliklari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tashkilotlarning maqbullashtiriladigan shtatlari hisobidan shakllantiriladi. Bunda Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktoriga Davlat budjetidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyati uchun ajratilgan mablagʻlar hamda Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan hududiy markazlar faoliyati uchun zarur shtat birliklarini joriy etish va moliyalashtirish huquqi berilsin.
5. Quyidagilar hududiy markazlar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
(a) aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari, shu jumladan, nogironligi boʻlgan shaxslar, oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar va ogʻir hayotiy vaziyatdagi bolalarga ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatilishini tashkil etish;
(b) rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarni toʻgʻri parvarishlash boʻyicha oila aʼzolari va parvarishlash bilan band boʻlgan boshqa shaxslarning koʻnikmalarini mustahkamlash;
(v) ogʻir hayotiy vaziyatdagi bolalarning ijtimoiy moslashuvidagi muammolarni oʻrganish orqali ularning jamiyatga integratsiyasini taʼminlash;
(g) psixologik-pedagogik, taʼlim va boshqa ijtimoiy xizmatlarni taqdim etish.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) hududiy markazlar tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga reabilitatsiya, abilitatsiya, fizioterapiya va davolash-jismoniy tarbiya, qarab turish va parvarishlash xizmatlari koʻrsatiladi. Bunda mazkur xizmatlar nodavlat tashkilotlarni, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni jalb etish orqali ham koʻrsatilishi mumkin;
(b) qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda (xizmat xarajatlarini vaucher asosida yoki kompensatsiya shaklida qoplash) foydalanish huquqiga ega shaxslar hududiy markazlar xizmatlaridan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining yoʻllanmasi asosida foydalanadi. Bunda ushbu shaxslarga yoʻllanma “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beriladi;
(v) hududiy markazlarning xizmatlaridan foydalanish bilan bogʻliq barcha tartib-taomillar Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimlari orqali toʻliq elektron shaklda amalga oshiriladi.
7. Quyidagilar:
(a) Hududiy ijtimoiy xizmatlar markazlarining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(b) Hududiy ijtimoiy xizmatlar markazlarini joylashtirish uchun ajratiladigan vazirlik va idoralar hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi balansidagi yer uchastkalari va bino-inshootlarning roʻyxati 2 va 2a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
III. Tashkiliy chora-tadbirlar
8. Hududiy markazlarni aholiga ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish uchun zarur bino-inshoot va infratuzilma bilan taʼminlash maqsadida:
(a) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir oy muddatda vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq bino-inshootlarni Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalariga operativ boshqaruv huquqi asosida ajratsin;
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bir oy muddatda mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq Ijtimoiy himoya milliy agentligi foydalanishida boʻlmagan yer uchastkalarining belgilangan tartibda zaxiraga qaytarilishini va qonunchilik hujjatlariga muvofiq Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boʻlinmalariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishini taʼminlasin.
9. Belgilansinki:
(a) hududiy markazlarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash bilan bogʻliq xarajatlar Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
(b) mazkur qarorga 2 va 2a-ilovalarda koʻrsatilgan bino-inshootlarda loyihalash, qurilish, taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat beriladi.
10. Ijtimoiy himoya milliy agentligi:
(a) 2026-yil 1-mayga qadar:
Oldingi tahrirga qarang.
(i) hududiy markazlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha dastur hamda ularning faoliyatiga qoʻyiladigan talablarni;
(10-band “a” kichik bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-avgustdagi PF-146-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2026-y., 06/26/146/0811-son)
(ii) 2027 — 2029-yillarda hududiy markazlar faoliyatini yoʻlga qoʻyishning maqsadli koʻrsatkichlarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi Hukumatga kiritilishini taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
(b) 2026-yil yakuniga qadar Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida hududiy markazlar faoliyatini monitoring qilish imkoniyatini yaratsin.
(10-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-avgustdagi PF-146-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2026-y., 06/26/146/0811-son)
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda hududiy markazlar faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan bino-inshootlarda qurilish, taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlarini moliyalashtirish boʻyicha takliflarni kelgusi yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritib borsin.
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
12. Ijtimoiy himoya milliy agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya boʻyicha maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov belgilansin.
14. Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 18-dekabr,
PQ-383-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PQ-383-son qaroriga
1-ILOVA
Hududiy ijtimoiy xizmatlar markazlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI

Markaz direktori

Dasturlarni muvofiqlashtiruvchi mutaxassis

Bosh hisobchi

Bosh yuriskonsult

Kompleks reabilitatsiya xizmatlari boʻlimi *

Kadrlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassis **

Izoh:
1. Markaz boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni uning turidan (kichik, oʻrta va yirik hajmli yoki ixtisoslashtirilgan) kelib chiqib — 4 — 35 birlikni tashkil etadi. Markaz boshqaruv xodimlari mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining quyidagi xodimlariga tenglashtiriladi: Markaz boshligʻi — direktorga, dasturlarni muvofiqlashtiruvchi mutaxassis, bosh hisobchi va bosh yuriskonsult — bosh mutaxassisga, kadrlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassis — yetakchi mutaxassisga.
2. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun shtatlar soni qonunchilikda belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi. Zaruratga koʻra, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda namunaviy tuzilmaga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
* Ijtimoiy himoya milliy agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishgan holda Kompleks reabilitatsiya xizmatlari boʻlimini tashkil etishi mumkin. Bunda ushbu boʻlim uchun kiritiladigan shtatlardagi xodimlar mehnatga haq toʻlash miqdorlari va ragʻbatlantirish shartlari boʻyicha reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlariga tenglashtiriladi.
** Shtatlar soni 15 birlikdan ortiq boʻlganda shtatlar jadvaliga kadrlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassis shtati kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PQ-383-son qaroriga
2-ILOVA
Hududiy ijtimoiy xizmatlar markazlarini joylashtirish uchun ajratiladigan vazirlik va idoralar balansidagi yer uchastkalari va bino-inshootlarning
ROʻYXATI

T/r

Tuman (shahar) nomi

Manzili*

Balansda saqlovchi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

Nukus shahri

Nukus shahri, “Almazar” MFY, Kuyashli koʻchasi, 2-uy

(Nukus shahri tibbiyot birlashmasiga qarashli jarrohlik boʻlimi)

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Andijon viloyati

2.

Shahrixon tumani

Shahrixon tumani, “Mustaqillik” MFY, Musa Jalil koʻchasi, 23-uy

(Yoshlar ishlari boʻlimining sobiq binosi)

Yoshlar ishlari agentligi

Navoiy viloyati

3.

Navoiy shahri

Navoiy shahri, “Farovon” MFY, Yangi Navoiy shaharchasi hududidagi yer uchastkasi

Navoiy viloyati hokimligi

“Mustaqillik” MFY, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 21-uy manzilida joylashgan yer uchastkasi va bino-inshootlar**

Adliya vazirligi

Sirdaryo viloyati

4.

Guliston shahri

Guliston shahar, “Boʻston” MFY, Guliston shohkoʻchasi, 178-uy

(Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 12:10:43:01:01:00557, 12:10:43:01:01:00551, 12:10:43:01:01:00560 kadastr raqamlari ostidagi bino-inshootlari)

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Surxondaryo viloyati

5.

Termiz shahri

Termiz shahri, S. Sohibov koʻchasi, 12-uy

(Sobiq Termiz shahar 9-sonli ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabi binosi)

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

6.

Sariosiyo tumani

Sariosiyo tumani, Abdulla Qahhor koʻchasi, 130-uy

(Sariosiyo tumani 94-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi (sobiq 66-sanatoriya maktab internati) binolarining bir qismi va yer uchastkasi:

19:10:41:02:05:00260,

19:10:41:02:05:00252 kadastr raqamlari ostidagi bino-inshootlar)

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Toshkent viloyati

7.

Chirchiq shahri

Chirchiq shahri, Alisher Navoiy koʻchasi, 331-uy

(Chirchiq shahar sobiq 14-sonli Mehribonlik uyi)

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

8.

Bekobod tumani

Bekobod tumani, “Oltin vodiy” MFY hududida joylashgan yer uchastkasi

Toshkent viloyati hokimligi

Xorazm viloyati

9.

Urganch shahri

Urganch shahri, “Gulzor” MFY, Gʻ.  Gʻulomov koʻchasida joylashgan yer uchastkasi

Xorazm viloyati hokimligi

* Mazkur ilova va kadastr hujjatlarida obyektlarning nomlanishi hamda manzillari oʻrtasida tafovut yuzaga kelganda obyektlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida aniqlik kiritiladi.
** Ushbu yer uchastkasi va bino-inshootlardan yangi ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish yoki hududiy boʻlinma yoxud tizim tashkilotlarini joylashtirish uchun foydalanilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PQ-383-son qaroriga
2a-ILOVA
Hududiy ijtimoiy xizmatlar markazlarini joylashtirish uchun ajratiladigan Ijtimoiy himoya milliy agentligi balansidagi yer uchastkalari va bino-inshootlarning
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tuman (shahar) nomi

Manzili

Buxoro viloyati

1.

Buxoro shahri

Buxoro shahri, “A. Donish” MFY, Piridastgir koʻchasi, 1/1 uy

Jizzax viloyati

2.

Jizzax shahri

Jizzax shahri, “Kimyogar” MFY, Toʻmaris koʻchasi, 85g-uyda joylashgan yer uchastkasi

Qashqadaryo viloyati

3.

Kitob tumani

Kitob tumani, “Mustaqillik” MFY, Istiqlol koʻchasi, 34-uy

Namangan viloyati

4.

Namangan shahri

Namangan shahri, Davlatobod tumani, 2-kichik tuman “Toʻquvchi” MFY, Gʻarbiy koʻchasi, 2-a uy

5.

Kosonsoy tumani

Kosonsoy tumani, “Gulobod” MFY, Meʼmor koʻchasi, 148-uy

Samarqand viloyati

6.

Samarqand shahri

Samarqand shahri, Daxbed koʻchasi, 41-uy

Surxondaryo viloyati

7.

Denov tumani

Denov tumani, “Nurli manzil” MFY, Sh. Rashidov koʻchasi, 318-uy manzilidagi yer uchastkasi

Toshkent viloyati

8.

Nurafshon shahri

Nurafshon shahri, “Qumariq” MFY hududidagi yer uchastkasi

Toshkent shahri

9.

Toshkent shahri

Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 19-mavze, Dehqonobod koʻchasi, 10 uy

91.

Toshkent shahri

Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Baynalmilal koʻchasi, 24-uy

Fargʻona viloyati

10.

Qoʻqon shahri

Qoʻqon shahri, Oq uylik koʻchasi, 22-uy

11.

Rishton tumani

Rishton tumani, “Farovonlik” MFY, B. Roshidoniy koʻchasi, 276-a-uy

(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-avgustdagi PF-146-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2026-y., 06/26/146/0811-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2025-y., 07/25/383/1196-son; 04.08.2026-y., 06/26/146/0811-son)