toggle_night_mode
Hujjat 16.12.2025 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 15-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2773-13]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-iyuldagi PF-109-son “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining sifatini baholash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 500-son “Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi va 2024-yil 5-avgustdagi 481-son “Oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi litsenziyalash va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish bilan bogʻliq ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-son qarori (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 14-son, 133-modda) bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mazkur buyruqqa ilovaning 7-bandi 2026-yil 28-fevraldan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 1-dekabr,
305-son
Kelishildi:
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
2025-yil 30-oktabr
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 28-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 1-dekabrdagi 305-son buyrugʻiga
ILOVA
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
deklaratsiyalovchi shaxs — bojxona organlariga BYDni oʻz nomidan taqdim etayotgan deklarant yoki deklarantning yoxud deklarant bilan shartnoma tuzgan bojxona brokerining shtat birligida boʻlgan BYDni toʻldirish, imzolash va bojxona organlariga deklarant nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis;”.
2. 25-bandning 2-kichik bandi oʻn sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarlar soddalashtirilgan yoʻlak yoki vakolatli iqtisodiy operatorlarni oʻzaro tan olish boʻyicha xalqaro bitimlar bilan bogʻliq boʻlgan hollarda deklarantning xohishiga koʻra grafaning pastki qismida “№” belgisidan soʻng yukni joʻnatuvchining STIRi yoki maxsus identifikatsiya raqami koʻrsatiladi.”.
3. 92-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
4. 4-ilovaning 47-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

47.

“Daryo porti” chegara bojxona posti

22011

”.

5. 10-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
a) 57-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

57.

Xorijiy avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va tranzit oʻtishi uchun ruxsatnoma

438

DOZV

”;

b) quyidagi mazmundagi 592 — 594 -pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:

592.

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni olib kirish uchun ruxsatnoma

442

OKRN

593.

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar uchun koʻrik dalolatnomasi

443

MKKD

594.

Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari uchun ekinboplik xulosasi

444

EKX

”;

d) 70-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

70.

Bojxona qiymati asos qilib olingan BYDsi

805

AsosGTD

”;

e) quyidagi mazmundagi 1084 — 10811-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:

1084.

Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari uchun raqamli QR kodli yorliq jamlanmasi

876

QRKY

1085.

Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga oʻtkazishda subyektlar (rezidentlar) oʻrtasidagi hisob varaq-faktura

877

BXF

1086.

Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tabiiy gazni magistral gaz oʻtkazish quvurlarida olib oʻtish boʻyicha yigʻma dalolatnoma

878

SVAKT

1087.

Hisob-kitob davrida tabiiy gazni yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnoma tuzuvchining qabul qilish-topshirish dalolatnomasi

879

AKSG

1088.

Gaz transportirovkasi boʻyicha xizmatlar koʻrsatish shartnomasi

880

GAZSH

1089.

Tabiiy gazni oʻlchash joylaridan olingan, olib kirilganligi va chiqilganligini tasdiqlovchi dalolatnomalar

881

AKS

10810.

Elektr energiyasining davlatlararo tijorat uzatilishi toʻgʻrisida dalolatnoma

882

KAKT

10811.

Elektr energiyasini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi

883

AKTPS

”.

7. 13-ilovaning “Bojxona organlari tomonidan undiriladigan bojxona bojlari va soliqlari” bobi quyidagi mazmundagi 11-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

11.

Qoʻshimcha bojxona boji

21

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/2773-13/1169-son)