1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.01.00 Umumiy masalalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Mamlakatimizda bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, bojxona tartib-taomillarini yanada soddalashtirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, bojxona maʼmurchiligi sohasidagi xalqaro standartlar talablaridan kelib chiqqan holda belgilanadigan talablarga javob beradigan insofli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini berishni nazarda tutuvchi vakolatli iqtisodiy operatorlar instituti joriy etildi.
Bugungi kunda respublikada vakolatli iqtisodiy operator maqomiga ega boʻlgan 25 ta yuridik shaxs bojxona operatsiyalarini amalga oshirishda maxsus soddalashtirishlardan foydalanib kelmoqda.
Mazkur institutning joriy etilishi bojxona tartib-taomillarining yanada soddalashtirilishiga, bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirishga, shuningdek, biznesni rivojlantirish yoʻlida byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga, oʻtgan davr mobaynida shakllangan amaliyot vakolatli iqtisodiy operatorlar institutini amaliyotga keng joriy etish borasida quyidagi tizimli vazifalarni hal etish zarurligini koʻrsatmoqda. Xususan:
birinchidan, vakolatli iqtisodiy operatorlar faoliyatini tashkil etish tartibini aniq belgilab berish, vakolatli iqtisodiy operatorlarga taqdim etiladigan maxsus soddalashtirishlar roʻyxatini sohaga oid xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda yanada kengaytirish;
ikkinchidan, vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish uchun tanlov mezonlarini va tartib-taomillarini yanada takomillashtirish;
uchinchidan, vakolatli iqtisodiy operatorlar institutini sohaga oid ilgʻor xorijiy tajriba va xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish.
Vazirlar Mahkamasining “Vakolatli iqtisodiy operator institutini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 29-apreldagi 363-son qaroriga muvofiq, shuningdek, bojxona tartib-taomillarini xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish, maxsus soddalashtirishlar roʻyxatini hamda vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish uchun tanlash mezonlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Vakolatli iqtisodiy operator institutini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 29-apreldagi 363-son qarorining 2-bandi va qarorga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda vakolatli iqtisodiy operatorlar institutini takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga doimiy ravishda takliflar kiritib borilsin.
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 24-avgust,
500-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 500-son qaroriga ILOVA
Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom vakolatli iqtisodiy operatorlar faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli iqtisodiy operator (keyingi oʻrinlarda — operator) — bojxona operatsiyalarni amalga oshirishda soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish uchun ushbu Nizom talablariga javob beruvchi yuridik shaxslarga beriladigan maqom;
yuridik shaxsning vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (keyingi oʻrinlarda — guvohnoma) — mazkur Nizomga 1-ilovadagi shaklga muvofiq elektron tarzda tuziladigan, operator maqomini tasdiqlovchi va bojxona operatsiyalarini amalga oshirishda maxsus soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini beruvchi, QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan elektron hujjat;
maxsus soddalashtirishlar — guvohnomaning turiga qarab qoʻllaniladigan alohida bojxona operatsiyalari va bojxona nazoratini amalga oshirish xususiyatlari;
vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestri (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) — bojxona operatsiyalarini amalga oshirishda soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqi berilgan va guvohnomaga ega boʻlgan yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) tomonidan shakllantiriladigan va Qoʻmitaning rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan roʻyxati;
yuridik shaxsning (operatorning) vakolatli shaxsi — ishonchnoma yoki tegishli shartnoma, shuningdek, bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha xizmat koʻrsatish shartnomasi asosida ushbu yuridik shaxs manfaatlaridan kelib chiqib, uning nomidan va/yoki topshirigʻi boʻyicha harakat qiluvchi shaxslar;
vakolatli organlar — sud, prokuratura organlari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosi, shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati, ichki ishlar va soliq organlari.
3. Operator reyestrga kiritilgan vaqtdan boshlab, xavf darajasi past boʻlgan toifaga kiradi.
4. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari operatorlar boʻla olmaydi.
bojxona masalalari boʻyicha vakolatli iqtisodiy operator (keyingi oʻrinlarda — bojxona masalalari boʻyicha operator) guvohnomasi ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan maxsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqini beradi;
xavfsizlik masalalari boʻyicha vakolatli iqtisodiy operator (keyingi oʻrinlarda — xavfsizlik masalalari boʻyicha operator) guvohnomasi ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan maxsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqini beradi;
bojxona va xavfsizlik masalalari boʻyicha vakolatli iqtisodiy operator (keyingi oʻrinlarda — bojxona va xavfsizlik masalalarida operator) guvohnomasi ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan maxsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqini beradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
6. Guvohnoma yuridik shaxs reyestrga kiritilgan kundan boshlab kuchga kiradi va 5 yil muddat amal qiladi.
Yuridik shaxs operatorlik faoliyatini davom ettirish maqsadida guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida 2 oy avval bojxona organlariga mazkur Nizomning 5-bobida belgilangan tartibda ariza bilan murojaat qilishi lozim.
Belgilangan muddat ichida murojaat qilmaslik, shu muddat tugagach guvohnomaning amalda bekor qilinishiga sabab boʻladi.
Guvohnomani boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
7. Guvohnoma ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq elektron tarzda beriladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Guvohnoma Qoʻmitaning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
3-bob. Reyestrni shakllantirish
8. Reyestr Qoʻmitaning yuridik shaxsni reyestrga kiritish haqidagi qaroriga asosan shakllantiriladi.
9. Qoʻmita yuridik shaxsni reyestrga kiritish, shuningdek, uning maqomini toʻxtatib turish, qayta tiklash yoki operatorni reyestrdan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingandan soʻng ushbu maʼlumotni oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
Qoʻmita reyestrni har oyda yangilab borilishini taʼminlaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-sentabrdagi 487-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2022-y., 09/22/487/0794-son)
10. Bojxona masalalari boʻyicha operator guvohnomasi asosida reyestrga kiritish haqida ariza berilgan paytda yuridik shaxs quyidagi mezonlarga mos kelishi lozim:
bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oʻtgan bir yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 171, 1711, 174, 175, 176, 177 va 227 — 22721-moddalari, 22722-moddasining birinchi qismi, 22723 — 22727-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun yuridik shaxsning rahbari, bosh buxgalteri va vakolatli shaxsining, shuningdek, ushbu lavozimlarni oxirgi bir yil davomida egallagan shaxslarning maʼmuriy javobgarlikka tortilganlik holatlari ikki va undan ortiq marotaba mavjud boʻlmasligi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 19-may)
bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar soʻnggi besh yil mobaynida yuridik shaxsning rahbari, bosh buxgalteri va vakolatli shaxsi, shuningdek, ushbu lavozimlarni oxirgi bir yil davomida egallagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175, 182, 184, 188, 189, 209, 228 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan holatlari mavjud boʻlmasligi;
yuridik shaxsning masʼul xodimi bojxona organlari yoki u tan olgan tashkilotlar tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun bojxona ishi boʻyicha belgilangan oʻquv dasturini tugatishi;
bojxona toʻlovlari, soliqlar va yigʻimlarni, shu jumladan, ular boʻyicha jarima va penyalar toʻlash yuzasidan bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobaridan ortiq miqdorda qarzdorlik mavjud boʻlmasligi;
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 19-may)
tovarlarni deklaratsiyalash va hisobga olish boʻyicha bojxona operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan avtomatlashtirilgan tizimga ega boʻlish;
bojxona organlarida reyestrga kiritish haqida arizani qayd etish kuniga qadar kamida 2 yil tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirgan boʻlishi, bunda:
bojxona brokeri sifatida bojxona sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar har yili tovarlarning faktura qiymati kamida 10 mln. AQSH dollari ekvivalentini tashkil qilgan holda, 500 tadan kam boʻlmagan import va (yoki) eksport bojxona yuk deklaratsiyalarini taqdim etishi;
bojxona ombori egasi sifatida bojxona sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar, bojxona organlarida murojaat qayd etilgan kunda amal qiluvchi valyuta kursi boʻyicha yillik qiymati 10 mln AQSH dollari ekvivalentini tashkil qiladigan 10 mln kg miqdordagi tovarlar saqlovini taʼminlashi;
tashuvchi sifatida bojxona sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar, har yili 200 tadan kam boʻlmagan import va (yoki) eksport yuklarining (partiya) xalqaro tashuvlarini amalga oshirgan boʻlishi lozim.
tovarlar import va (yoki) eksportini amalga oshirish sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar import va (yoki) eksport qilingan tovarlarning faktura qiymati soʻnggi oʻn ikki oy mobaynida kamida 1 mln AQSH dollari ekvivalentini tashkil qilishi va kamida 50 ta import va (yoki) eksport bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirgan boʻlishi yoki toʻlangan bojxona toʻlovlarining summasi bazaviy hisoblash miqdorining kamida 10 000 barobarini tashkil qilishi va kamida 25 ta import va (yoki) eksport bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtiruvini amalga oshirgan boʻlishi lozim;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 19-may)
Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning boshlanish sanasi deb:
bojxona ombori egalari uchun — bojxona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilgan sana;
bojxona brokeri hamda tovarlarni import/eksport qiluvchilar uchun — bojxona organlariga erkin muomalaga chiqarish (import)/eksport bojxona rejimlariga muvofiq taqdim etilgan dastlabki bojxona yuk deklaratsiyasini bojxona rasmiylashtiruvi sanasi;
(10-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 19-may)
tashuvchilar uchun — yuridik shaxs tashkil etilganligi haqida guvohnoma berilgan sana hisoblanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
11. Xavfsizlik masalalari boʻyicha operator guvohnomasi asosida reyestrga kiritish haqida ariza berilgan paytda yuridik shaxs mazkur Nizomning 10-bandi ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan mezonlarga, shuningdek, quyidagilarga mos kelishi lozim:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 19-may)
bojxona organlarida reyestrga kiritish haqida arizani qayd etish kuniga qadar kamida 3 yil tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirgan boʻlishi;
yuridik shaxsning masʼul xodimi bojxona organlari yoki u tan olgan tashkilotlar tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun bojxona ishi boʻyicha belgilangan oʻquv dasturini tugatishi;
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq belgilangan talablarga mos keladigan tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga moʻljallangan (foydalanish yoki egalik qilish huquqida) inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va (yoki) ochiq maydonchalarga (ochiq maydonchalarning bir qismi) ega boʻlishi;
tovarlar import va (yoki) eksportini amalga oshirish sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar import va (yoki) eksport qilingan tovarlarning faktura qiymati soʻnggi oʻn ikki oy mobaynida kamida 2 mln AQSH dollari ekvivalentini tashkil qilishi va kamida 100 ta import va (yoki) eksport bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirgan boʻlishi yoki toʻlangan bojxona toʻlovlarining summasi bazaviy hisoblash miqdorining kamida 20 000 barobarini tashkil qilishi va kamida 50 ta import va (yoki) eksport bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtiruvini amalga oshirgan boʻlishi;
bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oxirgi 12 oy davomida har bir tashqi savdo shartnomasi doirasida amalga oshirilgan tashqi savdo operatsiyalariga nisbatan muddati oʻtgan debitor qarzdorligi 10 foizdan oshmasligi;
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 19-may)
tovarlarni import va (yoki) eksportini amalga oshirish sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar uchun tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning boshlanish sanasi deb, bojxona organlariga erkin muomalaga chiqarish import/eksport bojxona rejimlariga muvofiq taqdim etilgan birinchi bojxona yuk deklaratsiyasining bojxona rasmiylashtiruvi sanasi hisoblanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
12. Bojxona va xavfsizlik masalalari boʻyicha operator guvohnomasi asosida reyestrga kiritish haqida ariza berilgan paytda yuridik shaxs:
ariza bergan kuniga qadar kamida 2 yil davomida bojxona va xavfsizlik masalalari boʻyicha operator sifatida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishi;
mazkur Nizomning 10 va 11-bandlarida belgilangan mezonlarga mos kelishi lozim.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
13. Operator ushbu Nizomning 10 — 12-bandlarida keltirilgan mezonlarga mosligi boʻyicha maʼlumotlarni yilda bir marta, operatorlik guvohnomasi berilgan yildan boshlab keyingi yilning 20-yanvariga qadar elektron shaklda bojxona organlariga taqdim etadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 19-may)
5-bob. Reyestrga kiritish toʻgʻrisida ariza berish va uni koʻrib chiqish tartibi
14. Yuridik shaxs reyestrga kiritish uchun bojxona organiga ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha Qoʻmitaning rasmiy veb-saytida mavjud interaktiv xizmat orqali elektron ariza taqdim etadi.
Yuridik shaxs vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish toʻgʻrisida ariza berilgan sanada va ushbu arizani koʻrib chiqish davrida qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik bosqichida boʻlmasligi kerak (oʻzgartirish shaklidagi qayta tashkil etish bundan mustasno).
Arizaga rahbar, bosh buxgalter va vakolatli shaxsning ish joyini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Operator maqomini olish uchun bojxona organlariga murojaat qilingan kunda yoki arizani koʻrib chiqish davomida tashkilotga nisbatan huquqbuzarlik bayonnomasi tuzilgan, surishtiruv va tergov organlari tomonidan maʼmuriy yoki jinoiy ish yuritilgan holatlarda arizani koʻrib chiqish sud yoki tergov organining yakuniy qarori qabul qilunguniga qadar vaqtincha toʻxtatiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
15. Arizaga alohida hujjatlar ilova qilinmaydi, agarda Qoʻmita bunday hujjatlar haqidagi maʼlumotlarni va (yoki) ulardagi maʼlumotlarni davlat bojxona organlari foydalanadigan axborot tizimlari, shuningdek, idoralararo axborot hamkorligi doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari orqali olishi mumkin boʻlsa, mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan hujjatlar bundan mustasno.
16. Qoʻmita arizani roʻyxatga olingan kundan boshlab 30 ish kuni ichida koʻrib chiqadi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
161. Qoʻmita quyidagi hollarda arizani koʻrib chiqishni rad etadi:
ariza ushbu Nizomning 29-bandi uchinchi, beshinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha yuridik shaxsga tegishli guvohnoma bekor qilingan kundan eʼtiboran 3 yil oʻtgunga qadar berilgan boʻlsa;
ariza ushbu Nizomning 29-bandi toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha yuridik shaxsga tegishli guvohnoma bekor qilingan kundan eʼtiboran 5 yil oʻtgunga qadar berilgan boʻlsa”;
(161-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan kiritilgan — 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
17. Qoʻmita ushbu Nizomning 16-bandida belgilangan muddatdan kechiktirmay, yuridik shaxsni reyestrga kiritish yoki kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomani yozma yoki elektron tarzda yuboradi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Yuridik shaxsning ushbu Nizomning 10 — 12-bandlarida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq emasligi uni reyestrga kiritishni rad etishga sabab boʻladi.
18. Operator reyestrga kiritilgan kundan eʼtiboran maxsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqiga ega.
6-bob. Bojxona operatsiyalarini amalga oshirish uchun maxsus soddalashtirishlar turlari
19. Bojxona masalalari boʻyicha operator guvohnomasi yuridik shaxsga quyidagi maxsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqini beradi:
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
tovarlarni deklaratsiyalash va chiqarish bilan bogʻliq bojxona operatsiyalarini birinchi navbatda amalga oshirish. Bunda bojxona yuk deklaratsiyasi xavf darajasi past boʻlganda avtorasmiylashtiruvdan, xavf darajasi oʻrta koʻrsatkichga ega boʻlganda hamda bojxona yuk deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish zarurati yuzaga kelmaganda bir soat davomida bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkaziladi;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 19-may)
operator tomonidan tashiladigan tovarlarga nisbatan tovarni tashish yoʻnalishini belgilamaslik;
bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda, operatorning tovarlarini joʻnatuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan joygacha yetkazib berish;
bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda, operatorning transport vositasida bojxona tranzitini amalga oshirish;
eksportga joʻnatiladigan operatorning tovarlari yuklangan transport vositalarining yuk xonalari (otseklari) yoki ularning bir qismiga operator tomonidan qoʻyilgan plombalarni davlat bojxona xizmati organlari tomonidan identifikatsiya vositalari sifatida tan olinishi;
davlat bojxona xizmati organlari tomonidan vaqtni qisqartirish va bojxona operatsiyalarini oʻtkazish tartibini optimallashtirishga qaratilgan tajriba loyihalarida ustuvor ishtirok etish;
bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda, bojxona toʻlovlarini boʻlib toʻlash va (yoki) muddatini oʻttiz kalendar kunigacha kechiktirgan holda operatorning tovarlarini erkin muomalaga chiqarish;
(19-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 19-may)
chet el tovarlari tashilayotganda bojxona hamrohligida kuzatib borishni qoʻllamaslik.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
tovarlarni deklaratsiyalash va chiqarish bilan bogʻliq bojxona operatsiyalarini birinchi navbatda amalga oshirish. Bunda bojxona yuk deklaratsiyasi xavf darajasi past boʻlganda avtorasmiylashtiruvdan, xavf darajasi oʻrta koʻrsatkichga ega boʻlganda hamda bojxona yuk deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish zarurati yuzaga kelmaganda bir soat davomida bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkaziladi;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 19-may)
operatorning tovar va transport vositalarini chiqarib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda bojxona nazorati shakllari qoʻllanilmasligi, xavfni boshqarish tizimida belgilangan choralar bundan mustasno;
bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda, tovarlarni operator tomonidan guvohnoma olish uchun taqdim qilingan arizada koʻrsatilgan manzil boʻyicha operatorning binolari, ochiq maydonchalari va bojxona ombori hisoblanmaydigan joylarda bojxona nazorati ostida (sariq va yashil yoʻlakda — videokuzatuv tizimi ostida, qizil yoʻlakda bojxona xodimi ishtirokida) joylashtirish;
bojxona organlari bilan kelishilgan holda, operatorning ochiq maydonlari va boshqa hududlarida tovarlarni chiqarish bilan bogʻliq bojxona operatsiyalarini amalga oshirish;
bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda, bojxona toʻlovlarini boʻlib toʻlash va (yoki) muddatini oltmish kalendar kunigacha kechiktirgan holda tovarlarni erkin muomalaga chiqarish;
(20-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 19-may)
bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda, tovarlarni chiqarishda ularning bojxona qiymatini shartli ravishda aniqlash;
alohida hujjatlar (muvofiqlik sertifikati) mavjud boʻlmaganda, tovarlarni (oziq-ovqat tovarlari va farmatsevtika mahsulotlari bundan mustasno) shartli ravishda chiqarish va hujjatlarni keyinchalik oltmish kalendar kun davomida taqdim etish;
bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 272-moddasiga muvofiq bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilgunga qadar tovarlarni chiqarib yuborish;
tovarlarning TIF tovarlar nomenklaturasi boʻyicha kodini aniqlash yuzasidan bojxona organi tomonidan tayinlangan ekspertiza yakunlangunga qadar tovarlarni bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash orqali shartli chiqarib yuborish;
vakolatli davlat muassasalari bilan operatorlarni oʻzaro tan olish va maxsus soddalashtirishlarni birgalikda qoʻllashni nazarda tutuvchi hamkorlik loyihalarida ishtirok etish;
bojxona organlari tomonidan bojxona operatsiyalarini amalga oshirish vaqtini qisqartirish va tartibini takomillashtirish boʻyicha amalga oshiriladigan tajriba loyihalari sinovlarida ishtirok etish;
bojxona masalalarini muvofiqlashtirish va hal qilishda operatorga koʻmaklashish uchun bojxona xizmati organlarining masʼul xodimi (keyingi oʻrinlarda — koordinator) koʻmagidan foydalanish;
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
eksportga joʻnatiladigan operatorning tovarlari yuklangan transport vositalarining yuk xonalari (otseklari) yoki ularning bir qismiga operator tomonidan qoʻyilgan plombalarni davlat bojxona xizmati organlari tomonidan identifikatsiya vositalari sifatida tan olinishi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qaroriga asosan oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 19-may)
Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qoʻllashning maqsadi tovarlarni qadoqlash, oʻrash (shu jumladan, qayta oʻrash), saralash, tozalash boʻlsa, tovarni bojxona hududida qayta ishlashga ruxsatnoma talab etilmaydi.
Bunda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-sentabrdagi 555-son qarori bilan tasdiqlangan Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni bojxona yuk deklaratsiyasiga ilova qilingan holda amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qaroriga asosan oʻn oltinchi va oʻn yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
21. Bojxona va xavfsizlik masalalari boʻyicha operator guvohnomasi asosida faoliyat yurituvchi operatorga mazkur Nizomning 19 va 20-bandlarida nazarda tutilgan maxsus soddalashtirishlar qoʻllaniladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
22. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq operatorlarga xorijiy davlatlar hududida qoʻllaniladigan imtiyozlar va maxsus soddalashtirishlar taqdim etilishi mumkin.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
23. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ushbu Nizomda nazarda tutilgan imtiyozlar va maxsus soddalashtirishlar xorijiy davlatlarning vakolatli xoʻjalik yurituvchi subyektlariga ham oʻzaro asosda berilishi mumkin.
8-bob. Operator maqomini toʻxtatib turish va qayta tiklash
24. Operator maqomi quyidagi holatlarda toʻxtatib turiladi:
operatorning yozma murojaatiga asosan;
operatorga nisbatan bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritish qoʻzgʻatilganda;
operator ushbu Nizomning 33-bandida belgilangan majburiyatlarni bajarmaganda;
operator tomonidan ushbu Nizomning 3-ilovaga muvofiq tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga moʻljallangan (foydalanish yoki egalik qilish huquqida) inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va (yoki) ochiq maydonchalarga (ochiq maydonchalarning bir qismi) qoʻyilgan talablarga rioya qilmasa;
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 171, 1711, 174, 175, 176, 177 va 227 — 22721-moddalari, 22722-moddaning birinchi qismi, 22723 — 22727-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun operatorning rahbari, bosh buxgalteri va vakolatli shaxsini maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida sud qarori bir yil ichida ikki va undan ortiq marotaba takroran kuchga kirganda;
(24-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 19-may)
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175, 182, 184, 188, 189, 209, 228 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun operatorning rahbari yoki bosh buxgalteri yoxud vakolatli shaxsiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganda;
xabarnomada belgilangan muddatda soliqlar, bojxona toʻlovlari va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganda;
(24-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 19-may)
ushbu Nizomning 10-bandi oltinchi xatboshisiga muvofiq belgilangan faoliyat koʻrsatkichlari kamayganda;
ushbu Nizomning 14-bandiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlar oʻzgarganda va (yoki) amal qilish muddati tugagan holda bojxona organlarini 15 kun ichida xabardor qilinmaganligi maʼlum boʻlganda”;
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
25. Ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa, Qoʻmita operatorning maqomini toʻxtatadi va tegishli qaror qabul qilinganidan soʻng bir ish kunidan kechiktirmagan holda, uni bu haqda yozma ravishda xabardor qiladi.
26. Quyidagi holatlar yuzaga kelganda, mazkur Nizomning:
24-bandi oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda — toʻxtatib turish muddati bir yilni;
24-bandi yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda — toʻxtatib turish muddati sudning oqlov hukmi chiqquniga qadar boʻlgan davrni;
24-bandi sakkizinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda — toʻxtatib turish muddati oʻttiz ish kunini;
24-bandi toʻqqizinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda — toʻxtatib turish muddati 10-bandi oltinchi va 11-bandi uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq holga keltirilgunga qadar boʻlgan, lekin bir yildan ortiq boʻlmagan davrni tashkil qiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
27. Maqomni toʻxtatib turish bilan bogʻliq holatlar bartaraf etilganda yoki sudning oqlov hukmi chiqarilganda, operator besh ish kuni ichida Qoʻmitaga tegishli xabarnoma yuboradi.
28. Qoʻmita xabarnomani olgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida operatorning maqomini qayta tiklash yoki qayta tiklashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida uni xabardor qiladi.
Ushbu Nizomning 24-bandida keltirilgan holatlarning bartaraf etilmasligi maqomni qayta tiklashni rad etishga sabab boʻladi.
9-bob. Operator maqomini muddatidan oldin tugatish va bekor qilish asoslari
(9-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
29. Operator maqomini muddatidan oldin tugatish yoki bekor qilishga quyidagilar asos boʻladi:
operatorning oʻz xohishi bilan reyestrdan chiqarish toʻgʻrisidagi yozma murojaati boʻyicha;
operator maqomiga ega boʻlgan yuridik shaxs qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilgan taqdirda;
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175, 182, 184, 188, 189, 209, 228 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun operatorning rahbari yoki bosh buxgalteri yoxud vakolatli shaxsiga nisbatan sud hukmi kuchga kirganda;
operator maqomini toʻxtatib qoʻyishga olib kelgan va ushbu Nizomning 24-bandi toʻqqizinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar oʻttiz ish kuni ichida bartaraf etilmaganda;
operator maqomini toʻxtatib qoʻyishga sabab boʻlgan va ushbu Nizomning 24-bandi oʻninchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar bir yil ichida bartaraf etilmaganda;
operator tomonidan ushbu Nizomning 26-bandida koʻrsatilgan muddatda toʻxtatib turish asoslari bartaraf etilganligi haqida hududiy bojxona boshqarmasiga xabarnoma yubormasa;
operator qayta tashkil etilganda, oʻzgartirish orqali qayta tashkil etish bundan mustasno;
operator maqomi vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan va bunday maqomni berish uchun asos boʻlib xizmat qilgan ishonchsiz maʼlumotlar asosida berilgani aniqlanganda;
operator tomonidan ushbu Nizomning 33-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar bir yil mobaynida ikki martadan ortiq bajarilmaganda.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
30. Qoʻmita ushbu Nizomning 29-bandida nazarda tutilgan asoslar yuzaga kelishi toʻgʻrisida xabar olingan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmasdan, operatorni reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Qoʻmita operatorni reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida chiqarish uchun asoslarni koʻrsatgan holda, operatorni bu haqda yozma ravishda xabardor qiladi.
31. Operator reyestrdan chiqarilgan taqdirda, ushbu Nizomning 29-bandi ikkinchi xatboshisida keltirilgan holatdan tashqari yuridik shaxs uch yildan soʻng ushbu Nizomning 29-bandi toʻrtinchi xatboshida keltirilgan holatda — besh yildan soʻng reyestrga kiritish toʻgʻrisida takroran ariza berish huquqiga ega.
Operator reyestrdan chiqarilgan kundan boshlab, unga berilgan guvohnoma oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblanadi va shu muddatdan boshlab operator maqomi uchun nazarda tutilgan soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqi bekor qilinadi.
10-bob. Operatorning huquq va majburiyatlari
32. Operator quyidagi huquqlarga ega:
reyestrga kiritilgan kundan boshlab, ushbu Nizomning 6-bobida nazarda tutilgan maxsus soddalashtirishlardan foydalanish, operator maqomini toʻxtatib turish holati bundan mustasno;
koordinator yordamida bojxona masalalari yuzasidan belgilangan tartibda maʼlumot va maslahatlar olish;
bojxona operatsiyalarini maxsus soddalashtirishlarni qoʻllagan holda, amalga oshirishga masʼul rahbarlar va oʻz shtatidagi shaxslar orasidan koordinator bilan oʻzaro hamkorlik qilish uchun masʼul shaxsni belgilash.
Operator qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(32-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
33. Operator quyidagilarga majbur:
reyestrga kiritilganidan soʻng ushbu Nizomning 10 — 12-bandlarida keltirilgan mezonlarga muvofiq boʻlishi;
bojxona organlariga reyestrga kiritishda taqdim etilgan maʼlumotlar oʻzgarishi haqida xabar berish va bunday oʻzgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ushbu maʼlumotlar oʻzgargan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida taqdim etish;
boʻlib toʻlashga ruxsat berilgan yoki muddati kechiktirilgan bojxona toʻlovlarining bojxona organlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuborilgan xabarnomada koʻrsatilgan muddatning oxirgi kunidan kechiktirmasdan toʻlanishini taʼminlash;
(33-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
davlat bojxona xizmati organlari mansabdor shaxslari operatorlarning bojxona nazoratida turgan tovarlar saqlanayotgan inshootlari, binolari (binolarning qismlari) va (yoki) ochiq maydonlariga (ochiq maydonlar qismlariga) toʻsiqsiz kirishi toʻgʻrisida davlat bojxona xizmati organlarining talablarini bajarish;
davlat bojxona xizmati organlari talablariga muvofiq bojxona nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etish;
davlat bojxona xizmati organi bojxona nazorati shakllari va bojxona nazoratining amalga oshirilishini taʼminlash choralarini qoʻllash zarurligi toʻgʻrisida xabar bermagan taqdirda, tovarlar chiqarilguniga qadar qonunbuzarliklarni mustaqil ravishda aniqlash va bartaraf etish;
tovarlarni deklaratsiyalash va hisobga olish boʻyicha bojxona operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan avtomatlashtirilgan tizimga ega boʻlish.
Operator qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(33-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
34. Agar nazorat chorasi xavfni boshqarish tizimida mavjud boʻlsa:
bojxona xizmati organlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda operatorlarning tovarlariga nisbatan bojxona nazorati shakllari qoʻllanishi mumkin;
vakolatli iqtisodiy operatorlar faoliyati bir yilda bir marta bojxona auditidan oʻtkaziladi.
Bunda vakolatli iqtisodiy operatorlar faoliyatini bir yilda bir martadan ortiq bojxona auditidan oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 19-may)
35. Bojxona nazoratida boʻlgan operatorning tovarlariga huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash (cheklash) boʻyicha vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan asoslar mavjud boʻlsa, davlat bojxona xizmati organi ushbu tovarlarga nisbatan bojxona tartib-taomillarini vakolatli organning alohida qarori qabul qilinguniga qadar toʻxtatib turadi.
Vakolatli organlar aniqlangan va fosh etilgan jinoyatlar yoki boshqa tergov natijalari, jinoyatlarni sodir etgan shaxslar, shuningdek, operatorlarning soliqlar boʻyicha qarzdorligi (jarimalar, penyalar va boshqa huquqbuzarliklar) toʻgʻrisida uch ish kunidan kechiktirmasdan, davlat bojxona xizmati organlarini axborot tizimlari orqali (mavjud axborotdan noqonuniy foydalanish imkonini bermaydigan himoyalangan aloqa kanallari orqali) xabardor qilishi shart.
12-bob. Davlat bojxona xizmati organlarining operatorlar bilan oʻzaro hamkorligi
36. Qoʻmita operatorning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona qonunchiligi va ushbu Nizom talablariga rioya etishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi.
37. Davlat bojxona xizmati organlari ushbu Nizomda belgilangan tartibda operator deklarant boʻlgan tovarlarga nisbatan bojxona operatsiyalarini amalga oshiradi.
38. Bojxona organlari maxsus soddalashtirishlarni qoʻllashda, shu jumladan, bojxona qonunchiligini qoʻllash masalalari yuzaga kelganda, operatorlar bilan oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirish maqsadida bunday oʻzaro hamkorlikni tashkil etish uchun koordinatorlarni belgilashi mumkin.
39. Davlat bojxona xizmati organlari mansabdor shaxslarining qarorlari, shuningdek, harakatlari (harakatsizliklari) yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq shikoyat qilinishi mumkin.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
40. Davlat bojxona xizmati organlari ayrim operatorlarga qayd etilgan faoliyatni amalga oshirish uchun boshqa imtiyozli sharoitlar yaratishga haqli emas.
41. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
VAKOLATLI IQTISODIY OPERATORLAR REYESTRIGA KIRITISH TOʻGʻRISIDAGI GUVOHNOMA SHAKLI
Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi GUVOHNOMA ________________________________ (guvohnoma turi koʻrsatiladi) __________
Davlat bojxona qoʻmitasi ushbu orqali tasdiqlaydiki, ______________________________________________ __________________________________________________________________________________________ (tashkiliy-huquqiy shakli, ___________________________________________________________________________________________ yuridik shaxs nomi)
vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritildi. Yuridik shaxsning manzili: _____________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________
Mazkur guvohnoma _____________________________________________________________ dan kuchga kiradi. (sana) Alohida belgilar: ____________________________________________________________________________
_______________________________
_______________________________
(DBQ rahbarining lavozimi)
(imzo, rahbar F.I.O)
20_____y “_____” ______________
Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Yuridik shaxsni vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddat
1-bosqich
Yuridik shaxs
Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi yozma shakldagi arizani Davlat bojxona qoʻmitasiga taqdim etadi.
Yuridik shaxsning xohishiga koʻra
2-bosqich
Davlat bojxona qoʻmitasi
1. Arizani koʻrib chiqadi.
2. Arizani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha xulosa asosida yuridik shaxsni vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish yoki kiritishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
3. Yuridik shaxsga quyidagilar haqida xabarnoma yuboradi:
a) vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish toʻgʻrisida;
b) vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritishni rad etish toʻgʻrisida.
30 kundan oshmagan muddatda
3-bosqich
Davlat bojxona qoʻmitasi
1. Yuridik shaxsning vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtiradi.
2. Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritilgan yuridik shaxslar haqidagi maʼlumotni hamda yuridik shaxsni vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani Davlat bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
Qaror qabul qilingan kunda
Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga moʻljallangan inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va (yoki) ochiq maydonchalarga (ochiq maydonchalarning bir qismi)
TALABLAR
1. Ikkinchi yoki uchinchi turdagi vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga talabgor boʻlgan yuridik shaxslar quyidagilarni taʼminlanish sharti bilan, tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga moʻljallangan (foydalanish yoki egalik qilish huquqida) inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va (yoki) ochiq maydonchalarga (ochiq maydonchalarning bir qismi) ega boʻlishi lozim:
a) bojxona nazorati ostidagi tovarlar va transport vositalarining saqlanishi;
b) bojxona organlari ruxsatisiz bojxona nazorati ostida tovarlar va transport vositalari bilan yuk tushirish, qayta ortish va boshqa yuk operatsiyalarini amalga oshirishga yoʻl qoʻymasligi;
v) tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazoratini amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻladi.
2. Yuridik shaxs vakolatli iqtisodiy operator hududida quyidagilarni taʼminlab berishi kerak:
a) qattiq (beton, asfalt yoki boshqa) qoplama, shu jumladan, ushbu hududga tutash boʻlgan tushirish-ortish joylari;
b) transport vositalarining toʻxtab turish joyi;
v) ochiq maydonchalarning (ochiq maydonchalarning qismlari) atrofi butun perimetr boʻylab yaxlit toʻsiqlar bilan aylantirib toʻsilgan boʻlishi;
g) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona nazorati zonalarini belgilashi;
(2-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
d) tovarlar va transport vositalarini bojxona koʻzdan kechiruvi hamda bojxona koʻrigini oʻtkazish uchun ajratilgan joylar;
e) mazkur hududga texnik jihatdan soz boʻlgan olib boruvchi yoʻllar;
j) ushbu hududda joylashgan obyektlarga, shu jumladan, tovarlar va transport vositalarini yuklash (tushirish) va saqlash joylariga ruxsatsiz kirishni istisno etadigan quyidagilarni taʼminlovchi nazorat-oʻtkazish va qoʻriqlash rejimi:
yuridik shaxs ishchilarining identifikatsiya qilgan holda, ularning mazkur obyektlarga kirishini;
yuridik shaxsning ishchilari boʻlmagan shaxslarni identifikatsiya hamda qayd qilgan holda, ularning mazkur obyektlarga kirishini;
ishdan boʻshatilgan yuridik shaxs ishchilarining ushbu obyektlar va axborot tizimlariga kirish imkonini operativ ravishda bekor qilish.
z) olib kiriladigan tovarlarni bojxona koʻrigidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan holatlar uchun uch oy davomida bojxona koʻrigi protsedurasi videoyozuvi saqlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparati va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi ulanishini taʼminlovchi videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan, tunu kun ishlaydigan, shuningdek, transport vositalari hamda shaxslarning kirishini (chiqishini) nazorat qilish tizimlari;
i) qoʻriqlash va yongʻinga qarshi signalizatsiya, ochiq maydonchalar (ochiq maydonchalarning qismlari) bundan mustasno;
k) videokuzatuvni amalga oshirish imkonini beradigan yoritish tizimi;
l) ushbu hududda joylashtirish uchun moʻljallangan tovarlarni tortish imkoniyatini taʼminlovchi, qonuniy talablarga javob beradigan tortish moslamalari (oʻlchov vositalari);
m) tovarlarni bojxona nazoratidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan ortish-tushirish texnikasi va mexanizmlari.
Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
quyidagi turdagi guvohnomani bergan holda, vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritishni soʻraydi:
bojxona masalalari boʻyicha operator
xavfsizlik masalalari boʻyicha operator
bojxona masalalari boʻyicha operator va xavfsizlik masalalari boʻyicha operator
bojxona va xavfsizlik masalalarida operator
Vazirlar Mahkamasining _______ yil “____” ____________ dagi ____-son qarori bilan tasdiqlangan Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisidagi nizomning 4-bobida belgilangan mezonlarga muvofiqligini maʼlum qiladi:
T/r
Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi guvohnoma olish uchun mezonlar
Mezonlarga muvofiqligi boʻyicha maʼlumotlar
1.
Yuridik shaxs tashkil etilganligi toʻgʻrisida maʼlumot.
yuridik shaxsni roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat sanasi va raqami koʻrsatiladi.
2.
Yuridik shaxs rahbarining F.I.O.
pasport maʼlumotlari va STIR koʻrsatiladi.
3.
Yuridik shaxs bosh buxgalteri F.I.O.
pasport maʼlumotlari va STIR koʻrsatiladi.
4.
Yuridik shaxsning vakolatli shaxsi F.I.O. (ishonchnoma yoki tegishli shartnoma, shuningdek, bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha xizmat koʻrsatish shartnomasi asosida ushbu yuridik shaxs manfaatlaridan kelib chiqib, uning nomidan va/yoki topshirigʻi boʻyicha harakat qiluvchi shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaxslar koʻrsatiladi).
pasport maʼlumotlari va STIR koʻrsatiladi.
5.
Bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oʻtgan bir yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 171, 1711, 174, 175, 176, 177 va 227 — 22721, 22722-moddaning birinchi qismi, 22723 — 22727-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun yuridik shaxsning rahbari, bosh buxgalteri va vakolatli shaxsining, shuningdek, ushbu lavozimlarni oxirgi bir yil davomida egallagan shaxslarning maʼmuriy javobgarlikka tortilganlik holatlari ikki va undan ortiq marotaba mavjud boʻlmasligi.
javobgarlikka tortilgan holatlar mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot yoki holatlar mavjud boʻlsa, maʼmuriy javobgarlikka tortilganlik moddasi va sanasi koʻrsatiladi.
6.
Bojxona organlariga murojaat qilingunga qadar soʻnggi besh yil mobaynida yuridik shaxsning rahbari va bosh buxgalteri, shuningdek, vakolatli shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 175, 182, 184, 188, 189, 209, 228 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan holatlari mavjud emasligi.
javobgarlikka tortilgan holatlar mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot yoki holatlar mavjud boʻlsa, jinoiy javobgarlikka tortilganlik moddasi va sanasi koʻrsatiladi.
7.
Bojxona toʻlovlari, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni, shu jumladan, ular boʻyicha jarima va penyalar toʻlash yuzasidan qarzdorlik mavjud emasligi.
ariza berilgan sanada qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot yoki qarzdorlik boʻlgan holatlarda, uning summasi va turi koʻrsatiladi.
8.
Tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilishi, bunda:
bojxona ombori egalari uchun — bojxona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya raqami va berilgan sanasi;
bojxona brokeri hamda tovarlarni import/eksport qiluvchilar uchun — bojxona organlariga taqdim etilgan, dastlabki bojxona yuk deklaratsiyasini bojxona rasmiylashtiruvi sanasi;
bojxona tashuvchilari uchun — yuridik shaxs bojxona tashuvchilari reyestriga kiritilgan sana koʻrsatiladi.
bojxona brokeri sifatida bojxona sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar tomonidan toʻldiriladi (har yili tovarlarni faktura qiymati kamida 10,0 mln AQSH dollari ekvivalentini tashkil qilgan holda, 500 tadan kam boʻlmagan import va (yoki) eksport bojxona yuk deklaratsiyalari taqdim etilishi lozim);
bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oʻtgan uch yil mobaynida (yillar kesimida):
import va (yoki) eksport qilinayotgan tovarlar boʻyicha taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyalaridagi faktura qiymati mln AQSH dollarida;
import va (yoki) eksport qilinayotgan tovarlar boʻyicha taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyalari soni donada.
bojxona ombori egasi sifatida bojxona sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar tomonidan toʻldiriladi (bojxona organlarida murojaat qayd etilgan kunda amal qiluvchi valyuta kursi boʻyicha yillik qiymati 10,0 mln AQSH dollari ekvivalentini tashkil qilgan holda, 10,0 mln kg miqdorida tovarlar saqlovi amalga oshirilishi lozim);
bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oʻtgan uch yil mobaynida (yillar kesimida):
bojxona organlarida murojaat qayd etilgan kunda amal qiluvchi valyuta kursi boʻyicha yillik qiymati mln AQSH dollarida;
saqlangan tovarlar miqdori mln kgda.
bojxona tashuvchisi sifatida bojxona sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar tomonidan toʻldiriladi (har yili 200 tadan kam boʻlmagan import va (yoki) eksport yuklarining (partiya) xalqaro tashuvlarini amalga oshirilishi lozim);
bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oʻtgan uch yil mobaynida (yillar kesimida) amalga oshirilgan import va (yoki) eksport yuklarining (partiya) xalqaro tashuvlarini soni.
tovarlarni import va (yoki) eksportini amalga oshirish sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar tomonidan toʻldiriladi (import va (yoki) eksport qilingan tovarlarning faktura qiymati yilda kamida 2 mln AQSH dollari ekvivalentini tashkil qilishi va soʻnggi oʻn ikki oy mobaynida kamida 100 ta import va (yoki) eksport bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirgan boʻlishi yoki toʻlangan bojxona toʻlovlarining summasi bazaviy hisoblash miqdorining kamida 20 000 barobarini tashkil qilishi va kamida 50 ta import va (yoki) eksport bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirgan boʻlishi lozim).
bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oʻtgan bir yil mobaynida:
import va (yoki) eksport qilingan tovarlarning faktura qiymati mln AQSH dollarida;
import va (yoki) eksport bojxona yuk deklaratsiyalari soni donada;
toʻlangan bojxona toʻlovlarining summasi mlrd soʻmda koʻrsatiladi.
9.
Tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga moʻljallangan (foydalanish yoki egalik qilish huquqida) inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va (yoki) ochiq maydonchalar (ochiq maydonchalarning bir qismi) egalikda boʻlishi.
xavfsizlik masalalari boʻyicha guvohnoma uchun — ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq belgilangan talablarga mos keladigan tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga moʻljallangan (foydalanish yoki egalik qilish huquqida) inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va (yoki) ochiq maydonchalarga (ochiq maydonchalarning bir qismi) ega boʻlganligi koʻrsatiladi.
10.
Bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oxirgi 12 oy davomida har bir tashqi savdo shartnomasi doirasida amalga oshirilgan tashqi savdo operatsiyalariga nisbatan muddati oʻtgan debitor qarzdorligi 10 foizdan oshmasligi.
ariza berilgan sanada muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot yoki qarzdorlik boʻlgan holatlarda, uning summasi koʻrsatiladi.
Ilova: mazkur arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar.
_____________________________________
(yuridik shaxs rahbarining F.I.O.)
_______________________
(imzo)
Masʼul shaxs toʻgʻrisida maʼlumot
(F.I.O., xizmat va mobil telefon raqamlari).
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 19-may)