1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang);
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini muhofaza qilish]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI SANOAT, RADIATSIYA VA YADRO XAVFSIZLIGI QOʻMITASINING
QARORI
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalarni texnik jihatdan tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 11-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2558-4]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 9-yanvardagi 5-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2558, 2014-yil 3-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 6-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalarni texnik jihatdan tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovagamuvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. RAFIQOV
Toshkent sh.,
2025-yil 1-dekabr,
27-son
Kelishildi:
Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B. ISLAMOV
2025-yil 19-noyabr
Ichki ishlar vaziri A. TASHPULATOV
2025-yil 17-noyabr
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
2025-yil 14-noyabr
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 4-noyabr
Favqulodda vaziyatlar vaziri B. KUDRATXODJAYEV
2025-yil 30-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 1-dekabrdagi 27-son qaroriga ILOVA
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalarni texnik jihatdan tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalarini, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasini, sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega boʻlgan boshqa davlat organlarini (Qoraqalpogʻiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmalari, viloyatlar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, qutqaruv xizmatlari va boshqalar), mahalliy davlat hokimiyati organlarini, shuningdek fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va aholini xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya toʻgʻrisida oʻz vaqtida belgilangan tartibda xabardor qilishi;”.
“6. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining yoki Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan va Qoʻmita yoki Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi vakili boshchilik qiladigan Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshiruvchi komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.”.
“10. Avariyani texnik jihatdan tekshirish muddati xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish boʻyicha tegishli buyruq qabul qilingan kundan boshlab 15 kundan oshmasligi lozim. Yuz bergan avariyani qoʻshimcha ravishda oʻrganish talab etilgan hollarda, texnik jihatdan tekshirish muddati Komissiya raisining asoslantirilgan yozma murojaatiga asosan tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisi yoki Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi tomonidan tekshirish muddati qoʻshimcha ravishda 15 kungacha uzaytirilishi mumkin.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2025-y., 10/25/2558-4/1159-son)