1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
Paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish, zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish, shuningdek, milliy terma jamoalarimizning nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar va ustuvor vazifalar
1. Quyidagilar paralimpiya sport turlarini (parayengil atletika, paradzyudo, parataekvondo, parasuzish, parapauerlifting, paraoʻq otish) yanada rivojlantirishning asosiy maqsadlari va ustuvor vazifalari etib belgilansin:
(a) nogironligi boʻlgan shaxslarning paralimpiya sport turlariga qiziqishini oshirish, ularning sport bilan shugʻullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
(b) terma jamoalar uchun sport zaxirasini yaratish, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, tanlash va saralab olish (seleksiya)ning raqamlashtirilgan tizimini joriy qilish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
(v) trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
(g) paralimpiya sport turlari boʻyicha zamonaviy sport obyektlarini barpo etish, mavjudlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport anjomlari va jihozlari bilan taʼminlash.
II. Paralimpiya sport turlari boʻyicha sportchilarni tayyorlash
2. Paralimpiya sport turlari boʻyicha sportchilarni tayyorlashning quyidagi takomillashtirilgan tartibi joriy etilsin:
(a) nogironligi boʻlgan shaxslarning imkoniyati va qiziqishiga qarab, ularning boshqa sogʻlom sport guruhlarida ham shugʻullanishi hamda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida ishtirok etishiga sharoit yaratiladi;
(b) haqiqiy talabdan kelib chiqib, har bir hududda ayrim davlat sport maktablari paralimpiya sport turlariga ixtisoslashtiriladi va ular uchun zarur shart-sharoit va infratuzilma yaratib beriladi;
(v) paralimpiyachilarni tayyorlashda ularning nogironlik toifasini (klassifikatsiyasini) barvaqt aniqlash amaliyoti joriy etiladi;
(g) ixtisoslashtirilgan davlat sport taʼlim muassasalarida paralimpiyachi oʻquvchi-sportchilarni tayyorlash Xalqaro paralimpiya qoʻmitasining klassifikatsiya kodeksi talablari asosida yoʻlga qoʻyiladi;
(d) paralimpiya sport turlari boʻyicha terma jamoalarning puxta tayyorgarligini tashkil qilish uchun har bir sport turi boʻyicha alohida sport bazalari biriktiriladi.
3. 2026-yil 1-yanvardan boshlab paralimpiya sport turlari boʻyicha respublika terma jamoalarini shakllantirishning quyidagi yangi tartibi joriy etilsin:
(a) paralimpiya sport turlari boʻyicha terma jamoalarni shakllantirishda sportchilarning tegishli sport musobaqalaridagi natijalari bilan birga sport normativlarini bajarishi natijasi ham inobatga olinadi;
(b) sport terma jamoalari sport normativlariga muvofiq shakllantiriladigan paralimpiya sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi chempionati yoki kubogi oʻtkazilishi majburiy hisoblanmaydi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(v) “ERP-sport” yagona elektron boshqaruv tizimida paralimpiya sport turlari bilan shugʻullanayotgan sportchilarning sport natijalari kiritib boriladi va ularning sport normativlarini bajarishi ustidan monitoring yuritish uchun zarur texnik imkoniyatlar yaratiladi;
(g) “ERP-sport” yagona elektron boshqaruv tizimiga maʼlumotlarning oʻz vaqtida kiritilishi hamda haqqoniyligi uchun jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, alohida taʼlimga ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari va “Gʻamxoʻrlik” markazlarining trenerlari bilan birga rahbarlari ham shaxsan javobgar hisoblanadi.
(3-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-apreldagi PF-69-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati]
4. Belgilansinki, paralimpiya sport turlarining ommaviyligini oshirish va sohaga ajratilayotgan Davlat budjeti mablagʻlaridan yanada samarali foydalanish maqsadida paralimpiya sport turlari boʻyicha respublika chempionati va kuboklarini olimpiya sport turlari boʻyicha oʻtkaziladigan musobaqalar doirasida tashkil etish va oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
III. Paralimpiya terma jamoalari markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
5. Sport vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining Milliy paralimpiya qoʻmitasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Paralimpiya terma jamoalari markazi (keyingi oʻrinlarda — Paralimpiya markazi)ni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
6. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
(a) Paralimpiya markazi Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Olimpiya shaharchasiga joylashtiriladi va paralimpiya sport turlari boʻyicha terma jamoalarni tayyorlashda Olimpiya shaharchasi obyektlaridan tekin foydalanadi;
(b) Paralimpiya markazi faoliyati paralimpiya sport turlari boʻyicha iqtidorli sportchilarni saralash, terma jamoalarni shakllantirish va ularni puxta tayyorlashga yoʻnaltiriladi;
(v) paralimpiya sport turlari boʻyicha barcha terma jamoalar trenerlari Paralimpiya markazi xodimlari hisoblanadi. Bunda trenerlar boshqaruv xodimlari tarkibiga kirmaydi;
(g) Paralimpiya markazi trenerlarining, shuningdek, boshqaruv xodimlari tarkibiga kirmaydigan boshqa xodimlarning shtat birliklari qonunchilikka muvofiq ajratiladi;
(d) Paralimpiya markazi davlat sport taʼlim muassasalaridagi paralimpiya sport turlari boʻyicha sport seksiyalari va trenerlar faoliyatiga umumiy uslubiy rahbarlik qiladi.
7. Belgilab qoʻyilsinki:
(a) Paralimpiya markazi barcha yosh toifalari boʻyicha paralimpiya terma jamoalarining oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish uchun sport bazalaridan biri hisoblanadi;
(b) Paralimpiya markazi direktori lavozimiga koʻra Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari hisoblanadi;
(v) Paralimpiya markazi boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 17 nafar etib belgilanadi;
(g) Paralimpiya markazi faoliyati, shuningdek, rahbar va xodimlar mehnatiga haq toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish Sport vazirligi tizimidagi oliy sport mahorati maktablarining rahbar va mutaxassislari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
(d) Paralimpiya markazi sportchilarini tayyorlash uchun jalb etiladigan yuqori mahorat va tajribaga ega boʻlgan, jumladan, paralimpiya sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar trenerlari bilan mehnat shartnomalari muayyan muddatga tuziladi va ular tayyorlagan sportchilar erishadigan natijalardan kelib chiqib, shartnoma muddati uzaytiriladi yoki bekor qilinadi.
8. Quyidagilar Paralimpiya markazi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
(a) Davlat budjeti mablagʻlari;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.01 Umumiy qoidalar]
(b) faoliyat ixtisosligi boʻyicha pulli xizmat koʻrsatish hamda boʻsh turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
(v) jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablagʻlari;
(g) xalqaro tashkilotlarning grantlari;
(d) qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
9. Belgilansinki, barcha yosh toifalaridagi paralimpiya terma jamoalari oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari hamda nufuzli xalqaro musobaqalarga tayyorgarligini uzluksiz tashkil etish hamda sport obyektlaridan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
(a) Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida iqtisod qilingan mablagʻlar hisobidan Olimpiya shaharchasi hududida paralimpiya terma jamoalari uchun yotoqxona, oshxona va maʼmuriy xonalarga ega boʻlgan Paralimpiya markazi binosi barpo etiladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
(b) paraoʻq otish sport turi boʻyicha terma jamoalarni tayyorlash uchun Paralimpiya markaziga Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazining Toshkent shahridagi oʻq otish sport inshootidan tekin foydalanish imkoniyati yaratiladi.
IV. Sport maktablarida taʼlimni tashkil qilish va paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlash
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari;
4.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati;
5.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Milliy paralimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda 2026-yil 1-martga qadar paralimpiya sport turlariga ixtisoslashtirilayotgan sport maktablarida ixtisoslashgan sport turlari boʻyicha zarur infratuzilmani yaratib bersin.
11. 2026-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati]
(a) barcha davlat sport maktablarida mavjud shtat birliklari doirasida paralimpiya sport turlari boʻyicha guruhlar tashkil etiladi;
(b) Milliy paralimpiya qoʻmitasiga har yili Davlat budjetidan va homiylar tomonidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida, zaruratga koʻra, Paralimpiya markaziga xorijiy sport mutaxassislari jalb etiladi;
(v) jalb etiladigan xorijiy sport mutaxassislari zimmasiga ular bilan tuziladigan shartnomalarda terma jamoalarni tayyorlash bilan birga joylarda iqtidorli parasportchilarni seleksiya qilish hamda mahalliy mutaxassislarning nazariy va amaliy bilimlarini oshirishga koʻmaklashish kabi vazifalar yuklatiladi;
(g) Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti tomonidan parasportchilarning joriy jismoniy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni muntazam tahlil qilish va ularning imkoniyatlarini baholab borish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
(d) Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzurida adaptiv sport turlari boʻyicha oʻquv dasturlari va materiallari, jumladan, har bir sport turi boʻyicha mashgʻulotlarni olib borish tartibi va yuklamalarni belgilashga qaratilgan ilmiy-uslubiy taʼminlash boʻyicha alohida jamoatchilik asosidagi ilmiy kengash faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
(j) paralimpiya sport turlari boʻyicha ilmiy izlanuvchilar amaliyotini Paralimpiya markazida olib borish tartibi joriy etiladi;
(z) Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tuzilmasida mavjud shtat birliklari doirasida paralimpiya sport turlari boʻyicha terma jamoalar uchun tibbiyot va reabilitatsiya boʻlinmasi tashkil etiladi.
12. Quyidagilar:
(a) Paralimpiya terma jamoalari markazining asosiy vazifalari 1-ilovaga muvofiq;
(b) Paralimpiya terma jamoalari markaziga oʻtkaziladigan oliy sport mahorati maktablarining shtat birliklari 2-ilovaga muvofiq;
(v) Paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish va zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;
(g) Paralimpiya sport turlariga ixtisoslashtiriladigan sport maktablari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
(d) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati]
13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Paralimpiya markazi faoliyatini saqlash bilan bogʻliq xarajatlarning 2025-yilda Milliy paralimpiya qoʻmitasiga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanishini, 2026-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin.
14. Sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sport vaziri A.I. Ikramov, Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi M.M. Tashxodjayev hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
16. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sport boʻyicha vakili O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-dekabr,
PQ-373-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-dekabrdagi PQ-373-son qaroriga 1-ILOVA
Paralimpiya terma jamoalari markazining asosiy vazifalari
1. Paralimpiya sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar uchun sportchilar tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish hamda bu boradagi ishlarni tizimlashtirish va natijadorlikni taʼminlash.
2. Paralimpiya sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalarini shakllantirish, sportchilarning tayyorgarligini, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etishini tashkil qilish.
3. Paralimpiya sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari va ularning zaxiralari ishtirokida oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari, respublika va mintaqaviy sport musobaqalarini tashkil etish va muntazam ravishda oʻtkazib borish.
4. Paralimpiya sport turlari boʻyicha sportchilar, trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarning kasbiy mahorati va malakasini oshirish.
5. Paralimpiya sport turlari boʻyicha ilgʻor xorij tajribasini oʻrganish va mamlakatimizda joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.
6. Paralimpiya sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi bilan hamkorlikda oʻquv dasturlari va metodologiyani yangilash, sportchi va mutaxassislarning tayyorgarlik jarayoniga ilgʻor innovatsion texnologiyalarni joriy etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-dekabrdagi PQ-373-son qaroriga 2-ILOVA
Paralimpiya terma jamoalari markaziga oʻtkaziladigan oliy sport mahorati maktablarining shtat birliklari
T/r
Tashkilot nomi
Lavozimi
Shtat birliklari soni
1.
Sport yakkakurashlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi
Parataekvondo boʻyicha trener
3
2.
Paradzyudo boʻyicha trener
1
3.
Sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi
Paraoʻq otish boʻyicha trener
1
4.
Parakamondan otish boʻyicha trener
1
5.
Parapauerlifting boʻyicha trener
5
6.
Paravelosport boʻyicha trener
1
7.
Respublika oʻsmirlar oliy sport mahorati maktabi
Paravelosport boʻyicha trener
2
8.
Paradzyudo boʻyicha trener
1
9.
Parayengil atletika boʻyicha trener
1
10.
Yengil atletika boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi
Parayengil atletika boʻyicha trener
2
11.
Suv sporti turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi
Paraakademik eshkak eshish boʻyicha trener
2
12.
Parakanoeda eshkak eshish boʻyicha trener
2
13.
Parasuzish boʻyicha trener
2
JAMI:
24
Izoh: oliy sport mahorati maktablarida mazkur shtat birliklari boʻyicha faoliyat yuritayotgan trenerlar tegishli shtat birligi bilan birgalikda Paralimpiya terma jamoalari markaziga oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-dekabrdagi PQ-373-son qaroriga 3-ILOVA
Paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish va zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r
Chora-tadbirlar
Amalga oshirish mexanizmlari
Amalga oshirish muddatlari
Moliyalashtirish manbalari
Masʼul ijrochilar
1.
Nogironligi boʻlgan shaxslarning imkoniyati va qiziqishiga qarab, ularning boshqa sogʻlom sport guruhlarida ham shugʻullanishi hamda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida ishtirok etishiga sharoit yaratish.
1. Bugungi kunda bir vaqtning oʻzida sogʻlom va paralimpiya guruhlarida mashgʻulotlarni olib borayotgan yoki bunday maqsadi boʻlgan trenerlarni xatlovdan oʻtkazish.
2. Nogironligi boʻlgan shaxslarning imkoniyati va qiziqishiga koʻra sogʻlom guruhlarda inklyuziv taʼlim shaklida sport bilan muntazam shugʻullanishi mumkin boʻlgan guruhlarni toʻldirish va ularning alohida oʻquv dasturlarini yaratish.
2026-yil fevral
-
Sport vazirligi
(A. Ikramov),
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
(M. Tashxodjayev),
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi
(O. Umarov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Xudayarov)
2.
Haqiqiy talabdan kelib chiqib, har bir hududda ayrim sport maktablarini paralimpiya sport turlariga ixtisoslashtirish.
1. Paralimpiya sport turlariga ixtisoslashtiriladigan sport maktablari uchun har yilgi vazifa va maqsadli koʻrsatkichlarni belgilash.
2026-yil fevral
-
Sport vazirligi
(A. Ikramov)
2. Belgilangan vazifa va maqsadli koʻrsatkichlarning ijrosini monitoring qilib borish.
Doimiy
3. Monitoring natijalari boʻyicha paralimpiya sport turlariga ixtisoslashtiriladigan sport maktablari roʻyxatini qayta koʻrib chiqish.
Har yili
3.
Ixtisoslashtirilgan sport maktablari uchun zarur shart-sharoitlar va sport infratuzilmasini yaratib berish.
1. Paralimpiya sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablari sport infratuzilmasini xatlovdan oʻtkazish.
2. Ixtisoslashtirilgan sport maktablari uchun ixtisoslashgan sport turlari boʻyicha zarur infratuzilma yaratish choralarini koʻrish.
2026-yil fevral
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
3. Ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyati uchun zarur boʻlgan sport inventarlari bilan toʻliq taʼminlash.
Sport vazirligi
(A. Ikramov)
4.
Paralimpiyachilarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish.
1. Xalqaro paralimpiya qoʻmitasi klassifikatsiya kodeksi talablari asosida milliy klassifikatsiya qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2026-yil fevral
-
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
(M. Tashxodjayev)
2. Paralimpiyachilarning nogironlik toifasini (klassifikatsiyasini) barvaqt aniqlash amaliyotini joriy etish.
Sport vazirligi
(A. Ikramov),
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
(M. Tashxodjayev)
3. Ixtisoslashtirilgan davlat sport taʼlim muassasalarida paralimpiyachi oʻquvchi-sportchilarni Xalqaro paralimpiya qoʻmitasi klassifikatsiyasi talablari asosida tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.
4. Paralimpiya sport turlari boʻyicha terma jamoalarning tayyorgarligini tashkil qilish uchun har bir sport turi boʻyicha alohida sport bazalari biriktirish.
2026-yil mart
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari
5.
Nogironligi boʻlgan sportchi yoshlarning oʻz iqtidorlarini namoyon etishlariga har tomonlama koʻmaklashish.
1. Adaptiv sport turlari boʻyicha iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish va ularni ushbu sport turlariga turdosh boʻlgan Paralimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan tegishli sport turlariga yoʻnaltirish orqali nogironligi boʻlgan sportchi yoshlarning oʻz iqtidorlarini namoyon etishlariga har tomonlama koʻmaklashish.
Doimiy
-
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
(M. Olloyorov),
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
(M. Tashxodjayev)
2. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari huzurida koʻngillilar guruhlarini tashkil etish orqali adaptiv sport turlari boʻyicha joylarda oʻtkaziladigan sport tadbirlarini keng targʻib qilish, nogironligi boʻlgan yoshlarning musobaqalardagi ishtirokiga koʻmaklashish va ularni qoʻllab-quvvatlash tizimini yoʻlga qoʻyish.
2026-yil fevral
6.
Paralimpiya sport turlari boʻyicha sportchilarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish.
1. Mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda parasportchilarga tibbiy xizmat koʻrsatadigan tibbiyot mutaxassislari malakasini oshirib borish choralarini koʻrish.
Doimiy
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari
Sport vazirligi
(A. Ikramov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Xudayarov),
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
(M. Tashxodjayev)
2. Hududlar kesimida parasportchilarni klassifikatsiyadan oʻtkazishga koʻmaklashadigan va ularga tibbiy xizmat koʻrsatadigan tibbiyot mutaxassislarini biriktirish.
2026-yil yanvar
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Xudayarov)
7.
Terma jamoalar uchun sport zaxirasini yaratish, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, tanlash va saralab olish (seleksiya)ning raqamlashtirilgan tizimini joriy qilish.
Ilgʻor xorij tajribasini inobatga olgan holda paralimpiya sport turlari boʻyicha terma jamoalarni shakllantirishning alohida tartibini nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Bunda “ERP-sport” yagona elektron boshqaruv tizimida paralimpiya sport turlari bilan shugʻullanayotgan sportchilarning sport natijalarini kiritib borish va ularning sport normativlarini bajarishi ustidan monitoring yuritish uchun zarur texnik imkoniyatlar yaratilishini inobatga olish.
2026-yil aprel
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari
Sport vazirligi
(A. Ikramov),
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
(M. Tashxodjayev)
8.
Sport sohasiga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.
1. Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish:
Oʻzbekistonda yengil atletika sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi;
Velosiped sport turlarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi;
sportning oʻyin turlarini (gandbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, tennis) yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi;
ayrim yakkakurash sport turlarini (dzyudo, taekvondo WT, boks, sport kurashlari) yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi;
2029-yilda yoshlar oʻrtasidagi IV Osiyo oʻyinlarini Oʻzbekistonda yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha kengaytirilgan chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.
2. Mazkur qaror loyihalarini vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda oʻrnatilgan tartibda Hukumatga kiritish.
2026-yil fevral
-
Sport vazirligi
(A. Ikramov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
9.
Paralimpiya sport turlari boʻyicha sportchilarni tayyorlashda ularni tibbiy, farmokologik va psixologik jihatdan tizimli taʼminlash.
1. Paralimpiya sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalarga saralangan sportchilar uchun tibbiy, farmokologik va psixologik xizmat koʻrsatishni kuchaytirish.
2. Ilmiy tahlil guruhlarini tashkil qilish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
3. Ilmiy tahlil guruhlari tarkibiga sport sohasi boʻyicha olim, shifokor, fiziolog va diyetologlarni jalb etish.
2026-yil yanvar
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
(M. Tashxodjayev),
Sport vazirligi
(A. Ikramov)
10.
Milliy paralimpiya qoʻmitasi huzurida Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan muassasa shaklidagi Paralimpiya terma jamoalari markazi (keyingi oʻrinlarda — Paralimpiya markazi)ni tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
1. Paralimpiya markazi ustavini tasdiqlash.
2. Paralimpiya markazini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.
2026-yil yanvar
-
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
(M. Tashxodjayev)
3. Paralimpiya markazini zamonaviy bilim va koʻnikmaga ega boʻlgan malakali kadrlar bilan bosqichma-bosqich toʻldirish.
4. Paralimpiya markazida sportchilarni tayyorlash sifati ustidan doimiy davlat nazoratini olib borish.
Doimiy
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
(M. Tashxodjayev),
Sport vazirligi
(A. Ikramov)
5. Paralimpiya markazining boshqaruv, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarining namunaviy shtat jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2026-yil yanvar
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
(M. Tashxodjayev),
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
(B. Zaxidov)
11.
Paralimpiya markazi sportchilari shugʻullanishi uchun zarur boʻladigan sport infratuzilmasini yaratish.
1. Paralimpiya markazini Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Olimpiya shaharchasiga joylashtirish.
2026-yil yanvar
-
Sport vazirligi
(A. Ikramov),
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
(M. Tashxodjayev)
2. Paralimpiya markazining paralimpiya sport turlari boʻyicha terma jamoalarni tayyorlashda Olimpiya shaharchasi obyektlaridan begʻaraz asosda foydalanishini taʼminlash.
Doimiy
3. Paralimpiya markazi binosi qurilishini yakunlash. Bunda Paralimpiya markazi binosini Olimpiya shaharchasi obyektlaridan foydalanish direksiyasiga operativ boshqaruv huquqi bilan oʻtkazish hamda unga Paralimpiya markazini tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish.
2026-yil dekabr
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
(Sh. Xidoyatov),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(I. Norqulov),
Sport vazirligi
(A. Ikramov),
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
(M. Tashxodjayev),
Toshkent shahri hokimligi
(Sh. Umurzakov)
4. Paraoʻq otish sport turi uchun Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazining Toshkent shahridagi oʻq otish sporti inshootini Paralimpiya markaziga begʻaraz asosda biriktirish.
2026-yil yanvar
-
Mudofaa vazirligi
(Sh. Xalmuxamedov),
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
(M. Tashxodjayev)
12.
Paralimpiya markazini oʻrnatilgan tartibda avtotransport vositalari bilan taʼminlash.
Paralimpiya markaziga nogironligi boʻlgan shaxslarga 1 ta moslashtirilgan avtobus va 1 ta navbatchi avtotransport vositasi xarid qilish.
2026-yil fevral
Davlat budjeti mablagʻlari
Sport vazirligi
(A. Ikramov),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(I. Norqulov)
13.
Milliy paralimpiya qoʻmitasining Paralimpiya markazi bilan hamkorligini va terma jamoalar bilan tizimli ishlashini yoʻlga qoʻyish.
Milliy paralimpiya qoʻmitasi tuzilmasida mavjud shtat birliklari doirasida alohida boʻlim tashkil etish.
2026-yil yanvar
-
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
(M. Tashxodjayev)
14.
Xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda ilgʻor tajriba asosida paralimpiya sport turlari boʻyicha sportchilarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.
1. Zaruratga koʻra, Paralimpiya markaziga xorijiy sport mutaxassislari jalb etib borish.
2. Jalb etiladigan xorijiy sport mutaxassislari zimmasiga ular bilan tuziladigan shartnomalarda terma jamoalarni tayyorlash bilan birga joylarda iqtidorli parasportchilarni seleksiya qilish hamda mahalliy mutaxassislarning nazariy va amaliy bilimlarini oshirishga koʻmaklashish kabi vazifalarni yuklatish.
Doimiy
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasiga Davlat budjeti va homiylardan ajratiladigan mablagʻlar
Sport vazirligi
(A. Ikramov),
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
(M. Tashxodjayev)
15.
Nogironligi boʻlgan shaxslarni sport turlariga tayyorlashda inklyuziv muhit yaratilishini taʼminlash.
1. Adaptiv sport turlari, ayniqsa, inklyuziv taʼlim shaklida sogʻlom va parasportchilarni tayyorlaydigan trenerlarga malaka sertifikati berish va ularni qayta tayyorlash tizimini soddalashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2026-yil aprel
-
Sport vazirligi
(A. Ikramov),
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
(M. Olloyorov),
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi
(O. Umarov),
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
(M. Tashxodjayev)
2. Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalarini shakllantirishda sport turlari boʻyicha musobaqa va oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari davomida unga parallel ravishda mavjud parasport turlari boʻyicha musobaqa va yigʻinlar ham birgalikda tashkil qilinishini nazarda tutish.
Har yili
16.
Paralimpiya sport turlari boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishni tizimli joriy etish.
1. Jismoniy tarbiya va sport ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan parasportchilarning joriy jismoniy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni muntazam tahlil qilish va ularning imkoniyatlarini baholab borishni yoʻlga qoʻyish.
2. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzurida adaptiv sport turlari boʻyicha oʻquv dasturlari va materiallari, jumladan, har bir sport turi boʻyicha mashgʻulotlarni olib borish tartibi va yuklamalarini belgilashga qaratilgan ilmiy-uslubiy jihatdan taʼminlash boʻyicha alohida ilmiy kengash faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
2026-yil mart
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari
Sport vazirligi
(A. Ikramov),
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
(M. Tashxodjayev)
3. Paralimpiya sport turlari boʻyicha ilmiy izlanuvchilar amaliyotini Paralimpiya markazida tashkil etish.
Doimiy
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-dekabrdagi PQ-373-son qaroriga 4-ILOVA
Paralimpiya sport turlariga ixtisoslashtiriladigan sport maktablari
* Hududlarning oʻziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishlari, shuningdek, erishilgan sport natijalari hamda mavjud sport infratuzilmasidan kelib chiqib ustuvor paralimpiya sport turlari rivojlantiriladi.
** Nogironligi boʻlgan shaxslarning qiziqishlari va mavjud sport infratuzilmasidan kelib chiqib qoʻshimcha ravishda istiqbolli paralimpiya sport turlari rivojlantiriladi.
Ixtisoslashtiriladigan sport maktablari uchun har yilgi vazifa va maqsadli koʻrsatkichlar Sport vazirligi tomonidan belgilab boriladi.
Ixtisoslashtiriladigan sport maktablari Sport vazirligi tomonidan zarur sport inventarlari bilan taʼminlanadi.
Sport maktablarida ustuvor va istiqbolli paralimpiya sport turlaridan tashqari barcha sport turlari boʻyicha seksiya va toʻgaraklar oʻrnatilgan tartibda faoliyat olib boradi.
Sport vazirligi tomonidan hududlarning oʻziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishlari, shuningdek, erishilgan sport natijalari hamda mavjud sport infratuzilmasidan kelib chiqib, yangi moliya yili boshlangunga qadar sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablari va sport turlari roʻyxati qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-dekabrdagi PQ-373-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5924-son Farmonining 12-bandi “v” kichik bandi birinchi xatboshisidan “va sport taʼlim muassasalarining trenerlari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-fevraldagi “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4583-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekistonda qishki sport turlarini 2020 — 2023-yillarda rivojlantirish dasturining 1 va 4-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida”gi PQ-5281-son qarorining 12-bandi birinchi xatboshisidagi “Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga” soʻzlari “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga hamda keyingi oʻtkaziladigan Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-iyuldagi “2026-yil Milan va Kortina-dʼAmpetsso shaharlarida (Italiya) boʻlib oʻtadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida”gi PQ-303-son qarorida:
(b) 1-ilovaning 10 va 11-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-149-son qarorida:
(a) 5-bandning “b” kichik bandidagi “oʻtkaziladigan musobaqalarda” soʻzlari “oʻtkaziladigan musobaqa va musobaqadan tashqari davrda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
“51. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq sportda antidoping qoidabuzarliklar yuzasidan qabul qilinadigan qarorlar (shu jumladan, Milliy antidoping agentligi huzuridagi komissiyalar qarorlari) boʻyicha nizolar Sport vazirligi huzuridagi Apellyatsiya boʻyicha komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
Apellyatsiya boʻyicha komissiyaning faoliyat yuritish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
(v) 1-ilovaning “a” kichik bandidagi “doping qoʻllanishining” soʻzlari “dopingning” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PQ-149-son qaroriga 2-ILOVA
Milliy antidoping agentligining tashkiliy tuzilmasi
Milliy antidoping agentligi
Axloq komissiyasi*
Terapevtik istisnolar boʻyicha komissiya**
* Axloq komissiyasi faoliyatini amalga oshirishda Milliy antidoping agentligidan boshqaruv jihatidan mustaqil hisoblanadi.
** Komissiya aʼzolari tarkibi turli tashkilotlarda faoliyat olib boradigan mustaqil ekspertlardan shakllantiriladi va ular ishga zarurat boʻlganda jalb qilinadi”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-martdagi PQ-137-son qarori bilan tasdiqlangan Ogʻir atletika sport turini 2024 — 2026-yillarda kengroq rivojlantirish dasturining 4-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
4.
Toshkent viloyati Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi balansidagi Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Chorvoq shaharchasi Doʻstlik mahallasida joylashgan ogʻir atletika sport zalini Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi balansiga oʻtkazish orqali zamonaviy oʻquv-mashgʻulot bazasiga aylantirish.
1. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Chorvoq shaharchasi Doʻstlik mahallasida joylashgan ogʻir atletika sport zalini Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi balansiga oʻtkazish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
2024-yil sentabr
-
Sport vazirligi
(A. Ikramov),
Toshkent viloyati hokimligi
(Z. Mirzayev),
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi
(Sh. Xidoyatov)
2. Mazkur obyektni xalqaro talablarga muvofiq qayta qurish va rekonstruksiya qilish, 30 oʻrinli yotoqxona va oshxona barpo etish hamda zarur zamonaviy asbob-uskunalar va sport jihozlari bilan taʼminlash.
3. Mazkur obyektda ogʻir atletika boʻyicha zamonaviy oʻquv-mashgʻulot bazasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
2026-yil dekabr
Ijrochilar va homiylik mablagʻlari
Toshkent viloyati hokimligi
(Z. Mirzayev),
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi
(Sh. Xidoyatov)
”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi “Nogironligi boʻlgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-389-son qarorida:
“b” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “nogironligi boʻlgan bolalar, oʻsmirlar va yoshlarni” soʻzlari “nogironligi boʻlgan shaxslarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“g” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “adaptiv sport turlari boʻyicha” soʻzlari “adaptiv sport turlari boʻyicha (paralimpiya sport turlari bundan mustasno)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) 19-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda adaptiv sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida hududiy terma jamoalar ishtirokini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar Assotsiatsiyaga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi mumkin”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-421-son qarorida:
(a) 15-bandning oltinchi xatboshisidagi “2025-yil yakuniga qadar” soʻzlari “2026-yil 1-iyulga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) ilovaning 7-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
7.
Tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida jamoaviy sport turlari boʻyicha sport musobaqalari tizimli oʻtkazib borilishini tashkil qilish.
1. Oʻzbekiston korporativ sport assotsiatsiyasini tashkil qilish.
2025-yil fevral
Tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari,
ijrochilar mablagʻlari
Savdo-sanoat palatasi
(D. Vaxabov),
Sport vazirligi
(A. Ikramov)
2. Jamoaviy va boshqa sport turlari boʻyicha tijorat banklari, korxona va tashkilotlar oʻrtasida quyidagi sport musobaqalarini tashkil qilib borish:
Oʻzbekiston korporativ sport ligalari va kuboklari;
“Korporativ sport oʻyinlari” musobaqalari (kubok, turnir va boshqalar).
Doimiy
Oʻzbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi, tijorat banklari, korxona va tashkilotlar
”.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-dekabrdagi “Yoshlarning sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi PQ-443-son qarorining 9-bandi “v” kichik bandidagi “2025-yil yakuniga qadar” soʻzlari “2026-yil yakuniga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi “2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida”gi PQ-221-son qarorida:
“Belgilab qoʻyilsinki, Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga maqsadli tayyorgarlik koʻrish doirasida ushbu toʻlovlar boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq summasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sport vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda Davlat budjetidan qoplab beriladi”.
(b) 1-ilovaning 12-pozitsiyasi “Amalga oshirish muddatlari” ustunidagi “2025-yil dekabr” soʻzlari “2026-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2025-y., 07/25/373/1157-son; 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)