1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.06.00 Turli toifadagi fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi. Bepul tibbiy yordam;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.02.00 Sudlanganlar va qamoqdagi shaxslarning huquqiy holati;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 6-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3159-3]
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 26-iyundagi OʻRQ-1072-son “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qamoqqa olinganlarga nisbatan qiynoqqa solish hollarining oldini olishga qaratilgan qoʻshimcha kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 23-martdagi 67-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159, 2019-yil 20-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/3159/3151-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalargailovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHPULATOV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-noyabr,
676-son
Kelishildi:
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
2025-yil 12-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 24-noyabrdagi 676-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
“THda majburiy hamda JIEMda birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;”.
2. 13 va 14-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. THga keltirilgan shaxslar (tranzit tariqasida olib kelinayotganlar ham) THga olib kelingan paytdan eʼtiboran ikki soat ichida majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Ushbu koʻrik tibbiyot xodimi tomonidan shaxsning atrofdagilarga epidemiologik xavf tugʻdirishi ehtimolini aniqlash, shoshilinch yoki kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordamga muhtojligini belgilash, tana koʻrigi, antropometriya va termometriya tekshiruvlarini oʻtkazish, shuningdek tan jarohatlari va shikastlanish belgilari, yaralar hamda ularning darajasini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
THga keltirilgan shaxsni majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish davomida THning u bilan bir jinsda boʻlgan xodimi ishtirok etadi.
Majburiy tibbiy koʻrikni oʻtkazishda THga keltirilgan shaxsning roziligi bilan uning advokati ham ishtirok etishi mumkin.
14. Majburiy tibbiy koʻrik natijasida aniqlangan kasalliklar yoki shikastlanishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq tibbiyot xodimi tomonidan jurnalga qayd etiladi hamda ushbu Qoidalarning 11-ilovasida koʻrsatilgan namunadagi tibbiy maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.
Tibbiy maʼlumotnomaning bir nusxasi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan shaxsga imzo qoʻydirib tanishtirilganidan keyin uning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi, ikkinchi nusxasi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan shaxsni THga olib kelgan xodimlarga topshiriladi.
Tibbiy maʼlumotnomaning koʻchirma nusxasi THga olib kelingan shaxsning yoki uning advokatining talabiga asosan tegishincha THga olib kelingan shaxsga yoki uning advokatiga taqdim etiladi.
THga olib kelingan shaxslar boshqa THga oʻtkazilganda yoki protsessual harakatlar oʻtkazish uchun olib chiqilib, THga qaytarilganda ular ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.”.
“16. THga olib kelingan shaxs majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish vaqtida uning tanasida jarohatlar, shikastlanishlar va yaralar aniqlangan taqdirda, mazkur Qoidalarning 12-ilovasiga muvofiq uch nusxada dalolatnoma tuzilib, dalolatnoma tergov hibsxonasi boshligʻining yordamchisi — tezkor navbatchi va shaxsni olib kelgan qorovul boshligʻi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi qorovul boshligʻiga, ikkinchi nusxasi tergov hibsxonasi boshligʻining yordamchisi — tezkor navbatchiga, uchinchi nusxasi davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimiga beriladi hamda tibbiyot xodimi tomonidan bildirgi orqali muassasa rahbariyatiga axborot beriladi.
Majburiy tibbiy koʻrik davomida aniqlangan jarohatlar, shikastlanishlar va yaralar yuzasidan THga olib kelingan shaxsga shu vaqtning oʻzida maʼlum qilinadi va zudlik bilan TH tezkor — qidiruv xizmati xodimlari tomonidan prokurorga xabar beriladi.
Mazkur holat yuzasidan TH tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan tekshiruv oʻtkazilib, natijalari tegishli hududiy prokuraturaga yuboriladi.”.
4. 17-banddagi “birlamchi tibbiy koʻrik” degan soʻzlar “majburiy tibbiy koʻrik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“97. JIEMga keltirilgan barcha shaxslar birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ularda tan jarohati va shikastlanish belgilari va yaralar bor yoki yoʻqligi tekshiriladi. Har bir aniqlangan tan jarohati, shikastlanish va yaralar boʻyicha dalolatnoma tuzilib, bu haqda muassasa boshligʻining yordamchisi — tezkor navbatchi xabardor qilinadi va tibbiyot xodimi tomonidan bildirgi orqali muassasa rahbariyatiga axborot beriladi.
Mazkur holat yuzasidan JIEM tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan tekshiruv oʻtkazilib, natijalari tegishli hududiy prokuraturaga yuboriladi.”.
6. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirdagi 11 va 12-ilovalar bilan toʻldirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga 1-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarga 11-ILOVA
____-son tergov hibsxonasiga keltirilgan shaxsni majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida
MAʼLUMOTNOMA
1. Familiyasi, ismi, otasining ismi ___________________________________________________
8. Antropometrik oʻlchovlar: Boʻyning uzunligi: ______ sm. Tanasining vazni: ________ kg.
9. Tana koʻrigi (tan-jarohatlar, koʻkarish, shilinishlar joylashgan joyi, oʻlchami va boshqalar mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi) _________________________
16. Shaxsning shoshilinch ravishda ixtisoslashgan tibbiy yordam va qoʻshimcha tekshiruvlarga muhtoj yoki muhtoj emasligi _______________________________________________________________
18. Shaxsni qabul qilib olish mumkin yoki mumkin emasligi toʻgʻrisida tibbiyot xodimining tavsiyasi: _________________________________________________________________________________
(Tergov hibsxonasiga keltirilgan shaxsning imzosi)
(F.I.O)
20___ yil “____” __________
”.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga 2-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarga 12-ILOVA
____-son tergov hibsxonasiga keltirilgan shaxsda aniqlangan tan jarohati va shikastlanish belgilari toʻgʻrisida
DALOLATNOMA
Biz quyida imzo chekuvchilar, ____-son tergov hibsxonasi davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi tibbiyot xodimi ___________________________________________________________,
(unvoni, F.I.O toʻliq koʻrsatilsin)
tergov hibsxonasi boshligʻining yordamchisi — tezkor navbatchi __________________________________,
____________________________________________________________ (unvoni, F.I.O toʻliq koʻrsatilsin)
shaxsni olib kelgan qorovul boshligʻi _____________________________________________ ishtirokida
______________________________________________ (unvoni, F.I.O toʻliq koʻrsatilsin)
quyidagilar toʻgʻrisida ushbu dalolatnomani tuzdik, ____-son tergov hibsxonasiga 20___ yil _____ (kun sanasi)
_____ (oy) kuni keltirilgan shaxs ___________________________________________________________