1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.03 Ixtiyoriy sugʻurta;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
[TSZ:
1.Moliya / Sugʻurta]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 14-oktabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2025-yil 31-oktabrda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi davlat ijtimoiy sugʻurtasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning amal qilishi sugʻurta va davlat tibbiy sugʻurtasi, shuningdek ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2-modda. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisidagi qonunchilik
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
davlat ijtimoiy sugʻurtasi — sugʻurta hodisalari yuzaga kelganda sugʻurtalangan shaxslarning daromadlari yoʻqolishining oldini olishga qaratilgan davlat kafolatlari tizimi;
davlat ijtimoiy sugʻurtasi subyektlari — sugʻurtalovchi, sugʻurta qildiruvchilar va sugʻurtalangan shaxslar;
davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar — sugʻurta hodisasi yuzaga kelganda sugʻurtalangan shaxsga jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan nafaqalar tarzidagi toʻlovlar;
jamgʻarma — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (bundan buyon matnda Ijtimoiy himoya milliy agentligi deb yuritiladi) Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari, sugʻurta badallari va boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi, yuridik shaxs maqomiga ega boʻladi, sugʻurtalangan shaxsga sugʻurta hodisasi yuzaga kelganda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni moliyalashtirish uchun moʻljallangan boʻladi;
sugʻurtalovchi — Ijtimoiy himoya milliy agentligining jamgʻarmasi;
sugʻurta staji — sugʻurtalangan shaxs uchun sugʻurta badallarini toʻlash amalga oshirilgan davr;
sugʻurtalangan shaxs — sugʻurta hodisalaridan davlat ijtimoiy sugʻurtasi orqali himoyalangan jismoniy shaxs;
sugʻurta qildiruvchi — sugʻurta hodisalari yuzaga kelganda sugʻurtalangan shaxsning himoya qilinishini taʼminlash maqsadida ijtimoiy soliq va (yoki) sugʻurta badallari toʻlaydigan shaxs.
4-modda. Davlat ijtimoiy sugʻurtasining asosiy prinsiplari
Davlat ijtimoiy sugʻurtasining asosiy prinsiplari qonuniylik, umuminsoniylik, tenglik, moliyaviy barqarorlik va hisobdorlikdan iboratdir.
2-bob. Davlat ijtimoiy sugʻurtasiga doir huquqiy munosabatlar
5-modda. Davlat ijtimoiy sugʻurtasining amal qilishi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Fuqarolarga nisbatan davlat ijtimoiy sugʻurtasining amal qilishi majburiy yoki ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi quyidagilarga nisbatan majburiy asosda amalga oshiriladi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]
mehnat faoliyatini mehnat shartnomalari asosida amalga oshiradigan fuqarolarga (bundan dehqon xoʻjaligining ixtisoslashuviga qarab, muayyan ishni bajarish uchun mehnat shartnomasi shartlari asosida vaqtinchalik (mavsumiy) asosda jalb etiladigan boshqa shaxslar mustasno), yuridik shaxslarning rahbarlari sifatida faoliyatni amalga oshiradigan fuqarolarga;
yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan tuzilgan fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar asosida xizmatlar koʻrsatish, ishlarni bajarish yoki intellektual mulk obyektlarini yaratish boʻyicha ishlarni bajaradigan fuqarolarga.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.03 Ixtiyoriy sugʻurta]
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi quyidagilarga nisbatan ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi:
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.13.00 Mavsumiy ishlar]
dehqon xoʻjaligining aʼzolariga va dehqon xoʻjaligining ixtisoslashuviga qarab, muayyan ishni bajarish uchun mehnat shartnomasi shartlari asosida vaqtinchalik (mavsumiy) asosda jalb etiladigan boshqa shaxslarga;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.08 Parrandachilik. Parranda fermalari;
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.10 Asalarichilik. Baliqchilik]
shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida band boʻlgan yoki mazkur maydonda chorvachilik (qoramol, qoʻylar, echkilar, otlar va boshqalar), issiqxona xoʻjaligi, parrandachilik (tovuqlar, bedanalar, kurkalar, gʻozlar, oʻrdaklar), quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, bogʻdorchilik, limonchilik, gulchilik bilan shugʻullanadigan shaxsiy tomorqa yer uchastkalarining egalari yoki ularning oila aʼzolari boʻlgan fuqarolarga (ularga tegishli boʻlgan tomorqa yer uchastkasining maydonidan yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qatʼi nazar);
Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylarida, vakolatxonalarda (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmagan holda), tashkilotlarda ishlaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga;
chet elda yollanib ishlaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida daromad keltiradigan faoliyatni amalga oshiradigan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga;
ishlamaydigan fuqarolarga, ular uchun sugʻurta badali eri (xotini) tomonidan toʻlanganda;
yuridik shaxslarning muassislari (ishtirokchilari) sifatida daromadlar oladigan fuqarolarga;
yakka tartibdagi tadbirkorlarga, shu jumladan “Hunarmand” uyushmasining aʼzolari boʻlgan hunarmandchilik faoliyati subyektlariga;
faoliyatni yuridik shaxs tashkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshiradigan oila aʼzolariga;
dehqon xoʻjaligining boshligʻiga;
qonunchilikka muvofiq soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish beruvchidan daromadlar oladigan fuqarolarga.
Majburiy yoki ixtiyoriy asosda davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan sugʻurtalangan shaxslar teng huquq va majburiyatlarga ega boʻladi.
Harbiy xizmatchilarning, ichki ishlar organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining boshliqlar va oddiy askarlar tarkibidan boʻlgan shaxslarning, sudyalarning va prokuratura organlarining martaba darajalariga (harbiy unvonlarga) ega boʻlgan xodimlarining ijtimoiy sugʻurta taʼminoti alohida qonunchilik bilan belgilanadi.
6-modda. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha munosabatlar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha munosabatlar quyidagi hollarda yuzaga keladi:
a) sugʻurta qildiruvchilarda:
ijtimoiy soliqni toʻlovchilar uchun — ijtimoiy soliqni toʻlash boʻyicha majburiyat yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
davlat ijtimoiy sugʻurtasi majburiy qilinishi lozim boʻlgan shaxslar uchun — daromad hisoblangan paytdan eʼtiboran;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.03 Ixtiyoriy sugʻurta]
davlat ijtimoiy sugʻurtasi ixtiyoriy qilinishi mumkin boʻlgan shaxslar uchun — sugʻurta badallari toʻlangan paytdan eʼtiboran.
Bunda, agar sugʻurta qildiruvchi oʻzi uchun sugʻurta badalini toʻlasa, u davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha sugʻurtalangan shaxs sifatida munosabatlarga kirishadi.
b) sugʻurtalovchida — sugʻurta qildiruvchi roʻyxatga olingan paytdan eʼtiboran;
v) sugʻurtalangan shaxslarda:
majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan sugʻurtalangan shaxslar uchun — daromad hisoblangan paytdan eʼtiboran;
ixtiyoriy davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan sugʻurtalangan shaxslar uchun — sugʻurta badallari toʻlangan paytdan eʼtiboran.
7-modda. Sugʻurta hodisalari
Sugʻurtalovchining sugʻurtalangan shaxsga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish majburiyatining yuzaga kelishi sugʻurta hodisasi deb hisoblanadi.
Sugʻurta hodisalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
kasallik munosabati bilan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik;
homiladorlik va tugʻish;
ishni yoki daromadni yoʻqotish.
Sugʻurta hodisalari yuzaga kelganda sugʻurtalangan shaxslarga va (yoki) ularning oila aʼzolariga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha quyidagi toʻlovlar amalga oshiriladi:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.10 Boshqa nafaqalar]
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.02 Homiladorlik va tugʻish nafaqasi]
homiladorlik va tugʻish nafaqasi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.23.00 Ishdan boʻshatish nafaqasi]
ishdan boʻshatish nafaqasi.
3-bob. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi subyektlarining huquq va majburiyatlari
8-modda. Sugʻurtalangan shaxslarning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Sugʻurtalangan shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida olish;
oʻz huquqlarini shaxsan, oʻzining vakili orqali yoki sud tartibida himoya qilish;
sugʻurtalovchi va sugʻurta qildiruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar olish;
sugʻurtalovchidan davlat ijtimoiy sugʻurtasi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va sugʻurtalangan shaxslarga toʻlanadigan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar miqdorlari toʻgʻrisida axborotni bepul olish.
Sugʻurtalangan shaxslar sugʻurta hodisasidan kelib chiqqan holda, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovni tayinlash va amalga oshirish uchun asos boʻladigan tegishli ishonchli maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlarni sugʻurtalovchiga oʻz vaqtida taqdim etishi shart.
9-modda. Sugʻurtalovchining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Sugʻurtalovchi quyidagi huquqlarga ega:
sugʻurta hodisasi yuzaga kelganda, zaruratga qarab, sugʻurta hodisasi yuzaga kelganligini tekshirish;
sugʻurta badallarini hisobga olish va toʻlash boʻyicha hujjatlarni (yoki elektron maʼlumotlarni), shuningdek davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish bilan bogʻliq hujjatlarni tekshirish;
sugʻurtalangan shaxsni identifikatsiya qilish, sugʻurta stajini va sugʻurta badalining miqdorini aniqlash, sugʻurta hodisasi yuzaga kelganligini tasdiqlash uchun zarur boʻlgan sugʻurtalangan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish, shu jumladan boshqa davlat organlari bilan elektron axborot almashinuvi orqali olish;
ushbu Qonunning 18 va 19-moddalarida belgilangan hollarda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni toʻxtatib turish, qayta tiklash va tugatish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi]
oʻz huquqlarini himoya qilish va yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar, shu jumladan sugʻurtalangan shaxs tomonidan taqdim etilgan ishonchsiz yoki soxta hujjatlar (maʼlumotlar) asosida davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar tayinlanganligi munosabati bilan qilingan xarajatlarning oʻrnini qoplash haqidagi daʼvolar bilan sudga murojaat qilish.
Sugʻurtalovchi:
davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar uchun sugʻurta badallarini jamgʻarib borishi;
faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtirishi;
davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarning oʻz vaqtida tayinlanishini va belgilangan miqdorlarda toʻlanishini taʼminlashi;
sugʻurta badallari va toʻlovlarining hisobini yuritishi;
sugʻurta badallarini toʻlagan shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasini amalga oshirishi;
sugʻurta qildiruvchilarni roʻyxatdan oʻtkazishni va hisobdan chiqarishni amalga oshirishi;
sugʻurta qildiruvchilarning va sugʻurtalangan shaxslarning, jamgʻarma tushumlari va xarajatlarining yagona hisobini yuritishi, shuningdek sugʻurtalangan shaxslarning personallashtirilgan hisobi uchun taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini boshqa davlat organlari bilan elektron axborot almashinuvi orqali tekshirishi;
sugʻurta qildiruvchilar va sugʻurtalangan shaxslar uchun davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borishi, shu jumladan sugʻurta badallarining va davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha amalga oshirilgan toʻlovlarning hisobi yuzasidan shaxsga doir maʼlumotlarni, mazkur toʻlovlar boʻyicha murojaat qilish va ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishi shart.
10-modda. Sugʻurta qildiruvchilarning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Sugʻurta qildiruvchilar quyidagi huquqlarga ega:
sugʻurtalovchidan davlat ijtimoiy sugʻurtasi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va sugʻurtalangan shaxslarga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha amalga oshiriladigan toʻlovlar miqdorlari toʻgʻrisidagi axborotni bepul olish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi]
oʻz huquqlarini himoya qilish yoxud davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlov tayinlanishining toʻgʻriligini qayta koʻrib chiqish uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yoki sudga murojaat qilish.
Sugʻurta qildiruvchilar:
sugʻurtalovchidan roʻyxatdan oʻtishi va hisobdan chiqishi;
sugʻurta badallarini oʻz vaqtida va belgilangan stavkalar boʻyicha toʻlashi;
davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarga taalluqli boʻlgan hujjatlarni tekshirish uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligiga taqdim etishi shart.
4-bob. Davlat ijtimoiy sugʻurtasining moliyaviy tizimi
11-modda. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi mablagʻlari
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi mablagʻlari sugʻurtalovchi tomonidan quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
ijtimoiy soliqning bir qismi;
sugʻurta badallari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.05.00 Bank omonati va boshqa depozit operatsiyalari]
jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini depozitlarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi mablagʻlari jamgʻarmada jamlanadi.
12-modda. Sugʻurta badali
Sugʻurta badali sugʻurtalangan shaxs uchun jamgʻarmaga amalga oshiriladigan ajratma yoki toʻlov hisoblanadi.
Sugʻurta badali majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan qamrab olinadigan fuqarolar uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan miqdorlarda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining bir qismi hisobidan, ixtiyoriy davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan qamrab olinadigan fuqarolar uchun minimal miqdori qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadigan toʻlov hisobidan shakllantiriladi.
Jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq hisoblangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi barcha daromadlar sugʻurta badallarini hisoblash obyektidir.
Sugʻurta badali stavkasi sugʻurta badallarini hisoblash obyektining summasiga nisbatan foizli nisbatda hisoblanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Sugʻurta badallari hisobini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
13-modda. Sugʻurta badallarini toʻlovchilar
Sugʻurta badallarini toʻlovchilar deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan sugʻurtalangan shaxslar;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.03 Ixtiyoriy sugʻurta]
ixtiyoriy davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan sugʻurtalangan shaxslar.
Qonunchilik hujjatlari bilan ayrim shaxslarni yoki shaxslar toifalarini sugʻurta badallarini toʻlashdan ozod etish yoki ularga imtiyozlar berish taqiqlanadi.
14-modda. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi moliyaviy barqarorligining davlat kafolatlari
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari prognozini tuzishda hamda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish uchun jamgʻarma budjeti taqchilligining prognoz xavflari yuzaga kelganda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi sugʻurtalovchining asoslangan talabnomasi asosida navbatdagi moliya yili uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqishda, davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdorini hisobga olgan holda, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni taʼminlash imkonini beradigan, Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan jamgʻarmaga budjetlararo transfertlar ajratilishini nazarda tutadi.
15-modda. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi mablagʻlarini budjetlashtirish va xarajat qilish hamda ularning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar
Jamgʻarma budjeti sugʻurtalovchi tomonidan ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlanadi.
Jamgʻarma mablagʻlari davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni, shu jumladan mazkur toʻlovlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga sarflanadi.
Tasdiqlangan budjet koʻrsatkichlarining bajarilishi sugʻurtalovchi va uning hududiy boʻlinmalari, tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan taʼminlanadi.
Jamgʻarma budjetining muayyan moliya yilidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Jamgʻarmaning joriy hisobot yilida foydalanilmay qolgan mablagʻlari olib qoʻyilmaydi va keyingi yilga oʻtkaziladi.
5-bob. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar
16-modda. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va amalga oshirish
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni olishga boʻlgan huquq sugʻurta badallarining toʻlanishiga qarab yuzaga keladi.
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda va tegishli davrlar uchun tayinlanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va amalga oshirish tartibi, shu jumladan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha eng kam sugʻurta staji hamda toʻlovlarni amalga oshirish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
17-modda. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash uchun murojaat qilish va hujjatlarni koʻrib chiqish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.23.00 Ishdan boʻshatish nafaqasi]
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni ishdan boʻshatish nafaqasi tarzida tayinlash sugʻurtalangan shaxsning murojaati asosida, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqalari hamda homiladorlik va tugʻish nafaqalari tarzida esa sugʻurtalangan shaxsning murojaati talab etilmagan holda (proaktiv shaklda) amalga oshiriladi.
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash uchun murojaat sugʻurtalangan shaxs tomonidan quyidagicha amalga oshiriladi:
sugʻurtalovchiga bevosita yoki ish beruvchi orqali;
maxsus davlat axborot tizimlari orqali elektron tarzda.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Sugʻurtalangan shaxsning murojaati talab etilmagan holda (proaktiv shaklda) tayinlanadigan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar yuzasidan sugʻurta hodisasi yuzaga kelganda sugʻurtalangan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sugʻurtalovchiga Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
18-modda. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni toʻxtatib turish va qayta tiklash
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar quyidagi hollarda keyingi oyning birinchi sanasidan eʼtiboran toʻxtatib turiladi:
sugʻurtalangan shaxs yoki uning qonuniy vakili davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni toʻxtatib turish haqida murojaat qilganda;
sugʻurtalangan shaxs qonunda belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilganda;
qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda.
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlov sugʻurta hodisasi tasdiqlangan taqdirda, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovning toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi axborot tizimlaridan olingan hujjatlarga va (yoki) maʼlumotlarga asosan qayta tiklanadi.
19-modda. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tugatish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar quyidagi hollarda tugatiladi:
sugʻurtalangan shaxs vafot etganda yoki sud qarori bilan vafot etgan deb eʼlon qilinganda. Bunda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlov sugʻurtalangan shaxs vafot etgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan eʼtiboran tugatiladi;
sugʻurtalangan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqqanda yoki Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotganda;
sugʻurtalangan shaxs yoki uning qonuniy vakili davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovni tugatish toʻgʻrisida murojaat qilganda. Bunda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlov murojaat berilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan eʼtiboran tugatiladi;
davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovni tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun asos boʻlib xizmat qilgan hujjatlarning (maʼlumotlarning) ishonchsizligi yoki soxta ekanligi aniqlanganda. Bunda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlov tayinlangan kundan eʼtiboran tugatilgan hisoblanadi va toʻlangan mablagʻlar sugʻurtalangan shaxs tomonidan qaytariladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
20-modda. Nizolarni hal etish
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
21-modda. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 399-moddasiga oʻzgartirish kiritish
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrda qabul qilingan OʻRQ-798-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, 10-songa ilova; 2023-yil, № 4, 265-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 7, 627-modda, № 9, 964-modda; 2025-yil № 2, 193-modda, № 6, 730-modda) 399-moddasining matnidagi “davlat ijtimoiy sugʻurta” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
23-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
24-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
ushbu Qonun 12-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan sugʻurta badallari hisobini yuritish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida belgilasin;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
ushbu Qonun 16-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va amalga oshirish tartibini, shu jumladan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha eng kam sugʻurta stajini hamda toʻlovlarni amalga oshirish muddatlarini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida belgilasin;
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
25-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Ushbu Qonun 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 9-dekabr,
OʻRQ-1101-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 03/25/1101/1135-son)