1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.17.00 Banklarda buxgalteriya hisobi va hisobot;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.02.00 Asosiy vositalarning hisobi;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar”ga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 6-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3546-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 133-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3546, 2024-yil 9-avgust) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3546/0602-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar”ga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 3-dekabr,
306-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 3-dekabrdagi 306-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar”ga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-banddagi “mulk, xoʻjalik yuritish yoki operativ boshqaruv huquqlari” degan soʻzlar “mulk huquqi va operativ boshqarish huquqi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 9-banddagi “Mulk huquqi, xoʻjalik yuritish yoki operativ boshqaruv huquqi” degan soʻzlar “Mulk huquqi va operativ boshqarish huquqi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 10-bandning oʻn ikkinchi xatboshisidagi “xoʻjalik yuritish yoki operativ boshqaruv huquqini” degan soʻzlar “operativ boshqarish huquqini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“operativ boshqarish huquqi bilan tegishli boʻlgan asosiy vositalarni qonunchilik hujjatlari yoki taʼsis hujjatlariga muvofiq mulkdorning qaroriga asosan;”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 10/25/3546-1/1129-son)