toggle_night_mode
Hujjat 15.11.2025 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi direktorining
buyrugʻi
Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari roʻyxati hamda Respublika, hududiy va tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 14-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3705]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi PF-95-son “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yoʻnaltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilarga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi PF-95-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari roʻyxatiga;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi PF-95-son Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika, hududiy va tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor v.b. U. XUSAINOV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-noyabr,
6-2025-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi direktorining 2025-yil 11-noyabrdagi 6-2025-son buyrugʻiga
ILOVA
Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari roʻyxati hamda Respublika, hududiy va tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi PF-95-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari roʻyxatining II boʻlimi 2-bobida:
a) “1-toifa (alohida maqomga ega mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari)” paragrafi quyidagi mazmundagi 431 va 432-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:

431.

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

432.

Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi

;

b) “2-toifa (vazirlik va idoralar huzuridagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari)” paragrafi quyidagi mazmundagi 681-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

681.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi

.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi PF-95-son Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika, hududiy va tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestrida:
a) I boʻlimning 1-bobida:
quyidagi mazmundagi 91-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

91.

Axborot xizmati rahbari (matbuot kotibi)

Boshqaruv

Boshqaruv kadrlari

1-darajali xizmatchi

;

12 — 16-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

12.

Boʻlim boshligʻi (bosh hisobchi, devonxona mudiri)

Boshqaruv

Boshqaruv kadrlari

2-darajali xizmatchi

13.

Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari (bosh hisobchi oʻrinbosari)

Boshqaruv

Boshqaruv kadrlari

3-darajali xizmatchi

14.

Bosh mutaxassis (bosh inspektor, bosh maslahatchi, bosh yuriskonsult)

Yordamchi

Mutaxassislar

4-darajali xizmatchi

15.

Yetakchi mutaxassis (yetakchi/katta inspektor, yetakchi maslahatchi, yetakchi yuriskonsult)

Yordamchi

Mutaxassislar

4-darajali xizmatchi

16.

Mutaxassis (inspektor, katta maslahatchi, yuriskonsult)

Yordamchi

Mutaxassislar

5-darajali xizmatchi

;

b) I boʻlimning 2-bobi “1-toifa” paragrafida:
quyidagi mazmundagi 201-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

201.

Rahbar kotibiyati boshligʻi

Boshqaruv

Boshqaruv kadrlari

1-darajali xizmatchi

;

quyidagi mazmundagi 231-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

231.

Axborot xizmati rahbari (matbuot kotibi)

Boshqaruv

Boshqaruv kadrlari

2-darajali xizmatchi

;

26 — 30-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

26.

Boʻlim boshligʻi (bosh hisobchi, devonxona mudiri)

Boshqaruv

Boshqaruv kadrlari

3-darajali xizmatchi

27.

Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari (bosh hisobchi oʻrinbosari)

Boshqaruv

Boshqaruv kadrlari

3-darajali xizmatchi

28.

Bosh mutaxassis (bosh inspektor, bosh yuriskonsult)

Yordamchi

Mutaxassislar

4-darajali xizmatchi

29.

Yetakchi mutaxassis (yetakchi/katta inspektor, yetakchi yuriskonsult)

Yordamchi

Mutaxassislar

4-darajali xizmatchi

30.

Mutaxassis (inspektor, yuriskonsult)

Yordamchi

Mutaxassislar

5-darajali xizmatchi

;

v) I boʻlimning 2-bobi “2-toifa” paragrafida:
quyidagi mazmundagi 371-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

371.

Axborot xizmati rahbari (matbuot kotibi)

Boshqaruv

Boshqaruv kadrlari

2-darajali xizmatchi

;

40-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

40.

Boʻlim boshligʻi (bosh hisobchi, devonxona mudiri)

Boshqaruv

Boshqaruv kadrlari

3-darajali xizmatchi

;

42 — 44-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

42.

Bosh mutaxassis (bosh inspektor, bosh yuriskonsult)

Yordamchi

Mutaxassislar

4-darajali xizmatchi

43.

Yetakchi mutaxassis (yetakchi/katta inspektor, yetakchi yuriskonsult)

Yordamchi

Mutaxassislar

4-darajali xizmatchi

44.

Mutaxassis (inspektor, yuriskonsult)

Yordamchi

Mutaxassislar

5-darajali xizmatchi

;

g) II boʻlimning “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining hududiy boʻlinmalari” bobida:
quyidagi mazmundagi 661-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

661.

Matbuot kotibi

Boshqaruv

Boshqaruv kadrlari

3-darajali xizmatchi

;

67-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

67.

Boʻlim boshligʻi (bosh hisobchi, devonxona mudiri)

Boshqaruv

Boshqaruv kadrlari

3-darajali xizmatchi

;

70 — 72-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

70.

Bosh mutaxassis (bosh inspektor, bosh maslahatchi, bosh yuriskonsult)

Yordamchi

Mutaxassislar

5-darajali xizmatchi

71.

Yetakchi mutaxassis (yetakchi/katta inspektor, yetakchi maslahatchi, yetakchi yuriskonsult)

Yordamchi

Mutaxassislar

5-darajali xizmatchi

72.

Mutaxassis (inspektor, katta maslahatchi, yuriskonsult)

Yordamchi

Mutaxassislar

6-darajali xizmatchi

;

d) III boʻlimning “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman (shahar) boʻlinmalari” bobida:
89-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

89.

Boʻlim boshligʻi (bosh hisobchi)

Yordamchi

Mutaxassislar

5-darajali xizmatchi

;

92-93-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

92.

Bosh mutaxassis (bosh inspektor, bosh maslahatchi, bosh yuriskonsult, hisobchi)

Yordamchi

Mutaxassislar

5-darajali xizmatchi

93.

Yetakchi mutaxassis (yetakchi/katta inspektor, yetakchi maslahatchi, yetakchi yuriskonsult)

Yordamchi

Mutaxassislar

5-darajali xizmatchi

;

96-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

96.

Mutaxassis (inspektor, katta maslahatchi, yuriskonsult)

Yordamchi

Mutaxassislar

6-darajali xizmatchi

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2025-y., 10/25/3705/1055-son)