Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati apparati faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maʼmuriy-boshqaruv apparati xodimlari sonini qisqartirishga doir chora-tadbirlar kompleksi toʻgʻrisida” 1998-yil 7-sentabrdagi 383-son
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tashkiliy tuzilmasi 1—12-ilovalarga
* muvofiq tasdiqlansin.
2. Bosh vazir Oʻ. T. Sultonov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari oʻrtasidagi vazifalarning taqsimlanishini bir hafta muddatda tayyorlasin va tasdiqlash uchun taqdim etsin.
3. Bosh vazirning oʻrinbosarlari — komplekslar rahbarlari Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasiga kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda kotibiyatlar toʻgʻrisidagi nizomni va kotibiyatlar xodimlari oʻrtasidagi funksional vazifalar taqsimlanishini bir hafta muddatda qayta koʻrib chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
4. Shtatlar qisqarishi munosabati bilan boʻshab qoladigan xodimlarning avvalgi lavozimlari boʻyicha amalda boʻlgan moddiy-maishiy va tibbiy xizmat koʻrsatish shart-sharoitlari saqlab qolinsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-maydagi 248-son qarorining
1-bandi, Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-iyundagi
221-son, 1997-yil 24-dekabrdagi 565-son, 1998-yil 13-yanvardagi
20-son va 1998-yil 9-sentabrdagi
386-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.