1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va koʻrgazma faoliyati]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Botir Zokirov memorial muzeyi faoliyatini samarali tashkil etish hamda Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov xotirasini abadiylashtirish, uning ijodiy merosini chuqur oʻrganish va jahon miqyosida targʻib qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 28-iyuldagi PQ-230-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov xotirasini abadiylashtirish, uning ijodiy merosini chuqur oʻrganish va jahon miqyosida targʻib qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 28-iyuldagi PQ-230-son qaroriga muvofiq:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va koʻrgazma faoliyati]
Toshkent shahrida Botir Zokirov memorial muzeyi (keyingi oʻrinlarda — memorial muzey) tashkil etilgani;
Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi taʼsis etilgani (keyingi oʻrinlarda — davlat stipendiyasi) maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Madaniyat vazirligi Madaniy meros agentligi bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar memorial muzey faoliyatini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin. Bunda:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
memorial muzey Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi milliy estrada sanʼati instituti binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
memorial muzeyga shtat birliklarini ajratish va xodimlar mehnatiga haq toʻlash Madaniy meros agentligi tizimidagi muzeylar uchun belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.09.00 Maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy obyektlarni qurish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va koʻrgazma faoliyati]
3. Belgilansinki, memorial muzeyni taʼmirlash va uning ekspozitsiyasini yaratish bilan bogʻliq xarajatlar:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Madaniyat vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari;
xalqaro moliya institutlari hamda donor tashkilotlarning grantlari;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
4. Madaniyat vazirligi Madaniy meros agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda memorial muzey ustavini tasdiqlash, uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va malakali mutaxassislar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
5. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
davlat stipendiyasi tayinlanadigan tegishli taʼlim yoʻnalishlarini belgilash;
davlat stipendiyasini tayinlash boʻyicha baholash mezonlarini belgilash;
davlat stipendiyasiga talabgorlarning hujjatlarini koʻrib chiqish va baholash tartibi.
6. Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
2026-yildan boshlab har yili davlat stipendiyasi uchun tanlovlar belgilangan tartibda shaffof tarzda oʻtkazib borilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 3-noyabr,
690-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 690-son qaroriga 1-ILOVA
Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
1. Mazkur Nizom Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasini (keyingi oʻrinlarda — davlat stipendiyasi)ni tayinlash tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
2. Davlat stipendiyasi davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga (keyingi oʻrinlarda — talabgorlar) tayinlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
3. Davlat stipendiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Madaniyat vazirligi) tomonidan oʻtkaziladigan tanlov natijalariga koʻra quyidagi taʼlim yoʻnalishlarining har biri boʻyicha bittadan tayinlanadi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.10.00 Tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik, musiqa;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.18.00 Sanʼat va madaniyatning boshqa turlari]
“estrada xonandaligi”;
“vokal sanʼati (turlari boʻyicha)”;
“estrada cholgʻu ijrochiligi”;
“cholgʻu ijrochiligi (turlari boʻyicha)”;
“bastakorlik sanʼati”;
“sanʼatshunoslik (musiqashunoslik)”;
“texnogen sanʼat (musiqiy ovoz rejissorligi)”.
4. Davlat stipendiyasi ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq tayinlanadi.
2-bob. Baholash mezonlari
5. Davlat stipendiyasi quyidagi talablar boʻyicha ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq 100 balli tizim asosida baholash natijalariga koʻra tayinlanadi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.10.00 Tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik, musiqa;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.18.00 Sanʼat va madaniyatning boshqa turlari]
a) “estrada xonandaligi”, “vokal sanʼati (turlari boʻyicha)”, “estrada cholgʻu ijrochiligi”, “cholgʻu ijrochiligi (turlari boʻyicha)”, “bastakorlik sanʼati”, “texnogen sanʼat (musiqiy ovoz rejissorligi)” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha:
oliy taʼlim tashkilotida tahsil olish davrida viloyat, respublika va xalqaro miqyosdagi konsert ijrochiligi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
soha boʻyicha xalqaro va respublika miqyosidagi festival, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardagi ishtiroki va natijalarga erishgani;
oʻquv jarayonida mutaxassislik fanlarini aʼlo baholarga oʻzlashtirgani;
milliy estrada sanʼatini targʻib qilishga qoʻshgan hissasi;
b) “sanʼatshunoslik (musiqashunoslik)” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha:
oliy taʼlim tashkilotida tahsil olayotgan davrida respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy jurnallarda maqolalar chop etgani;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.01.00.00 Davlatlararo aloqalarda umumiy masalalar / 19.01.06.00 Xalqaro kongresslar. Konferensiyalar]
soha boʻyicha xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya, seminar, festival, simpozium, biyennale, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardagi ishtiroki va natijalarga erishgani;
oʻquv jarayonida mutaxassislik fanlarini aʼlo baholarga oʻzlashtirgani;
milliy estrada sanʼatini targʻib qilishga qoʻshgan hissasi.
3-bob. Talabgorlarning hujjatlarini koʻrib chiqish va baholash tartibi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
6. Talabgorlar har yili 1-iyunga qadar davlat stipendiyasiga hujjatlarni dastlabki koʻrib chiqish uchun davlat oliy taʼlim tashkilotining kengashiga (keyingi oʻrinlarda — Kengash) quyidagilarni taqdim qiladi:
a) “estrada xonandaligi”, “vokal sanʼati (turlari boʻyicha)”, “estrada cholgʻu ijrochiligi”, “cholgʻu ijrochiligi (turlari boʻyicha)”, “bastakorlik sanʼati”, “texnogen sanʼat (musiqiy ovoz rejissorligi)” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.20.00 Audio va video yozuvlar]
oliy taʼlim tashkilotida tahsil olish davrida viloyat, respublika va xalqaro miqyosdagi konsert dasturlaridagi ijrolarini tasdiqlovchi maʼlumotnomalar, afisha, konsert dasturlari, foto va videolavhalar;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
soha boʻyicha xalqaro va respublika miqyosidagi festival, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardagi ishtiroki va natijalarga erishgani;
oʻquv jarayonida mutaxassislik fanlarini aʼlo baholarga oʻzlashtirganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.10.00 Tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik, musiqa]
milliy estrada sanʼatini targʻib qilishga qoʻshgan hissasi haqida maʼlumotlar;
dekanat va kafedraning tavsiyanomalari;
ijodiy ishlari roʻyxati;
soha boʻyicha kamida ikki nafar yetuk mutaxassisning fikrnomasi;
oʻqish davrida erishgan boshqa yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.10.00 Tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik, musiqa;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.18.00 Sanʼat va madaniyatning boshqa turlari]
b) “sanʼatshunoslik (musiqashunoslik)” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha:
respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalari nusxalari;
xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjuman va konferensiyalar, seminar, festival, simpozium, biyennale, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardagi ishtiroki va erishgan natijalarini tasdiqlovchi diplom, sertifikatlar, ilmiy maqolalar nusxalari, maʼlumotnomalar hamda tadbirlar fotosuratlari;
oʻquv jarayonida mutaxassislik fanlarini aʼlo baholarga oʻzlashtirganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar;
dekanat va kafedraning tavsiyanomalari;
ilmiy-ijodiy ishlar roʻyxati;
soha boʻyicha kamida ikki nafar yetuk mutaxassisning fikrnomasi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlari, sohaga doir koʻrsatuvlardagi ishtirokini tasdiqlovchi maʼlumotlar, ilmiy va ommabop jurnallar, gazetalarda chop etilgan ilmiy-ommabop, publitsistik maqolalari nusxalari;
oʻqish davrida erishgan boshqa yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar.
Ushbu bandda koʻrsatilgan barcha hujjatlar yigʻmajildga joylangan holda taqdim etiladi. Muqovada talabgor tahsil oladigan oliy taʼlim tashkilotining nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakulteti, kursi, guruhi koʻrsatiladi.
7. Kengash har yili 15-iyunga qadar davlat stipendiyasiga talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, baholaydi.
Baholash natijalari boʻyicha talabgorni davlat stipendiyasiga tavsiya etish yoki tavsiya etishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
8. Oliy taʼlim tashkilotlari har yili 25-iyunga qadar Kengash qarori, tavsiya etilgan talabgorlar hamda ularning erishgan yutuqlari haqidagi maʼlumotlarni oliy taʼlim tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida eʼlon qiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Kengash qaroriga asosan talabgorlarning hujjatlarini boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarga taqdim etadi.
9. Tizimida oliy taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar har yili 1-iyulga qadar Madaniyat vazirligiga talabgorlarning yigʻmajildlari hamda davlat stipendiyasini tayinlash toʻgʻrisidagi tavsiyanomalarni yuboradi.
Bunda Kengash qarori tavsiyanomalarni yuborish uchun asos hisoblanadi.
10. Madaniyat vazirligi har yili 10 — 25-iyul kunlari talabgorlarning yigʻmajildlari hamda davlat stipendiyasini tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni koʻrib chiqadi.
Bunda davlat stipendiyasiga talabgorlar orasidan munosibini tanlab olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining buyrugʻi bilan 9 — 15 nafar aʼzodan iborat bir martalik Ekspertlar guruhi tuziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar]
11. Ekspertlar guruhi Oʻzbekiston xalq artistlari, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artistlar, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi aʼzolari, soha boʻyicha yetuk mutaxassislar va professor-oʻqituvchilardan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Talabgorlarni saralash jarayonlarida toʻlaqonli shaffoflikni taʼminlash hamda kelgusida korrupsiya omillari kelib chiqishining oldini olish maqsadida dastlabki saralashda oliy taʼlim tashkilotlarining kengashlari tarkibiga kiritilgan, shuningdek, talabgor bilan qarindoshlik, ustoz-shogirdlik aloqalari boʻlgan mutaxassislarning Ekspertlar guruhi tarkibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
12. Ekspertlar guruhi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
zaruratga koʻra tegishli vazirliklar va idoralar hamda oliy taʼlim tashkilotlarining mutaxassislarini jalb etadi;
vazirliklar va idoralar hamda oliy taʼlim tashkilotlaridan talabgorlar toʻgʻrisida zarur axborotlarni soʻrab oladi;
oʻz vakolatlari doirasida mazkur Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
13. Ekspertlar guruhi aʼzosi:
Ekspertlar guruhi ishida qatnashish hamda talabgorlarning hujjatlarini har tomonlama adolatli, shaffof va xolisona koʻrib chiqish;
Ekspertlar guruhi tomonidan qarorlar qabul qilinishida ovoz berishda qatnashish;
koʻrib chiqish uchun kiritilayotgan talabgorlar hujjatlarini ushbu Nizom talablari boʻyicha tegishli xulosalarini oʻz vaqtida taqdim etish;
ushbu Nizom talablariga rioya qilishga majbur.
14. Ekspertlar guruhi talabgorlarning har biri boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqadi.
Ekspertlar guruhi yigʻilishi uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda oʻtkazilgan hisoblanadi. Mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan baholash mezonlariga koʻra har bir yoʻnalish boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan talabgor davlat stipendiyasiga tavsiya etiladi.
Ekspertlar guruhining qarori Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlangandan soʻng kuchga kiradi.
Ekspertlar guruhi yigʻilishiga tegishli vazirliklar va idoralarning vakillari kuzatuvchi sifatida taklif etilishi mumkin.
15. Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining talabalariga davlat stipendiyasini tayinlash va toʻlash haqida Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining buyrugʻi har yili 10-avgustga qadar qabul qilinadi.
Mazkur buyruq tizimida oliy taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralarga bir ish kuni ichida yetkaziladi.
16. Davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabgorlarga har yili 20-avgustga qadar Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunadagi “Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasining sohibi” guvohnomasi tantanali ravishda topshiriladi.
17. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining buyrugʻi davlat oliy taʼlim tashkilotlarining talabalariga davlat stipendiyasini tayinlash va toʻlash haqidagi buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.
Davlat stipendiyasi 1-sentabrdan boshlab bir oʻquv yili muddatiga belgilangan miqdorga muvofiq tayinlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
18. Davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabgorlar bakalavriat bosqichini tamomlaganidan soʻng bir yil mobaynida tegishli mutaxassislik boʻyicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz, davlat granti asosida qabul kvotasidan tashqari qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
19. Talabgorlarni kundalik darslarni oʻzlashtirmaganlik, oʻquv intizomi va oliy taʼlim tashkilotlari ichki tartib-qoidalarini buzganlik uchun oʻquv yili mobaynida davlat stipendiyasidan tizimida davlat oliy taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirliklar va idoralarning taqdimnomalariga binoan Madaniyat vazirligining Ekspertlar guruhi qarori bilan mahrum qilish mumkin.
4-bob. Apellyatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
20. Davlat stipendiyasi uchun tanlov oʻtkazilishi davrida belgilangan tartibda shikoyat arizalarini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston xalq artistlari, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artistlar, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi aʼzolari, soha boʻyicha yetuk mutaxassislar va professor-oʻqituvchilardan kamida 7 kishidan iborat apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Apellyatsiya komissiyasi tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
21. Shikoyat arizalari tanlov natijalari eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida Madaniyat vazirligi tomonidan qabul qilinadi va apellyatsiya komissiyasi tomonidan murojaat qilganlarning sonidan kelib chiqqan holda, bir kundan uch kungacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.
Apellyatsiya komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
22. Shikoyat arizalarini koʻrib chiqishda apellyatsiya komissiyasi talabgorlarning barcha hujjatlarini mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan baholash mezonlari asosida har tomonlama oʻrganadi.
Talabgorlarning shikoyat arizalarini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha apellyatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
23. Talabgorlarning apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqishda uning ilgari olgan ballini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
24. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga Ekspertlar guruhi aʼzolarining kiritilishi taqiqlanadi.
Ekspertlar guruhi aʼzosi apellyatsiya jarayonida qatnashish va oʻz fikrini bildirish huquqiga ega.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
25. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
26. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Amalga oshirish mexanizmi
Muddatlar
1-bosqich
Talabgor
Davlat stipendiyasiga hujjatlarni dastlabki koʻrib chiqish uchun davlat oliy taʼlim tashkilotining kengashiga (keyingi oʻrinlarda — Kengash) taqdim etadi.
Tizimida oliy taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar
Madaniyat vazirligiga talabgorlarning yigʻmajildlari hamda davlat stipendiyasini tayinlash toʻgʻrisidagi tavsiyanomalarni yuboradi.
Har yili 1-iyulga qadar
5-bosqich
Madaniyat vazirligi
1. Talabgorlarning yigʻmajildlari hamda davlat stipendiyasini tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni Ekspertlar guruhi bilan koʻrib chiqadi.
Har yili 10 — 25-iyul
2. Oliy taʼlim tashkilotlarining talabalariga davlat stipendiyasini tayinlash va toʻlash haqidagi buyruqni qabul qiladi.
Har yili 10-avgustga qadar
3. Oliy taʼlim tashkilotlarining talabalariga davlat stipendiyasini tayinlash va toʻlash haqidagi buyruqni tizimida oliy taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralarga yetkazadi.
1 ish kuni ichida
4. Davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabgorlarga “Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasining sohibi” guvohnomasini tantanali ravishda topshiradi.
Har yili 20-avgustga qadar
Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash boʻyicha
BAHOLASH MEZONLARI
Baholash mezonlari
Ball
I. “Estrada xonandaligi”, “vokal sanʼati (turlari boʻyicha)”, “estrada cholgʻu ijrochiligi”, “cholgʻu ijrochiligi (turlari boʻyicha)”, “bastakorlik sanʼati”, “texnogen sanʼat (musiqiy ovoz rejissorligi)” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha
a) oliy taʼlim tashkilotida tahsil olish davrida viloyat, respublika va xalqaro miqyosdagi konsert ijrochiligi:
25 ballgacha
Milliy musiqiy estrada yoʻnalishida ijodiy ishlarining mavjudligi
10 ballgacha
xalqaro miqyosdagi konsertlarda ishtiroki uchun
7 ballgacha
respublika miqyosidagi konsertlarda ishtiroki uchun
5 ballgacha
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar miqyosidagi konsertlarda ishtiroki uchun
3 ballgacha
b) soha boʻyicha xalqaro va respublika miqyosidagi festival, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardagi ishtiroki va natijalarga erishgani:
35 ballgacha
xalqaro miqyosdagi festival, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlarda sovrinli oʻrinni olgani uchun
15 ballgacha
xalqaro miqyosdagi festival, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardaishtirok etgani uchun
10 ballgacha
respublika miqyosidagi festival, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlarda sovrinli oʻrin olgani uchun
7 ballgacha
respublika miqyosidagi festival, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardaishtirok etgani uchun
3 ballgacha
v) oʻquv jarayonida mutaxassislik fanlarini aʼlo baholarga oʻzlashtirgani:
25 ballgacha
oxirgi oʻquv yilidagi jami aʼlo baholar 95 — 100 foizgacha boʻlganda
12 ballgacha
oxirgi oʻquv yilidagi jami aʼlo baholar 90 — 95 foizgacha boʻlganda
8 ballgacha
oxirgi oʻquv yilidagi jami aʼlo baholar 86 — 90 foizgacha boʻlganda
5 ballgacha
g) milliy estrada sanʼatini targʻib qilishga qoʻshgan hissasi:
15 ballgacha
xorijiy ommaviy axborot vositalaridagi chiqishi uchun
10 ballgacha
respublika ommaviy axborot vositalaridagi chiqishi uchun
5 ballgacha
Jami:
100 ball
II. “Sanʼatshunoslik (musiqashunoslik)” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha
a) oliy taʼlim tashkilotida tahsil olayotgan davrida respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy jurnallarda maqolalar chop etgani:
25 ballgacha
xalqaro miqyosdagi ilmiy jurnallardagi maqolalari uchun
15 ballgacha
respublika miqyosidagi ilmiy jurnallardagi maqolalari uchun
10 ballgacha
b) soha boʻyicha xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya, seminar, festival, simpozium, biyennale, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardagi ishtiroki va natijalarga erishgani:
35 ballgacha
xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiya, seminar, festival, simpozium, biyennale, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardamaʼruza bilan ishtirok etgani uchun
12 ballgacha
xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiya, seminar, festival, simpozium, biyennale, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardaishtirok etgani uchun
10 ballgacha
respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya, seminar, festival, simpozium, biyenalle, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlarda maʼruza bilan ishtirok etgani uchun
8 ballgacha
respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya, seminar, festival, simpozium, biyennale, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlarda ishtirok etgani uchun
5 ballgacha
v) oʻquv jarayonida mutaxassislik fanlarini aʼlo baholarga oʻzlashtirgani:
25 ballgacha
oxirgi oʻquv yilidagi jami aʼlo baholar 95 — 100 foizgacha boʻlganda
12 ballgacha
oxirgi oʻquv yilidagi jami aʼlo baholar 90 — 95 foizgacha boʻlganda
8 ballgacha
oxirgi oʻquv yilidagi jami aʼlo baholar 86 — 90 foizgacha boʻlganda
5 ballgacha
g) milliy estrada sanʼatini targʻib qilishga qoʻshgan hissasi:
15 ballgacha
xorijiy ommaviy axborot vositalaridagi chiqishi uchun
10 ballgacha
respublika ommaviy axborot vositalaridagi chiqishi uchun
5 ballgacha
Jami:
100 ball
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 690-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Bakalavriat bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Kamoliddin Behzod nomidagi va” soʻzlari “Kamoliddin Behzod va Botir Zokirov nomidagi hamda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2.Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 957-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining ustavida:
a) 3-band “2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son” soʻzlaridan keyin “, “Tasviriy va amaliy sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 1-iyuldagi PQ-212-son” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
“71. Badiiy akademiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani “Sodiq Azimov” koʻchasi 35-uy, 100000.”;
g) 9-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn sohasi xodimlarini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash hamda ularning samarali ijod qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
isteʼdodli yosh rassomlar uchun moʻljallangan ijodiy ustaxonalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish, ularning shaxsiy va jamoaviy koʻrgazmalarini tashkil etish;
yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish maqsadida isteʼdodli yoshlarni tasviriy va amaliy sanʼat sohalariga keng jalb etish hamda ularning ushbu yoʻnalishda turli kreativ loyihalardagi ishtirokini ragʻbatlantirish;
badiiy taʼlim sohasida kadrlar tayyorlashga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, amaliyotga joriy etish va takomillashtirish, shuningdek, akademik badiiy taʼlimning izchilligini taʼminlash bilan bogʻliq vazifalarni hal etish;
Oʻzbekiston tasviriy va amaliy sanʼatini jahon miqyosida ommalashtirish maqsadida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan muzeylar, ularning filial va boʻlimlari roʻyxati quyidagi mazmundagi 37-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
4. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari talabalariga toʻlanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qarorida:
a) 1-ilovaning 10-bandi ikkinchi xatboshisi “Kamoliddin Behzod nomidagi” soʻzlaridan keyin “, Botir Zokirov nomidagi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 2-ilovaning 2-pozitsiyasi “Stipendiya nomi va qoʻshimcha toʻlovlar” ustunidagi “Islom Karimov va Kamoliddin Behzod” soʻzlari “Islom Karimov, Kamoliddin Behzod va Botir Zokirov” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/690/1011-son)