1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.]
O‘ZBEKISTON MATBUOT VA AXBOROT AGENTLIGI O‘ZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGINING
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KABEL, EFIR-KABEL TELEVIDENIYESI TO‘G‘RISIDA VAQTINChALIK NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 30-oktabrda 1420-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020-yil 30-iyundagi 208-mh-sonli “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3275, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ko‘rsatuvlarni uzatish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqish, egalik qilish, tarqatish, translatsiya qilish, tarqatish, translatsiya (retranslatsiya) qilishda kabel, efir-kabel televideniyesi sohalarida faoliyatni amalga oshirayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida qaror qilamiz:
1. “O‘zbekiston Respublikasida kabel, efir-kabel televideniyesi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin;