1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
qarori
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 28-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3030-11]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/18-son qarori (roʻyxat raqami 3030, 2018-yil 2-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 10/18/3030/1440-son) bilan tasdiqlangan Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 9-oktabr,
25/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 9-oktabrdagi 25/1-son qaroriga ILOVA
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 28-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Banklar kredit ajratish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingandan soʻng, biroq kredit shartnomasi rasmiylashtirilishidan (oferta tasdiqlanishidan) oldin, isteʼmolchi-jismoniy shaxslarga kredit majburiyatlari bilan bogʻliq ehtimoliy tavakkalchiliklar toʻgʻrisidagi mazkur Nizomning 1a-ilovasida keltirilgan shakldagi cheklistni taqdim etishlari shart.
Mazkur cheklist:
bank binosiga tashrif buyurganda, kredit rasmiylashtirish usulidan kelib chiqib — qogʻoz yoki elektron shaklda isteʼmolchi-jismoniy shaxsga taqdim etiladi. Bunda isteʼmolchi-jismoniy shaxs cheklistdagi har bir bandni oʻqib tanishganligini maxsus belgi bilan belgilaydi hamda cheklistni qoʻlda imzo qoʻyish orqali tasdiqlaydi;
masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlari orqali kredit rasmiylashtirilayotganda — isteʼmolchi-jismoniy shaxs cheklistdagi har bir bandni oʻqib tanishganligini maxsus elektron belgi bilan belgilaydi hamda cheklistni tasdiqlash tugmasini bosadi. Bunda barcha belgilarni qoʻyish va tasdiqlash tugmasini bosish fakti bankning avtomatlashtirilgan tizimida sana, vaqt, IP-manzil va isteʼmolchi-jismoniy shaxsning identifikatorlaridan biri koʻrsatilgan holda qayd etilishi lozim.
Cheklist kredit shartnomasi hujjatlari bilan birgalikda bankda yoki bankning axborot tizimlarida saqlanadi. Isteʼmolchi-jismoniy shaxs cheklistdagi barcha bandlar bilan tanishganligini belgilamaguncha hamda cheklistni tasdiqlamaguncha kredit shartnomasini rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.”.
2. Quyidagi mazmundagi 281-band bilan toʻldirilsin:
“281. Banklar moliyaviy qiyinchiliklar, murakkab hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan hamda fors-major holatlari tufayli oʻz vaqtida kredit toʻlovlarini amalga oshirishga qiynalayotgan isteʼmolchilarning amaldagi kreditlari boʻyicha kredit shartnomasi shartlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish (restrukturizatsiya) imkoniyatlari borasidagi arizalarini koʻrib chiqish tartibiga ega boʻlishi va ushbu tartibni bankning rasmiy veb-saytida joylashtirishi shart.
Mazkur tartib kamida quyidagilarni oʻz ichiga qamrab olishi lozim:
kredit shartnomasi shartlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishning (restrukturizatsiya) turlari (masalan, kredit toʻlovlari muddatini uzaytirish, kredit foiz stavkasini qayta koʻrib chiqish, kredit toʻlovlarini kechiktirganlik uchun jarima va penyalar miqdorini kamaytirish va boshqalar);
kredit shartnomasi shartlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga (restrukturizatsiyaga) asos boʻladigan moliyaviy qiyinchiliklar, murakkab hayotiy vaziyatlar hamda fors-major holatlar roʻyxati;
isteʼmolchining arizalarini qabul qilish, roʻyxatga olish tartibi hamda arizaga ilova qilinadigan zarur hujjatlarning roʻyxati;
isteʼmolchining arizalarini koʻrib chiqish muddatlari;
qabul qilingan arizalarni koʻrib chiqish va baholash mezonlari;
ariza boʻyicha bank tomonidan qabul qilingan qaror haqida isteʼmolchiga xabar berish tartibi va muddati;
ariza qanoatlantirilgan taqdirda, kredit shartnomasi hamda uning ilovalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish tartibi;
arizani qanotlantirishni rad etish boʻyicha qaror qabul qilinganda, bu toʻgʻrisida asoslantirilgan holda arizachiga xabar berish tartibi.
Bunda ushbu tartibda homiladorlik va tugʻish taʼtilini olgan ayollarning amaldagi kreditlari boʻyicha toʻlovlar muddatini oʻn oygacha uzaytirish toʻgʻrisidagi arizalarini koʻrib chiqish boʻyicha qoidalar majburiy tarzda aks ettirilishi lozim.”.
quyidagi mazmundagi beshinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“isteʼmolchilarga kredit olish boʻyicha arizasida (soʻrovida) koʻrsatilgan miqdordan ortiqcha summada kredit taklif etish hamda uni olishga undash;
kredit qarzdorliklarini davlat tomonidan fuqarolarga ajratiladigan ijtimoiy nafaqa va yordam mablagʻlari, shu jumladan ijtimoiy karta hisobvaragʻiga kelib tushadigan mablagʻlar hisobidan undirish;
kredit shartnomasida yoki unga ilova qilingan kreditni qaytarish jadvalida toʻlovlar boʻyicha belgilangan kalendar sanaga qadar kredit toʻlovlarini undirishga talab qoʻyish, bundan isteʼmolchi tomonidan bankning avtotoʻlov xizmatidan foydalanish davrida kredit toʻlovlarining yechib olinishi hamda qonunchilikda belgilangan boshqa holatlar mustasno;”;
beshinchi xatboshi tegishli ravishda sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. Quyidagi mazmundagi 353 va 354-bandlar bilan toʻldirilsin:
“353. Banklar tomonidan moliyaviy xizmatlar koʻrsatish jarayonida, shuningdek bankning masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlari orqali xizmatlar koʻrsatilayotgan paytda quyidagi holatlarning joriy etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
isteʼmolchining xohish-irodasini ifodalovchi har qanday belgilarni (masalan, belgi qoʻyish maydonchalari, siljitma tugmalar va shunga oʻxshashlarni) oldindan oʻrnatib qoʻyish yoki tanlab qoʻyish;
kredit parametrlari koʻrsatilgan maydonchalarni, shu jumladan kredit summasi, muddati hamda tegishli arizadagi isteʼmolchining daromadi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oldindan toʻldirish.
Bunda agar bank isteʼmolchiga tegishli tanlovni taklif qilsa, unga kreditni rasmiylashtirish jarayonida mustaqil ravishda belgini qoʻyish, kredit parametrlarini mustaqil belgilash va boshqa maydonchalarni toʻldirish imkoniyati berilishi kerak (masalan, kredit byurosidan kredit hisobotini soʻrash, reklama tusidagi axborotni yuborish, masofaviy moliyaviy xizmatni ulash, bank xizmatlarining umumiy shartlari bilan tanishganligini tasdiqlash, bank tariflarini qabul qilish va shunga oʻxshash belgilar).
354. Banklarning masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlari orqali xizmatlar koʻrsatilayotgan hollarda, agar isteʼmolchi taklif etilayotgan shartnomaning (ofertaning) barcha sahifalarini (qismlarini) toʻliq koʻzdan kechirmagan boʻlsa, xizmat koʻrsatish shartlariga rozilikni bildiruvchi tugmani bosish imkoniyati berilmasligi shart.”.
5. 3-bob quyidagi mazmundagi 3-paragraf bilan toʻldirilsin:
“3-§. Omonatlarni kafolatlash tizimi toʻgʻrisida xabardor etish
402. Banklar quyidagi axborotlarni isteʼmolchilarga tarqatish boʻyicha zarur choralarni koʻrishi shart:
bankning omonatlarni kafolatlash tizimida ishtirok etishi toʻgʻrisidagi axborotlar;
kafolatlash obyektlari, kafolatlangan omonatlar, shuningdek kafolatlash obyekti hisoblanmaydigan mablagʻlar toʻgʻrisidagi axborotlar;
kompensatsiyalarni toʻlash tartibi, shu jumladan ularni toʻlashning usullari va muddatlari toʻgʻrisidagi axborotlar;
403. Mazkur Nizomning 402-bandida nazarda tutilgan axborotlar bank tomonidan quyidagi shakllarda tarqatilishi shart:
bankning axborot stendlari va rasmiy veb-saytida joylashtirish orqali;
administratorlar orqali, shu jumladan bank omonati (depoziti) shartnomasi va (yoki) bank hisobvaragʻi shartnomasini tuzish jarayonida hamda isteʼmolchining soʻroviga asosan;
masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlari orqali.
404. Bankning rasmiy veb-saytida omonatlar toʻgʻrisidagi axborot joylashtirilgan sahifada “Omonatlaringiz kafolatlangan” degan mazmunda koʻzga tashlanadigan tegishli havola (giperhavola) joylashtirishi va ushbu tegishli havola (giperhavola) Omonatlarni kafolatlash agentligining rasmiy veb-saytidagi tegishli sahifaga yoʻnaltirilishi kerak.
405. Bank omonati (depoziti) shartnomasi yoki bank hisobvaragʻi shartnomasini tuzish jarayonida administratorlar omonatchini mazkur Nizomning 3b-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq omonatlarni kafolatlash tizimi haqidagi maʼlumot bilan imzo qoʻydirib tanishtirishi shart.
Mazkur Nizomning 3b-ilovasida koʻrsatilgan maʼlumotning bir nusxasi bank tomonidan omonatchiga beriladi, ikkinchi nusxasi esa omonatchining mazkur axborot bilan tanishganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida har bir mijoz uchun shakllantiriladigan yigʻma jildda saqlanadi.
Omonatchi masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlari orqali omonat (depozit) qoʻygan yoki bank hisobvaragʻini ochgan taqdirda, bank mazkur Nizomning 3b-ilovasida nazarda tutilgan axborotni omonatchiga taqdim etishi, shuningdek shartnoma tuzilishidan oldin mazkur axborot bilan tanishganligini tasdiqlash imkoniyatini yaratishi shart.
406. Administratorlar isteʼmolchiga omonatlarni kafolatlash tizimi haqidagi axborotni oddiy va tushunarli shaklda taqdim etishi kerak.
Agar administrator omonatlarni kafolatlash tizimi haqidagi savollarga javob berishda qiynalsa, bunday holda u isteʼmolchiga batafsilroq maʼlumot olish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri Omonatlarni kafolatlash agentligiga murojaat qilishni tavsiya etishi lozim.”.
“uchinchi shaxslar foydasiga amalga oshiriladigan toʻlovlar, agar bunday toʻlovlar kredit shartnomasi shartlariga muvofiq isteʼmolchining majburiyatlariga kirsa, shuningdek, quyidagi toʻlovlar:”.
7. Mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishlarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirdagi 1a va 3b-ilovalar bilan toʻldirilsin.
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga 1-ILOVA
“Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga 1a-ILOVA
Kredit rasmiylashtirishdan oldin toʻldiriladigan
CHEKLIST
Kredit shartnomasini rasmiylashtirishdan (ofertani tasdiqlashdan) avval, ushbu roʻyxatni diqqat bilan oʻqib chiqing va har bir bandni tushunganingizni tasdiqlang. Bu sizni kelgusida kutilmagan moliyaviy qiyinchiliklardan saqlanishingiz uchun xizmat qilishi mumkin.
1.
Kredit — bu xarajat.
Kredit
— bu men toʻlashim shart boʻlgan moliyaviy majburiyatdir. Kreditning asosiy
summasidan tashqari, kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni, shuningdek, ehtimol,
kredit bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni (sugʻurta, kredit toʻlovlarini amalga
oshirish xarajatlari va boshqalar) ham toʻlashimga toʻgʻri keladi.
ð
2.
Kreditni qaytarish jadvalini
diqqat bilan oʻrganib chiqdim.
Kreditni
qaytarish jadvalidagi barcha sanalar va toʻlov miqdorlari hamda ushbu toʻlovlarni
amalga oshirish usullari bilan tanishdim. Mazkur jadvalga muvofiq har oyda qachon
va qancha miqdorda toʻlovlar toʻlashim kerakligini tushundim hamda ularni oʻz
vaqtida bajara olaman.
ð
3.
Daromadlarim kredit toʻlovlarini
toʻlash imkonini beradi.
Mazkur
kreditni olishda men oylik daromadim va doimiy xarajatlarimni (boshqa
kreditlarim, ijara, kommunal xizmatlar, transport va boshqa xarajatlarni),
shuningdek kredit boʻyicha oʻz majburiyatlarimni bajara olmasligimga olib kelishi
mumkin boʻlgan yengib boʻlmas kuch taʼsiridagi vaziyatlar (holatlar)ni yuz berishi
ehtimolini (ishimni yoʻqotish, ish haqi va boshqa daromadlarni kechikishi,
sogʻligimning yomonlashishi) inobatga oldim.
ð
4.
Kredit toʻlovlarini kechiktirish
oqibatlaridan xabardorman.
Kredit
toʻlovlarini oʻz vaqtida amalga oshirmasam, bank tomonidan ushbu qarzdorlik
boʻyicha tegishli jarima va penyalar belgilanishini, shuningdek, agar kredit
qarzdorligi sud orqali undirilsa, mazkur sud xarajatlarini ham toʻlashim
mumkinligini tushundim. Bundan tashqari, kredit tariximda majburiyatlar oʻz
vaqtida bajarilmagani toʻgʻrisida maʼlumotlar aks ettirilishi, bu esa kelgusida
moliyaviy tashkilotlardan kredit olish imkoniyatimni pasayishiga va/yoki noqulay
shartlarda kredit olishimga sabab boʻlishi mumkinligini bilaman.
Elektron shaklda (onlayn):
“Tasdiqlayman” tugmasi bosiladi.
Sana: ___ ____
______.
________ (kun /oy /yil)
”.
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga 2-ILOVA
“Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga 3b-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasidagi omonatlarni kafolatlash tizimi toʻgʻrisida
AXBOROT
1.
________________
ga
____ (bank nomi)
joylashtirilgan
omonatlar kafolatlanishi
Bankdagi
omonatlar Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan kafolatlanadi
2.
Omonatlarni
kafolatlash asoslari
Oʻzbekiston
Respublikasining “Banklardagi omonatlarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni
3.
Kafolatlash
hodisasi
Bankning
tugatilishi (yopilishi)
4.
Kafolatlanadigan
omonatlar turi
Talab
qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar, shu jumladan bank kartalaridagi
mablagʻlar, muddatli va jamgʻarma omonatlar, shuningdek mazkur omonatlar boʻyicha
hisoblangan foizlar
5.
Kompensatsiya
miqdori
Bank
tugatilganda har bir omonatchiga, omonat boʻyicha hisoblangan foizlarni inobatga
olgan holda, jami toʻlanadigan kompensatsiya miqdori 200 000 000 soʻmdan oshmaydi
6.
Bir
bankda omonatchining bir nechta omonatlari mavjud boʻlgan taqdirda toʻlanadigan
kompensatsiya miqdori
Omonatning
miqdori va valyutasidan qatʼi nazar omonatchining ushbu bankdagi va uning
filiallaridagi barcha omonatlari hisoblangan foizlar bilan jamlanadi va ular
boʻyicha toʻlanadigan kompensatsiyaning umumiy miqdori 200 000 000 soʻmdan oshmaydi
7.
Bir
nechta bank tugatilgan holda kompensatsiya miqdori
Bir
nechta bank tugatilgan taqdirda, mazkur banklarda omonatlari mavjud boʻlgan
omonatchi har bir bank boʻyicha alohida tartibda 200 000 000 soʻmdan oshmagan
miqdorda kompensatsiya olish huquqiga ega
8.
Kompensatsiya
toʻlash muddati
Bankni
tugatish (yopish) toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran 20 ish kuni
mobaynida:
2026-yil
1
yanvardan
boshlab — 15 ish kuni;
2027-yil
1
yanvardan
boshlab — 7 ish kuni.
9.
Kompensatsiya
toʻlanadigan valyuta
Chet
el valyutasida qoʻyilgan omonatlar boʻyicha kompensatsiya bank tugatilgan (yopilgan)
sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank kursi boʻyicha milliy valyutada
(soʻmda) toʻlanadi
10.
Bogʻlanish
uchun maʼlumotlar
Omonatlarni
kafolatlash agentligining: manzili, telefon raqamlari, el.pochta manzili,
veb-sayt manzili
Omonatchi
xabardor qilindi:
Sana
va imzo
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2025-y., 10/25/3030-11/0994-son)