Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Surxondaryo viloyatida chinni sanoatini rivojlantirish va chinni sanoati uchun zarur boʻlgan xomashyo zaxiralaridan oqilona foydalanish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Surxondaryo viloyati hokimligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining “Surxon” davlat qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasi chegarasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma zonalarini belgilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 5-maydagi 282-son
qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Surxondaryo viloyati hokimligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
ushbu qarorga
ilovaga muvofiq “Surxon” davlat qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonacidagi tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yer uchastkalari (keyingi oʻrinlarda — yer uchastkalari) belgilangan tartibda tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilishini;
yer uchastkalari tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilishini;
yer uchastkalaridan belgilangan maqsadlarda foydalanilishini taʼminlasin.
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ikki oy muddatda Yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobotga ushbu qarorga muvofiq tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Surxondaryo viloyati hokimi U.B. Qosimov zimmasiga yuklansin.
1.
1-banddagi “16 695” raqami “16 691” raqami bilan almashtirilsin.
2.
4-ilovaning 3-pozitsiyasi “Oʻtloq va yaylovlar” ustunidagi “9 425” raqami “9 421” raqami bilan hamda “Jami yer maydoni” ustundagi “10 423,40” raqami “10 419,40” raqami bilan almashtirilsin.