Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-son “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 24-martdagi 21-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2772, 2016-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 13-son, 125-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini yuritish
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddimadagi “OʻRMV” AT” degan soʻzlar “OʻRIMV” AT” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Budjet tizimi budjetlarining hamda boshqa maqsadli jamgʻarmalar budjetlarining daromadlari va xarajatlari hisobi boʻyicha operatsiyalarni yuritish maqsadida budjet tizimi budjetlarining tegishli darajalari, budjet tashkilotlari, budjet mablagʻlari oluvchilar, boshqa maqsadli jamgʻarmalar budjetlaridan mablagʻ oluvchilar uchun iqtisodiyot va moliya organlari hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari (bundan buyon matnda DMJ deb yuritiladi) va boshqa maqsadli jamgʻarmalarni taqsimlovchi organlar tomonidan, shuningdek, budjet tashkilotlari va DMJning chet el valyutasidagi mablagʻlari uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi (bundan buyon matnda Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi deb yuritiladi) va uning hududiy boshqarmalari tomonidan “OʻRIMV” ATda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti budjet tasnifining tegishli kodlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochiladi.”.
“boshqa maqsadli jamgʻarmalar (bundan buyon matnda BMJ deb yuritiladi) — mablagʻlari qonunchilikda nazarda tutilgan manbalar hisobidan shakllantiriladigan, muayyan sohalarni moliyalashtirish uchun qonunchilik hujjatlari bilan tashkil etiladigan, davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalariga kirmaydigan jamgʻarmalar;”;
“budjet tashkilotlari, budjet mablagʻlari oluvchilar, BMJ budjetidan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari (bundan buyon matnda xarajatlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari deb yuritiladi).”.