1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.11.00 Tashish. Transport ekspeditsiyasi (shuningdek, 09.15.14.00, 09.15.16.00larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yuk tashish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 8-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3457-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-iyuldagi 480-son “Temir yoʻl transporti infratuzilmasi xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 5-avgustdagi 22-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3457, 2023-yil 21-sentabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2023-y., 10/23/3457/0724-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yuk tashish qoidalarigailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mazkur buyruq ilovasining 1-bandi 2026-yil 2-fevraldan boshlab kuchga kiradi.
Vazir I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 22-sentabr,
13-son
Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-sentabrdagi 13-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yuk tashish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“temir yoʻl transporti infratuzilmasi — texnologik majmua boʻlib, ushbu majmua faoliyatini taʼminlovchi temir yoʻllarni, temir yoʻl stansiyalarini, elektr taʼminoti qurilmalarini, aloqa tarmoqlarini, signalizatsiya, markazlashtirish va bloklash tizimlarini, axborot majmualarini, harakatni boshqarish tizimini, binolar, inshootlar, qurilmalar, jihozlar va uskunalarni oʻz ichiga oladi;”;
“temir yoʻl stansiyasi — poyezdlarni qabul qilish, joʻnatish, kesishtirish va quvib oʻtish operatsiyalarini, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini qabul qilish, berish hamda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish operatsiyalarini, poyezdlarni tarqatish va tuzish boʻyicha manyovr ishlarini hamda poyezdlar bilan texnik operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradigan, asosiy temir yoʻllardan tashqari temir yoʻllarning qoʻshimcha guruhlariga ega boʻlgan alohida punkt;”.
2. 11-bandning beshinchi xatboshisidagi “, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, texnik ekspluatatsiya norma va qoidalari)” degan soʻzlar “ va standartlar) hamda temir yoʻl transportidan texnik jihatdan foydalanish qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 40-bandning 4-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga rioya qilishni talab qiladigan yuklarni ushbu norma va qoidalarga rioya qilishni talab qilmaydigan yuklar bilan birga tashish;”.
“340. Goʻsht va goʻsht mahsulotlarini tashish oziq-ovqat xavfsizligiga doir qonunchilik hujjatlari hamda amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.”.
5. 486-bandning birinchi xatboshisidagi “, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, texnik foydalanish (norma va qoidalari)” degan soʻzlar “va standartlar) hamda temir yoʻl transportidan texnik jihatdan foydalanish qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 10/25/3457-1/0951-son)